
𝙏𝙖𝙗𝙞𝙞𝙮 𝙛𝙖𝙣𝙡𝙖𝙧 𝙛𝙖𝙠𝙪𝙡𝙩𝙚𝙩𝙞 (𝙧𝙖𝙨𝙢𝙞𝙮 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙞)
❇️
❇️
PSIXOLOGIK BILAN UCHARUSHUV
❇️
❇️
Joriy yilning 26-oktabr kuni Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabalari hamda universitet psixologi M. Saidova o'rtasida Stresni oldi olish, universitet xududiga moslashish, ijtimoiy psixologik yordam ko‘rsatish imkoniyatlari haqida targ‘ibot, tushuntirish ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi uchrashuv tashkil etildi.
❇️
❇️
Talabalar mazkur seminarda faol ishtirok etib, mashgʻulotlar ularning muayyan sharoitga tezkor moslashishi, nevrotik holatlarni bartaraf etish, ijodkorlikni rivojlantirish, oʻz-oʻziga hurmat hissini shakllantirish, kayfiyat va xatti-harakatlarini nazorat qilish va boshqarish kabi hissiy jarayonlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
❇️
❇️
Universitet psixologi M.Saidova talabalarga motivatsion kayfiyat ulashar ekan, ularga doimo psixologik ko'mak berishga tayyor ekanligini ta'kidladilar
.
🏢
Joriy yilning 26-oktabr sanasida Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari va talabalari, Yoshlar hayvonot dunyosining inson hayotidagi ahamiyati, biologik muvozanatni saqlash va atrof-muhitni asrash haqida bilimlarini mustahkamlash, talabalarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida "Termiz hayvonot bogʻi"ga sayohat uyushtirdik.
📱
Sayohatda talabalar turli xildagi hayvonlar va noyob qushlarni koʻrib ular haqida oʻzaro maʼlumotlar almashishdi
.
➡️
Termiz hayvonot bogʻi 1938-yilda tashkil etilgan va ushbu hayvonot bogʻida "Qizil kitob" ga kiritilgan 42 ta noyob jonvorlar mavjudligini bilib oldik.
🏢
Joriy yilning 25-oktabr sanasida Tabiiy fanlar fakulteti Barqaror rivojlanish kafedrasi o'qituvchisi O.Normurotov tashabbusi bilan talabalar "Mini futbol" sport turi bo‘yicha sport tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbir Prezidentimiz tomonidan sport sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish hamda bu borada belgilab berilgan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyatini keng yoritishga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida talabalar faol ishtirok etib, mini futbol musobaqalarida o‘z jamoalari bilan yuqori natijalar ko‘rsatdilar. Bahslar qizg‘in, murosasiz va sportga xos do‘stona ruhda kechdi.
Ushbu tadbir yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda milliy qadriyatlar va tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi
.
🐎
MILLIY MEROS SARI QADAM: TALABALAR «QORABAYIR OTLARI MAHORAT MAKTABI»DA
2026-yil 21-oktabr kuni Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabalari «Qorabayir otlari mahorat maktabi» otchopar maydoniga tashrif buyurdilar.
Tashrifdan maqsad talabalarning milliy ot sporti va chavandozlik an’analari haqidagi bilimlarini kengaytirish, qorabayir otlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularni parvarishlash hamda ot sportining milliy madaniyatimizdagi o‘rni bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Mazkur tashrif davomida talabalarda milliy qadriyatlarimizga hurmat, hayvonlarga mehr va g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini shakllantirish, shuningdek, xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
TARIXIY QADAMJOLARGA MA’RIFIY TASHRIF
2026-yil 21-oktabr kuni Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari tomonidan Geografiya ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 225-guruh talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy va tarixiy-madaniy yo‘nalishdagi tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida talabalar yurtimizning qadimiy tarixidan darak beruvchi Fayoztepa va Qoratepa tarixiy-arxeologik yodgorliklariga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalarga mazkur tarixiy obidalarning bunyod etilish tarixi, arxeologik ahamiyati, me’moriy tuzilishi hamda ajdodlarimizning yuksak bunyodkorlik va san’at mahorati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, qadimiy inshootlarda saqlanib qolgan me’moriy unsurlar, gumbaz va ustunlarning o‘ziga xos ishlanishi bilan yaqindan tanishildi
Mazkur tashrif talabalarning tarixiy va madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirish hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi
.
