
"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali
#ob_havo_20_oktyabr
📍
Termiz
🔗
https://obhavo.uz/termez
Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱
Telegramm
|
📱
Facebook
|
📱
Web
|
Assalomu alaykum!
Seshanba tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!
☀️
Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!
Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱
Telegramm
|
📱
Facebook
|
📱
Web
|
TEMIR YO‘L TIZIMIDA ISHLAR SAMARADORLIGI VA HARAKAT XAVFSIZLIGI — DOIMIY E’TIBORDA
Joriy yilning 19-oktabr kuni
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruvi raisi S.A. Norqabilov “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialiga
tashrif buyurdi. Tashrif davomida filialning yangi tayinlangan rahbari
O.N. Xudoyqulov
jamoaga tanishtirildi.
Shundan so‘ng, Boshqaruv raisi uzel tasarrufidagi hududiy filiallar va qator temir yo‘l stansiyalarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarish jarayonlari hamda mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan,
Termiz lokomotiv deposida olib borilayotgan ta’mirlash va bunyodkorlik ishlari, ishlab chiqarish jarayonlari hamda xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida lokomotivlarning texnik holati, ularning belgilangan ekspluatatsiya me’yorlariga muvofiqligi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarining sifati hamda samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, lokomotiv brigadalarining xizmat vazifalarini bajarish tartibi, mehnat va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyati o‘rganildi.
Bundan tashqari, depo ta’mirlash sexlaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ish joylaridagi sharoitlar va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad
— temir yo‘l infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, texnik vositalarning sozligini nazorat qilish, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda poyezdlar harakati xavfsizligini yanada mustahkamlashdan iborat.
"
Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati.
👍
🌎
railwayinfra.uz
❤️🔥
Telegram
❤️🔥
Facebook
❤️🔥
Instagram
21-OKTABR O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN
Joriy yilning 19-oktabr kuni “
Termiz temir yo‘l masofasi”
filialida
“O‘zbek tili milliy o‘zligimiz va g‘ururimiz timsoli”
mavzusida bayramona va ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda filial rahbariyati, soha xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan filial rahbariyati ona tilimizning boy tarixi, uning xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va davlat tili sifatida rivojlanish bosqichlari haqida alohida to‘xtalib oʻtildi.
Soha xodimlari va temiryo‘lchilar tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy chiqishlarda o‘zbek tilini tarannum etuvchi she’rlar va g‘azallar o‘qildi.
Shuningdek, tadbir davomida sohada xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarning davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini oshirish va hujjatlar bilan ishlashda til qoidalariga rioya etish borasidagi erishilayotgan natijalar e’tirof etildi.
Ushbu bayram tadbiri temiryo‘lchilar qalbida ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱
Telegramm
|
📱
Facebook
|
📱
Web
|
#Ta
’ziya
"Termiz MTU" filiali
Oqjar stansiyasi boshlig‘i Abduraimov Akbar Xudoyberdiyevichning otasi Xudoyberdi otaning
vafoti sababli marhumning qarindosh va yaqinlariga "Termiz MTU" filiali rahbariyati va keng jamoasi chuqur ta'ziya izhor etadi.
Janozasi:
Bugun, 17-oktyabr kuni soat 14:00 da.
Manzil:
Jarqo‘rg‘on tumani, Arslonboyli mahallasi
Mo‘ljal:
Gidrouzel.
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.
Rasmiy sahifamiz:
🚉
👉
📱
@Termiz_MTU
👈
«O‘zbekiston temir yo‘llari» yuk tashish hajmini oshirishga doir kelishuv imzoladi
Joriy yil 14-16 oktyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan «NEW SILK WAY» VIII xalqaro biznes-forumi doirasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Boshqaruvi raisi Z.G. Narzullayev Qozog‘iston, Ozarbayjon, Afg‘oniston va Tojikiston temir yo‘l administratsiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda yuk tashish hajmlarini oshirish, tranzit va import tashuvlarini kengaytirish hamda mavjud transport yo‘laklari imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb etish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, temir yo‘l logistikasi samaradorligini oshirish, tashish jarayonlarini o‘zaro muvofiqlashtirish va yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro yo‘nalishlarda qulay va raqobatbardosh logistika xizmatlarini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuvlar yakunida yuk tashish hajmlarini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tomonlar mintaqaviy transport aloqalarini mustahkamlash va temir yo‘l sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.
|
Site
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
X
MILLIYLIK TAROVATI — “TERMIZ MTU” FILIALI XODIMLARI NIGOHIDA!
