Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

TDIU | Soliq va budjet hisobi fakulteti

tdiu_sbh
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Soliq va budjet hisobi fakultetining rasmiy telegram sahifasi TDIU asosiy sahifasi: www.tsue.uz
Подписчики
1 680
24 часа
30 дней
-10
Просмотры
479
ER
28,51%
Посты (30д)
35
Символов в посте
859
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 12, 07:24
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Olg‘a, O‘zbekiston!
🇺🇿
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬
Telegram
📹
Instagram

June 10, 12:38
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

🎓
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿
Joriy yilning 10-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Soliq va budjet hisobi fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy ishlari himoyalari muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Himoya jarayonida “Budjet hisobi va g‘aznachilik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda attestatsiya komissiyasi a’zolari bitiruvchi talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini qabul qilib, ularning mavzu yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini baholadilar.
❤️‍🔥
Talabalar o‘z bitiruv malakaviy ishlarining mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati va takliflarini taqdim etib, komissiya a’zolarining savollariga atroflicha javob berdilar.
Soliq va budjet hisobi fakulteti
📱
Telegram
📱
Instagram

June 04, 15:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hurmatli fuqarolar!
Yurtimizda
1-iyundan
“Suv havzalarida xavfsizlik oyligi” boshlandi.
Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Ҳурматли фуқаролар!
Юртимизда
1-июндан
“Сув ҳавзаларида хавфсизлик ойлиги” бошланди.
Ушбу тадбирларда фаол иштирок этишингизни сўраймиз.
➡️
Boshqa yangiliklar
📱
Fvv.uz
|
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
|
📱
X.com

June 04, 11:48
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Joriy yilning 4-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Soliq va budjet hisobi fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov uy-muzeyiga tashrif hamda ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarga Abdulla Oripovning hayoti va ijodiy faoliyati, uning o‘zbek adabiyoti hamda milliy ma’naviyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbir talabalarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosimizni keng targ‘ib etishga xizmat qildi.
Soliq va budjet hisobi fakulteti
📱
Telegram
📱
Instagram

May 27, 01:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Bayram_tabrigi
Muborak Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining tabrigi
Muhtaram professor-o‘qituvchilar,
aziz talabalar va universitetimiz jamoasi!
Sizlarni, siz orqali barcha oila a’zolaringizni mehr-muruvvat va saxovat ramzi bo‘lgan ulug‘ ayyom -
muborak Qurbon hayiti
bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Qalblarimiz quvonch va shukronalikka to‘lgan mana shu qutlug‘ kunlarda barchangizga ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.
Asrlar davomida el-yurtimiz hayotini, ma’naviy olamini bezab kelayotgan bu qutlug‘ bayram jamiyatimizda o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va insonparvarlik muhitini yanada mustahkamlashda beqiyos o‘rin tutadi. Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklash borasida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar Qurbon hayitining mana shunday olijanob g‘oyalari bilan hamohangdir. Zero, millat va davlat taraqqiyotining poydevori bo‘lgan ta’lim-tarbiya jarayonini ham yuksak ma’naviyatsiz va komillikka intilishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro andozalarga mos keladigan, raqobatbardosh va yuqori malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlash, xalqimizning azaliy an’analarini dildan his qiladigan, ijtimoiy mas’uliyatli, vatanparvar va ma’naviy yetuk yoshlarni voyaga yetkazishni o‘zimizning oliy burchimiz deb bilamiz.
Fursatdan foydalanib, o‘zining fidokorona mehnati, ilmiy-pedagogik salohiyati bilan dargohimiz nufuzini oshirishga, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishga munosib hissa qo‘shayotgan muhtaram professor-o‘qituvchilarimizga, xodimlarimizga hamda ilm-fanga chanqoq, tashabbuskor talabalarimizga o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
Shu muborak ayyom kunlarida barchangizning xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-baraka va totuvlik tilayman. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi zafarlar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.
Muborak Qurbon hayiti bayrami qalblarimizdagi ezgulik va fidoiylik tuyg‘ularini yanada mustahkamlasin. Jonajon Vatanimiz taraqqiyoti, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini abadiy bo‘lsin.
Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori
T. Teshabayev

May 25, 07:42
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Joriy yilning 25-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Soliq va budjet hisobi fakultetida “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi “Ma’rifat darsi” yuqori saviyada tashkil etildi.
📄
Mazkur ma’rifiy tadbir davomida siyosatshunos Qudratilla Rafiqov muallifligidagi “Millat shavkati” nomli maqolaning mazmun-mohiyati talaba-yoshlarga keng va atroflicha tushuntirildi. Unda milliy qadriyatlar, ma’naviyat, vatanparvarlik tuyg‘usi hamda yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yuzasidan muhim fikr-mulohazalar bayon etildi.

