Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Triskelion

triskelion_uz
Agar maʼlumotlarni oʻzbek segmentidagi bironta kanaldan koʻchirsam muallifni koʻrsataman. Muallif koʻrsatilmaganmi demak muallif oʻzimman. Siz ham mualliflik huquqiga rioya qiling! (agar insofingiz boʻlsa) Admin: @agzambek1003 CHGK BAZA: @db_chgk_info
Подписчики
1 480
24 часа
-10
30 дней
-20
Необычный рост (24 часа)
Просмотры
2 057
ER
1,39%
Посты (30д)
Символов в посте
456
April 25, 18:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Nigeriyadan maktublar...
@triskelion_uz

March 18, 04:39

​​
Isroil razvedkasi afsonasi – Eli Koen
Eli Koen
– Isroilning eng mashhur josuslaridan biri bo‘lib, u Suriya hukumati ichiga kirib, Isroil uchun muhim razvedka ma'lumotlarini yetkazgan.
Eli Koen 1924-yilda Misrning Iskandariya shahrida yahudiy oilasida tug‘ilgan. U 1950-yillarda Isroilga ko‘chib o‘tgan va Mossad tomonidan yollangan. Keyin u "
Kamil Amin Taabet
nomi bilan yashirin faoliyat olib borgan.
Koen 1961-yilda Suriyaga josus sifatida yuborilgan. U Damashqda yuqori doiralarga kirib, harbiy va siyosiy rahbarlar bilan do‘stlashgan. U hatto Suriya mudofaa vazirligiga yaqin shaxslardan biri bo‘lib qolgan. Koen Isroilga Suriya harbiy bazalari, ayniqsa, Golan tepaliklaridagi joylashuvlar haqida ma'lumot bergan. Uning axboroti 1967-yilgi "Olti kunlik urush"da Isroilning Golan tepaliklarini qo‘lga kiritishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. 1965-yilda Suriya razvedkasi uni qo‘lga oldi. Koen qattiq qiynoqlarga solindi va ochiq sud jarayonidan so‘ng, 18-may kuni Damashq markazida omma oldida osib o‘ldirildi.
Eli Koen Isroilda qahramon sifatida xotirlanadi. Uning jasorati va fidoyiligi haqida ko‘plab kitoblar yozilgan va filmlar suratga olingan. 2019-yilda Eli Koenning hayotiga bag‘ishlangan "
Ayg‘oqchi
" (Fransiya) badiiy mini-serialida Koen rolini mashhur aktyor
Sasha Baron Koen
ijro etgan.
@triskelion_uz

March 11, 19:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ancha oldin yaratilgan bu animatsiyani koʻpchilik koʻrgan boʻlsa kerak.
Koʻrmaganlar boʻlsa, shunchaki tavsiya...
@triskelion_uz

March 11, 04:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Braylni ilhomlantirgan Sharl
Sharl Barbye
– 1767-yilda Fransiyada tug‘ilgan. U harbiy xizmatdagi o‘z tajribasi davomida maxfiy yozuv tizimlari ustida ishlagan. Uning asosiy maqsadi askarlar tunda yorug‘lik yo‘qligida ham xabarlarni o‘qiy olishiga erishish edi. Shu sababli u "tungi yozuv" (fransuzcha
écriture nocturne
) deb nomlangan maxsus tizimni ishlab chiqdi. Barbye tomonidan ishlab chiqilgan alifbo 12 nuqtali relyefli yozuv tizimidan iborat boʻlgan va qiyinroq bo‘lgani uchun keng qo‘llanilmagan.
Sharl Barbyening "tungi yozuv" tizimi bevosita Brayl yozuvining poydevori bo‘ldi. Uning texnikasi bosma harflarga asoslangan odatiy alifbo o‘rniga nuqta va kombinatsiyalardan foydalanishni ilgari surdi, bu esa Lui Brayl uchun muhim ilhom manbai bo‘ldi. Bugungi kunda Brayl yozuvi dunyo bo‘ylab ko‘rlar uchun asosiy yozuv tizimi sifatida foydalaniladi. Shu sababli Sharl Barbyeni ushbu sohaning kashshoflaridan biri deb atash mumkin.
@triskelion_uz

March 05, 06:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Somalicha oʻq uzish
— bu oʻqotar qurolni yelkaga tiramasdan oʻq uzish usuli (odatda qurol bosh uzra yoki yon tomonda ushlab otiladi). Ushbu usul Afrikadagi mustamlaka urushlari davrida paydo boʻlgan. Isyonchilar qurolni yelkaga tiramaslikka harakat qilishgan, chunki prikladning yelkaga urilishi yelkada koʻkarish qoldirgan va bu odamning isyonchi ekanligini koʻrsatib qoʻygan. Bu belgilar isyonchilarni tanib olish va jazolash uchun ishlatilgan.
Bu usul oʻq uzayotgan odamning otishma paytida yashirinib, oʻzini koʻrsatmasdan oʻq uzishga imkon beradi va dushmanga otish joyini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Kamchiligi: otish aniqligi juda past hamda oʻq-dorining sarfi yuqori.
@triskelion_uz

March 04, 04:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Gvinet Peltrou nima uchun oʻz kompaniyasini "Goop" deb nomlagan?
Gvinet Peltrou o'z kompaniyasiga nom tanlayotganda brending boʻyicha mutaxassis unga zamonamizning eng muvaffaqiyatli internet gigantlari (Google va Facebook) nomlarida ikkita "O" harfi borligini hamda unga ham shunday nom qoʻyishni maslahat bergan. Shuning uchun Gvinet oʻz initsiallari (G, P) orasiga ikkita "O" harfini qoʻyib kompaniyasiga "Goop" deb nom bergan.
@triskelion_uz

March 03, 15:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Shon-shuhrat akasiga kulib boqdi. Lekin Kiran (oʻngdan birinchi) toʻxtab qolmadi va uddaladi...
@triskelion_uz

March 03, 08:27
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

And the Oscar Goes To... – 2025
1. Eng yaxshi aktyor – Edrien Broudi (The Brutalist)
2. Eng yaxshi aktrisa – Mikey Medison (Anora)
3. Eng yaxshi film – Anora
4. Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Kiran Kalkin (Rostmana og‘riq)
5. Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa – Zoi Saldana (Emiliya Peres)
6. Eng yaxshi rejissyorlik ishi – Shon Beyker (Anora)
7. Eng yaxshi operatorlik ishi – Lol Krouli (The Brutalist)
8. Chet tilidagi eng yaxshi film – Men hali ham shu yerdaman (rejissyor Valter Salles)
9. Eng yaxshi original ssenariy uchun – Anora
10. Eng yaxshi toʻliq metrajli animatsion film – Oqim
@triskelion_uz

March 03, 06:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Best picture and Best actress
@triskelion_uz

February 13, 10:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
1500-yillardan boshlab asosiy texnologik kashfiyotlarning to’liq xaritasi chiqdi.
Xaritada 600 yil ichida texnologiyalar qanday rivojlanganini batafsil ko’rishingiz mumkin.
Xaritaga
havola.
©
DigiTech
@triskelion_uz