
TerDU Yuridik fakulteti
YURIDIK FAKULTETI KLUBLARI
🎓
2026/2027-o‘quv yilida klublar, loyihalar va to‘garaklar yangi bosqichda!
Qiziq yo‘nalishni tanlang, do‘stlar orttiring va qobiliyatingizni rivojlantiring.
Endi Yuridik fakulteti klublari haqida ma’lumot va a’zo bo‘lish imkoniyati bitta postda!
Havola orqali:
▫️
Batafsil ma’lumot
▫️
Telegram guruh/kanalga ulanish⁹⁹
▫️
Mos klubni tanlash imkoniga ega bo'lasiz
🚀
2026/2027-o‘quv yilida o‘zingizni sinab ko‘ring!
Mos klubni tanlang va a’zo bo‘ling!
Klublar ro‘yxati
https://t.me/terdu_yuridik
Mustaqillik darslari doirasida universitetda ekskursiyalar tashkil qilinmoqda.
⏺
Ekskursiya
davomida Axborot resurs markazi va uning moddiy texnik bazasi, sud majlislar zali, Qatag'on qurbonlari muzeyi bilan yaqindan tanishib, ma’lumotlarga ega bo'lishmoqda.
https://t.me/terdu_yuridik
🗣
Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalariga amaliy darslar o‘tkazildi.
• Yuridik maslahat markaziga volontyor sifatida qabul qilingan talabalarga simulyatsion darslar orqali amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish ta’minlandi.
⏺
Ushbu darslarning asosiy maqsadi talaba volontyorlarni amaliyotga jalb qilish hamda ularning fuqarolar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirishdir.
• Trening darslari hamda yakuniy suhbatlar natijalariga asosan, 50 ga yaqin talaba Yuridik maslahat markaziga volontyor sifatida qabul qilindi.
https://t.me/terdu_yuridik
🇺🇿
HARBIY TAYYORGARLIK O‘QUV MARKAZIGA QABUL BOSHLANDI!
⭐️
Termiz davlat
universiteti 3-bosqich kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari uchun muhim imkoniyat!
🟢
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi PQ-140-son qaroriga muvofiq, Termiz davlat universitetida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etildi.
🟢
Shu munosabat bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalarni Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga qabul qilish jarayoni boshlandi. Mazkur markazga Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari belgilangan tartib va tanlov asosida saralab olinadi.
➡️
Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida tahsil olishning afzalliklari:
🟢
Harbiy unvon va guvohnoma
O‘quv markazini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi hamda tegishli harbiy guvohnoma rasmiylashtiriladi.
🟢
Harbiy xizmat uchun yangi imkoniyatlar
Kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi turli tuzilma va bo‘linmalarda shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tash imkoniyati yaratiladi.
🟢
Kelajak uchun muhim imkoniyatlar
Qurolli Kuchlar tizimida faoliyat yuritgan harbiy xizmatchilar uchun davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va kafolatlardan foydalanish imkoniyatlari mavjud.
🟢
Kelajakda nafaqat malakali mutaxassis, balki Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilishga tayyor harbiy mutaxassis bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
😀
Murojaat uchun:
+998 91 574 66 82 Kamol Abdijabborov
❗️
Hurmatli 3-bosqich talabalari!
Agar sizda harbiy sohaga qiziqish, yuqori jismoniy tayyorgarlik va Vatanga xizmat qilish istagi bo‘lsa — ushbu imkoniyat aynan siz uchun
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
You tube
|
Sayt
Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabasi Olimnazarov Xayotbek
"Munavvar kun"
dasturining mehmoni bo‘ldi. Suhbat davomida Yuridik maslahat markazining faoliyati haqida ma’lumot berib o‘tildi.
https://t.me/terdu_yuridik
⚖️
YURIDIK FAKULTETI TALABA QIZLARI DIQQATIGA!
🌷
✨
“QIZLARJON” KLUBI
Yuridik fakultetidagi a’zolik uchun START BERILDI!
Aziz talaba qizlar!
