Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Teamwork.uz (фриланс площадка)

teamwork_uz
Tez, oson va hamyonbop IT bo'yicha mutaxassislar va vazifalar topish platformasi. === Платформа для поиска удаленных исполнителей и задач. Topshiriq berish bo'yicha: Teamwork.uz Reklama joylashtirish bo'yicha: @shohruh_mir2
Подписчики
9 400
24 часа
-4
30 дней
19
Просмотры
1 772
ER
18,85%
Посты (30д)
11
Символов в посте
1 632
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Технологии и приложения
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Технологии и разработка software
Краткое описание
October 24, 14:03

Buyurtma №1402
—
#aktiv
👨‍💻
Mavzu:
Developer akkaunt ochish kerak
📝
Vazifa: Android va Apple developer akkaunt ocish kerak va play market bilan app storega yuklash kerak yuridik orqali
🕛
Muddati: Kelishilgan holda
💰
Narxi: Kelishilgan holda
#Программирование
#Androidприложения

October 21, 05:28

Ассалому алайкум, яхшимисизлар? AutoCAD устновочный файли керак эди поддержка қилиб юборинглар
@shohruh_mir2

October 20, 05:10

Gʻayrat, xodim boʻlish kuchsizlik emas
Ukalarimizdan biri 5 yildan beri xodim boʻlib ishlaydi.
Qo’lidan real ish keladi. Katta masʼuliyatli vazifalarni bemalol ishonib topshirsa boʻladi.
Evaziga yaxshi haq oladi. Bonuslari bilan oyiga $4 000 dan koʻproq topadi.
Yaqinda tadbirkor tanishlaridan biri unga oʻzi saviyasidagi ayrim yigitlarni misol qilib, tadbirkor boʻlishni tavsiya qilibdi.
Ukamiz esa bundan salohiyatli odamning xodim boʻlib ishlashi — kuchsizlik, tadbirkor boʻlishi esa kuchlilik, degan xulosa chiqaribdi.
U tadbirkor nima maqsadda gapirganini bilmayman. Lekin ukamizning xulosasi notoʻgʻri.
Unga bir nechta narsani tushuntirdim.
Birinchidan, biznesga egalik qilish va uni yaxshi boshqarish — boshqa-boshqa qobiliyatlar.
2025-yilda AQShning eng yirik 500 kompaniyasidan atigi 24 tasini oʻz asoschisi boshqargan. Qolgan 476 tasini kompaniyaga asos solmagan rahbarlar
boshqargan
.
Shu odamlarni ham «qachongacha birovga ishlaysan?» deb kuchsiz deymizmi?
Ikkinchidan, tadbirkorlik koʻproq pul topish kafolati emas.
NBERning 2025-yilgi tadqiqot sharhiga koʻra, AQShda asosan oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlaganlarning 57 foizi oʻziga oʻxshash yollanma xodimlardan kamroq daromad
topgan
.
O’zbekistonda ham bozor shakllangani sari ayni shu tendensiya bo’lyapti. Asos xodimlar biznes egalaridan ko’p daromad topyapti.
Bu tadbirkorlikda katta pul topib boʻlmaydi degani emas. Lekin biznes ochgan odam albatta koʻproq topadi, degan qarash ham notoʻgʻri.
Biznesi o’xshamasdan, qarzga botgan, tushkunlikda yashayotganlar son mingta. Ular mediaga chiqib intervyu bermaydi, uka.
Uchinchidan, kuchli tadbirkorga kuchli xodimlar kerak.
Sherigim
Aziz Rahimov
— bir vaqtning oʻzida doʻstim, ustozim va akam boshchiliklarida 400 kishiga yaqin jamoani
boshqaramiz
.
Biznes kattalashgan sari bir narsaga amin boʻlyapmiz: hamma ishni oʻzimiz qilishga na vaqtimiz, na kuchimiz, na bilimimiz yetadi.
Misol uchun, shu yil:
— 100 dan ortiq xodim ishga oldik. Buning ortida 7–8 mingga yaqin ariza va minglab suhbatlar
turibdi
.
— Maktablarimizga 700 dan ortiq yangi oʻquvchi qabul
qildik
. Buning uchun 30 mingga yaqin lid bilan
ishlandi
.
Shu jarayonlarning oʻzida 30 ga yaqin jamoadoshimiz katta mehnat
qildi
.
Bu faqat ikkita misol.
Maktablarimizda har kuni yuzlab oʻquvchilarga taʼlim berayotgan ustozlarimiz, akademik jamoamiz, maktablar boshqaruvi,
moliya
,
qurilish-ta’minot
,
IT
va boshqa boʻlimlarimiz ham oʻz yoʻnalishida katta ishlarni bajaryapti.
Bularning hammasini faqat biz ikkalamiz qilayotganimiz yoʻq. Qilolmasdik ham.
Jamoadoshlarimiz qilyapti!
Ularning aksariyati oʻz vazifasini bizdan yaxshiroq bajaradi. Shuning uchun ham oʻsha ishlarni ularga ishonib topshirganmiz.
Shunday odamlarni faqat birovga ishlayotgani uchun kuchsiz deyish qanchalik toʻgʻri?
Vaholanki, kuchsiz tadbirkorlar ham bor, kuchli xodimlar ham. Buning aksi ham bor.
Tadbirkor boʻlmoqchimisan — boʻl. Lekin kimdandir kuchli ekaningni isbotlash uchun emas, shu ishni haqiqatan xohlaganing uchun boʻl.
Xodim boʻlib ishlamoqchimisan — ishla. Oʻz sohangning zoʻri boʻl. Biliming, masʼuliyating va natijang bilan qadrlanadigan darajaga chiq.
Messi «Barcelona»da yulduz boʻldi. Lekin klub uning mulki emasdi. Oʻzi esa bu yil Ispaniyadagi «UE Cornellà» klubini sotib oldi.
O’z klubi bo’lmasa ham hech kim unga «qachongacha birovning klubida oʻynaysan?» demasdi.
Chunki uning qadri klubga egalik qilishida emas, maydonda qanday oʻynashida.
Biznesda ham shunday. Muhimi, oʻynayotgan maydoning seniki boʻlishi emas. Oʻsha maydonda senga berilgan vazifani qoyillatishing.
@boshqaruvchiga

October 19, 09:05

🧭
Startapingiz qaysi bosqichda? To‘g‘ri qadamni bosqich belgilaydi!
Ko‘plab asoschilar bir xil xatoga yo‘l qo‘yadi: muammo hali tasdiqlanmasdan va mahsulot bozorga mos kelishi (product-market fit) topilmasdan turib kengayishga urinishadi. Katta jamoa yollashadi, reklamaga pul sarflashadi, murakkab tizimlar quriladi va tez orada resurs tugaydi.
«The Revenue Coaches» tomonidan tayyorlangan
Startup GTM Map
(bozorga chiqish xaritasi) har bir bosqichda nima qilish kerakligini aniq ko‘rsatadi. Xaritada ikki yo‘nalish bor:
➡️
Chapdan o‘ngga:
asoschi o‘zi qiladigan ishlardan jamoa va tizimlar bajaradigan ishlargacha;
⬆️
Pastdan yuqoriga:
tajribalardan barqaror va oldindan aytib bo‘ladigan daromadgacha.
🔴
1. Prototip – muammoni tasdiqlang
Hali mahsulot yaratishga shoshilmang. Bo‘lajak mijozlar bilan suhbatlashing (CustDev), muammo haqiqatan mavjudligini va uning «og‘riqli» ekanini tekshiring. Oddiy prototip yasab sinab ko‘ring.
👉
Maslahat: kamida 30–50 nafar mijoz bilan muammo bo‘yicha suhbat o‘tkazmaguncha kod yozishni boshlamang.
🔵
2. MVP – ilk mijozlarni toping
Minimal ishlaydigan mahsulot bilan birinchi mijozlarni yutib oling. Ideal mijozingiz (ICP) kimligini va qiymat taklifingizni aniqlang. Bu bosqichda sotuvni
asoschining o‘zi
qiladi: shaxsiy tanishlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabarlar, ijtimoiy tarmoqlar va hamjamiyat orqali.
👉
Maslahat: birinchi 10 nafar to‘lovchi mijozni o‘zingiz toping, bu ishni boshqaga topshirmang.
🟡
3. Product-Market Fit – takrorlanadigan sotuv
Mijozlar sizni o‘zlari izlay boshlaganda va sotuvlar muntazam bo‘lganda, endi sotuv jarayonini tizimlashtiring: mijozlarni jalb qilish, sotuv bosqichlari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish. Birinchi mutaxassislarni yollash vaqti keldi.
👉
Maslahat: qaysi kanal eng yaxshi natija berayotganini raqamlarda o‘lchang (CAC, LTV, konversiya).
🟣
4. Scale-Up – ishlayotgan narsani kengaytiring
Faqat isbotlangan modelni kengaytiring: bir nechta sotuv kanallari, alohida jamoa, sotuv va marketing rahbarlari, avtomatlashtirilgan tizimlar.
👉
Maslahat: ishlamayotgan narsani kengaytirsangiz, muammolar ham kengayadi.
⭐️
Muhim saboq:
o‘z bosqichingizda tajribaga ega odamlarni jalb qiling. Bosqichga mos tajriba katta lavozim va unvonlardan muhimroq!
🎯
Xulosa:
keyingi qadamingizni orzular yoki boshqalarning misollari emas, startapingiz turgan bosqich belgilasin. Kichikdan boshlang, tez o‘rganing, mijozlar bilan gaplashing va faqat bozor «ha» deganda kengaying!
🚀
💬
Sizning startapingiz hozir qaysi bosqichda? Prototip, MVP, Product-Market Fit yoki Scale-Up? Izohlarda yozing
👇
📢
@startup_initiatives

