
3rd English faculty
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o‘qituvchisi M.N.Isamuxamedova tomonidan 7-sentabr, 2026-yi sanasida 1-kurs talabalari uchun "Mustaqillik darsi" otkazildi.
Dars mavzusi:
“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqimiz, birlashsak – Vatanmiz!” / "Yangi O‘zbekiston – qadr-qimmati ulug‘langan insonlar yurti"
1. Kirish va darsning dolzarbligi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026-2027 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan, O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti 1-kurs talabalari uchun vatanparvarlik ruhidagi "Mustaqillik darsi" tashkil etildi. Universitet ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan talaba-yoshlarda milliy g‘urur, istiqlol g‘oyalariga sadoqat va Yangi O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirish ushbu darsning bosh maqsadi etib belgilandi.
2. Darsning borishi va interaktiv qismi
Kafedra o‘qituvchisi M.N.Isamuxamedova darsni interaktiv uslubda olib bordi. Dars jarayoni quyidagi asosiy bloklardan iborat bo‘ldi:
Tarixiy xotira va istiqlol nafasi:
O‘zbekiston mustaqillikka erishish yo‘lida bosib o‘tgan murakkab tarixiy yo‘l, istiqlolning xalqimiz taqdiri va yoshlar kelajagidagi o‘rni slaydlar yordamida ko‘rsatib berildi.
Yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar (Opportunities for Youth):
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, xalqaro hamkorlik hamda til o‘rganuvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar statistik ma’lumotlar bilan tushuntirildi. Talabalarga kelajakda malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligi ta’kidlandi.
Interaktiv muloqot va "Mening hissam" loyihasi:
Dars davomida talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, Yangi O‘zbekiston rivojiga qanday hissa qo‘shishim mumkin? mavzusida aqliy hujum o‘tkazdilar. 1-kurs talabalari o‘zlarining kelajakdagi maqsadlari va loyihalari bilan o‘rtoqlashdilar.
3. Pedagogik tahlil va xulosa
O‘tkazilgan mustaqillik darsi talabalarda katta taassurot qoldirdi. Dars shunchaki ma’ruza formatida emas, balki talabalar bilan ochiq muloqot va munozara shaklida o‘tdi. Bu universitet muhitiga endigina moslashayotgan 1-kurs yoshlarining o‘zaro birdamligini oshirishga va motivatsiya olishiga xizmat qildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kafedra o‘qituvchisi tomonidan batafsil javoblar oldilar.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o‘qituvchisi M.N.Isamuxamedova tomonidan 8-Sentabr 2026 yil sanasida 1-kurs talabalari uchun "Universitet ichki tartib va odob-axloq qoidalari" yuzasidan tanishtiruv darsi o'tkazildi
Dars mavzusi:
“Universitet hayotiga moslashish (Orientation): Ichki tartib-qoidalar, huquq va majburiyatlar”
1. Kirish va darsning dolzarbligi
Oliy ta’lim tizimiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-kurs talaba-yoshlarini universitet muhitiga muvaffaqiyatli moslashtirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda O‘zDJTU akademik hamjamiyatida o‘zaro hurmat muhitini shakllantirish ushbu darsning bosh maqsadi etib belgilandi. Universitet qonun-qoidalari bilan o‘z vaqtida tanishish kelgusida talabalarning ta’lim jarayonida intizomli va mas’uliyatli kadr bo‘lib yetishishlarida muhim poydevor hisoblanadi.
2. Darsning borishi va yoritilgan asosiy masalalar
Kafedra o‘qituvchisi M.N.Isamuxamedova talabalarga universitetning ichki nizomi va nizomga rioya qilish majburiyatlarini slaydlar hamda ochiq muloqot tarzida tushuntirib o‘tdi. Dars davomida quyidagi eng muhim yo‘nalishlar qamrab olindi:
3. Akademik intizom va dars davomomati:
Darslarga o‘z vaqtida kelish, sababsiz dars qoldirmaslik tartiblari va "HEMIS" axborot tizimi orqali davomat hamda baholash jarayonlarini kuzatib borish qoidalari tushuntirildi.
4. Kiyinish madaniyati va odob-axloq kodeksi:
Universitet hududida talabalarga mos bo‘lgan klassik va zamonaviy kiyinish qoidalari, ustozlar hamda guruhdoshlar bilan o‘zaro muloqot odobi (pedagogik va talabalik etikasi) haqida to‘xtalib o‘tildi.
5.
Universitet mulkini asrash:
Auditoriyalar, axborot-resurs markazi (kutubxona), zamonaviy texnologiyalar va universitet hududidagi jihozlardan to‘g‘ri foydalanish hamda ularni asrab-avaylash har bir talabaning burchi ekanligi eslatildi.
6
. Kredit-modul tizimi bilan tanishuv:
Talabalarga o‘quv yuklamalari, mustaqil ta’lim soatlari va yakuniy nazoratlardan o‘tish shartlari haqida qisqacha ma’lumot berildi.
Savol-javoblar va pedagogik yakun
Darsning ikkinchi qismida 1-kurs talabalari universitet hayoti, stipendiyalar, to‘lov-kontrakt shartnomalari, to‘garaklar va talabalar turar joyi (yotoqxona) tartib-qoidalari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar. O‘qituvchi M.N.Isamuxamedova har bir savolga atroflicha huquqiy va metodik javoblar berib, talabalarga o‘z tavsiyalarini o‘rtoqlashdi.
Xulosa:
O‘tkazilgan ushbu tanishtiruv darsi 1-kurs talabalarining universitet nizomlarini to‘g‘ri tushunishlariga va o‘quv yilini yuqori intizom bilan boshlashlariga zamin yaratdi.
Talabalar universitet ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o‘qituvchisi M.N.Isamuxamedova tomonidan 7-sentabr, 2026-yi sanasida 1-kurs talabalari uchun "Mustaqillik darsi" otkazildi.
Dars mavzusi:
“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqimiz, birlashsak – Vatanmiz!” / "Yangi O‘zbekiston – qadr-qimmati ulug‘langan insonlar yurti"
1. Kirish va darsning dolzarbligi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026-2027 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan, O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti 1-kurs talabalari uchun vatanparvarlik ruhidagi "Mustaqillik darsi" tashkil etildi. Universitet ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan talaba-yoshlarda milliy g‘urur, istiqlol g‘oyalariga sadoqat va Yangi O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirish ushbu darsning bosh maqsadi etib belgilandi.
2. Darsning borishi va interaktiv qismi
Kafedra o‘qituvchisi M.N.Isamuxamedova darsni interaktiv uslubda olib bordi. Dars jarayoni quyidagi asosiy bloklardan iborat bo‘ldi:
Tarixiy xotira va istiqlol nafasi:
O‘zbekiston mustaqillikka erishish yo‘lida bosib o‘tgan murakkab tarixiy yo‘l, istiqlolning xalqimiz taqdiri va yoshlar kelajagidagi o‘rni slaydlar yordamida ko‘rsatib berildi.
Yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar (Opportunities for Youth):
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, xalqaro hamkorlik hamda til o‘rganuvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar statistik ma’lumotlar bilan tushuntirildi. Talabalarga kelajakda malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligi ta’kidlandi.
Interaktiv muloqot va "Mening hissam" loyihasi:
Dars davomida talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, Yangi O‘zbekiston rivojiga qanday hissa qo‘shishim mumkin? mavzusida aqliy hujum o‘tkazdilar. 1-kurs talabalari o‘zlarining kelajakdagi maqsadlari va loyihalari bilan o‘rtoqlashdilar.
3. Pedagogik tahlil va xulosa
O‘tkazilgan mustaqillik darsi talabalarda katta taassurot qoldirdi. Dars shunchaki ma’ruza formatida emas, balki talabalar bilan ochiq muloqot va munozara shaklida o‘tdi. Bu universitet muhitiga endigina moslashayotgan 1-kurs yoshlarining o‘zaro birdamligini oshirishga va motivatsiya olishiga xizmat qildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kafedra o‘qituvchisi tomonidan batafsil javoblar oldilar.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🏟
“
ECO FEST” — ekologik tashabbus
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧
Ingliz tili 3-fakulteti
🇺🇿
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “ECO FEST” loyihasi
tashkil etildi.
✅
Loyihaning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyatni oshirish.
✅
Tadbir davomida ekologik tozalik, chiqindilarni kamaytirish, tabiatni asrash va yashil muhitni yaratish kabi muhim masalalarga e’tibor qaratildi.
✅
Loyiha yoshlarni jamoaviy faollikka, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undaydi.
🌳
Zero, tabiatni asrash — kelajakni asrashdir!
#EcoFest
#YoshlarIttifoqi
#3InglizFakulteti
#O
‘zDJTU
#EkologikMadaniyat
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
“EKO FEST” ekologik tadbiri o‘tkazildi
11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida
Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan “EKO FEST” ekologik tadbiri
bo'lib o'tdi.
Tadbirda O‘zDJTU rektori
Ilxomjon Tuxtasinov
ishtirok etib, ekologik tashabbus doirasida rektor
qushlar uchun tayyorlangan ilk uyani daraxtga o‘rnatib, mazkur ezgu tashabbusga start berdi.
