Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Respublika tashxis markazi

tashxismarkazi
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi ☎️ 55 510 11 16 ✉️ tashxis_markazi@xtv.uz 🌐 http://info-tashxis.uz 📲 facebook.com/tashxismark www.instagram.com/tashxismarkazi http://myurls.co/tashxismarkazi
Подписчики
6 222
24 часа
1
30 дней
320
Просмотры
917
ER
14,74%
Посты (30д)
17
Символов в посте
813
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 11, 05:27
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Ayni paytda Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tizimida bolalarning psixologik farovonligi va ruhiy salomatligini taʼminlashda innovatsion xalqaro tajriba va barqaror rivojlanish strategiyalari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiyaning asosiy maqsadi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tizimida bolalarning psixologik farovonligi va ruhiy salomatligini taʼminlashga qaratilgan ilmiy asoslangan, profilaktik va tizimli yondashuvlarni rivojlantirish, xalqaro tajribani oʻrganish va milliy amaliyotga moslashtirish, shuningdek, taʼlim tashkilotlarida barqaror va xavfsiz psixologik muhitni shakllantirish boʻyicha ustuvor strategiyalarni belgilashdan iborat.

Telegram

Instagram

Facebook

Mobil ilova

September 11, 05:19
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#ilmiy_amaliy_konferensiya
Bugun
Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi
tomonidan
"Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tizimida bolalarning psixologik farovonligi va ruhiy salomatligini taʼminlashda innovatsion xalqaro tajriba va barqaror rivojlanish strategiyalari"
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.
Konferensiya bolalarning psixologik farovonligi va ruhiy salomatligini taʼminlash borasidagi zamonaviy ilmiy yondashuvlar, ilgʻor xalqaro tajribalar hamda milliy taʼlim tizimida samarali qoʻllanishi mumkin boʻlgan innovatsion amaliyotlarni muhokama qilish uchun ilmiy-professional muloqot maydonini yaratishga qaratilgan.
Bizni kuzating:
Telegram|
Facebook|
Instagram|
You Tube|
info-tashxis.uz

September 10, 09:56
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Respublika tashxis markazi xodimlari tomonidan 9-sentabr kuni Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan “Livingstone” dam olish maskanida Buxoro viloyati hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan “Ayollar daftari” reestorida turuvchi ayollar uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga
“Voyaga yetmaganlar orasida erta tugʼruqning psixologik oqibatlari”
hamda
“Koʼcha va ommaviy joylarda xavfsiz xulq-atvor”
mavzularida maʼlumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, seminar-trening davomida ishtirokchilarning mavzular yuzasidan fikr va savollari tinglanib, psixologlar tomonidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Mazkur seminar ishtirokchilarning psixologik savodxonligini oshirish, voyaga yetmaganlar bilan ishlashda profilaktik yondashuvlarni kuchaytirish hamda ularning xavfsiz va sog‘lom rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzating:
Telegram|
Facebook|
Instagram|
You Tube|
info-tashxis.uz

September 10, 09:10

#onlayn_seminar
📅
Joriy yilning 10-sentabr kuni soat 11:00 da
Respublika tashxis markazi mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan seminarda maktab psixologlarining kasbga yo‘naltirish faoliyatidagi muhim vazifalari, zamonaviy yondashuvlar hamda ota-onalar bilan samarali hamkorlik masalalari keng yoritildi.
📚
Seminar davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:
1. Psixologning kasbga yo‘naltirishdagi 7 ta muhim vazifasi
2. Ota-onalar bilan ishlash: kasblarni qanday to‘g‘ri tushuntiramiz?
3. Hududdagi mehnat bozori va ishchi kasblar
📚
Mazkur mavzular orqali psixologlarning o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishdagi amaliy faoliyatini kuchaytirish, ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda hududdagi mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasbiy yo‘naltirish ishlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💡
Seminarda nazariy ma’lumotlar bilan bir qatorda, maktab sharoitida foydalanish mumkin bo‘lgan amaliy tavsiyalar, samarali usullar va kasbga yo‘naltirish ishlarini takomillashtirish bo‘yicha metodik yondashuvlar taqdim etildi.
🌱
Seminar maktab psixologlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini boyitish, o‘quvchilarning ongli kasbiy tanlovini qo‘llab-quvvatlash hamda kasbga yo‘naltirish ishlarini hududiy imkoniyatlar va mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qildi.

Kasbiy bilim - amaliyot bilan uyg‘unlashgandagina samaraga aylanadi!
📲
Seminar materiallari :
👉
@khypsixolog Telegram kanali
Bizni kuzating:
Telegram|
Facebook|
Instagram|
You Tube|
info-tashxis.uz

September 10, 09:10
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🎓
Maktab psixologlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish va o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan navbatdagi onlayn o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

September 10, 01:16
Файлы недоступны
4
1
Открыть в Telegram

🧠
Qashqadaryoda pedagoglar uchun seminar-treninglar o‘tkazilmoqda
Qashqadaryo viloyatida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun
kasbiy motivatsiyani oshirish, emotsional holatni qo‘llab-quvvatlash va kasbiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan seminar-treninglar
tashkil etilmoqda.
Treninglar davomida pedagoglarga
kasbiy charchash va stressning oldini olish, hissiy zo‘riqishni kamaytirish, emotsiyalarni boshqarish, ichki motivatsiyani mustahkamlash
, shuningdek, bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini to‘g‘ri anglash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Shuningdek, bolalarning murakkab xatti-harakatlariga
konstruktiv yondashish, ota-onalar bilan samarali hamkorlik qilish, pedagogik agressiyaning oldini olish va psixologik xavfsiz muhit yaratish
masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
📅
Seminar-treninglar viloyatda 4 kun davomida o‘tkazilishi belgilangan.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram

September 09, 11:14
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

💥
Inklyuziv ta’lim — har bir bola uchun teng imkoniyat!
Namangan viloyati Pop tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan
65-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida maxsus pedagoglari ,,Umumta’lim maktablarida tashkil etilgan inklyuziv sinflar faoliyati, korreksion xonalarni jixozlash va to’siqsiz muhit talablarining bajarilishi. Inklyuziv sinf maxsus pedagoglarining me’yoriy hujjatlarining yuritilishi” mavzusida o'quv seminari o'tkazildi.
Seminarda maktab direktorlari, maxsus pedagoglar ishtirok etdilar.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim muassasalarida qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida “To‘siqsiz muhit” tashkil etilmoqda.

September 09, 11:07
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

💥
Mustaqillik mening nigohimda!
🎨
Namangan viloyati Pop tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan
Alohida ta'lim ehtiyojilari bor o'quvchilar o'rtasida"Mustaqillik mening nigohimda! "
🎨
rasmlar tanlovining tuman bosqichi" Kelajak markazi"da o'tkazildi.
Tanlovda inklyuziv taʼlim sinflari, uy ta'limida ta'lim olayotgan o'quvchilar ishtirok etdilar. Yosh toifalariga ko'ra uch guruhda o' tkazildi. Tadbir yakunida g'olib bo'lgan o'quvchilarga nominatsiyalar, tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg'alar va diplomlar bilan taqdirlandilar.
❗️
Tanlovning asosiy maqsadi: — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘rtasida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va mustaqillik g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etishi uchun teng va qulay sharoit yaratishdan, shukronalik va baxt hissini oshirishdan iborat.

September 04, 11:51
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Inklyuziv_taʻlim

298-maktabda inklyuziv ta’lim yo‘nalishida o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mavzularni o‘zlashtirish va qo‘l motorikasini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashg‘ulotlar muntazam tashkil etiladi.
Har bir bolaning o‘z orzusi bor.
Biri kelajakda
matematika o‘qituvchisi bo‘lishni, yana biri esa teleskopda yulduzlarni sanab, sanog‘iga yetishni xohlaydi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

September 04, 11:50
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

#vebinar
🔰
4-sentabr kuni
Sentabr-“Moslashuv va xavfsiz ta’lim muhiti”
oyligi doirasida onlayn tashkil etilgan vebinar davomida yangi o‘quv yilini samarali boshlash, o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash va maktabda xavfsiz psixologik muhit yaratishga qaratilgan
5 ta muhim yo‘nalish
yoritildi:

Xavf guruhiga mansub o‘quvchilarni barvaqt aniqlash
;

1–5-sinf o‘quvchilarining yangi ta’lim bosqichiga moslashuvini baholash
;

Maktabda
“Xavfsiz ta’lim muhiti” auditini o‘tkazish
;

Pedagoglar uchun
“Xavfsiz ta’lim muhitini yaratish”
mavzusida seminar tashkil etish;

Ota-onalar bilan
“Ijobiy ota-onalik va maktabga moslashuv”
mavzusida uchrashuvlar o‘tkazish.
Vebinar interaktiv
tarzda tashkil etilib, ishtirokchilar bilan savol-javob, fikr almashish va amaliy vaziyatlarni muhokama qilish ko'rinishida o'tkazildi.
Bizni kuzating:
Telegram|
Facebook|
Instagram|
You Tube|
info-tashxis.uz