
TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
KUN TA’RIFI
Soliq xodimlari doimo izlanishda — ularning har bir kuni mas’uliyat, sadoqat va yuksak fidoyilik bilan yo‘g‘rilgan.
Bu kasb egalari nafaqat qonun ustuvorligini ta’minlaydi, balki mamlakat iqtisodiy barqarorligiga ham o‘z hissasini qo‘shadi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
Yana poraxoʻr soliqchi qoʻlga tushdi: Sirdaryo viloyatidagi holat yuzasidan munosabat
Soʻnggi kunda Sirdaryo viloyatida sodir boʻlgan holat yuzasidan tarqalayotgan xabarlar boʻyicha bir jihatga alohida eʼtibor qaratish lozim. Avvalo, korrupsiya — insoniyat tarixi davomida turli koʻrinishlarda uchrab kelgan salbiy illat. Afsuski, u hech bir soha yoki tizimni chetlab oʻtmaydi, soliq tizimi ham bundan mustasno emas.
Biroq bu kabi alohida holatlar tizimning umumiy holatiga baho berish uchun yagona mezon boʻla olmaydi. Aksincha, aynan shunday qonunbuzarlik holatlarining fosh etilayotgani — tizimda shaffoflikni taʼminlash va uni tozalash boʻyicha amaliy ishlar olib borilayotganidan dalolat beradi.
Xususan, Sirdaryo viloyatidagi mazkur holat ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar va soliq organlarining ichki xavfsizlik boʻlinmalari bilan hamkorlikda aniqlanib, oʻz vaqtida qonuniy choralar koʻrilgani — tizimda nazorat mexanizmlari ishlayotganining yaqqol isbotidir.
Bugungi kunda soliq organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha aniq “yoʻl xaritasi” asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ichki xavfsizlik mexanizmlari kuchaytirilgan, doimiy monitoring va nazorat tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Shu nuqtayi nazardan, bitta alohida holatni umumlashtirib, butun soliq tizimi yoki uning rahbariyati shaʼniga putur yetkazish qanchalik toʻgʻri? Davlat xizmatchilari obroʻsiga asossiz putur yetkazish jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtirishi mumkin.
Albatta, jamoatchilik nazorati va tanqid muhim. Lekin har qanday tanqid xolis, asosli va adolatli boʻlishi kerak. Tizimda olib borilayotgan islohotlar va tozalash jarayonlarini ham inobatga olgan holda xulosa chiqarish — eng toʻgʻri yondashuvdir.
Soliq qoʻmitasi Matbuot xizmati
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#Tv
#Uchtepa
#servis
Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tadbirkorlarning muammolarini alohida tahlil qilib, xatolarni tushuntirish orqali ularni to‘g‘ri yo‘naltirmoqda.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
#soliq_imtiyozlari
Zaryadlash stansiyalari: soliq imtiyozlariga ega yashil biznes
2028-yil 1-yanvarga qadar
zaryadlash stansiyalari uchun quyidagi soliq imtiyozlari qoʻllanadi:
– mol-mulk va yer soligʻi – hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida;
– korxona daromadlarining kamida 50 foizi elektromobillarni zaryadlash xizmatlariga toʻgʻri kelsa
– foyda soligʻidan ozod etiladi;
– bunday daromadlar shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq bazasidan chegirib tashlanadi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#soliq_forum
#hamkorlik
Choi Young Jun
(
Janubiy Koreya)
– Seul soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O‘zbekiston tomoni taklifiga ko‘ra
forumda
ilk bor ishtirok etib,
o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#Yashnobod
#servis
“Yangi yondashuv — ochiq muloqot va amaliy yordam”
Soliq organlari faoliyatida
servisga
yo‘naltirilgan tizim joriy etilib, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot kuchaytirilmoqda. Profilaktik suhbatlar orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar oldi olinib, har bir murojaatga tezkor yechim berilmoqda.
Bu kabi o'zgarishlar
Yashnobod
tumanidagi tadbirkorlik subyektlari uchun ham yanada qulay va shaffof muhitni shakllanmoqda.
