
Şahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi
Shahrisabz “Temurbeklar maktabi”da sanitariya-tozalash ishlari amalga oshirildi
Shahrisabz “Temurbeklar maktabi”da sanitariya-gigiyena holatini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun toza va sog‘lom muhitni ta’minlash hamda belgilangan sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida dezinfeksiya va sanitariya-tozalash ishlari olib borildi.
Tadbirlar davomida o‘quv xonalari, yo‘laklar, kutish zallari hamda umumiy foydalanish joylari belgilangan tartibda tozalanib, dezinfeksiya qilindi.
RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:
🌎
Web
|
🎥
YouTube
|
📸
Facebook |
📱
Instagram
🏞
Harbiy-akademik litseyi o'quvchilarining dam olish kunini mazmunli o'tkazish maqsadida I o‘quv kursi 5-26 guruhi o‘quvchilari bilan Shahrisabz shahridagi Navro‘z bog‘iga sayohat tashkil etildi.
👥
Tashkil etilgan sayohat o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, jamoaviy faolligini oshirish hamda o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qaratildi. Sayohat ko‘tarinki ruhda va maroqli taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:
🎥
YouTube |
🗂
Telegram |
📸
Facebook |
📱
Instagram
2-bosqich 3-25 guruh o'quvchilari bilan Shahrisabz shahridagi Amir Temur xiyoboni va tarixiy obidalarga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar Ko‘k gumbaz jome masjidi, Hazrati imom masjidi va Jahongir maqbarasi kabi tarixiy obidalar bilan tanishdilar
⚽
Dam olish kuni — sport bilan yanada mazmunli!
🏆
2-kurs o‘quvchilari o‘rtasida dam olish kunini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi hamda shaxmat bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
🏀
Qizg‘in va do‘stona ruhda kechgan bellashuvlar o‘quvchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ularning jamoaviylik, chaqqonlik va zukkolik mahoratini namoyon etishiga imkon yaratdi.
🌿
Tarix va tabiat bag‘rida maroqli hordiq!
“Temurbeklar maktabi” HALning 6-26 guruh o‘quvchilari dam olish kunini mazmunli o‘tkazish maqsadida Amir Temur xiyoboniga sayr uyushtirdilar.
🌳
Tarixiy obidalar va go‘zal tabiat qo‘ynida o‘tgan sayr yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat hamda unutilmas taassurotlar bag‘ishladi!
O‘QUVCHILAR OSHXONASIDA NAVBATDAGI TEKSHIRUV
«Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi o‘quvchilar oshxonasida tozalik, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va to‘liqligini nazorat qilish bo‘yicha navbatdagi tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida oshxonaning sanitariya holati, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlanishi hamda taomlarning belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga sifatli va xavfsiz ovqatlanish sharoitlarini ta’minlash, oshxonada tozalik va sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:
🌎
Web
|
🎥
YouTube
|
📸
Facebook |
📱
Instagram
Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ona tili va tarix fanlaridan tashkil etilgan milliy sertifikat imtihonlariga kuzatildi.
Ushbu imtihonlar o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, fanlarni chuqur o‘zlashtirish hamda kelgusidagi ta’lim jarayonida yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:
🌎
Web
|
🎥
YouTube
|
📸
Facebook |
📱
Instagram
Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Stressni yengish va xizmat jarayonida ruhiy barqarorlik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida stressni boshqarish, ruhiy barqarorlikni saqlash, qiyin vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda xizmat samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sabr-toqatli bo‘lish, o‘ziga ishonchni mustahkamlash va hissiyotlarni boshqarish muhimligi ta’kidlandi
.
RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:
🌎
Web
|
🎥
YouTube
|
📸
Facebook |
📱
Instagram
Harbiy-akademik litseyining 6-26 guruh o‘quvchilari uchun Shahrisabz shahridagi Yoshlar markazida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tashrif davomida o‘quvchilar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, dam olishi va kitobxonlik soatlarini tashkil etishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
✨
Mazmunli hordiq va kitob mutolaasi — bilim hamda yangi g‘oyalar sari qadam!
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:
🌎
Web |
🎥
YouTube |
📸
Facebook |
📱
Instagram