
TAYLOQ24 XABARLARI
💬
Aloqaga qiynalayapsizmi?
@AloqachiBot
orqali o‘zingizning aloqa botingizni bir necha daqiqada yaratishingiz mumkin.
Bot orqali foydalanuvchilar sizga yozadi, siz esa shaxsingizni oshkor qilmasdan bot orqali ularga javob berasiz.
⚙️
Qulay sozlamalar
👥
Qo‘shimcha administratorlar
📱
Telefon raqamini majburiy yuborish imkoniyati*
💬
Xabarlarni qulay boshqarish
Aloqachi Bot — siz va auditoriyangiz o‘rtasidagi qulay aloqa.
👉
@AloqachiBot
OPENBUDGET GA OVOZ YIG’IB BERAMIZ.
Tezkor ovoz* yig’ishga yordam beramiz.
Kimga ovoz kerak bo’lsa
👉
@milliyteam_support
📥
Видео юклаш учун энди каналларга мажбуран обуна бўлиш шарт эмас!
@CHOPQIR_BOT
—
Instagram, TikTok, Yotube ва бошқа платформалардан
видеоларни тез ва осон юклаб олиш имконини беради.
🚫
Реклама йўқ
🚫
Мажбурий каналларга обуна йўқ
🤖
Энг қизиқ имконият — ўз ботингизни яратинг!
@CHOPQIR_BOT
орқали ўзингиз учун алоҳида видео юкловчи Телеграм бот яратиб, ундан фойдаланишингиз мумкин.*
👉
@CHOPQIR_BOT | VIDEO YUKLASH
🤖
OpenBudget uchun avto ovoz berish botini tayyorlab beramiz!
Namuna bot:
@OpenBudgetOvozBerishBot
💰
Har bir muvaffaqiyatli o‘tkazilgan ovoz uchun xizmat haqqi — 2 000 so‘m.*
🤝
Ko‘proq miqdorda foydalanadiganlar uchun alohida chegirmalar mavjud.
📩
Buyurtma va murojaat uchun:
@zoirovs_admin
Ўзбекистонда банк карталари сони 75 миллиондан ошди
Жорий йилнинг 1-август ҳолатига кўра, муомаладаги банк карталари сони 75,7 миллион донага етган.
Йил бошида 430,8 мингта бўлган терминаллар сони 1-августга келиб 453,5 мингтага етган. Шу билан бирга, банкомат ва инфокиосклар сони 40,1 мингтадан 47 мингтага етган. Бу кўрсаткич 17,3 фоизга ўсган.
👉
Тойлоқ хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+ZEAVYypGICwzYjIy
Qo‘shchinor mahallasida aholi takliflari tinglandi
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Qo‘shchinor mahallasida bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan mahalla guzari qiyofasini yaxshilash, uni qayta qurish va ta’mirlash, shuningdek, mahalla yoshlari uchun zamonaviy kutubxona barpo etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Tuman hokimi aholi tomonidan bildirilgan takliflarni diqqat bilan tinglab, ularni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish va zarur choralarni ko‘rish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Aholi bilan bunday bevosita muloqotlar hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalar infratuzilmasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Daler Med-Servis”ning istiqbolli loyihalari
bilan tanishildi
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev “Daler Med-Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, korxona tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.
Tuman hokimi korxonaning faoliyati, mavjud imkoniyatlari hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini kengaytirish, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish borasidagi rejalar muhokama qilindi.
Tuman hokimi loyihalarning hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyatini ta’kidlab, mas’ullarga tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Bog‘izog‘onlik nuroniylar obodonlashtirish ishlarida faollik ko‘rsatmoqda
Bog‘izog‘on mahallasida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlandi.
Tadbirda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, hududga biriktirilgan mas’ullar, mahalla faollari hamda jamoatchi nuroniylar ishtirok etib, xonadonma-xonadon yurib aholi o‘rtasida obodonlashtirish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish va tozalik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib bordilar.
Tuman hokimi nuroniylarning tashabbuskorligi va faolligini alohida e’tirof etib, ular mahalla raisining eng yaqin ko‘makchilari, mahallada tinchlik, ahillik va obodonchilikni ta’minlashda muhim tayanch ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida mahallani yanada obod va fayzli maskanga aylantirish yo‘lida barcha fuqarolarni birgalikda harakat qilishga chaqirildi.
Otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv
Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev O‘zbekiston mahallasi binosida otaliqqa olingan yoshlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi yoshlarning fikr va takliflarini tinglab, uyoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va iqtidorini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokimi davlatimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi va intellektual salohiyatini oshirish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, har bir yosh o‘z ustida tinimsiz ishlashi, ilm-fan va kitob mutolaasiga alohida e’tibor berishi lozimligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida tuman hokimi tomonidan badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
🇺🇿
JASORAT MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI
Toyloq tumanidagi 60
-umumta’lim maktabi “Jasorat sinfi”ga o‘quvchilarni "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari bo‘yicha imtihon qabul qilish bo‘yicha jarayonlari boshlandi.
Imtihonlar belgilangan tartibda,
ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida
tashkil etilmoqda. Jasorat sinfida o‘qish istagida bo‘lgan o‘quvchilar jismoniy tayyorgarlik sinovidan o‘tkazilmoqda.
🎓
“Jasorat maktabi” yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bilim, jismoniy va harbiy tayyorgarligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Barcha talabgor o‘quvchilarga
imtihonlarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
🇺🇿
Imtihon topshiruvchilar va ularni ota-onalari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.