Tadbir doirasida universitet hududida
obodonlashtirish va tozalik hashari
tashkil etilib, talabalar tomonidan hududni tartibga keltirish va atrof-muhitni yanada obod qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi. Shuningdek, qushlar va hayvonlar uchun ozuqa joylashtirilib, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga qaratilgan tashabbuslar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, talabalar tomonidan
bugungi kunning dolzarb ekologik muammolarini aks ettiruvchi rasmlar chizilib, tabiat mavzusida turli aplikatsiyalar va gerbariylar tayyorlandi
. Ushbu ishlar orqali yoshlarning ekologik mas’uliyati, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbati va atrof-muhitni asrashga bo‘lgan munosabati namoyon etildi.
Mazkur tadbir yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiat va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌱
Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir!
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
🎮
DOTA 2 BO‘YICHA UNIVERSITET TURNIRI!
🇺🇿
Universitetimizning eng kuchli Dota 2 jamoasi kim?
Strategiya, tezkor qaror va jamoaviy harakatni namoyish etish vaqti keldi!
Turnirda ishtirok et va o‘z jamoang bilan universitet chempioni bo‘l!
👥
Format:
5×5
🎮
O‘yi
🗓
Sana:
14-sentabr
⏰
⏰
Vaq
t:
14:00
Manzil:
Asosiy bino, 3-ingliz
💙
Ro‘yxatdan o‘tish:
👉
@IT_startap
Jamoangni tuz. Ro‘yxatdan o‘t, maydonga chiq. G‘alaba uchun kurash!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
3-ingliz fakultet tyutori Sh.Hazratova tashabbusi bilan 1-bosqich Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi 2631-2632-guruh talabalari
ishtirokida
“Mustaqillik soati”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda
3-ingiliz fakulteti
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini M.J.Jakbarov hamda
Xotin qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi Z.A.Ismoilova
mehmon sifatida ishtirok etdi.
Yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va uning tarixiy ahamiyati haqida tushuncha berish, o‘quvchilarni tinchlik va osoyishtalikni qadrlash ruhida tarbiyalash.
Belgilangan sana va vaqtda “Mustaqillik soati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Tadbir davomida yurtimiz mustaqillikka erishgan tarixiy sana, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalardagi yutuqlar haqida ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilarga mustaqillikning xalqimiz hayotidagi o‘rni, tinchlik va barqarorlikning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, Vatan, ona yurt va mustaqillikni madh etuvchi she’rlar, hikmatli so‘zlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbirda o‘quvchilar faol ishtirok etib, Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan she’r va qo‘shiqlar ijro etdilar. Tadbir yakunida ishtirokchilarga mustaqillikni asrab-avaylash, Vatanga sadoqatli va bilimli yoshlar bo‘lib voyaga yetish zarurligi ta’kidlandi.
2026 yil 10-11 sentabr kuni Ingliz tili 3-fakultetida O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligini 35-yilligi munosabati bilan "Eng yaxshi fotoalbom" va "Eng yaxshi qo'shiq" tanlovi o'tkazildi.
"Eng yaxshi fotoalbom"
1-o'rin - Mamatov Yo'ldoshali O'rolovich, FING3-2601 guruh talabasi
2-o'rin - Xudoyshukurova Nilufar Nabi qizi, FING3-2625 guruh talabasi.
3-o'rin - Narziqulova Mohinur Qahramon qizi, Komiljonova Mahliyo Turg'unjon qizi, Yaxshiyeva E'zoza Elyor qizi, FING3-2611 guruh talabalari
🇺🇿
“O‘zbek tili — milliy davlatchiligimiz timsoli”
🇺🇿
OʻzDJTU
3-ingliz fakultet tyutori Sh.Hazratova tashabbusi bilan 1-bosqich Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi 2630-guruh talabalari
ishtirokida
“O‘zbek tili — milliy davlatchiligimiz timsoli”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
⏰
Tadbirda
3-ingiliz fakulteti
Xotin qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi Z.A.Ismoilova
mehmon sifatida ishtirok etdi.
📚
Tadbir davomida
o‘zbek tilining milliy davlatchiligimizdagi o‘rni, uning xalqimizning ma’naviy boyligi va milliy o‘zligini ifodalovchi muhim qadriyat ekanligi
haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
✅
Ayniqsa,
2630-guruh talabasi Xamroyev Nafisaning o‘z qalamiga mansub “Ona tilim” she’ri
tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Talabaning ijodiy chiqishi orqali ona tiliga bo‘lgan mehr, ehtirom va milliy qadriyatlarga sadoqat yana bir bor namoyon bo‘ldi.