Ma’rifat darsini tarix fanlari doktori professor Rashidov Oybek Rasulovich hamda Soliq va budjet hisobi fakulteti dekan muovini Eshniyozov Soatmurod Xurramovich olib bordilar. Tadbir davomida talaba-yoshlarda milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Soliq va budjet hisobi fakulteti
📱
Telegram
📱
Instagram

May 25, 07:24
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Joriy yilning 25-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Soliq va budjet hisobi fakultetida “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi “Ma’rifat darsi” yuqori saviyada tashkil etildi.
📄
Mazkur ma’rifiy tadbir davomida siyosatshunos Qudratilla Rafiqov muallifligidagi “Millat shavkati” nomli maqolaning mazmun-mohiyati talaba-yoshlarga keng va atroflicha tushuntirildi. Unda milliy qadriyatlar, ma’naviyat, vatanparvarlik tuyg‘usi hamda yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yuzasidan muhim fikr-mulohazalar bayon etildi.

Ma’rifat darsini iqtisodiyot fanlari dotsenti Allaberganov Zokir Gʻoyibovich hamda Soliq va budjet hisobi fakulteti dekan muovini Eshniyozov Soatmurod Xurramovich olib bordilar. Tadbir davomida talaba-yoshlarda milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Soliq va budjet hisobi fakulteti
📱
Telegram
📱
Instagram

May 22, 16:59
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Muqimiy va Abdulla Qahhor nomidagi stipendiya hamda ko‘krak nishoni
tanlovining 1-bosqichi o‘tkazildi
📌
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida buyuk adiblar
Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy va Abdulla Qahhor
nomidagi maxsus stipendiya hamda ko‘krak nishoni tanlovining
test bosqichi
bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
➡️
Test bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar tanlovning
2-bosqichiga
yo‘l oldilar. Ushbu bosqichda ular taqdimot qilish orqali o‘z bilim, ijodkorlik va loyihalarini namoyish etdilar.
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬
Telegram
📹
Instagram

May 21, 15:09
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Joriy yilning 21-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Soliq va budjet hisobi” fakulteti talabalari hamda Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tyutorlari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🔹
Tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Muzeyiga tashrif buyurishdi. Unda fakultet talabalariga, muzeydagi tarixiy eksponatlar, harbiy texnikalar hamda O‘zbekiston harbiy san’atining boy va sharafli tarixi bilan yaqindan tanishdilar.
🔹
Mazkur tashrif talaba-yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, ularda yurtga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi. Shuningdek, muzey ekskursiyasi davomida ishtirokchilar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining shakllanish bosqichlari, harbiy tariximiz va milliy armiyamizning bugungi salohiyati haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, fidoyilik va yuksak mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Soliq va budjet hisobi
fakulteti
📱
Telegram
📱
Instagram

May 21, 10:54
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
#MustaqilOzbekiston35
🇺🇿
“Mustaqil O‘zbekiston – 35” loyihasi doirasida yurtimizning tinchligi, xalqimizning birdamligi va mustaqillik yillarida erishilgan ulkan yutuqlarini aks ettiruvchi milliy ruhdagi videoni qarshi oling.
▶️
Ushbu videoda ona Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat hamda Yangi O‘zbekiston sari dadil odimlayotgan xalqimizning kuchli irodasi zamonaviy va ta’sirchan talqinda namoyon etilgan.
🟠
Har bir kadr qalblarda faxr, g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otib, mustaqilligimizning naqadar bebaho ne’mat ekanini yana bir bor his etishga chorlaydi.
🔥
Mustaqillik - xalqimizning erkinligi, tinchligi va porloq kelajagi timsolidir.
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬
Telegram
📹
Instagram