🏛
Joriy yilning 21-oktabr sanasida Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari, Biologiya ta'lim yo'nalishlari 1-kurs talabalari ishtirokida Saxovatli qo'llar loyihasi doirasida Saxovat mahallasi Ishchilar ko'chasi, 14-uyda yashovchi Hamro bobo xonadoniga tashrif buyurishdi.
✅
Bu tashrif davomida talabalar nafaqat moddiy yordam ko‘rsatishdi, balki insoniylik, mehr-oqibat va shukronalik kabi yuksak qadriyatlarning hayotimizdagi o‘rnini his qilishdi.
✅
Tadbir davomida ular har bir insonning qalbida mehr ulashish, yordam qo‘lini cho‘zish va hayotning ne’matlariga shukr qilish kabi tuyg‘ularni uyg‘otish mumkinligini amalda ko‘rdilar. Bu esa talabalarga kelajakda jamiyatga foydali, mehribon va mas’uliyatli shaxs bo‘lib voyaga yetishda katta saboq bo‘ldi.
✅
Har bir insonning qalbida insoniylik va saxovat urug‘lari bo‘lishi kerak. Talabalarimizning bu tashabbusi esa barchaga ibrat bo‘la oladi.
#insho
#tanlov
📝
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kun munosabati bilan Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabalar o‘rtasida “
Ona tilim, millatim faxrim
” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
🖌
Ushbu tanlov talabalarning davlat tiliga bo‘lgan hurmatini namayon qilish, savodxonligini oshirish va bilim darajasini sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.
Tanlov natijalariga ko'ra,
1-oʻrin Qurbonova Sevinch
2-o‘rin Tojiyeva Dilnoza
3-oʻrin Niyozova Marjona
Tanlovda fakultetning iqtidorli, faol va zukko talabalar ishtirok etib, o‘z qarashlarini insho orqali bayon etdilar
.
🚀
STARTAP OLAMIGA ILK QADAMNI BIZ BILAN QO‘YING!
🎤
Ertaga bo‘lib o‘tadigan “SENING STARTAPING SHU YERDAN BOSHLANADI!” seminarining spikerlari bilan tanishing!
💡
G‘oyani qanday qilib haqiqiy startapga aylantirish mumkin? Nimadan boshlash kerak? Qanday imkoniyatlardan foydalanish mumkin?
Bu va boshqa savollarga seminarimizning tajribali va faol spikerlari bilan birgalikda javob izlaymiz!
👨💼
E. Asomiddinov
— Yoshlar akademiyasi hudud lideri
👨💼
Sh. Xolmamatov
— Termiz Yoshlar texnoparki direktor o‘rinbosari
👩💼
L. Sharifova
— TerDU talaba-qizlar koordinatori
👩💼
S. Xongeldiyeva
— TerDU Yoshlar akademiyasi lideri
🔥
Bu shunchaki seminar emas — yangi g‘oyalar, foydali tanishuvlar va katta imkoniyatlar sari ilk qadam!
📅
Sana:
21-oktabr
🕠
Vaqt:
17:30
📍
Manzil:
Termiz Yoshlar texnoparki
🚀
G‘oyangiz bormi? Unda imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! G‘oyangiz hali yo‘qmi? Uni topish uchun ham aynan shu yerga keling!
⚡️
Joylar soni cheklangan! Sizni kutamiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🌐
Web sayt
|
Joriy yilning 20-oktabr kuni Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan “
Ona tilim – dilimda, qalbimda, yuragimda
!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘zbek tilining milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni, uning betakror go‘zalligi hamda xalqimiz ma’naviyatini ifoda etishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda fakultet yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boyicha dekan orinbosari O'.Asallayev, fakultet tyutorlari va talabalar ishtirok etib, ona tilimizning davlat tili sifatida jamiyat hayotidagi o‘rni, uni e’zozlash va rivojlantirish barchamizning muqaddas burchimiz ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, fakultet talabalari tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etilib, o‘zbek tiliga bo‘lgan mehr va hurmat ifoda etildi.
Mazkur tadbir talabalar qalbida ona tiliga bo‘lgan faxr va g‘urur tuyg‘usini yanada kuchaytirdi.
🔬
🧪
Xalqarolashayotgan Tabiiy fanlar fakulteti laboratoriyasi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring