
ToshDO‘TAU | RASMIY
🗣
“Huquq maktabi” mobil ilovasi bilan Konstitutsiya bo‘yicha bilimlaringizni oshiring
Adliya vazirligi tomonidan “Huquq maktabi” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Unda yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha onlayn o‘quv kurslari tashkil qilingan bo‘lib, mazkur kurs yakuni bo‘yicha elektron sertifikat berish yo‘lga qo‘yilgan.
👍
Bizni tarmoqlarda kuzating
👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
Sizning fikringiz — Yangi O‘zbekiston kelajagining muhim poydevori!
✅
O‘zbekiston yoshlarining axborot maydonidagi faolligi hamda milliy va vatanparvarlik qadriyatlariga munosabatini o‘rganish maqsadida
“Raqamli muhitning Yangi O‘zbekiston yoshlaridagi vatanparvarlik dunyoqarashiga ta’siri”
mavzusida respublika onlayn so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda.
📊
So‘rovnoma orqali raqamli muhit, ijtimoiy tarmoqlarning hayotingizdagi o‘rni hamda vatanparvarlik haqidagi xolis fikr va takliflaringizni bildirishingiz mumkin.
📲
So‘rovnomada qatnashish uchun havola:
👉
So‘rovnomadan o‘tish
🏛
Har bir yoshning bildirgan munosabati davlatimiz sohadagi kelgusi strategiyalarini belgilashda alohida ahamiyatga ega.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Deputatlik
⚡️
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, akademik Shuhrat Sirojiddinov “Yangi umid” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolar, infratuzilma holati va aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilash masalalarini o‘rgandi.
🔗
Batafsil
👍
Bizni tarmoqlarda kuzating
👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
#Birinchi_kurs_maktabi
🔹
Universitetning 1-kurs talabalari uchun Mustaqillik darsi tashkil etilib, unda mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlar va yoshlar oldidagi mas’uliyat haqida fikr yuritildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan dars talabalarda Vatanga muhabbat, faol fuqarolik pozitsiyasi va yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
🔗
Batafsil
👍
Bizni tarmoqlarda kuzating
👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
❗️
Barcha talabalar diqqatiga!
📲
To‘lov shartnomasini olish uchun
kontrakt.edu.uz
platformasidan onlayn ariza yuboring.
➡️
Arizangiz oliygoh tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
✅
Tayyor shartnomani tizimdan yuklab olishingiz mumkin.
📌
“KONTRAKT EDU” mobil ilovasi
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Yangi_nashr
⚡️
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Zulxumor Xolmanova va Manzura Shamsiyeva hammuallifligida o‘zbek tili va tilshunoslik yo‘nalishlariga oid “O‘zbek tili” hamda “Tilshunoslik” nomli yangi ilmiy-o‘quv nashrlar chop etildi. Mazkur kitoblar o‘zbek tili va tilshunoslikka oid bilimlarni tizimli yoritish, ta’lim jarayonini ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni boyitishga xizmat qiladi.
🔗
Batafsil
👍
Bizni tarmoqlarda kuzating
👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
#Kafedralar
🔹
Universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov kafedralar huzurida tashkil etilayotgan maxsus ko‘rgazmali auditoriyalarning shaylik holati, mazmun-mohiyati va ulardan samarali foydalanish masalalarini ko‘rib chiqdi. Auditoriyalarni kafedralarning ilmiy-ta’limiy faoliyatini aks ettiruvchi hamda dars, seminar va ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan faol maydonga aylantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
🔗
Batafsil
👍
Bizni tarmoqlarda kuzating
👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
ToshDOʻTAUga xorijiy va xususiy OTMlardan oʻqishini koʻchirgan talabalar diqqatiga
📌
Xorijiy va xususiy oliy ta’lim muassasalaridan ToshDOʻTAUga oʻqishini koʻchirgan va tegishli imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalarning aloqa xatlari yuborildi.
📝
Endilikda siz sobiq universitetingizdan belgilangan tartibda hujjatlaringizni olib kelib, ToshDOʻTAUga topshirishingiz zarur!
Bizni tarmoqlarda kuzating
👇
Telegram
/
Facebook
/
Instagram
/
Twitter
#Birinchi_kurs_maktabi
Yangi o‘quv yilining ilk kunlarida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida “Ko‘chki” spektakili namoyishiga borildi. Mazkur madaniy tashrif talabalarning teatr san’atiga qiziqishini oshirib, ularning estetik didi va fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qildi.
🔗
Batafsil
👍
Bizni tarmoqlarda kuzating
👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
2026-yil 22-sentyabr
🕛
Soat 14:00
📍
510-auditoriya (C blok)
O'zbek adabiyoti va uni o'qitish metodikasi, O'zbek tili va uni o'qitish metodikasi hamda Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedralari qo'shma yig’ilishida
👩🏻🎓
Yusufjonova Nazokat Nig'madjon qizining
"Adabiy ta'limda sun'iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish metodikasi
” mavzusidagi dissertațsiyasi muhokama qilinadi.
📚
Ilmiy daraja: Pedagogika fanlari doktori (DSc)
🔍
Ixtisoslik: 13.00.02 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
👨🏫
Ilmiy rahbar:
p.f.d., prof. Qozoqboy Yo'ldoshev
📝
Taqrizchilar:
- t.f.d., dots. Botir Elov
- p.f.d., prof. v.b. Saodat Qambarova
- p.f.d., prof. Klaraxon Mavlonova
🎓
Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrantlarni muhokamada faol ishtirok etishga taklif etamiz!
👍
Bizni tarmoqlarda kuzating
👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X