
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
#ochilish_marosimi
⚡️
⚡️
⚡️
ROBOTOTEXNIKA MARKAZI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI
Tumanimizdagi
52-sonli maktabda
o‘quvchilarning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni IT va muhandislik yo‘nalishlariga keng jalb etish maqsadida
robototexnika markazi
o‘z faoliyatini boshladi.
Markazning ochilish marosimida tumanimiz hokimi Elmurod Po‘latov, tuman mutasaddi rahbarlari, jamoatchilik faollari hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Mazkur loyiha
Olmazor tajribasi asosida
tashkil etilgan bo‘lib, uni amalga oshirish uchun
mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 600 million so‘m
mablag‘ yo‘naltirildi.
Markazda o‘quvchilar robototexnika, dasturlash va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallash, turli loyihalar ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Zamonaviy bilim va innovatsion texnologiyalar — yoshlar kelajagi uchun mustahkam poydevor!
Bizni kuzatib boring:
PARKENT_TONGI_GAZETASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonning taklifiga binoan 13-16-sentabr kunlari
davlat tashrifi
bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
—
По приглашению Президента Республики Корея Ли Чжэ Мёна Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 13-16 сентября посетит эту страну
с государственным визитом
.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Koreya
#hamkorlik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Olmazor tajribasidan poytaxt miqyosiga: mahalla va ko‘chalarni kompleks rivojlantirishning yangi bosqichi.
—
От опыта Алмазара – к масштабу всей столицы: новый этап комплексного развития махаллей и улиц.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#qonunchilik_hujjatlari
📣
Tarbiyalanuvchilarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan tarbiyachilar uchun javobgarlik belgilandi
✅
Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-sentabrdagi tegishli Qonuni bilan ayrim qonunchilik hujjatlariga zarur oʻzgartirish va
qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra:
🔹
taʼlim tashkilotida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlar oʻz zimmasiga yuklatilgan shaxs tomonidan:
➖
tarbiya va taʼlim berish jarayonida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy zoʻravonlik sodir etish, shuningdek uni kamsitish yoki xoʻrlash kabi harakatlarda ifodalangan tarzda tahqirlash, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek belgilangan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa,
BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi
;
➖
pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlikka oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun
maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslarning 1 yil muddat davomida quyidagi taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi:
🔹
maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
🔹
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari;
🔹
professional taʼlim tashkilotlari;
🔹
bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim tashkilotlari.
👉
Shuningdek, ushbu Qonun bilan:
➖
davlat yoki nodavlat muassasalarining toʻliq taʼminotida boʻlgan voyaga yetmagan bolaga aliment toʻlashi shart boʻlgan
otani yoki onani aliment toʻlashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻzda tutildi;
➖
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola foydasiga ota-onadan yoki ularning biridan undirilishi belgilangan aliment miqdorini kamaytirish boʻyicha ishlarda
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari jalb etilishi belgilandi.
👉
Mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#diqqat_eʼlon
#elektron_xizmat
📣
Hurmatli ota-onalar!
✅
Oʻquvchini xorijga ketishi munosabati bilan uni umumiy oʻrta taʼlim maktabi safidan chiqarish uchun onlayn ariza berish imkoniyati yaratildi. Buning uchun:
➖
my.gov.uz
portaliga yoki MyGov mobil ilovasidagi “Oʻquvchini xorijiy davlatga ketishi munosabati bilan taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish” xizmati orqali elektron soʻrovnoma toʻldiriladi hamda ariza beriladi.
❗️
Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul va hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Barcha kerakli maʼlumotlar idoralararo elektron tizim orqali onlayn olinadi.
🔹
Sizning arizangiz bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi tomonidan 5 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qiladi.
➖
Tegishli taʼlim tashkiloti mazkur qaror asosida bir ish kuni ichida oʻquvchini elektron tizim (baza)dagi oʻquvchilar safidan chiqaradi.
👉
Bu haqida ariza beruvchi fuqaroning
my.gov.uz
portali yoki MyGov mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboriladi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#Yangi_baholash
#Seminar
📚
YANGI BAHOLASH TARTIBI: NAZARIYA VA AMALIYOT UYGʻUNLIGI
👍
2026–2027-oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta ta'lim muassasalarida baholashning yangi tartibini samarali joriy etish maqsadida Toshkent viloyatining qator hududlarida oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.
🔎
Xususan, Chinoz, Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon va Parkent tumanlarida oʻtkazilgan seminarlarda yangi baholash mezonlari va tartiblari, oʻquvchilar bilimini xolis, shaffof va adolatli baholash, natijalarni tahlil qilish hamda baholash jarayonida zamonaviy yondashuvlardan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
✍️
Shuningdek, ishtirokchilarga yangi baholash tizimini amaliyotga toʻgʻri tatbiq etish boʻyicha tegishli tavsiya va tushunchalar berildi, oʻzaro tajriba almashildi.
📸
Chinoz, Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon va Parkent tumanlarida tashkil etilgan oʻquv-amaliy seminarlar jarayonidan fotolavhalar.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤
https://t.me/toshkentv_xtb
|
🌐
Facebook
|
🔎
Veb-sayt
|
🌐
Instagram|
▶️
YouTube
👍
@ToshvilmmtbgamurojaatBot
#ҒУРУР
🇺🇿
Sindorov va Abdusattorov Osiyo reytingida birinchi ikki o‘rinni egalladi
🇺🇿
Grossmeyster Javohir Sindorov 2778 reyting ochkosi bilan qit’a reytingida birinchi o‘rindan joy olgan. Yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi
🇺🇿
Nodirbek Abdusattorov esa 2762 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallagan.
Shu tariqa, Sindorov va Abdusattorov O‘zbekiston tarixida ilk bor Osiyo shaxmat reytingida bir vaqtning o‘zida birinchi ikki o‘rinni band etgan. Ular hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha va Arjun Erigaysi, shuningdek, xitoylik Vey Ini ortda qoldirgan.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤
https://t.me/toshkentv_xtb
|
🌐
Facebook
|
🔎
Veb-sayt
|
🌐
Instagram|
▶️
YouTube
👍
@ToshvilmmtbgamurojaatBot
#Oʻzbekiston_2030_strategiyasi
#maktabgacha_taʻlim
✅
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi tegishli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasini rivojlantirishga qaratilgan qator
maqsadlar oʻrin olgan.
🔹
Xususan, dastlabki maqsad sifatida 2030-yilga qadar bolalarni maktabgacha taʻlim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish belgilangan.
➖
Shu maqsadda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktabgacha taʻlim tizimida yangi oʻrinlar yaratish, davlat-xususiy sheriklik va oilaviy nodavlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarini kengaytirish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.
👉
2026-yilning oʻtgan davri mobaynida
jami 56 569 ta,
xususan:
➖
118 ta DXSh asosidagi MTT tashkil etilishi natijasida — 13 779 ta;
➖
1 100 ta oilaviy nodavlat MTT tashkil etilishi natijasida — 42 790 ta yangi bola oʻrni yaratildi.
👉
Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi:
➖
3–7 yoshdagi
3 246 913 nafar
bolaning
2 533 314 nafari
maktabgacha taʻlim bilan toʻliq qamrab olingan hamda
qamrov darajasi 78 foizni tashkil etmoqda;
➖
joriy yilda
811 ming nafardan ortiq
6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olinishi natijasida
qamrov koʻrsatkichini 99,3 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
#birinchi_maqsad
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
УСТОЗЛАРИ УЛУҒЛАНГАН ЮРТ
Айтсам, баҳор яшар экан куз учун,
Яшаяпсиз болдек ширин сўз учун,
Навоий ҳам отдан тушган сиз учун,
Миллатимиз қароғи сиз, устозлар,
Маърифатнинг чироғи сиз, устозлар!
Ҳар бир касбнинг ўз масъулияти бор. Аммо ўқитувчилик — инсон тақдири, унинг билими, дунёқараши ва келажаги билан боғлиқ юксак масъулиятни талаб этади. Зеро, устознинг бир оғиз сўзи ўқувчининг қалбида йиллар давомида яшаши, берилган ишончи эса унинг бутун ҳаётини ўзгартириши мумкин.
Ана шундай шарафли ва масъулиятли йўлни танлаб, умрининг салмоқли қисмини ёш авлод таълими ва тарбиясига бағишлаб келаётган фидойи педагоглардан бири — “Ўзбекистон Республикаси халқ таълими аълочиси” кўкрак нишони соҳиби Хайдарқулов Тўрақул Исроилович.
👉🏻
Давоми:
https://olmaliqhayoti.uz/?p=23558
Яқинларга юбориб қўйинг
Kаналга уланиш
⤵️
https://t.me/+WvVgEWfzo24xYTJi
Web-site
Telegram
Instagram
#IBRAT_VAQTI
«Nega faqat men?» demang!
☄️
Taniqli tennischi, jahon chempioni Artur Esh qon qo‘yish jarayonida og‘ir hastalikni yuqtirib oldi. Ahvoli kundan-kun yomonlashardi. Umrining so‘nggi kunlarini yashayotgan Artur muxlislaridan ko‘plab maktublar olardi. Ulardan birida bunday so‘zlar bor edi: “Parvardigor, bunday dard uchun nega boshqani emas, sizni tanladi?” Artur esa muxlisiga bunday javob yozdi: “Butun dunyoda har yili ellik million bola tennis o‘ynashni boshlaydi, shundan besh millioni o‘rganadi. Besh yuz ming nafari professional darajasiga chiqadi. Besh minggi katta musobaqalarda qatnashib, ellik nafari “Uimbldon”gacha keladi. To‘rttasi yarim finalda, ikkitasi finalda ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritadi. Qo‘limda chempionlik kubogini tutib, quvonib turarkanman, biror marta: “Nega men?” demadim. Endi xastalikka chalinib, azob chekayotganimda: “Nega men?” desam, to‘g‘ri bo‘ladimi?”
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤
https://t.me/toshkentv_xtb
|
🌐
Facebook
|
🔎
Veb-sayt
|
🌐
Instagram|
▶️
YouTube
👍
@ToshvilmmtbgamurojaatBot