October 19, 09:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 19, 05:28

Bizneslar marketingda ko‘p qiladigan xatolardan biri - boshqa kompaniyalarda yaxshi ishlagan usullarni o‘z biznesida ham qo‘llashga urinish.
Aslida, kichik biznes uchun samarali bo‘lgan marketing katta kompaniyada ishlamasligi mumkin. Yoki aksincha, yirik brendlar ishlatadigan marketing instrumentlari kichik biznes uchun shunchaki ortiqcha xarajat bo‘lishi mumkin.
Lokals Marketing
jamoasi O‘zbekistondagi 157 mingdan ortiq kompaniya ma’lumotlarini tahlil qilib, 54 nafar tadbirkor va rahbar bilan suhbatlashib, qiziqarli tadqiqot tayyorlabdi.
Tadqiqotning asosiy xulosasi:
marketing strategiyasi biznesning rivojlanish bosqichiga mos bo‘lishi kerak.
Ular bizneslarni 7 bosqichga ajratib, har biri uchun qaysi marketing kanallari samarali bo‘lishi, qanday jamoa kerakligi, qancha byudjet ajratish va nimalarga pul sarflamaslik kerakligini ko‘rsatishgan.
Menimcha, tadbirkorlar uchun foydali material. Ayniqsa, marketingga pul sarflayotgan, lekin natijasini tushunmayotganlar uchun.
Saytda tadqiqotni PDF shaklida o‘qish yoki testdan o‘tib, biznesingiz qaysi bosqichda ekanini aniqlash mumkin.
https://lokals.uz/ru/insights/7-qadam
@paiziev24

