
Toshkent texnologiyalar universiteti
Ustozlarimiz tajribasi havas qilishga arziydi
📚
Sizlar bilan til va taʼlim texnologiyalari kafedrasi katta oʻqituvchisi ishtirokidagi videointervyuni boʻlishishga shoshilamiz. Davurova Xolida Haydarovna 21 yillik tajribaga ega filologiya fanlari doktori (phD) boʻlib, talabalarimizga rus tili fanidan dars beradi.
Marhamat, tomosha qiling
😊
Talabalar tavsiya etadi
👍
Oʻqish samaradorligini oshirish uchun talabalarimiz layfxaklarini eʼtiborga oling.
🔹
Har safar topshiriqni oʻz vaqtida bajarmaganingizda, qutichaga jarima puli tashlab qoʻying. Shu tarzda oʻzingizni intizomga oʻrgatasiz.
🔹
Vaqtingizni yaxshiroq tashkil etish uchun muhim vazifalarni kalendarda rangli markerlar bilan belgilang.
🔹
Hamma joyda oʻqishga harakat qiling. Hatto kafeda, parkda yoki sayr qilayotgan boʻlsangiz ham diqqatni jamlashga va bilim olish uchun vaqt ajratishga harakat qiling.
TTU — bu toʻgʻri tanlov!
Stol tennis o’ynashga nima deysiz?
🏓
Talabalarimizga biror nimani ikki marta taklif qilish shart emas. Ular universitet terrasasida stol tennisi boʻyicha bajonidil bahs oʻtkazishadi. Ularning har biri gʻalaba qozonishni xohlaydi, ammo asosiysi — ijobiy hissiyotlar va darsdan keyingi ajoyib hordiq!
😊
TTU — bu toʻgʻri tanlov!
Tanishing: Temur Gʻoznayev
👨🏻🎓
Temur 2003-yilda tavallud topgan va hozirgi vaqtda Toshkent Texnologiyalar universitetining huquqshunoslik yo’nalishida tahsil olmoqda. Talabamiz bu fanni oʻrganishda katta yutuqlarga erishib kelmoqda va bo’sh vaqtlarida o’z ustida qo’shimcha tarzda ishlashga va o’z bilim va ko’nikmalarini oshirishga harakat qiladi.
🌎
TTU — bu toʻgʻri tanlov!
Darslar — albatta yaxshi, ammo tamaddini hech kim bekor qilmagan
😉
Talabalarimiz oshxonada vaqt oʻtkazishni juda yoqtirishadi. Darsdan keyin yoki ular oʻrtasida tamaddi qilib olish uchun bu yerga tez-tez kelib turishadi. Bundan tashqari, birgalikda ovqatlanish — universitetdagi soʻnggi yangiliklarni muhokama qilish uchun yana bir ajoyib imkoniyatdir
🍵
TTU — bu toʻgʻri tanlov!
Ob-havo ajoyib
🔥
Talabalarimiz ham auditoriyadagi darslardan keyin toza havodan nafas olishga qaror qilishdi. Koʻkalamzordagi hordiq keyingi mashgʻulotlar uchun yanada koʻproq kuch berishiga amin boʻlish mumkin
🌿
Siz esa darslardan keyin qanday dam olasiz?
TTU — bu toʻgʻri tanlov!
Darsdan keyin nima bilan shugʻullanish mumkin?
🤔
Talabalarimizda bunday savol tugʻilmaydi, axir darsdan keyin ular koʻpincha kunning eng qiziqarli voqealarini muhokama qilish uchun toʻplanishadi. Biz esa oʻzaro fikrlashuv sodir boʻlayotganidan xursandmiz.
TTU — bu toʻgʻri tanlov!
9 may — Xotira va qadrlash kuni!
🙏
Bu roʻshnoli kunda barchaga va yaqinlariga musaffo tinch osmon hamda yorqin kelajak tilaymiz. Har bir xonadonda tinchlik-totuvlik va farovonlik hukm sursin.
Bayramingiz muborak boʻlsin!
Yuqorida hordiq chiqarish — ayni muddao
🌤
Talabalarimiz boʻsh vaqtlarini universitet tomida oʻtkazishni yoqtiradi. Darslardan oldin hordiq chiqarib, kuch toʻplash uchun eng zoʻr joy!
Kunlarning issig’ida salqin tomda hordiq chiqarishga nima yetsin.
😊
Bir maʼruza boshqasidan qiziqroq
📖
Talabalarimiz davomati qoniqarli, chunki ustozlarimiz har qanday materialni qiziqarli va maroqli tarzda taqdim eta oladi. Darsdan keyin esa talabalarimiz har doim ajoyib kayfiyatda boʻladi
😊
TTU — bu toʻgʻri tanlov!