Natijada:
🔹
Batafsil
🔹
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
#soliq_forum
#hamkorlik
Toshkent shahrida “Ipak yoʻli” XVIII
Soliq forumi
oʻz ishini boshladi
Forum Soliq qoʻmitasi hamda Xalqaro soliq va investitsiyalar markazi (ITIC) hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib,
anʼanaviy
tarzda turli mamlakatlar davlat organlari, ekspertlar hamjamiyati va biznes vakillarini birlashtirdi.
Tantanali ochilish marosimida Soliq qoʻmitasi raisi o’rinbosari
Jaxongir Abdiyev
hamda ITIC prezidenti
Deniel Alan Vitt
kirish soʻzi bilan ishtirok etdi.
Forumda
12 ta davlatdan delegatsiya
, jumladan soliq xizmatlari rahbar va xodimlari, xalqaro ekspertlar, olim va professorlar, shuningdek biznes doiralari vakillari qatnashmoqda.
Muhokamalar davomida xalqaro tajriba asosida
soliq maʼmuriyatchiligini
transformatsiya qilish
, raqamli yechimlarni joriy etish va soliq jarayonlari samaradorligini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuningdek, QQS va aksiz soligʻi maʼmuriyatchiligi oid yondashuvlarni takomillashtirish masalalari ham muhokamalar markazida bo‘ldi.
Forum doirasida davlat va biznes oʻrtasidagi muloqotni mustahkamlash,
investitsiya muhitini yaxshilash
hamda xorijiy hamkorlarni Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari bilan yaqindan tanishtirishga alohida urgʻu berilmoqda.
Ikki kun davom etadigan mazkur forum soliq maʼmuriyatchiligi sohasida ilgʻor amaliy yechimlar almashinuvi hamda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qiladi.
_______
#налоговый_форум
#сотрудничество
В Ташкенте начал работу XVIII
Налоговый форум
«Шёлковый путь»
Форум организован Налоговым комитетом совместно с Международным центром по налогам и инвестициям (ITIC) и
традиционно
объединяет представителей государственных органов, экспертного сообщества и бизнеса из разных стран.
С приветственным словом на церемонии открытия выступили заместитель председателя Налогового комитета
Жахонгир Абдиев
и президент ITIC
Дэниел Алан Витт.
В работе форума участвуют
делегации из 12 государств
, включая руководителей и сотрудников налоговых служб, ведущих международных экспертов, учёных и профессоров в области налогообложения, а также представителей деловых кругов.
В ходе обсуждений особое внимание уделяется вопросам
трансформации налогового администрирования
с учётом международного опыта, внедрения цифровых решений и повышения эффективности налоговых процедур. Также в центре внимания — совершенствование подходов к администрированию НДС и акцизного налога.
Отдельный блок посвящён укреплению диалога между государством и бизнесом,
улучшению инвестиционного климата,
а также расширению информированности зарубежных партнёров о налоговой системе и проводимых в Узбекистане реформах.
Форум продолжит свою работу в течение двух дней и станет площадкой для обмена практическими решениями и выработки новых подходов в сфере налогового администрирования.
Тelegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
|
Threads
#gender_tenglik
Mamlakatimizda davlat boshqaruvi xususan, soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xotin-qizlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish va ularning yetakchilik o‘rnini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda soliq organlarida keng imkoniyatlar tamoyilini izchil joriy etish, xodimlar uchun barcha yo‘nalishlarda adolatli shart-sharoitlar yaratish hamda ayol kadrlarning boshqaruv jarayonlaridagi ishtirokini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda soliq tizimida faoliyat yuritayotgan ayol mutaxassislar zamonaviy soliq ma’murchiligini takomillashtirish, raqamli xizmatlarni joriy etish hamda soliq to‘lovchilar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etmoqda.
