
TDAU YOSHLAR ITTIFOQI
O‘zbekiston delegatsiyasi Bavariyada dual ta’limning ilg‘or modelini o‘rganmoqda
O‘zbekiston delegatsiyasi Myunxen shahrida joylashgan
Bavariya iqtisodiyoti oliy maktabi (HDBW)
faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Delegatsiya a’zolarini
universitet prezidenti, professor doktor
Kerstin Fink
qabul qildi. Uchrashuv davomida
Germaniyaning amaliyotga yo‘naltirilgan oliy ta’lim tizimi,
xususan,
sanoat korxonalari bilan uzviy integratsiyalashgan dual ta’lim modeli,
talabalarni kasbiy tayyorlash mexanizmlari hamda mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash tajribasi muhokama qilindi.
HDBW davlat tomonidan tan olingan xususiy amaliy fanlar universiteti bo‘lib, Bavariya iqtisodiyoti ta’lim tashkiloti (bbw) tarkibiga kiradi. Universitetda
biznes boshqaruvi, muhandislik, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va innovatsion menejment
yo‘nalishlari bo‘yicha
zamonaviy mutaxassislar tayyorlanadi.
Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/177680
#Xalqaro_hamkorlik
#Germaniya
👉
На руcском
👉
In English
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#diqqat
“TOP-100 KITOBXON” TANLOVIGA MARHAMAT!
😊
Hurmatli Toshkent davlat agrar universiteti talabalari!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida respublika miqyosida
“Top-100 kitobxon”
tanlovi tashkil etilmoqda.
🏆
Tanlov yakunlariga ko‘ra eng ko‘p kitob o‘qigan va yuqori natijalarga erishgan
100 nafar o‘quvchi hamda talaba
jamg‘arma mablag‘lari hisobidan
bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida pul mukofoti
bilan taqdirlanadi.
📖
Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda intellektual salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.
🎓
Toshkent davlat agrar universiteti talaba-yoshlarini ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
✨
Kitob mutolaa qiling, bilimlaringizni boyiting va Respublikadagi eng faol kitobxonlar safidan joy oling!
📌
Tanlov nizomi
🇺🇿
✅
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌐
Youtube
🎓
Barcha abituriyentlar diqqatiga!
📢
Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari davom etmoqda!
Agrar sohada yuqori daromadli va istiqbolli kasb egasi bo‘lishni istaysizmi? Unda siz uchun eng to‘g‘ri tanlov —
Toshkent davlat agrar universiteti!
🌱
Toshkent davlat agrar universiteti
sizga zamonaviy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va xalqaro darajadagi ta’lim imkoniyatlarini taqdim etadi.
📝
Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin?
✔️
O'z hujjatlaringizni topshirish uchun siz Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy sayti orqali ro'yxatdan o'tasiz va ta’lim tili, test topshirish hududi hamda fanlar majmuasini tanlaysiz.
📞
Agar sizda hujjat topshirish va qabul jarayonlariga oid qo’shimcha savollaringiz bo’lsa,
TDAU “Qo‘ng‘iroqlar markazi” ish boshladi!
Abituriyentlar va ota-onalar batafsil ma’lumot olishlari uchun:
+998 71 260 41 69 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
🌾
Kelajagingizni bugun tanlang!
Biz agrar soha yetakchilarini tarbiyalaymiz!
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram
|
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
“Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkaziladi
✅
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2026-yil 18-martdagi 109-son qarori
hamda uning
2-ilovasi 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida
vazirlikda muhim tashabbus joriy etildi.
📰
Mazkur qarorga muvofiq,
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirishni kengaytirish, shuningdek, qog‘ozdan foydalanishni bosqichma-bosqich qisqartirish choralari
amalga oshirilmoqda.
❕
Shu munosabat bilan, vazirlikda
“Qog‘ozsiz bir kun”
ekoaksiyasining bo'lib o'tishi belgilandi.
Ushbu tashabbus doirasida:
— barcha
ichki va tashqi hujjatlar to‘liq elektron
shaklda yuritiladi;
— qog‘oz hujjatlardan foydalanish
maksimal darajada
cheklanadi;
— raqamli boshqaruv tizimlari
samaradorligi
oshiriladi;
—
ekologik barqarorlikni
ta’minlashga hissa qo‘shiladi.
🔎
Mazkur ekoaksiya
davlat organlarida zamonaviy
boshqaruv tizimini rivojlantirish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish
hamda
“yashil ofis”
tamoyillarini joriy etishga xizmat qiladi.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
#payshanba_yoshlarkuni
Senatda Payshanba – “Yoshlar kuni” doirasida Toshkent davlat agrar universiteti talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Senat.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Virtual murojaat
|
Mediateka
|
Yoshlar parlamenti
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
#payshanba_yoshlarkuni
Payshanba – “Yoshlar kuni”
doirasida senatorlar yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi
____________
В четверга рамках – «Дня молодежи»
сенаторы провели открытый диалог с молодежью
Senat.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Virtual murojaat
|
Mediateka
|
Yoshlar parlamenti
“Yoshlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri!
🇺🇿
Payshanba — “Yoshlar kuni”
munosabati bilan
Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti
tomonidan bayram tadbiri tashkil etiladi. Mazkur tadbir yoshlarni birlashtirish, ularning ijodiy salohiyati va iste’dodini namoyon etish uchun yana bir muhim imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.
✔️
Shu munosabat bilan:
📍
Universitetimizning 12-talabalar turar joyi amfiteatrida
📅
11-iyun
⏰
soat 19:00 da
🎊
“Talabalar oqshomi” bo‘lib o‘tadi.
❗️
Bayram kechasida sizlarni:
✅
Quvnoq va ko‘tarinki dasturlar
🎤
Ijodiy, musiqiy va madaniy chiqishlar
🏆
Iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi
💃
🕺
Diskoteka kabi maroqli lahzalar kutmoqda.
🎓
Barcha talabalarni ushbu bayram tadbirida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram
|
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
❗️
Kelajagingizni xavfga qo‘ymang: zakladchilikdan yiroq bo‘ling!
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
☄️
Yoshlar kuni munosabati bilan Chirchiq shahridagi "Kimyogar" madaniyat saroyida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
📌
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan tanlovda 5 ta jamoa o‘zining ijodkorligi, intellektual salohiyati va sahna mahoratini namoyish etdi. Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar diplom, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
🥇
o'rin Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Parvoz" jamoasi — 5 000 000 so'm pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi
🥈
o'rin Toshkent davlat Agrar universiteti "Yangi yulduzlar" jamoasi — 4 000 000 so'm pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi
🥉
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti "Amakivachchalar" jamoasi
—3 000 000 so'm pul mukofoti
va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi
✔️
Mazkur tanlov yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi
.
🙋♂️
Bizni kuzatishda davom eting
!
🔹
Telegram|
🔹
Instagram|
🔹
Facebook|
🔹
YouTube
“Ma’naviyat karvoni” loyihasi doirasida maktab bitiruvchilari TDAUda mehmon bo‘lishdi
🟢
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi
umumta’lim maktablari bitiruvchilari
“Ma’naviyat karvoni”
loyihasi hamda agrar ta’lim imkoniyatlari bilan tanishtirish dasturi doirasida
Toshkent davlat agrar
universitetida
bo'lishdi.
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram
|
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube