
TUPROQQALʼALIKLAR
❗️
Tibbiyot xodimlariga yangi ustamalar, ipoteka uçun yordam va bepul rezidentura
Bugun, 27-oktyabr, Prezidentning tibbiyot va farmasevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvida quyidagi imtiyozlar va yangiliklar e’lon qilindi:
➖
Bakalavriatni bitirgan hamşira va tibbiyot oğalariga 1,5 million söm, magistraturani tugatganlarga 2,5 million söm, oilaviy şifokorlik böyiça tor soha mutaxassislariga 5,5 million söm ustama tölanadi.
➖
2027-yildan rezidenturada öqiş bepul böladi. Talabalarga 3 million söm stipendiya tölanadi. Öqiş mutaxassislikka qarab ikki yildan beş yilgaça davom etadi.
➖
2027-yildan tibbiyot talabalari haftasiga uç kun bemorlar bilan işlaşni örganadi, bitiruvçi kursda esa töliq tibbiyot muassasasida amaliyot ötaydi.
➖
2027-yil 1-iyuldan tibbiyot va farmasevtika xodimlarini davlat röyxatidan ötkaziş boşlanadi. Dastlab ixtiyoriy bölgan uşbu tartib 2030-yildan majburiy böladi.
➖
Davlat röyxatidan ötgan şifokor va farmasevtlarga 7 million sömdan, hamşiralarga 3,5 million sömdan ustama tölanadi.
➖
2027-yildan olis hududlarda işlaydigan barça şifokorlarning oylik qöşimça ustamasi 2 milliondan 4,5 million sömga oşiriladi. Bunday hududga işga kirgan şifokorga 50 million söm bir martalik rağbat puli ham beriladi.
➖
Tizimda kamida 15 yil işlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplaş uçun 50 milliard söm ajratildi. Bu orqali 2027-yilda 1 ming nafar tibbiyot xodimini uy-joy bilan ta’minlaş közda tutilgan.
➖
Har yili 500 nafar yoş tibbiyot xodimining ipoteka krediti boşlanğiç badalining 25 foizi qoplab beriladi.
➖
Xorijiy klinikalarda tajriba orttirgan vatandoş şifokorlar yurtimizga jalb qilinib, ularning oyligiga 50 million sömgaça ustama tölanadi. Konferensiyalarda qatnaşiş va xorijiy hamkasblar bilan tajriba almaşiş xarajatlari qoplanadi.
➖
Joriy yilda tuman böğinidagi eng yaxşi şifokor va hamşiralar böyiça viloyat tanlovlari ğoliblariga 30 million sömdan mukofot beriladi. 2027-yilda viloyat bosqiçida ğolib bölgan 14 nafar şifokor elektromobil bilan taqdirlanadi.
➖
Soğlom turmuş tarzini tarğib qiluvçi eng yaxşi 10 ta loyiha muallifiga 200 million sömdan grant ajratiladi.
➖
Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi alohida davlat mukofotini ta’sis etiş taşabbusi ilgari surildi.
➖
2027-yilda kafolatlangan paket doirasida bepul beriladigan dorilar turi 73 taga, tibbiy tekşiruvlar turi 36 taga yetkaziladi.
➖
Hokimlar har yili xususiy klinikalar uçun yer uçastkalarini belgilab, e’lon qiladi. Yerlar aynan şu maqsadda auksionga çiqarilib, qulay şartlarda taklif etiladi.
➖
2027-yildan şifoxona va poliklinikalar faoliyatini aholi baholaydigan mexanizm joriy etiladi. Şifokor va hamşiralar oyligi samaradorlik körsatkiçlariga boğlanib, bemorlarning qoniqişi asosiy mezon böladi.
➖
26 ta ixtisoslaşgan markaz direktori bilan bir yillik kontrakt tuzişga ötiladi. Direktorlar jamoatçilikka hisobot beradi, kontrakt natijaga qarab uzaytiriladi.
🏆
ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI UÇUN TANLOVNING TUMAN BOSQIÇI ÖTKAZILDI
https://t.me/tuproqqala_manaviyati
🏆
ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI UÇUN TANLOVNING TUMAN BOSQIÇI ÖTKAZILDI
Tuproqqal’a tumanida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uçun tanlovning tuman bosqiçi bölib ötdi.
✨
Tanlovda 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan faol, iqtidorli va taşabbuskor xotin-qizlar iştirok etib, öz bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
📌
Tanlovning 8 ta yönalişi böyiça jami 34 nafar iştirokçi özaro bellaşdi. Yakuniy natijalarga köra, ğoliblar tanlovning viloyat bosqiçida iştirok etiş uçun yöllanmani qölga kiritdilar.
🌷
Barça iştirokçilarga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat, ğoliblarga esa viloyat bosqiçida omad va yuksak natijalar tilaymiz!
Prezidentimiz tomonidan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid
qonun imzolandi
.
Unga muvofiq, alifbomiz 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi örniga endi
28 ta
harf va
1 ta tutuq belgisi
dan taşkil topadi. Asosan
«Ö», «Ğ», «Ş»
hamda
«Ç»
harflarining yozilişi özgartirilmoqda. Şuningdek,
«Ng»
birikmasi alifboning alohida harfi safidan çiqariladi.
Bu özgarişlar yozuvni ixçamlaştiriş hamda kompyuter va raqamli texnologiyalarda
özbek tilidan keng foydalaniş
ni qulaylaştirişga qaratilgan. Matnlaringizni yangi alifboga ötkaziş uçun
@lotinaibot
dan foydalaning!
🎬
“KINOKARVON” LOYIHASI DOIRASIDA VATANPARVARLIK RUHIDAGI FILM NAMOYIŞ ETILDI
🇺🇿
Tuproqqal’a tumanidagi 14069-sonli harbiy qismda “Kinokarvon” loyihasi doirasida “Ilhaq” badiiy kinofilmi namoyiş etildi.
🎥
Mazkur film orqali harbiy xizmatçilarga Ikkinçi jahon uruşi yillarida özbek xalqining matonati, sabr-bardoşi, ona mehr-muhabbati va farzandga bölgan çeksiz muhabbati ta’sirçan tarzda yetkazildi.
📚
KITOBXON ÖQUVÇILAR MUNOSIB TAQDIRLANDI
📖
Tuproqqal’a tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitob mutolaasiga qiziqişi, kitobxonlik madaniyati va bilim olişga bölgan intilişi bilan ajralib turgan öquvçilar kitoblar bilan taqdirlandilar.
🎁
Uşbu ezgu taşabbus yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, ularning mutolaaga bölgan qiziqişini oşiriş hamda ma’naviy dunyosini boyitişga xizmat qiladi.
ŞAVKAT MIRZIYOYEV INQILOBI
yoxud men nima uçun Prezidentim bilan ğururlanaman?
Boşidan bir gapni aytmoqçiman, avvalo, janr masalasida. Garçi şakl publisistik bölsa-da, struktura nuqtai nazaridan mazkur matn essega tortibroq ketdi. Şu bois, noan’anaviyroq bölsa-da, uni şunday ataşni lozim topdim. Keyin, sarlavha borasida ham turli mulohazalar bölişi mutlaqo tabiiy deb öylayman.
Batafsil
Rasmiy
sahifalarimiz
👇
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
”O‘zligimizdan kuch olib, bugungi hayotimizni teran anglab, milliy kinomizning yangi sahifasini birgalikda yarata olamiz“.
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«Черпая силы в нашей идентичности и глубоко осмысливая сегодняшнюю жизнь, мы вместе сможем открыть новую страницу национального кинематографа».
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#xalqchildavlat
#kunhikmati
🌍
Biz bilan kuzatib boring!
🕊
Telegram
|
📸
Instagram
Tuproqqal’a tuman Axborot-kutubxona markazida mavjud adabiyotlar, ko‘rgazmali hamda targ‘ibot materiallarini xatlovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
🔹
Xatlov natijalariga ko‘ra, eskirgan, mazmunan, imloviy yoki texnik jihatdan belgilangan talablarga javob bermaydigan materiallarni yangilash hamda takomillashtirish choralari ko‘rildi.
📖
Shuningdek, kutubxona fondini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining dolzarb asarlari, nutq va ma’ruzalarida ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni aks ettiruvchi materiallar, shuningdek, milliy adabiyotimizning yetuk namoyandalari asarlari bilan boyitishga alohida e’tibor qaratildi.