Milliy libos — millat ko‘rki, ma’naviyatimiz va milliy o‘zligimiz ifodasi!
Bugun, juma — Milliy liboslar kunida
“Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali xodimlari
milliy liboslarda namoyon bo‘lib, xalqimizning boy madaniy merosi, betakror urf-odatlari va asriy an’analariga bo‘lgan yuksak hurmatini yana bir bor ifoda etdilar.
O‘zbek milliy liboslarida mujassam bo‘lgan nafislik, ranglar uyg‘unligi va milliy naqshlar xalqimizning o‘ziga xosligi, didi hamda boy ma’naviy dunyosini aks ettiradi. Har bir libosda tariximiz, qadriyatlarimiz va ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan an’analar nafasi mujassam.
Milliy liboslarni e’zozlash — bu shunchaki an’anaga amal qilish emas, balki milliy o‘zligimizni anglash, madaniy merosimizni asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga munosib yetkazish demakdir.
Milliy qadriyatlarimizga sadoqat, an’analarimizga hurmat va milliy o‘zligimizga faxr — “Termiz MTU” jamoasining ma’naviy qiyofasida!
🇺🇿
Milliy libos — millat iftixori, milliylik esa qalbimizdagi g‘urur!
Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱
Telegramm
|
📱
Facebook
|
📱
Web
|
"TEMIRYO‘LCHI" gazeta
sining 2026 yil 15-oktyabr kunidagi 40-soni mutolaa uchun havola qilinadi.
Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱
Telegramm
|
📱
Facebook
|
📱
Web
|
HARAKAT XAVFSIZLIGI — DOIMIY NAZORATDA
Bugun, 14-oktyabr —
“Poyezdlar harakati xavfsizligi
” kunida
“Termiz MTU” filiali bosh muhandisi U.V.Muxitdinov va filial boshlig‘i o‘rinbosari Sh.A. Qodirov
tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 1-N-sonli “Harakat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
Termiz stansiyasi, Termiz vagon ekspluatatsiya uchastkasi hamda Termiz vokzalida
nazorat ko‘rigi o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida stansiyada amalga oshirilayotgan ishlar, harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablari, shuningdek, amaldagi yo‘riqnomalar yuzasidan ish faoliyatini olib borayotgan ishchi-xodimlarning bilim darajasi tekshirildi. Shu bilan birga, stansiyada yuritilayotgan texnik hujjatlarning holati ham ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng stansiya boshlig‘i va mas’ul xodimlar ishtirokida stansiyada harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, ish jarayonlarining belgilangan talablar asosida tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek Termiz vagon ekspluatatsiya uchastkasi hamda Termiz vokzalida ham amalga oshirilayotgan ishlar hamda berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati
Rasmiy sahifamiz:
🚉
👉
📱
@Termiz_MTU
👈
XAVFSIZ HUDUD PROFILAKTIK TARGʻIBOT TADBIRI
Joriy yilning 14-oktabr kuni temir yo‘l izlariga yaqin joylashgan mahallalarda Xavfsiz hudud profilaktik tadbirini tashkil etish maqsadida Termiz temir yo‘l masofasi filiali ma'sul xodimlari hamda Transportda XTB inspektorlari bilan birgalikda
Jarqo'rg'on tuman “YANGIARIQ” MFY
da yashovchi fuqarolarga,
Jarqo'rg'on tuman 43-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi
oʻquvchilariga hamda
Zartepa-Surxon stansiyalari oraligʻi 4509-kilometrda joylashgan temir yoʻl kesishmasida “DIQQAT TEMIR YO‘L” mavzusida
profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda mahallada yashovchi fuqarolarga hamda maktab oʻquvchilariga temir yo‘lda baxtsiz hodisalar to‘g‘risida keng tushunchalar berilib, temir yo‘llarni belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik, temir yo‘llarda turgan poyezd vagonlari ustiga chiqmaslik va temir yo‘l izlariga begona jismlarni qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi hamda bunday salbiy harakatlar ayanchli oqibatlarga olib kelishi tushuntirib o‘tildi.
"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱
Telegramm
|
📱
Facebook
|
📱
Web
|