💐
Sizni ilm-fan, ta’lim, liderlik, ijodkorlik va yangi imkoniyatlarni birlashtiruvchi “Qizlarjon” klubi safiga qo‘shilishga chorlaymiz!
🌱
Klub a’zoligi orqali:
📚
ilmiy va intellektual loyihalarda ishtirok etish;
🎓
stipendiya va tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rish;
💡
yangi loyihalar va startaplarni amalga oshirish;
👩🏻💼
liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish;
🤝
faol va iqtidorli talaba qizlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
💫
O‘zgarishning bir qismi bo‘ling!
“Qizlarjon” bilan birga rivojlaning, yarating va yetakchilik qiling!
👩🏻⚖️
Yuridik fakulteti “Qizlarjon” klubi raisi:
Tillomurodova Sarvinoz
📩
Murojaat uchun:
@Tillomurodovasarvinoz
Mustaqillik darslari ko'tarinki ruhda davom etmoqda.
🗣
Fakultetning katta o'qituvchilari E.Nazarov hamda O.Bo'royevlar tomonidan 1-kurs talaba-yoshlarga tanishtoruv haftaligi doirasida Mustaqillik darslari o'tildi.
⏺
Dars davomida Vatanga hurmat, Yangi O'zbekistondagi ta’lim va ta’limga oid islohotlar hamda yoshlarbop imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, fakultet 3-bosqich talabasi H.Olimnazarov tomonidan interaktiv metodik o'yinlar o'tkazildi.
https://t.me/terdu_yuridik
🗣
Yuridik fakultetining 1-kurs talabalari universitet kampusi bilan tanishdilar!
⏺
Yangi o‘quv yilini boshlagan 1-kurs talabalari universitet kampusida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv davomida talabalar uchun yaratilgan o‘quv auditoriyalari, kutubxona, dam olish maskanlari hamda boshqa zarur infratuzilmalar haqida ma’lumot berildi.
🔺
Ushbu tanishuv jarayoni yoshlarning universitet hayotiga tezroq moslashishi, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi va talabalik davrini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiladi.
https://t.me/terdu_yuridik
YANGI KLUBGA TANLOV!
🫡
“Penitensiar Huquq”
klubi — Yuridik fakulteti talabalari uchun
jazoni ijro etish tizimi, qamoqxona
muassasalari faoliyati va bu sohadagi huquqiy jarayonlar bilan yaqindan tanishish, amaliy bilim va tajriba orttirish imkonini beruvchi yangi klub.
➡️
Klub faoliyati doirasida jazoni ijro etish muassasalariga tashriflar, mutaxassislar bilan uchrashuvlar va amaliy suhbatlar tashkil etiladi.
⌛️
Tanlov: 16-sentabr
⏰
Soat: 13:00
📌
Manzil: Yuridik maslahat markazi xonasi
📴
Agar siz huquqni amaliyot bilan bog‘lashga qiziqsangiz — bizning klubimizga qo‘shiling!
😎
Murojaat uchun: Yuridik fakulteti Yoshlar yetakchisi:
@Sardorbek941134242
https://t.me/terdu_yuridik
Ogoh bo‘ling: Bir lahzalik “oson daromad” butun umringizni barbod qilmasin!
Hurmatli talabalar va yoshlar!
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Telegram va boshqa messenjerlarda “oson daromad”, “erkin grafikdagi ish” yoki “kuniga katta pul topish” niqobi ostida yoshlarni jinoyatga tortish holatlari qayd etilmoqda.
Yaqinda Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda internet-narkomagazinlarga aloqador 14 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Shubhali guruhlar, begona tugunchalarni belgilangan joylarga tashlash, “kuryerlik” takliflaridan darhol voz keching va bu haqda kerakli tashkilotlarni ham ogohlantiring.
Hayotingizni, erkinligingizni va kelajagingizni xavf ostiga qo‘ymang!
#OgohBo‘ling
#YoshlarOgohligi
#NarkotiklargaQarshi
#JinoyatVaJazo
#KelajagingniAsra
https://t.me/terdu_yuridik