
IQTISODIYOT FAKULTETI MATBUOT XIZMATI
Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi
Unda giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qilishi, bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba ekani ta’kidlandi.
“Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.
Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq”, - dedi Saida Mirziyoyeva.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Xotin-qizlar huquqlari va xavfsizligi — doimiy himoyada
Toshkent davlat transport universiteti tomonidan talaba-qizlar va xotin-qizlarni tazyiq hamda shilqimlik holatlaridan himoya qilishga qaratilgan yangi tizim yuzasidan qisqa videorolik tayyorlandi.
📌
Mazkur tizimning asosiy maqsadlari:
— xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta’minlash;
— xavfsiz va sog‘lom ta’lim muhitini shakllantirish;
— tazyiq va shilqimlik holatlariga tezkor munosabat bildirish;
— murojaat qiluvchilarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini to‘liq ta’minlash.
📲
Agar siz tazyiq, shilqimlik yoki boshqa nojo‘ya holatlarga duch kelsangiz, quyidagi manzil orqali murojaat qilishingiz mumkin:
@otv_himoya_bot
#JahonChempionati
#BizBirgamiz
🇺🇿
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi
futbol bo‘yicha Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sport tarixida yangi sahifa ochgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini, murabbiylar shtabi hamda butun xalqimizni samimiy muborakbod etadi.
Yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan milliy terma jamoamizga zafarlar yor bo‘lsin!
🇺🇿
Olg‘a, O‘zbekiston!
⚽️
Biz birgamiz!
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial
⚽️
Iqtisodiyot fakultetida “Dekan kubogi” futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
🏆
Iqtisodiyot fakulteti talabalari o‘rtasida futbol bo‘yicha
“Dekan kubogi”
musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada fakultetning:
📌
Makroiqtisodiy siyosat va prognozlashtirish
kafedrasi
📌
Yashil iqtisodiyot
kafedrasi
📌
Mehnat iqtisodiyoti
kafedrasi
jamoalari faol ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar.
Bellashuvlar davomida talabalar nafaqat sport mahoratini, balki jamoaviy hamjihatlik, iroda va faol ishtirok namunasini ko‘rsatdilar.
Bunday sport tadbirlari talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🏅
Barcha ishtirokchilarga omad va kelgusi musobaqalarda yangi zafarlar tilaymiz!
🤩
TDIU Iqtisodiyot fakulteti
Bizning rasmiy sahifalarimiz
🕊
Telegram
📱
Instagram
Olg‘a, O‘zbekiston!
🇺🇿
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬
Telegram
📹
Instagram
📚
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif
2026-yil 11-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
🌟
Tashrif davomida ishtirokchilar markaz faoliyati, noyob qo‘lyozmalar, qadimiy tarixiy manbalar hamda ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
✨
Shuningdek, markazdagi zamonaviy ekspozitsiyalar orqali islom sivilizatsiyasining ilm-fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Buyuk allomalarimizning jahon ilm-fani taraqqiyotidagi o‘rni va ularning bebaho asarlari tashrif ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
🤩
TDIU Iqtisodiyot fakulteti
Bizning rasmiy sahifalarimiz
🕊
Telegram
📱
Instagram
📍
Joriy yilning 9-10-iyun kunlari TDIU
“Yashil” iqtisodiyot
kafedrasi bitiruvchilarining BMI himoyasi bo‘lib o‘tdi. Jarayon nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida bevosita
Raqamli transformatsiya markazida
tashkil etildi.
📚
Ilmiy-tadqiqot ishlarining amaliyot bilan uzviyligini taʼminlash maqsadida yirik ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari hamda sohaning yetakchi professor-oʻqituvchilaridan iborat Davlat attestatsiya komissiyasi aʼzolari ishtirok etishdi.
💼
Nazariya va amaliyot uyg‘unligi
BMI himoyalari yuzma-yuz muloqot, qizg‘in ilmiy bahs-munozaralar va savol-javoblar ruhida o‘tdi. Talabalar fundamental fanlardan egallagan ko‘nikmalarini real tarmoq muammolari yechimiga yo‘naltira olish imkoniyatini namoyish etdi.
📊
Dolzarb mavzular va innovatsion yechimlar
Iqtidorli talabalar oʻz tadqiqotlarida iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, "yashil iqtisodiyot" tamoyillarini joriy etish va boshqaruv samaradorligini oshirish boʻyicha aniq ilmiy-amaliy yechimlarni taqdim etdilar.
🤩
TDIU Iqtisodiyot fakulteti
Bizning rasmiy sahifalarimiz
🕊
Telegram
📱
Instagram
❗️
Kelajagingizni xavfga qo‘ymang: zakladchilikdan yiroq bo‘ling!
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
📌
Joriy yilning
9-iyun
kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining
«Mehnat iqtisodiyoti»
kafedrasi "Inson resurslarini boshqarish" bakalavriat ta'lim yonalishi bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi
da — zamonaviy davlat boshqaruvi va mehnat bozori tahlili bilan bevosita integratsiyalashgan holda o'tkazildi.
🌿
BMI himoyalarining
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malaka oshirish markazi
da tashkil etish talabalar nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularda
inson resurslarini boshqarish, mehnat bozori tahlili va bandlik siyosatini shakllantirish
yo'nalishlarida amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi. Shuningdek, bu ta'lim jarayoni, davlat boshqaruvi organlari va real iqtisodiyot sektori o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni kuchaytirdi.
📊
Himoya davomida bitiruvchilar
mehnat bozori, aholi bandligini ta'minlash, inson kapitalini rivojlantirish hamda
korxona/tashkilotlarda xodimlar faoliyati samaradorligini baxolash bo'yicha bitiruv malakaviy ishlarini taqdim etdilar. Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarida
inson resurslarini boshqarishda zamonaviy yondashuvlar va davlat bandlik dasturlari samaradorligini
oshirishga alohida e'tibor qaratilgan.
🤩
TDIU Iqtisodiyot fakulteti
Bizning rasmiy sahifalarimiz
🕊
Telegram
📱
Instagram
#Xushxabar
⚡️
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi
Mamlakatimizda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida o‘tkazilgan
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”
sport musobaqalarining tantanali yopilish va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, ushbu nufuzli respublika musobaqalarida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi va sportchi talabalari o‘zlarining yuqori salohiyatlarini namoyish etib, universitet sharafini munosib himoya qildilar va ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdilar.
Xususan,
sport faoliyati va jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi
mavjud bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida TDIU umumjamoa hisobida respublikada
1-o‘rinni egalladi
va
I darajali diplom
hamda
30 000 000 (o‘ttiz million) so‘mlik pul mukofoti
bilan taqdirlandi. Universitetimizning sport klubi jamoasi erkaklar o‘rtasidagi Basketbol 3x3 musobaqalarida respublika
final bosqichi g‘olibi deb topilib, I darajali diplomg
a sazovor bo‘ldi. Shuningdek, sportchilarimiz stol tennisi sport turi bo‘yicha umumjamoa hisobida respublika final bosqichining
faxrli 3-o‘rin
bilan taqdirlandilar.
G‘alaba ramzi bo‘lgan diplomlar, maxsus sertifikat va kubokni universitet rektori
To‘lqin Teshabayev
qabul qilib oldi.
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”
sport musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.
Universitetimiz nufuzini respublika miqyosida yuqori cho‘qqilarga olib chiqqan barcha sportchi talabalarimizni va g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan TDIU sport klubi murabbiylarini ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz.
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial