Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

π—§π—˜π—¦π—§ π—Ÿπ—œπ——π—˜π—₯ | JALOL BOLTAYEV

testlider
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs , @JalolBOLTAYEV Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
22 163
24 часа
46
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
1 315
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
4 000
ER
18,05%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
95
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
500
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
EDΠžΠ±Ρ‰Π΅Π΅ ΠΎΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠ΅ ΠΈ новости
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
25-34
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠžΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠ΅
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
October 26, 14:50
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Kursga BEPUL qoβ€˜shilish imkoni
Imtihonga oz qolganida kursga qabul ochmasligimni koβ€˜pchiligingiz bilasiz. Buning ikki sababi bor. Birinchidan, β€œoxirgi kunlar” oβ€˜qitib, keyin β€œkursimning natijasi, oβ€˜quvchim” deyishni toβ€˜gβ€˜ri deb bilmayman. Ikkinchidan, kim boshlangβ€˜ich nuqtada turgan boβ€˜lsa, 10 kunda unga jiddiy yordam berib boβ€˜lmaydi. Bu menga emas, vaqtga bogβ€˜liq. Shunday paytda balandparvoz gaplarni aytib, pul olib, natija va’da qilishni oβ€˜zimga ep koβ€˜rmayman.
Lekin imtihonga oz muddat qolganda kursga qoβ€˜shilishni istaganlar boβ€˜ladi.
Shuni ham bilamanki,
tarixdan bazasi bor, faqat takrorlab olishi kerak boβ€˜lgan odamga guruhdagi Β«HISTOMAPΒ» qoβ€˜llanmalari ancha yordam beradi.
Shuning uchun bir qarorga keldim.
28-oktyabrdan
boshlab kursga qoβ€˜shilmoqchi boβ€˜lganlar bepul qoβ€˜shilaveradi. Guruhda Β«HISTOMAPΒ» qoβ€˜llanmalari bor. Ularni oβ€˜qib, takrorlab olsangiz, imtihonda ancha foydasi tegishiga ishonaman.
Faqat bir narsani ochiq aytib qoβ€˜yay: muddat qisqa boβ€˜lgani uchun bu qoβ€˜llanmalar bazasi borlar uchun yaxshi ish beradi. Tarixni endi boshlayotgan boβ€˜lsangiz, qoβ€˜llanmani Gerodotning oβ€˜zi tuzgan boβ€˜lsa ham, 10 kunda koβ€˜p narsani oβ€˜zgartirib boβ€˜lmaydi. Buni bilib turib qoβ€˜shilgan ma’qul.
Yana bir gap. Bunday qoβ€˜shilganlar natija qilsa, bu ularning oβ€˜z (
va shu paytgacha oβ€˜qitgan ustozlarining
) mehnati boβ€˜ladi, Β«Jalol Boltayevning kursida oβ€˜qiganΒ» degan gap boβ€˜lmaydi. Natija oβ€˜zingizniki.
(c) Jalol BOLTAYEV
@TESTLIDER

October 26, 14:25
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

β€’ Javoblar varaqasi
β€’ Titul
β€’ β€œMilliy sertifikat” uchun
Hamma, ayniqsa, mening kursim ishtirokchilari, mana shundan kamida 15 dona chiqarib olsin! Imtihongacha boβ€˜lib oβ€˜tadigan β€œMilliy sertifikat” testlarini shu titulga boβ€˜yab ishlasin! Bu muhim!
πŸ‘‰
@TESTLIDER

October 26, 14:10
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
πŸ”₯
Test boshlandi!
β€’ Test
: Β«MILLIY SERTIFIKATΒ»
β€’ Muallif:
JALOL BOLTAYEV
βœ…οΈ
β€’
1-variant (2026–2027)
β€’ Tahlil vaqti: ertaga, 22:00
β€’
Javoblar varaqasi (titul)
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
Ertaga
22:00
gacha ishlab, tayyor boβ€˜lib turing. Kanalda test tahlili oβ€˜tkazildi!
πŸ‘‰
@TESTLIDER

October 26, 11:16
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

9-sinf Β«Jahon tarixiΒ» (2024) darsligi boβ€˜yicha tuzgan Β«Kundalik-optimalΒ» test toβ€˜plamimdan namuna!
Mana shu hafta β€œ8 jahon” chiqarkan, nashriyot shu hafta chiqaramiz, deb va’da beryapti. Soβ€˜ng Xudo xohlasa, noyabr oyida β€œ9 jahon” ham chiqadi. Bu darslik boβ€˜yicha testlar tayyor, faqat ustidan koβ€˜rib chiqishim kerak...
Xudo xohlasa, keyin 3 kitob qoladi (β€œ9 oβ€˜zbek”, β€œ11 oβ€˜zbek”, β€œ11 jahon”). Oβ€˜sha 3 kitobam nashrdan chiqsa, keyin bemalolman )
πŸ‘‰
@TESTLIDER

