
Nókis Jaslar Texnoparkı rásmiy!
🚀
Konservatoriya talabalari Texnopark faoliyati bilan tanishtirildi
.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali talabalariga
Nukus yoshlar texnoparki faoliyati
, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.
⚽️
Shuningdek,
“Drone Soccer” innovatsion loyihasi
tanishtirildi. Dronlar yordamida o‘ynaladigan ushbu sport turi yoshlarning zamonaviy texnologiyalarga qiziqishini oshirish, muhandislik ko‘nikmalarini rivojlantirish va jamoada ishlash qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan.
🤝
Nukus yoshlar texnoparki — kelajagingizni biz bilan birga quring !
Telegram
#InnoWeek_2026
✅
InnoWeek-2026: Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi — xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik imkoniyati!
InnoWeek–2026 — xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi xorijiy kompaniyalar va mahalliy biznes vakillari uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etadi.
➡️
Haftalik doirasida
Germaniya, Yaponiya, Singapur, Xitoy, Janubiy Koreya, Filippin
va boshqa davlatlarning
chiqindilarni boshqarish, biotexnologiya, sog‘liqni saqlash, mikrobiologiya, maxsus kimyoviy mahsulotlar, silikon va polimer materiallari hamda zamonaviy agrotexnologiyalar
kabi yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalari o‘z mahsulotlari, texnologik ishlanmalari va innovatsion yechimlari bilan qatnashadi.
🔍
Yana bir muhim jihati shundaki, kompaniyalar
O‘zbekistonda yangi hamkorlar topish
va
o‘zaro manfaatli biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish
maqsadida rahbarlari hamda mas’ul vakillari bilan ishtirok etadi.
⚫️
InnoWeek–2026 doirasida tashkil etiladigan B2B uchrashuvlar mahalliy korxonalarga xorijiy kompaniyalar rahbarlari va vakillari bilan bevosita muloqot qilish, o‘zaro manfaatli takliflarni muhokama etish hamda qo‘shma loyihalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishish imkonini beradi.
➡️
Agar siz o‘z biznesingizni xalqaro darajaga olib chiqishni, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni yoki qo‘shma loyihalarni amalga oshirshni istasangiz – InnoWeek–2026 doirasidagi B2B uchrashuvlarga tashrif buyuring.
Dunyo miqyosidagi yirik korxona rahbarlari bilan bevosita muzokaralar olib borish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang, keling va o‘z biznesingiz uchun yangi eshiklarni oching!
🚀
Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, tijoratlashtirish, hududiy bo‘linmalar va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Jaxongirov Ilimdorjon
Nukus yoshlar texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔎
Tashrif davomida Texnoparkda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, innovatsion ishlanmalar hamda amalga oshirilayotgan startap loyihalar ko‘zdan kechirildi.
🤝
Startap tashabbuskorlari bilan suhbat o‘tkazilib
, ularning g‘oyalari, loyihalarni rivojlantirish borasidagi rejalari va takliflari tinglandi. Loyihalarni takomillashtirish, tijoratlashtirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝
Nukus yoshlar texnoparki — kelajagingizni biz bilan birga quring !
Telegram
💡
Qoraqalpog‘istonda ixtirochilar va ratsionalizatorlar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi!
🔧
Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, ixtirolari, texnik ishlanmalari hamda tayyor prototiplarini taqdim etdilar. Ular loyihalari orqali qanday muammolarni hal etish mumkinligi, taklif etilayotgan yechimlarning afzalliklari va amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
⚙️
Tadbir davomida hakamlar hay’ati va mutaxassislar taqdim etilgan ishlanmalar bilan yaqindan tanishib, prototiplarning tuzilishi va ishlash jarayonini ko‘zdan kechirdilar. Ixtirochilar bilan bevosita suhbatlashib, qurilmalarning texnik imkoniyatlari, foydalanish qulayligi hamda ularni yanada takomillashtirish istiqbollariga e’tibor qaratdilar.
📊
Loyihalarni baholashda g‘oyalarning yangiligi, amaliy ahamiyati, mavjud muammolarga yechim bera olishi, resurslarni tejash va mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatlari inobatga olindi. Ishtirokchilarning izlanishlari, yondashuvi va prototiplarni yaratish yo‘lida qilgan mehnati munosib baholandi.
🤝
Ko‘rik-tanlov ishtirokchilar uchun o‘z ishlanmalarini namoyish etish bilan birga, mutaxassislar fikrini tinglash, o‘zaro tajriba almashish va yangi g‘oyalarni muhokama qilish imkonini ham yaratdi. Bunday muloqotlar loyihalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝
Nukus yoshlar texnoparki — kelajagingizni biz bilan birga quring !
Telegram
⚡️
14-oktabr kuni Nukus Yoshlar texnoparkida "Ixtirolar va foydali modellarni patentlash va mualliflik huquqlarini muhofaza qilish" nomli seminar trening bo'lib o'tdi.
🚀
Innovatsion loyiha yetakchilari va innovatsiya sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun soha mutaxassislari tomonidan ixtiro va foydali modellar uchun patent olish bosqichlari, hujjatlarni rasmiylashtirish, ularning huquqiy me'yoriy asoslari va talabnomalar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Tadbir yakunida yosh ixtirochilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
🤝
Nukus yoshlar texnoparki — kelajagingizni biz bilan birga quring !
Telegram
🚀
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va IT Park vakillari bilan birgalikda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida iqtidorli talabalar va startap tashabbuskorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
🤝
Uchrashuv davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
💻
Tadbirda
Nukus yoshlar texnoparki xodimi Q. Sagidullaeva
ishtirok etib, Texnopark faoliyati, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yangi e’lon qilingan tanlovlar haqida ma’lumot berdi.
🤝
Nukus yoshlar texnoparki — kelajagingizni biz bilan birga quring !
Telegram
🚀
Amudaryo tumanida yosh iqtidorli talabalar va startap tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Amudaryo tumani hokimligi
, IT Park, vazirlik va idoralar hamda tijorat banklari mas’ul xodimlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🤝
Uchrashuvda yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
💻
Shuningdek,
Nukus yoshlar texnoparki vakili Sulaymanov Shahrisabz
Texnopark faoliyati, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va yangi e’lon qilingan tanlovlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
🤝
Nukus yoshlar texnoparki — kelajagingizni biz bilan birga quring !
Telegram
🚀
Yosh iqtidorli talabalar va startap tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Nukus shahar hokimligi, IT Park, vazirlik va idoralar, tijorat banklari mas’ul xodimlari ishtirokida yosh iqtidorli talabalar va startap tashabbuskorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
🤝
Uchrashuv davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
💻
Shuningdek,
Nukus Yoshlar Texnoparki vakili Ramanberdiyev Azizbek
tomonidan Texnopark imkoniyatlari, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yangidan ochilgan tanlovlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
🤝
Nukus Yoshlar texnoparki – kelajagingizni biz bilan birga quring!
Telegram
#diqqat_tanlov
“Ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar” tanlovi e’lon qilindi!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tijoratlashtirishga tayyor innovatsion ishlanmalar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
“Ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar”
tanlovi o‘tkazilmoqda.
Agar sizda atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslardan samarali foydalanish va
“
yashil
”
iqtisodiyotga xizmat qiladigan tayyor innovatsion ishlanma yoki loyiha bo‘lsa, ushbu tanlovda ishtirok eting!
📌
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot, innovatsion, texnologik, ishlab chiqarish yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslar.
📌
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣
-bosqich — loyihani axborot tizimi orqali taqdim etish;
2️⃣
-bosqich — ariza mualliflarining taqdimoti.
⏰
Arizalar 2026-yil 15-oktabr soat 23:59 ga qadar
innomarket.uz
axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
❗️
Muhim: ariza faqat taklif muallifining
id.ilmiy.uz
tizimida ro‘yxatdan o‘tgan shaxsiy kabineti orqali topshirilishi lozim. Muallif bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan arizalar tanlovga qabul qilinmaydi.
📞
Murojaat uchun: +998 71 203-32-23 (520).
🌐
Batafsil
⚡️
Jaslar texnoparkinde "InnoX" biznes inkubator dástúri 11-máwsimine qabıllaw baslandı !
Siz bul dástúrde:
📌
StartUp joybarlar hám onı ámelge asırıw
📌
Kárxana shólkemlestiriw hám onı basqarıw
📌
Básekileslerdi analizlew
📌
Prototip hám onı islep shıģıw
📌
Satıwlardı ámelge
asırıw
hám taģı basqa temalarda tájriybeli mentorlardan biypul bilim alasız.
🤝
Sonday-aq, dástúr dawamında Respublikamızda kózge kóringen Startaperler menen ushırasıwlar bolıp ótedi.
Dizimnen ótiw
🤝
Jaslar texnoparkı - keleshegińizdi biz benen birge qurıń !
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
Telegram
|
Instagram