Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

TSTU.UZ | NEWS

tstu_news
Ushbu kanalda Toshkent davlat transport universiteti tezkor yangiliklari, voqea-hodisalar haqida xabarlar berib boriladi • instagram.com/tstu.news • facebook.com/tstu.news • twitter.com/tstu_news
Подписчики
11 900
24 часа
30 дней
300
Просмотры
5 666
ER
47,61%
Посты (30д)
17
Символов в посте
929
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 02, 04:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Toshkent davlat transport universiteti rektori Gulamov Abdulaziz Abdullayevichning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
Telegram:
https://t.me/Abdulaziz_Gulamov
Facebook:
https://www.facebook.com/share/1929V6RCXh/?mibextid=wwXIfr
Instagram:
https://www.instagram.com/abdulaziz__gulamov?igsh=NXdlejk3MnQ2MWtv

June 01, 13:37
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🌊
Toshkent davlat transport universiteti suzish havzasi yozgi mavsumga tayyor!
Yozning issiq kunlarida shahar shovqinidan qochib, toza va muzdek suzish havzasida hordiq chiqarishga nima yetsin? Universitetimizning zamonaviy va barcha qulayliklarga ega suzish havzasi sizni hamda yaqinlaringizni maroqli vaqt oʻtkazishga taklif qiladi!
Suzish havzasi
3-iyun kuni soat 09:00 dan
eʼtiboran yozgi mavsum uchun oʻz faoliyatini rasman boshlaydi!

Ish vaqti:
Haftaning har kuni:
08:00 dan 18:00 gacha
(dam olish kunlarisiz)
💳
Xizmat narxlari:
👤
Kattalar uchun:
50 000 soʻm
(1 soat uchun)
Oylik abonement:
500 000 soʻm
🎓
Talabalar va pensionerlar uchun:
25 000 soʻm
(1 soat uchun)
Oylik abonement:
250 000 soʻm
📞
Batafsil maʼlumot va murojaat uchun:
+998712990253
🏊‍♂️
Suzish — ham salomatlik, ham ajoyib kayfiyat garovi. Biz bilan yozgi taʼtilni unutilmas oʻtkazing!
Universitet rasmiy sahifalari:
🌐
TSTU.uz
|

Telegram
|
🌐
Instagram
|
💬
Facebook
|
📹
YouTube
|
✈️
News

May 25, 04:53
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Milliy universitetida regbi-7 sport turi bo‘yicha «Talabalar ligasi»ning final bosqichi o‘tkazildi
🇺🇿
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mezbonlik qilgan regbi-7 sport turi bo‘yicha «Talabalar ligasi» sport musobaqalarining respublika final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
🅰
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi, Talabalar sporti assosiatsiyasi hamda O‘zMU hamkorligida yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu nufuzli chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralanib olingan eng kuchli 24 ta jamoa (14 ta erkaklar va 10 ta ayollar jamoasi) bosh sovrin uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Shiddatli va murosasiz kechgan bahslar natijasiga ko‘ra quyidagi jamoalar shohsupaga ko‘tarildi:
Erkaklar jamoalari o‘rtasida:
1-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi
2-o‘rin: Namangan davlat pedagogika universiteti jamoasi
3-o‘rin: Urganch davlat pedagogika universiteti jamoasi
Ayollar jamoalari o‘rtasida:
1-o‘rin: Urganch davlat pedagogika universiteti jamoasi
2-o‘rin: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi
3-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi
Batafsil
👉
nuu.uz
👉
На русском
👉
In English
#TalabalarLigasi
#Final
#Rugby7
#NUUz
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin

May 22, 10:58
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Toshkent davlat transport universitetida “Korrupsiyasiz ta’lim” tamoyili asosida ochiq muloqot o‘tkazildi
Joriy yilning 21-may kuni Toshkent davlat transport universiteti Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakultetida ta’lim jarayonlari shaffofligini ta’minlash va ochiqligini oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishining 64-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu uchrashuv universitet rahbariyati ko‘rsatmasiga asosan bevosita fakultetlar kesimida o‘tkazilmoqda. Unda fakultet dekanati hamda professor-o‘qituvchilar jamoasi faol ishtirok etdi.
Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir “Universitetda korrupsiyaga oid holatlar, ma’lumotlar va yechimlar” mavzusidagi muhokamalarga qaratildi. Uchrashuv davomida bo‘lim boshlig‘i S. Berdiyev kun tartibidagi masala yuzasidan batafsil ma’ruza qilib, ta’lim tizimida adolat tamoyillarini qaror toptirish, turli ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning muhim ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirning amaliy qismida ishtirokchilar o‘rtasida oliy ta’lim muassasalarida uchrashi ehtimoli bo‘lgan turli korrupsion holatlarni tubdan bartaraf etish yuzasidan qizg‘in fikr va mulohazalar almashildi. Professor-o‘qituvchilar ta’lim sifatini oshirish va yoshlar ongida “halollik vaksinasi”ni shakllantirish bo‘yicha o‘zlarining amaliy takliflarini bildirdilar. Bu kabi yuzma-yuz va ochiq muloqotlar universitetda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