October 15, 06:03

Mutaxassisning qiymati sun’iy intellekt davrida
Biz birdaniga shunday davrga kirdikki, professional imkoniyatlarga ega bo‘lish raqobatbardosh ustunlik bo‘lishdan to‘xtadi.
Avvallari mutaxassisning qiymati uning boshqalar qila olmaydigan ishlarni bajara olishi bilan belgilanardi. Dasturchi kod yozardi, dizayner vizuallar yaratardi, prodyuser jarayonlarni tashkil qilardi, tahlilchi ma’lumotlarni tahlil qilardi. Buning uchun yillar davomida o‘qish, amaliyot qilish va katta tajriba to‘plash kerak edi.
Bugun sun’iy intellekt bu imkoniyatlarning katta qismini har kimga ochib berdi. Va mana shu yerda paradigma o‘zgaradi, siljish sodir bo‘ladi. Chunki biror narsani qila olish qobiliyati ommaviy bo‘lib qolganda, qiymat keskin ravishda ijrodan tanlashga ko‘chadi. Kod yozish endi ustunlik emas. Endi muhimi — qanday tizimni qurish kerakligini va nima uchunligini tushunish.
Tasvir, musiqa va kinoni endi har kim yaratishi mumkin — endi muhimi qanday obraz kerakligini va u qanday fikrni yetkazishi kerakligini bilish. Va nima uchun aynan shu variant — chunki minglab variantlar bor.
Kontent ishlab chiqarish arzonlashdi, narxi nolga intilmoqda. Ammo diqqatga sazovor original fikrni shakllantirish qobiliyati, aksincha, keskin qimmatlashdi. Va mana shu yerda paradoks paydo bo‘ldi: har bir inson qancha ko‘p imkoniyatga ega bo‘lsa, shunchalik ko‘pchiligidan ongli ravishda voz kechish qobiliyati muhimroq bo‘lib qoladi. Minimalizm va Okkam ustarasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Lekin professional ekspertiza hech qayerga yo‘qolmaydi — uning iqtisodiy roli o‘zgaradi. Avvallari ekspertiza monopolya edi, hozir esa bu xatolarni aniqlash, mutlaqo noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish va oqibatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish qobiliyatidir.
Yaqin yillarda har bir mutaxassis va kompaniya yana bir savolga javob berishi kerak bo‘ladi: agar deyarli har bir inson men foydalanayotgan vositalardan foydalana olsa, endi nima uchun to‘laydilar? «Chunki men buni qila olaman» degan javob endi mutlaqo ishonarli emas. Endi muhim javob: chunki men shunchaki qila olaman emas — men aynan nima qilish kerakligini tushunaman. Yaxshi natijani o‘rtamiyona natijadan ajrata olish ko‘nikmasi muhim bo‘ladi.
Eng muhimi — shunchaki sun’iy intellektdan foydalanishni o‘rganish yetarli emas. O‘z qiymatingiz haqidagi tasavvuringizni qayta ko‘rib chiqish kerak. Agar texnologiya har kimga yaratish imkoniyatini bersa, yangi tanqislik — yaratilganga ma’no berish qobiliyatidir.
Men keyingi rivojlanishni shunda ko‘raman: did va tanlash qobiliyati ham avtomatlashtirishdan himoyalangan emas. Jev kabi yangi qaror qabul qilish modellari — bu yo‘nalishdagi harakatning o‘zi.
Ertaga eng barqaror ustunlik — bu qandaydir alohida ko‘nikma emas. Bu doimiy o‘zgarish, o‘zini va o‘z rolini qayta anglash, atrofda yangi ehtiyojlarni ko‘ra olish, keng dunyoqarashga ega bo‘lish va ilgari umuman mavjud bo‘lmagan joyda qiymat yaratish qobiliyatidir.
Mutlaqo yangilik yaratish qobiliyati.
Сергей Пименов

October 12, 04:31

Ўрганишни ўрганиш.
Жаҳон тиллари университетида ўқиганимизда Study Skills деган фан бўларди. Нимани ўргатади десангиз, ўрганишни ўргатади.
Ўшанда буни энг енгил фан деб ўйлагандик. Йиллар ўтиб билсам, энг кераклиси шу экан.
Ҳаёт ҳар доим режа бўйича кетмайди. Бугун ишдан бўшайсиз, соҳангизда жой қолмайди ёки ишингизни сунъий интеллект қила бошлайди. Шунда янги нарсани тез ўрганиб, ишлата билган одам қолади. Қолганлар "илгари яхши эди" деб ўтиради.
Мактабда бизни ёдлашга ўргатишган. Ёдладик, имтиҳон топширдик, бир ҳафтада унутдик. Ўрганишни биладиган одам эса бошқача қилади: ўрганганини бировга тушунтириб кўради, қўлига олиб қилиб кўради ва бир марта эмас, бир неча марта қайтаради. Хато қилишдан ҳам уялмайди.
Яна бир гап. "Ёшим ўтиб кетди" дейиш - ўрганмасликнинг энг чиройли баҳонаси.
Кўпчилигимиз дипломни қўлга олган куни "қутулдим" деб ўқишни ҳам йиғиштириб қўйдик. Ҳолбуки ҳаётнинг асл имтиҳонлари ўша куни бошланган эди.
Менимча, бу фанни фақат тил университетида эмас, барча олийгоҳларда, ҳамма йўналишда биринчи курсдан ўқитиш керак. Юристми, врачми, муҳандисми - эртага соҳаси ўзгариб кетмайди деб ҳеч ким кафолат беролмайди. Балиқ бергандан кўра, балиқ тутишни ўргатган яхши деган гап бор-ку.
Сиз охирги марта қачон янги нарса ўргангансиз?
@bektoshkhatamov

October 11, 04:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

SI davri - qiziq
Ajoyib zamonda yashavommiz.
Kimdir SI dan qo‘rqadi, kimdir bosib ishlatmoqda.
Bir vaqtlar Google endi chiqqanida izlash uchun so‘zlarni tanlashga qiynalar edik. Keyinchalik esa chala yozsa ham o‘zi to‘g‘rilaydigan, sizga mos narsa ko‘rsatadigan bo‘lgan edi.
SI bilan ham shunday bo‘lmoqda. Avval muxandislar ishlatishni boshladi, keyin huquqshunoslar va hujjatlar bilan ishlaydigan hodimlar.
Hozir esa hamma ishlata oladi. Qanday ishlashini bilishi ham shart emas. Ishini bajartira oldimi? - bo‘ldi.
~~~
Bir tanishim korxona yuritadi. Hali SI bilan juddiy kirishmagan edi.
Gap orasida ishini osonlashtirishi, falon SIni ishlatib ko‘rishini aytgan edim. Keyingi hafta oldiga o‘tsam qilgan ishlarini aytib berdi.
SIni web orqali CoWork rejimini ishlatib ko‘ribdi. Desktop bor ekanini bilmagan.
O‘zi qiladigan ba’zi hisobotlarni qildirib ko‘rdi. Hisoblab, ishlab beribdi.
Ma’lumotlar Odooda turadi. Ulana olsanmi? - desa, ha degan va ulanib ma’lumotlarni olib chiqishni boshlagan.
Odatda 1 oylik muddat hisobotini 7 kun qilishar ekan. Keyin kamchiliklar, mujozlar fikrlari (feedback)larni tahlil qilishga yana 10 kun. Bu degani agar ish sekinlarsa va 1 hafta cho‘zilsa, keyingi oyga o‘tib ketadi.
Shuni qilmaslik uchun SI yordamida shu 7 kunda qiladigan ishlarini birma-bir yozib chiqibdi. 2 soatda hammasini qilib berdi, - deydi.
$20 lik Pro paketini olgan. Agar $100 lik ni olsa, bilmadim qanchalik ish qildirib tashlar edi.
Keyin 6 oy orqaga qaytarib, eski hisobotlarni ham qayta hisoblatibdi.
Eng qizig‘i, SI eski oylarda xato kiritilgan muammolarni topib, tuzatishni taklif qilibdi:
- xodim bitta joyda 200 soat ishlagan (aslida 1 kunda 8 soat ishlaydi)
- mijoz loyihasini 3 oyda tugatilgan (aslida 15 kunda tugagan)
kabi.
1 kun o‘tirib olgan natijalaridan xursand bo‘lib, xodimlarini yig‘ibdi. Majlis qilib, ular bilan yangi rejalar, Si bilan tahlil usullarini gaplashib chiqqan.
~~~
Nima demoqchiman?
Agar siz sohangiz mutaxassisi bo‘lsangiz, siz SIni tez o‘rganasiz.
Sohangizni mukammal bilishingiz SI oddiy yordamchi bo‘lib qolishini bildiradi.
Fikrlash doim sizda bo‘ladi. SI siz uchun fikrlab bera olmaydi.
SI mening ishimni olib qo‘yadimi? - Yo‘q.
deyishga yaxshi misol bo‘ldi.
Xulosa
SIni ishlatishni boshlang. Tekini emas, pullik variantini ishlating, siz uchun juda katta ilm ochiladi.
08.10.2026 London
@DrAlgorithm

October 04, 09:00

Buyurtma №1400
—
#aktiv
👨‍💻
Mavzu:
Tayyor HRM Xodimlar boshqaruvi tizimi sotiladi
📝
Vazifa: Tayyor, ishlab turgan HRM (xodimlarni boshqarish) tizimining source kodi sotiladi. Tizim kampaniyalar tomonidan ishlatilgan va sinovdan o'tgan
Modullar:
Ish grafigi: smenalar, dam olish kunlari, O'zbekiston bayram kalendari bilan integratsiya
Davom...
🕛
Muddati: Kelishilgan holda
💰
Narxi: Kelishilgan holda
#Dasturlash
#Back
-enddasturlash