October 25, 14:01
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
3
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Β«Kundalik-optimalΒ»da yangilik: izohli testlar
Bilasiz, darslikda biror maΚΌlumot notoΚ»gΚ»ri berilgan boΚ»lsa, men testlarimda doim tarixiy haqiqatni toΚ»gΚ»ri javob qilib qoΚ»yganman. Bu – testologiyaning talabi. Attestatsiya va sertifikat imtihonlarini oΚ»tkazadigan BMBA ham aynan shunga amal qiladi.
Lekin baΚΌzan, kamdan kam boΚ»lsa ham, oΚ»quvchilar Β«Ustoz, shu yerda xato ketibdi, darslikda B deyilgan-ku, nega javob A?Β» deb eΚΌtiroz bildirib qolardi.
Shuning uchun yangi Β«Kundalik-optimalΒ»larimga izohlar boΚ»limini qoΚ»shdim. Endi bunday testlarning har biriga izoh yozilgan. Test topshirigΚ»i yonida kichik raqam turgan boΚ»lsa, demak, kitob oxirida oΚ»sha test uchun izoh bor. Izohni faqat darslikdagi xatolarga emas, xaritali va β€œtahliliy testlar”ga ham yozdim.
Xullas,
SAN’AT ASARIM
tez orada nashr etiladi, oβ€˜zim ham intiqlik bilan kutyapman.
πŸ‘‰
@TESTLIDER

October 25, 11:27
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

4011 ta!
Yangi maktab darsliklari asosida tuzgan β€œKundalik-optimal”larim ichida β€œ8 jahon” mutlaq rekord oΚ»rnatdi.
Biroq eski darsliklarniyam oβ€˜rtaga qoβ€˜shsak, β€œLafasov”dan 5000+ test tuzganman.
πŸ‘‰
@TESTLIDER

October 25, 10:30
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Bugun β€œDekabristlar” guruhida 8-sinf Β«Oβ€˜zbekiston tarixiΒ» (2023) darsligi boβ€˜yicha 1-dars boβ€˜lib oβ€˜tadi. Koβ€˜pchilik bu kitobda β€œqancha oβ€˜qisamam, eslab qololmayapman, tushunmayapman” deydi. Bizning metodda bu kitobni β€œsuvdek ichvorsa” boβ€˜ladi.
Yopiq guruhga kirish uchun
@jalolboltayev_kurs
'ga yozing.
πŸ‘‰
@TESTLIDER

October 24, 16:44
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ”₯
Kitoblar endi tezroq yetib boradi!
Doβ€˜stlar, sizlarga bir xushxabar bor. Shu paytgacha kitob buyurtma qilganlarga β€œ7–10 kun ichida yetib boradi” derdik. Chunki haftada faqat ikki kun pochtaga borib kelardik. Ochigβ€˜i, kitob yetkazish bilan bogβ€˜liq ayrim muammolarga ham duch kelgan edik. Endi barchasiga
yechim
topdik.
Biz endi har kuni pochta bilan ishlash imkoniga ega boβ€˜ldik.
πŸŽ‰
Bu nimani anglatadi?
βœ…
Kitoblaringiz uzogβ€˜i bilan
3 kunda
qoβ€˜lingizda boβ€˜ladi.
βœ…
Bugun toβ€˜lov qilsangiz, kitobingiz
bugunning oβ€˜zida
yoβ€˜lga chiqadi.
βœ…
Β«Qachon joβ€˜natasiz?Β» deb soβ€˜rab yurish endi yoβ€˜q.
πŸ“©
Buyurtma berish uchun
@jalolbooks
'ga yozing. U yerda shogirdim Sevinch sizni kutib oladi: kitoblar, narxlar, manzillar haqida hamma ma’lumotni beradi, buyurtmangizni rasmiylashtiradi.
πŸ‘‰
@TESTLIDER

October 23, 19:19
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
5
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Tez kunlarda nashr etilishi kutilayotgan 8-sinf Β«Jahon tarixiΒ» boβ€˜yicha Β«Kundalik-optimalΒ» test toβ€˜plamidagi xaritali testlardan namuna
πŸ‘‰
@TESTLIDER

October 23, 18:46

8-sinf Β«Jahon tarixiΒ» (2024) boβ€˜yicha tuzgan Β«Kundalik-optimalΒ» test toβ€˜plamimda 4200+ ta test mavjud. Son jihatdan 9-sinf Β«GeografiyaΒ» darsligi boβ€˜yicha tuzgan toβ€˜plamimdan ham oβ€˜tib ketdi (unda 3200+ ta edi). Aniq sonni birinchi boβ€˜lib topgan odamga 1 ta…