May 22, 05:48
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

📝
Talabalar uchun plagiat tekshirish imkoniyati
Hemis tizimini plagiat tizimlari bilan integratsiya qilish orqali barcha OTMlar talabalari uchun bitiruv ishlarini plagiatga tekshirish imkoniyati yaratildi. Har bir bitiruvchi talaba oʻz bitiruv ishini erkin ravishda plagiatga tekshirishi mumkin. Talaba bitiruv ishini plagiatga tekshirish uchun bitiruvchi toifasida boʻlishi kerak.
📄
Foydalanish tartibi:
1) Talaba oʻzining
my.hemis.uz
platformasidagi profiliga kiradi.
2) Unda
Tashqi xizmatlar / Plagiat tekshiruvi
menyusidagi sahifaga oʻtadi.
3)
Hujjat yuklash
tugmasi orqali bitiruv ishi faylini tizimga yuklaydi va plagiat tekshiruviga yuboradi.
4) Plagiatga tekshiruv natijasini bilish uchun
Yangilash
knopkasidan foydalanadi. Tekshiruv jarayoni biroz vaqt oladi.
5) Tekshiruv yakunlangandan soʻng hujjat
Tugallangan
holatga oʻtadi hamda plagiat va originallik foizlari koʻrsatiladi.
❗️
Muhim!
Plagiat tekshiruvidan soʻng maxsus sertifikat va tekshiruv hisobotini yuklab olish mumkin.

May 12, 11:16
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Transport universiteti talabalari oʻrtasida O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori kubogi musobaqasi boʻlib oʻtadi
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, sport orqali kuchli irodani mustahkamlash hamda talabalar oʻrtasida do‘stona raqobat muhitini yaratish maqsadida ulkan sport bayrami tashkil etilmoqda.
Joriy yilning
14–15-may kunlari
universitetimiz talabalari sportning toʻrt turi boʻyicha oʻzaro bellashadilar. Ushbu musobaqa nafaqat jismoniy chaqqonlikni, balki intellektual salohiyatni ham sinovdan o'tkazish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Musobaqa turlari:
🥋
Kurash

Erkaklar: -60 kg, -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg, +90 kg

Ayollar kurashi (mutloq vazn)
🏀
Stritbol

Yigitlar

Qizlar

Shaxmat

Yigitlar

Qizlar
🏓
Stol tennisi

Yigitlar

Qizlar

Musobaqa sanalari:
📅
14-may – Saralash bosqichlari
⚖️
Vazn o‘lchash (Tarozidan o‘tish): 15:30
🎯
Saralash bellashuvlari: 16:30
📍
Joy:
Universitet kurash zali
🏆
15-may – Final va Transport prokurori kubogi bahslari
Sovgʻalar toʻplami:
🥇
1-oʻrin: Noutbuk
🥈
2-oʻrin: Planshet
🥉
3-oʻrin: Telefon
🔗
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola
Universitet rasmiy sahifalari:
🌐
TSTU.uz
|

Telegram
|
🌐
Instagram
|
💬
Facebook
|
📹
YouTube
|
✈️
News

May 12, 07:21
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📢
BITIRUVCHILAR DIQQATIGA!
Diplom olish arafasida turgan 3 835 nafar bitiruvchidan 1 274 nafari hali ham kontrakt to‘lovini amalga oshirmagan.
⚠️
Bu nima degani?
To‘lovning kechikishi — bitiruv hujjatlarini rasmiylashtirishda to‘siq va jiddiy muammolar degani.
Eslatib o'tamiz: Har bir kechiktirilgan kun diplom olish muddatini orqaga suradi.

Nima qilish kerak?
Ortiqcha ovoragarchiliksiz diplomga ega bo‘lish uchun to‘lovni bugunoq amalga oshiring!
Vaqtingizni boy bermang!
🕊
@tstu_registrator_ofisi

May 12, 06:00

⚡️
“Transport vaziri” stipendiyasi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi
Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida Toshkent davlat transporti universitetining
kunduzgi ta'lim shakli bakalavriatda tahsil olayotgan 1-3-kurs talabalari
va magistratura mutaxassisligidagi
1-kurs talabalari
uchun
“Transport vaziri”
stipendiyasi joriy etilgan.
📁
NIZOM
Talabgorlar hujjatlarni
30-maygacha
topshirishlari lozim.
Murojaat uchun
:
@dilnoz_erkinovna

May 08, 15:03
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

“Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasida faxriy ustozlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent davlat transport universitetining “Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi tomonidan ko‘p yillar davomida ta’lim-tarbiya va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shgan nafaqadagi ustozlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirga kafedrada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriy ustozlar – Valijon Jo‘rayev hamda Galina Gennadyevna Porfiryeva taklif etilib, ularning fidokorona mehnatlari e’tirof etildi va munosib ehtirom ko‘rsatildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda faxriy ustozlar universitetda ishlagan davrlari, boy mehnat tajribasi hamda yosh avlodni yetuk mutaxassis qilib tarbiyalash borasidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.

May 07, 13:06

#elon
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitet jamoasining dam olsih kunlari
9-may — Xotira va qadrlash kuni bu yil shanbaga to‘g‘ri kelish munosabati bilan dushanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Bu prezidentning 2026-yilda rasmiy bayramlar paytida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash to‘g‘risidagi farmonida belgilab qo‘yilgan.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, bayram kuni dam olish kuniga (shanba yoki yakshanba) to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
Shunga ko‘ra, universitet jamoasi (professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalar) 3 kun dam oladilar:
9-may, shanba — Xotira va qadrlash kuni;
10-may, yakshanba — dam olish kuni;
11-may, dushanba — bayramdan ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni.
@tstu_online