Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

tktiuz
Toshkent kimyo-texnologiya instituti/Ташкентский химико-технологический институт 71-244-79-34 📩 info@tkti.uz https://tkti.uz AntiKorrupsiya: +998954798086 @TKTIantikorrupsiya_bot @TKTI_registrator_ofisibot Murojaat uchun: @TKTIMX
Подписчики
8 887
24 часа
20
30 дней
2 319
Просмотры
1 895
ER
21,32%
Посты (30д)
207
Символов в посте
1 333
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 11, 07:41
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#ilmiy_faoliyat
#scopus
🆕
Kafedradan 11 - maqola !!!
👩‍🎓
Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi dotsenti v.b.
Mashayev Eldor Ergashvoy o'g'li
hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi
📝
"
Performance and Microstructural Assessment of Clay Stabilization Using Ceramic Siding Waste Powder and Metakaolin-Based Geopolymer
"
nomli maqolasi
🗂
Springer Nature
nashriyotiga tegishli,
Scopus
bazasida indekslanuvchi
Scientific Reports
Q1
kvartalli jurnalida nashr etildi.
🔗
Maqolani o'qish:
https://doi.org/10.1038/s41598-026-68912-w
👏
Mualliflarni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!
P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni
@TKTIilmiy
ga yuborishingiz mumkin.
🔬
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook

September 11, 07:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#OAV_Biz_haqimizda
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ta'lim sifati nazorati bo'limi bosh mutaxassisi Bobur Saparov Temp FM radiosida “Oliy ta’lim transformatsiyasida ta’lim sifatini ta’minlash tizimining o‘rni” mavzusidagi sonida ishtirok etdi.
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy

September 11, 06:25
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#Mustaqillik_darslari
🇺🇿
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
👍
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakultetida 1-bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darslari” hamda “1-kurs maktabi” tadbirlari izchil davom etmoqda.
📚
Tadbirning navbatdagi kunida talabalarga oliy ta’lim muhitiga moslashish, tanlagan mutaxassisligini chuqur o‘zlashtirish, fanlarni puxta egallash va kelgusidagi kasbiy faoliyat uchun mustahkam bilim poydevorini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬
Tadbir davomida Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekani
L.A.Yusupova
tomonidan “Fanlar — mutaxassislik garovi!” mavzusida mazmunli ma’ruza tashkil etildi.
🛍
Talabalarga o‘quv jarayonining mazmun-mohiyati, fanlarni o‘zlashtirishning kelajakdagi kasbiy faoliyatdagi ahamiyati, mas’uliyat va intizomning mutaxassis shakllanishidagi o‘rni haqida muhim ma’lumotlar berildi.
🧠
Shuningdek, institut psixologi
S.Mirzayeva
tomonidan 1-bosqich talabalarining yangi muhitga moslashuvi, talabalik davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik holatlar, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, stress va hayajonni yengish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
⚖️
Tadbirda institut profilaktika katta inspektori, podpolkovnik
A.Jumanov
ham ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, xavfsizlik va mas’uliyat masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
👥
Tadbirni tashkil etish va talabalar bilan yaqindan ishlash jarayonida Neft va gaz texnologiyalari fakulteti tyutorlari ham faol ishtirok etib, 1-bosqich talabalariga fakultet va oliy ta’lim muhitiga moslashish, ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish hamda talabalik davridan unumli foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak va tavsiyalar berdilar.
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy

September 11, 06:23
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#Mustaqillik_darslari

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🟢
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan,
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
shiori ostida Oziq-ovqat va vinochilik fakultetida
“Mustaqil O‘zbekiston — mening faxrim”
mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
🖥
Tanlovda Tillar kafedrasi dotsenti
B.Kadirova
fakultet tyutorlari
Z.Bolikulova
,
D.Kamalova
hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlarida mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.
📊
Tadbir davomida Tillar kafedrasi dotsenti
B.Kadirova
so‘zga chiqib, tanlovni o‘tkazish nizomi va tartibi, shuningdek,
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
g‘oyasining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi. Mazkur g‘oyaning yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
⚡️
Tanlov Tillar kafedrasi vakillari tomonidan tashkiliy jihatdan yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga ijodiy faoliyatlarida omad, muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilandi.
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy

September 11, 06:17
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

#Mustaqillik_darslari

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🔖
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakultetida mazkur shior ostida 1-bosqich talabalari uchun tashkil etilayotgan “Mustaqillik darslari” hamda “1-kurs maktabi” tadbirlari davom etmoqda.
🎙
Navbatdagi uchrashuv “Fizika va energetika” kafedrasi dotsenti
Muhammadsodiq Nabiyevich Mamatqulov
ishtirokida Energetika muhandisligi yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari uchun tashkil etildi.
©
Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchi tomonidan talabalarga energetika sohasi, uning mamlakat iqtisodiyoti va sanoat taraqqiyotidagi o‘rni, zamonaviy energetik texnologiyalar hamda ushbu yo‘nalishda yetuk mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
⚙️
Shuningdek, bugungi kunda energetika tizimida yuz berayotgan yangilanishlar, energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kabi dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
🎮
Talabalarga Energetika muhandisi kasbining mas’uliyati, ushbu sohada zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarning o‘rni, ilmiy izlanish va innovatsion yondashuvlarning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
💬
Suhbat davomida yoshlarning oliy ta’lim davridan boshlab o‘z ustida muntazam ishlashi, xorijiy tillarni o‘rganishi, zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashi, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarda faol ishtirok etishi kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatning muhim omili ekani ta’kidlandi.
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy

September 11, 06:13
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#Mustaqillik_darslari
🗣️
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
👩‍🎓
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakultetida mazkur shior ostida 1-bosqich talabalari uchun tashkil etilayotgan “Mustaqillik darslari” hamda “1-kurs maktabi” tadbirlari izchil davom etmoqda.
➡️
Navbatdagi uchrashuv Organik sintez texnologiyasi kafedrasi professori ishtirokida tashkil etilib, unda talabalarning oliy ta’lim muhitiga moslashuvi, tanlagan kasbining kelajakdagi o‘rni va professional rivojlanish imkoniyatlari haqida atroflicha suhbat olib borildi.
🖥
Uchrashuv davomida talabalarga oliy ta’lim tizimida “Ustoz-shogird” an’analarining ahamiyati, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etilish imkoniyatlari, zamonaviy startap loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish istiqbollari haqida ma’lumotlar berildi.
🔥
Shuningdek, nomdor va atoqli olimlar stipendiyalari, ilmiy izlanishlar va talabalarning o‘z ustida ishlashi orqali erishishi mumkin bo‘lgan yutuqlar haqida ham fikr almashildi.
💡
Uchrashuvning asosiy g‘oyalaridan biri — “Siz tanlagan kasb kelajakni shakllantiradi” tamoyili bo‘lib, yoshlarga o‘z kasbini chuqur egallash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish muhimligi ta’kidlandi.
📌
“1-kurs maktabi” doirasidagi bunday uchrashuvlar yoshlarning yangi ta’lim muhitiga moslashuvi, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishi va kelajakdagi kasbiy faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirishiga xizmat qilmoqda.
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy

September 11, 06:04
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📢
TALABA XOTIN-QIZLAR DIQQATIGA: KONTRAKT SUMMASINI DAVLAT TOʻLAB BERADI!

Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatdan foydalanishga shoshiling.
❗️
kimlarga amal qiladi?
• "Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarning xotin-qizlari;

Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan
yetim yoki boquvchisini yoʻqotgan talaba qizlar;

Farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan
ayollar.
⁉️
Qaysi taʼlim muassasalariga tegishli?
• Imtiyoz
faqat davlat oliy taʼlim muassasalarining barcha bosqich (kurs) talabalari
uchun amal qiladi;
• Nodavlat (xususiy), xorijiy OTMlar hamda 2-mutaxassislik boʻyicha tahsil olayotganlarga
tatbiq etilmaydi
.
✔️
Arizalar qabul qilinishiga oz vaqt qoldi!
ℹ️
Imtiyozdan foydalanish uchun kechiktirmasdan oʻzingiz tahsil olayotgan oliygoh administratsiyasiga (Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi yoki dekanatga) ariza va tegishli hujjatlarni topshirishingiz soʻraladi.
⚡️
Yaqinlaringiz va talaba tanishlaringizga ham ulashing!
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy

September 10, 17:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ta’limni kechiktirmang — kontrakt to‘lovi rejalaringizni ortga surmasin!
🎓
Ta’lim krediti
— kontrakt to‘lovini rejalashtirish uchun qulay imkoniyat. Arizani onlayn yuboring va uning holatini jarayon davomida kuzatib boring.
📌
Ta’lim kreditiga qanday ariza beriladi?
1️⃣
Arizani onlayn topshiring
Ta’lim kreditiga arizani
talim-krediti.mf.uz
orqali onlayn yuboring. Ariza jarayonida
kafil ma’lumotlarini
kiriting. Agar
Ijtimoiy himoya reestrida bo‘lsangiz
, ariza sug‘urta asosida rasmiylashtiriladi.
2️⃣
Arizani tasdiqlash va skoring
Ariza yuborilgach, avval
talaba
, so‘ng
kafil
yuborilgan havola orqali arizani tasdiqlaydi. Shundan keyin ariza
skoring jarayonidan
o‘tadi. Ijobiy javobdan so‘ng shartnoma talaba va kafil tomonidan elektron tarzda tasdiqlanadi.
3️⃣
Kontrakt to‘lovi amalga oshiriladi
Shartnoma elektron tasdiqlangach,
kontrakt to‘lovi amalga oshiriladi.
👨‍👩‍👧
Muhim!
Agar talaba
18 yoshga to‘lmagan
bo‘lsa, ariza to‘ldirish jarayonida uning
ota-onasi yoki vasiysi ma’lumotlari
kiritiladi.
📞
Qo‘shimcha savollaringiz bormi?
(71) 230-77-77
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Sayt
|
YouTube

September 10, 15:24
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram


Birinchi kurs talabalari fakultet Axborot resurs markazi bilan tanishtirildi
⚡️
Kimyoviy injiniring fakulteti tyutorlari
U.Sh.Qurbonova,
Z.N.Eshbo'riyeva
,
S.A.Qaytarova
lar boshchiligida 1-bosqich talabalari Fakultet ARM ga tashrif buyurdi.
💬
Talabalarga ARM mas'ullari tomonidan fakultetda joriy etilgan elektron kutubxona, onlayn dars platformalari va axborot xavfsizligi qoidalari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
✔️
Shuningdek zamonaviy kompyuter xonalari, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i va turli dasturiy ta’minotlardan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
➡️
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi talabalarning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quv jarayonida axborot resurslaridan samarali foydalanishga yoʼnaltirishdan iboratdir.
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy

September 10, 15:24
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

📚
“Kitob va mutolaa haftaligi”da faol ishtirok
👩‍🎓
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti tyutorlari M.Nazrillayeva va R.Abdunazarovlar
1-bosqich talabalari bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida
tashkil etilgan
“Kitob va mutolaa haftaligi”
tadbirida faol ishtirok etdilar.
🎯
Tadbirning asosiy maqsadi
— talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, mustaqil fikrlash va dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirishdan iborat.
📖
Tadbir davomida 1-bosqich talabalari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, kitob fondlari hamda turli yo‘nalishlardagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni ko‘zdan kechirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
💡
Shuningdek, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni, kitobning yoshlar tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Kitob o‘qish orqali bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish, mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuvni rivojlantirish hamda ma’naviy barkamollikka erishish mumkinligi ta’kidlandi.
🌱
Ayniqsa, oliy ta’lim muassasasiga endigina qadam qo‘ygan 1-bosqich talabalarining kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishishi va kitobxonlik muhitida bo‘lishi ularning ta’lim jarayoniga moslashuvi hamda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📚
Kitobxon yosh — bilimli, tafakkuri keng va kelajakka intiluvchan yoshdir!
👩‍🎓
TKTI.UZ
|
🚀
Telegram
|

TUTOR.UZ
|
📱
KARYERA
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🌐
YouTube
|
🌐
VK
|
🌐
Linkedin
|
🇺🇿
TKTI Ittifoq
|
🧮
Buxgalteriya
|
🔬
Ilmiy