Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)

tf_uzswlu
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining rasmiy kanali
Подписчики
1 670
24 часа
30 дней
-10
Просмотры
659
ER
39,46%
Посты (30д)
30
Символов в посте
1 181
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 10, 07:19
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

💼
💙
💙
💙
🩵
🩵
🩵
💼
🏊‍♂️
Tarjimonlik fakulteti talabasi Respublika final bosqichida gʻoliblar safida!
🇺🇿
🇺🇿
Joriy yilning 8–9-iyun kunlari Olimpiya shaharchasida sportning suzish turi boʻyicha talaba-yigitlar va qizlar oʻrtasida “Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi boʻlib oʻtdi.
🏆
Mazkur musobaqada respublikamizning eng kuchli sportchilari qatorida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdi.

Musobaqaning birinchi kunida Tarjimonlik fakulteti talabasi Rustamov Temur Sirojiddinovich suzishning 50 metr chalqancha usuli boʻyicha barcha raqiblaridan ustun kelib,
🥇
oltin medalni qoʻlga kiritdi.
🥉
Musobaqaning ikkinchi kunida esa sportchimiz suzishning 50 metr erkin usuli boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda bronza medal sohibiga aylandi.
📌
Tarjimonlik fakulteti jamoasi Rustamov Temur Sirojiddinovichni
ushbu yuksak natijalar bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatlar, yangi gʻalabalar va zafarlar tilab qoladi!
🌐
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
.

Telegram

June 10, 06:26
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📞
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qabul komissiyasi abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun murojaatlar qabul qilishda davom etmoqda.
🕘
Qabul kunlari:
Dushanba – Shanba
09:00 dan 18:00 gacha
☎️
Call-markaz:
(+998 71) 230-13-73
📌
Bakalavriat, magistratura, xorijiy talabalar hamda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollaringizga mutaxassislar tomonidan javob beriladi.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Sayt

June 09, 05:12
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Xalqaro “Yozgi maktab” loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi
🇺🇿
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan Italiyaning IULM University talabalari uchun tashkil etilgan xalqaro
“Yozgi maktab”
loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
📚
Loyiha davomida 18 nafar talaba hamda 4 nafar professor-o‘qituvchidan iborat delegatsiya O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi, milliy urf-odatlari hamda qadriyatlari bilan yaqindan tanishdi. Dastur doirasida o‘zbek tili va madaniyatiga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar, seminarlar, madaniy tadbirlar hamda tarixiy shaharlarga sayohatlar tashkil etildi.
🏛
Mehmonlar Samarkand va boshqa tarixiy maskanlarga tashrif buyurib, mamlakatimizning boy madaniy merosi va zamonaviy taraqqiyoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🎓
Loyiha yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi hamda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
🤝
Mazkur loyiha O‘zDJTUning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zbek tili va madaniyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etish hamda universitetning nufuzini yanada oshirishga xizmat qildi.
🌐
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
.

Telegram

June 08, 19:47

📣
VAKANSIYA E'LONI

Sky Chess
kompaniyasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi!
🎓
2–4-kurs talabalari shaxmat treneri lavozimiga ishga taklif etiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Rus va o‘zbek tillarini erkin bilish; • Ingliz tilini bilish ma'qul;
• Shaxmat bo‘yicha 2–3-sport razryadi afzallik beradi;
• Nutq madaniyati va tashqi ko‘rinishning namunali bo‘lishi;
• Bolalar bilan ishlashga qiziqish va mas'uliyat.
📌
Asosiy vazifalar:
• Bolalar uchun shaxmat mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
• Darslarda ijobiy muhit va intizomni ta'minlash;
• O‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va shaxmatga qiziqishni rivojlantirish.

Agar siz bolalar bilan ishlashni yoqtirsangiz, ularga bilim berish va rivojlanishiga hissa qo‘shishni istasangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
📞
Murojaat uchun:
😀
skychess.uz@gmail.com
📞
+998 50 108 84 54 — Zarifa

June 05, 12:33
Файлы недоступны
4
1
Открыть в Telegram

🌍
📚
O‘zDJTUda italiyalik mutaxassis ishtirokida professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Italiyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasiga Italiyaning Bergamo universiteti Xorijiy tillar malaka oshirish markazi direktori, professor
Barbara Turketta
tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida universitet professor-o‘qituvchilari uchun 14 kunlik qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida zamonaviy xorijiy til o‘qitish metodikasi, tarjima nazariyasi va amaliyotining dolzarb masalalari, kommunikativ yondashuvlar hamda innovatsion pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha ma’ruzalar va amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur kurslar professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, tashrif davomida O‘zDJTU va Bergamo universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ushbu tashrif universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilarning malakasini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
🌐
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
.

Telegram

June 05, 10:55
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

📚

“She’riyat osmonining porloq yulduzi”
🇺🇿
🇺🇿
Tarjimonlik fakulteti TURK-2520 guruhi talabalari hamda tyutorlar Sh.A. Abduvaliyeva va L.X. Murtazayevalar tashabbusi bilan o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi, O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
Abdulla Oripov tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir
tashkil etildi.
📌
Tadbir davomida shoirning serqirra hayoti va boy ijodiy merosi haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar Abdulla Oripov qalamiga mansub she’rlarni yoddan o‘qib, uning Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, insoniylik va ezgulik g‘oyalari mujassam bo‘lgan asarlari yuzasidan fikr almashdilar.

Abdulla Oripov she’riyati o‘zining samimiyligi, hayotiyligi va falsafiy teranligi bilan kitobxonlar qalbidan munosib o‘rin egallagan. Shoir ijodida ona yurtga sadoqat, ona tiliga hurmat, ota-onaga ehtirom va inson qadr-qimmati ulug‘lanadi. Uning asarlari yosh avlod uchun ma’naviy kamolot va vatanparvarlik maktabi bo‘lib xizmat qiladi.
🟢
Tadbir yoshlarni milliy adabiyotimizning bebaho merosini chuqur o‘rganishga, buyuk ajdodlarimiz ijodidan bahramand bo‘lishga hamda yurtimiz ravnaqiga daxldorlik hissi bilan yashashga undadi. Buyuk shoirlar merosi – xalqimizning ma’naviy boyligi va kelajak avlod uchun bebaho xazinadir.
🌐
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
.

Telegram

June 05, 08:50
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
“Ingliz tili tarjima nazariyasi” kafedrasida siyosiy-ma’rifiy soat o‘tkazildi
🗓
2026-yil 5-iyun kuni
“Tarjimonlik”
fakulteti
“Ingliz tili tarjima nazariyasi”
kafedrasida navbatdagi siyosiy-ma’rifiy soat tashkil etildi.

🌐
Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar muhokama qilindi. Xususan, kimyo sanoatini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
📱
Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga oid farmon mazmun-mohiyati, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va yosh iste’dodlarni rag‘batlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Siyosiy-ma’rifiy soat davomida Prezidentimizning xalqaro maydondagi faoliyati, jumladan, xalqaro iqtisodiy forumlardagi ishtiroki hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar ahamiyati muhokama qilindi.
Yakunda ishtirokchilar mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, savol-javoblar o‘tkazdilar.
#SiyosiyMa
’rifiySoat
#TarjimonlikFakulteti
#O
‘zDJTU
#Ma
’naviyat
#Islohotlar
#YoshlarTarbiyasi

June 05, 04:34
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

📚
O‘TKIR HOSHIMOV TAVALLUDINING 85 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
🇺🇿
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti tyutorlari S. Boboqulova va Sh. Abduvaliyeva tashabbusi bilan O‘zbekiston xalq yozuvchisi, sevimli adibimiz O‘tkir Hoshimov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📌
Tadbir davomida adibning sermazmun hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyoti ravnaqiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ishtirokchilar O‘tkir Hoshimovning mashhur asarlaridan parchalar o‘qib berdilar, uning hikmatli fikrlari hamda ibratli hayot yo‘li haqida ma’ruzalar tingladilar.
🟢
Shuningdek, yozuvchining asarlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, adib qalamiga mansub obrazlar va g‘oyalar talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda yoshlar qalbida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ma’naviy merosimizni asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Ta’kidlanganidek, O‘tkir Hoshimovning insonparvarlik, vatanparvarlik, mehr-oqibat va ezgulik g‘oyalari bugungi yosh avlod uchun ham muhim hayotiy saboq bo‘lib xizmat qiladi.
🌐
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
.

Telegram

June 05, 04:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

June 05, 04:30
Файлы недоступны
2
1
Открыть в Telegram

🌍
O‘ZDJTUDA XALQARO “YOZGI MAKTAB” LOYIHASI DAVOM ETMOQDA
🇺🇿
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan Italiyaning Milan zamonaviy tillar va kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun tashkil etilgan xalqaro “Yozgi maktab” loyihasi qizg‘in va mazmunli tarzda davom etmoqda.
Loyiha doirasida 18 nafar talaba hamda 4 nafar professor-o‘qituvchidan iborat delegatsiya O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy qadriyatlari va an’analari bilan yaqindan tanishmoqda.
Navbatdagi tashrif Samarqand shahrida tashkil etilib, ishtirokchilar Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi va boshqa tarixiy obidalarni ziyorat qildilar. Sayohat davomida mehmonlarga O‘zbekiston tarixi, madaniyati va urf-odatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi R. Abduzohirova hamda TITA-2316 guruhi talabasi S. Xolmirzayeva delegatsiyaga hamrohlik qilib, gid-tarjimonlik xizmatlarini yuqori saviyada amalga oshirmoqdalar.
Mazkur loyiha universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xorijiy talabalar o‘rtasida o‘zbek tili va madaniyatini keng targ‘ib etish hamda O‘zDJTUning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
🌐
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
.

Telegram