Tizimda ayol rahbarlar soni ham izchil ortib bormoqda. Xususan, Soliq qo‘mitasining o‘zida 3 nafar ayol tizim tarkibidagi boshqarmalarga rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, 7 nafar ayol soliq inspeksiyalari rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda, 18 nafar ayol esa hududiy soliq organlarida bo‘lim boshlig‘i lavozimini egallab kelmoqda.
Ushbu ko‘rsatkichlar xotin-qizlarning nafaqat ijro darajasida, balki boshqaruv bo‘g‘inlarida ham faol ishtirok etayotganini va tizimda ularning o‘rni tobora mustahkamlanayotganini yaqqol namoyon etadi.
Hududiy va markaziy tuzilmalarda faoliyat yuritayotgan malakali xodimalar soliq intizomini mustahkamlash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda shaffoflikni ta’minlash borasida samarali faoliyat olib bormoqda.
Shu bilan birga, Soliq qo‘mitasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyada aynan soliq tizimidagi ayol kadrlar ulushini oshirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Mazkur strategiya doirasida ayollarning kasbiy rivojlanishi, ularni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash hamda boshqaruv jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
So‘nggi yillarda ayollarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtiroki kengayib, boshqaruvdagi ta’siri sezilarli darajada oshdi. Bu esa sohada professional yondashuv va inson kapitali samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, soliq tizimida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning rahbarlik salohiyatini rivojlantirish mamlakatda adolatli, zamonaviy va samarali davlat boshqaruvi muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#sport_kuni
Soliq xodimlari o‘rtasida jamoaviy birdamlik sport maydonida mustahkamlanmoqda
Toshkent shahar soliq boshqarmasi jamoasida sog‘lom ish muhitini shakllantirish hamda xodimlarning jismoniy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan, boshqarma rahbariyati tashabbusi bilan navbatdagi “Sport kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida o‘tkazilgan
⚽️
futbol musobaqasi xodimlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirib, jamoaviy ruhni yuksaltirishga xizmat qildi. Bunday sport tadbirlari nafaqat salomatlikni tiklash, balki kundalik ish faoliyatida samaradorlikni oshirishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
Kelajakni tanlayotganlar: davlat xizmatiga kirib kelayotgan yangi aqllar
Bugungi global o‘zgarishlar sharoitida davlat boshqaruvi tizimlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — zamon talablariga javob bera oladigan, kreativ fikrlaydigan va raqamli muhitda erkin ishlay oladigan yangi avlod kadrlarini shakllantirishdir.
Shu nuqtai nazardan, Soliq qo‘mitasi tizimida inson kapitaliga bo‘lgan talab mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Endi bu sohada nafaqat bilimli, balki raqamli texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan, xorijiy tillarni biladigan, tahlil qilish va tez qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
Joriy yilning 28 aprel kuni Toshkent shahridagi ikki yirik oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan “Bitiruvchi-2026” hamda “JOB FAIR – 2026” tadbirlarida Soliq qo‘mitasi va Toshkent shahar soliq boshqarmasi vakillarining ishtiroki aynan shu maqsadga xizmat qildi. Tadbirlar davomida bitiruvchilarga soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ochiq vakant o‘rinlar va ishga qabul qilish tartiblari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.
E’tiborli jihati shundaki, ushbu muloqotlar natijasida 42 nafar yoshlar soliq organlarida faoliyat yuritish istagini bildirib, o‘zlarining birlamchi ma’lumotlarini taqdim etdilar. Bu esa yoshlarning davlat xizmatiga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini, ayniqsa soliq tizimidagi islohotlarga nisbatan ishonch mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.
Bunday yarmarkalar — bu oddiy ishga joylashish tadbiri emas. Bu — davlat va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqot maydoni, iqtidorni kashf etish va uni to‘g‘ri yo‘naltirish mexanizmi. Eng muhimi, bu kabi tashabbuslar orqali davlat xizmatiga yangi fikr, yangi energiya va yangi qarash kirib keladi.
Zero, kuchli davlat — bu zamonaviy fikrlaydigan kadrlar bilan barpo etiladi. Va bugungi yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar ertangi taraqqiyotning mustahkam poydevoridir.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads