Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

TKTI Yoshlar Ittifoqi

tkti_official
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkilotining rasmiy telegram kanali Bilim va tafakkurimiz — shu el uchun, shu yurt uchun
Подписчики
1 690
24 часа
30 дней
-50
Просмотры
80
ER
4,73%
Посты (30д)
35
Символов в посте
1 000
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 12, 09:35
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🧑‍🚒
Qutqaruvchi volontyor
maqomiga ega bo'lmoqchimisiz
✍️
Ayni vaqtda Toshknet shahrida bo'lib turgan hamda
18 yoshdan oshgan
yoshlar uchun yaxshi imkoniyat
✔️
Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Volontyorlar assotsiatsiyasi hamkorligida
"Favqulodda vaziyatlar volontyorlari" otryadi tashkil etilmoqda
Bunda:
1. Nazariy o'quv seminari tashkil etiladi.
2. Amaliy o'quv seminari tashkil etiladi.
3. Favqulotda vaziyatlar vazirligi tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan
maxsus guvohnoma topshiriladi.
Shoshiling joylar chegaralangan!
Xohishi bor yoshlar ushbu guruhga a'zo bo'lishi shart
👇
👇
👇
https://forms.gle/SmTmHreKsrZxmQ9C9
Qabul 20-iyunga qadar!
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

June 11, 06:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yangi o‘quv yiliga qabul jarayonlari qanday ketmoqda?
Toshkent kimyo texnologiya instituti prorektori Bahodir Boborajabov hamda qabul bo‘yicha mas’ul kotib Ulug‘bek Qodirovlar bilan suhbatlashildi.

June 11, 04:52
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#har_payshanba_yoshlar_kuni
👩‍🎓
Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Yoshlar kuni” loyihalari
🖥
Toshkent kimyo-texnologiya institutida haftaning har payshanba kuni talaba-yoshlar uchun alohida bayramona ruhda o‘tadi. An’anaga aylangan
“Yoshlar kuni”
doirasida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, ma’naviy-ma’rifiy hamda intellektual faoliyatlarga keng jalb qilish maqsadida turli qiziqarli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
⬇️
Tadbirlar dasturi
:
📚
Ma'naviy tadbir
⌛️
10:00 —
Kimyoviy injiniring fakulteti tomonidan o‘zbek adabiyotining taniqli vakilasi
Saida Zunnunova
tavalludining 100 yilligi
munosabati bilan davra suhbati tashkil etiladi.
🔈
“Rahbar va yoshlar”
uchrashuvi
⌛️
11.00

Neft va gaz texnologiyalari fakultetida
"Prokuror va yoshlar"
uchrashuvi o'tkaziladi.
🏛
Moziyga sayohat
⌛️
12:00 —
Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti talabalari ishtirokida
“Aloqa tarixi muzeyi”
ga tashrif amalga oshiriladi.
🏐
Sport musobaqasi
⌛️
14:00 —
Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti tomonidan Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida
voleybol sport turi
bo'yicha musobaqa tashkil etiladi.
🕌
Madaniy tashrif
⌛️
15:00 —
Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti tomonidan
“Hazrati Imom majmuasi”
ga tashrif amalga oshiriladi.
⚽️
Sport musobaqasi
⌛️
16:00 —
Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti tomonidan Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida
futbol turi
bo‘yicha o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etiladi.
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy

June 08, 04:57
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

#YoshlarGiyohvandlikkaQarshimiz
#SoglomTurmushTarzi
👑
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” ko‘rik-tanlovi barcha shartlar yakuniga yetib, hakamlar hay’ati tomonidan eng yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar aniqlandi.
🛡
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining bilimlari, ijodiy salohiyati, tashabbuskorligi hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasidagi faolliklarini namoyon etdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin — Toshkent kimyo-texnologiya instituti
🥈
2-o‘rin — O‘zbekiston Milliy universiteti
🥉
3-o‘rin — Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
⭐️
G‘olib jamoalar tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy

June 08, 04:56
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

#YoshlarGiyohvandlikkaQarshimiz
#SoglomTurmushTarzi
🎤
Rahbariyat va hakamlar hay’ati a’zolari o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar
📊
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” ko‘rik-tanlovi yakunida rahbariyat vakillari hamda hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokchilarning chiqishlari va tanlov davomida namoyish etilgan ijodiy ishlarga o‘z munosabatlarini bildirdilar.
🎮
So‘zga chiqqanlar tanlovning yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarga qarshi immunitetni kuchaytirish hamda talabalarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
💬
Shuningdek, ishtirokchi jamoalarning tayyorgarlik darajasi, mavzuga yondashuvi, sahna madaniyati va ijodiy ishlari munosib e’tirof etilib, ularning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilandi.
🤝
Tadbir davomida bildirilgan fikr-mulohazalar va tavsiyalar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan ishlarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy

June 08, 04:56
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

#YoshlarGiyohvandlikkaQarshimiz
#SoglomTurmushTarzi
🎭
“Sahna ko‘rinishi” sharti qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi
🖥
Ko‘rik-tanlovning yakuniy sharti bo‘lgan
“Sahna ko‘rinishi”
yo‘nalishida ishtirokchi jamoalar o‘zlarining aktyorlik mahorati, ijodiy yondashuvi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.

Sahna chiqishlarida giyohvandlikning inson hayotiga ko‘rsatadigan salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarzining afzalliklari hamda yoshlarning to‘g‘ri hayotiy tanlovi ta’sirchan badiiy talqin orqali yoritildi.
📎
Tomoshabinlar va hakamlar hay’ati tomonidan jamoalarning:
⌛️
sahna madaniyati;
⌛️
ijro mahorati;
⌛️
badiiy-g‘oyaviy yechimi;
⌛️
mavzuni yoritish darajasi yuqori baholandi.
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy

June 08, 04:56
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

#YoshlarGiyohvandlikkaQarshimiz
#SoglomTurmushTarzi
🎬
“Qisqa videoroliklar” sharti bo‘yicha taqdimotlar bo‘lib o‘tdi
ℹ️
Ko‘rik-tanlovning uchinchi sharti —
“Qisqa videoroliklar”
yo‘nalishida ishtirokchi jamoalar tomonidan giyohvandlikka qarshi kurashish hamda sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etuvchi videolavhalar namoyish etildi.
🎬
Videoroliklarda yoshlarning sog‘lom hayot sari intilishi, zararli odatlarning oqibatlari, sportning o‘rni va jamiyatdagi mas’uliyati kreativ tarzda yoritildi.

Har bir videolavhada:

dolzarb g‘oya;

zamonaviy yondashuv;

ijtimoiy xabar;

badiiy ifoda mujassam bo‘lib, tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.
🔖
Mazkur shart orqali talabalar nafaqat texnik imkoniyatlardan, balki o‘zlarining ijodiy qarashlaridan ham samarali foydalanganliklarini namoyish etdilar.
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy

June 08, 04:56
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

#YoshlarGiyohvandlikkaQarshimiz
#SoglomTurmushTarzi
📶
“Rasm chizish” sharti doirasida ijodiy ishlar taqdim etildi
🎨
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” ko‘rik-tanlovining navbatdagi sharti —
“Rasm chizish”
yo‘nalishi bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan mavzuga oid ijodiy ishlar namoyish etildi.
🖌
Talabalar o‘z asarlarida giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sirini badiiy obrazlar orqali aks ettirib, sog‘lom turmush tarzining afzalliklarini yorqin ranglar va zamonaviy g‘oyalar asosida ifodalashdi.
📍
Taqdim etilgan rasmlar:
🔹
mavzuning mazmunini ochib berish;
🔹
g‘oyaning originalligi;
🔹
badiiy mahorat;
🔹
estetik jozibadorlik kabi mezonlar asosida baholandi.
🗣
Talabalarning ijodiy yondashuvi va san’at orqali muhim ijtimoiy masalalarni yoritishga bo‘lgan intilishi hakamlar hay’ati tomonidan munosib e’tirof etildi.
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy

June 08, 04:56
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram

#YoshlarGiyohvandlikkaQarshimiz
#SoglomTurmushTarzi
🏛
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” ko‘rik-tanlovining birinchi sharti bo‘lib o‘tdi
🔜
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!”
respublika ko‘rik-tanlovi doirasida ishtirokchi jamoalar o‘rtasida birinchi shart —
“Insho yozish”
yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.
➡️
Tanlovda:
🔹
O‘zbekiston Milliy universiteti
🔹
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
🔹
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
talabalari giyohvandlikning salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarzi, yoshlar ma’naviyati va barkamol avlod tarbiyasi kabi dolzarb mavzularda o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar.
✍️
Ishtirokchilar tomonidan yozilgan insholarda:

mavzuning mazmunan to‘liq yoritilishi;

tahliliy va tanqidiy yondashuv;

amaliy taklif va tashabbuslar;

mustaqil fikr va xulosalar keng aks ettirildi.
🛍
Mazkur shart talaba-yoshlarning nafaqat bilim va dunyoqarashini, balki ularning ijtimoiy mas’uliyati hamda fuqarolik pozitsiyasini namoyon etish uchun muhim maydonga aylandi.
📸
Bellashuv jarayonlari qizg‘in va yuqori kayfiyatda o‘tdi.
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy

June 08, 04:56
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

#YoshlarGiyohvandlikkaQarshimiz
#SoglomTurmushTarzi
📢
Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
👩‍🎓
Toshkent kimyo-texnologiya institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda giyohvandlik va boshqa zararli illatlarga qarshi kurashish maqsadida
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!”
ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
🔵
Unda O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoalari ishtirok etdi.
Ko‘rik-tanlov davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, ijodiy salohiyati va tashabbuskorligini namoyon etib, giyohvandlikka qarshi kurashish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan chiqishlari bilan faol qatnashdi.
🟡
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot tamoyillarini ommalashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda zararli illatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy