Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Turan Security

turansecurity
Turan Security Information Security services provider founded by heavily experienced guys | turansec.uz www.instagram.com/turan.security www.linkedin.com/company/turansecurity Aloqa uchun: @turan_admin , info@turansec.uz
Подписчики
2 430
24 часа
30 дней
10
Просмотры
3 292
ER
135,47%
Посты (30д)
2
Символов в посте
985
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Технологии и разработка software
Краткое описание
May 27, 05:07
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Qurbon Hayiti- samimiy niyat,ezgu amallar alohida qadr topadigan davr.
Qurbon Hayit bayrami muborak bo‘lsin!
Qurbon Hayit — bu avvalo uyning mehri, yaqinlarga g‘amxo‘rlik va avlodlarni birlashtiruvchi ezgu an’analar yanada qadrlanadigan muborak ayyomdir.
Ushbu bayram kunlari oilalaringizga qalb osoyishtaligi, diydor quvonchi, samimiy tabassumlar va chinakam fayz-u baraka olib kelsin.
Har bir xonadonda tinchlik, farovonlik va hamjihatlik hukm sursin.
@
turansecurity
|
www.turansec.uz
|
info@turansec.uz

May 18, 06:51
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Toshkentda kiberxavfsizlik, sun'iy intellekt va bulutli texnologiyalar bo'yicha xalqaro
konferensiya
🗓
21-may | Soat 9:30 da boshlanadi
📍
Uztelecom ofisi, Mo'minov ko'chasi, 4/2
Uztelecom va Code IB ushbu xalqaro konferensiyaga IT va axborot xavfsizligi mutaxassislarini, shuningdek, biznes vakillarini taklif qiladi.
Dastur uchta tematik yo'nalishni o'z ichiga oladi:
🔐
Kiberxavfsizlik
🌐
Sun'iy intellekt
☁️
Bulutli texnologiyalar
📶
Nima uchun ishtirok etish kerak?
— Eng yaxshi amaliyotlar va real hayotdagi holatlar
— Bozor yetakchilari tajribasi
— Biznes barqarorligi va samaradorligi uchun texnologiyalar
— Professionallar bilan aloqalar
🔗
Oldindan
ro'yxatdan o'tish
bilan ishtirok etish bepul. Joylar cheklangan.
International Conference
on Cybersecurity, AI, and Cloud Technologies in Tashkent
🗓
May 21 | Starts at 9:30 AM
📍
Uztelecom Office, 4/2 Muminov Street
Uztelecom
and
Code IB
invite IT and information security specialists, as well as business representatives, to the international conference.
Program includes three thematic tracks:
🔐
Cybersecurity
🌐
Artificial Intelligence
☁️
Cloud Technologies
📶
Why attend?
— Real-world cases
— Experience of market leaders
— Technologies for business sustainability and efficiency
— Networking with professionals
🔗
Free participation with advance
registration
. Space is limited
@
turansecurity
|
www.turansec.uz
|
info@turansec.uz

May 09, 10:11
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Xotirani asrab-avaylash, faxriylarga g‘amxo‘rlik va hurmat ko‘rsatish, keksalarimizni ardoqlash,avlodlarimizni tinchlik, insonparvarlik va shukronalik ruhida tarbiyalash – bizning burchimiz. Vatanimiz ozod va obod bo'lsin.
🕊
Har bir xonadonda tinchlik-xotirjamlik hukm surib, bizga musaffo osmon ostida yashash imkonini bergan insonlar jasoratiga hurmat tuyg‘usi doimo bardavom bo‘lsin.
☠️
Xotira va qadrlash kuni bilan azizlar !
@turansecurity
|
www.turansec.uz
|
info@turansec.uz

April 30, 18:56
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

30-aprel kuni Cyber University va Turan Security hamkorligida CUTF CTF final bosqichi bo‘lib o‘tdi
🌐
🎆
Final bosqichiga saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 9 ta jamoa yo‘l oldi. Ishtirokchilar real kiberxavfsizlikka yaqin vazifalarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi — zaifliklarni aniqlash, ekspluatatsiya qilish va turli holatlarni tahlil qilish orqali bellashishdi.
Dastur davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, yangi tanishuvlar orttirish va professional muhitda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra:

G‘olib jamoalar aniqlanib, mukofotlar topshirildi

Barcha ishtirokchilar uchun amaliy tajriba va yangi bilimlar berildi

Kiberxavfsizlik sohasida o‘sish uchun yana bir katta qadam qo‘yildi
💰
Umumiy sovrin jamg‘armasi: 50 million so‘m bo‘lib, 3 ta o‘rin o‘rtasida taqsimlandi.
💻
CUTF CTF kabi musobaqalar nafaqat bilimni sinaydi, balki real dunyoga yaqin tajriba orqali mutaxassislarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
#CTF
#CyberSecurity
#CUTF
#TuranSecurity
#Uzbekistan
@turansecurity
|
www.turansec.uz
|
info@turansec.uz

April 25, 18:28
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🔥
Team1337 JAMOAMIZ — AITU CTF 2026 XALQARO MUSOBAQA G'OLIBI!
Kompaniyamiz mutaxassislari kiberxavfsizlik yo‘nalishida yana bir yirik xalqaro musobaqada g‘alabani qo‘lga kiritdi.
🇰🇿
24–25-aprel kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida o‘tkazilgan AITU CTF 2026 musobaqasining final bosqichida Team1337 jamoamiz
Rossiya
🇷🇺
, Qozog‘iston
🇰🇿
, Janubiy Koreya
🇰🇷
, Mo‘g‘iliston
🇲🇳
, Yaponiya
🇯🇵
va boshqa davlatlardan kelgan
TOP-20
jamoa orasidan faxrli
1-o‘rin
ni egallab, musobaqa chempioniga aylandi.
Jamoa a'zolari tadbir doirasida o'tkazilgan
GeoGusser
musobaqasida 2-o'rinni qo'lga kiritdi.
Mazkur musobaqa Astana IT University hamda FR13NDS TEAM tomonidan tashkil etildi. Tashkilotchilarga yuqori saviyada o‘tkazilgan tadbir va samimiy mehmondo‘stlik uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz.
❗️
Eslatib o‘tamiz,
Turan Security
kompaniyasi atiga 2 yil avval 4 kishilik jamoa bilan faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda esa 40 ga yaqin mutaxassislarni birlashtirgan holda, O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasini rivojlantirish va uni xalqaro maydonda munosib namoyon etish yo‘lida to'xtovsiz harakat qilmoqda.
Nasib bo'lsa biz to‘xtamaymiz. Oldinda yanada katta yutuqlar bor.
@turansecurity
|
www.turansec.uz
|
info@turansec.uz

April 23, 06:43
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

From a graduate of Inha University in Tashkent to a founder of Turan Security
Our graduate, Akmal Sodiqov, is currently the founder of Turan Security — one of the leading cybersecurity companies in Uzbekistan.
In this video, he shares his experience of his student life and how studying at Inha shaped him as a leader.
Inha is the start that opens the door to great opportunities!



Toshkent shahridagi Inha Universiteti bitiruvchisidan — Turan Security kompaniyasi asoschisigacha
Bizning bitiruvchimiz Akmal Sodiqov hozirda O‘zbekistondagi yetakchi kiberxavfsizlik kompaniyalaridan biri — Turan Security asoschisi hisoblanadi.
Ushbu videoda u o‘zining talabalik davri va Inha Universitetida tahsil olish uni yetakchi sifatida shakllanishida qanday muhim ro‘l o‘ynagani haqida bo‘lishdi.
Inha — katta imkoniyatlar eshigini ochadigan start!



От выпускника Университета Инха в Ташкенте — до основателя компании Turan Security
Наш выпускник Акмал Садыков в настоящее время является основателем Turan Security — одной из ведущих компаний в сфере кибербезопасности в Узбекистане.
В этом видео он делится своим опытом студенческой жизни и тем, как обучение в Университете Инха сыграло ключевую роль в его становлении как лидера.
Инха — это старт, который открывает двери к большим возможностям!

April 15, 13:16
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

💻
CUTS CTF 2026!
Turan Security kiberxavfsizlik tashkiloti tomonidan sovrin jamg‘armasi 50 mln so'm bo'lgan navbatdagi yirik CTF musobaqasiga start berilmoqda!
Kiberxavfsizlik sohasida o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni amalda sinab ko‘rish uchun juda zo'r imkoniyat!
Ushbu musobaqa Cyber University davlat universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Kiberxavfsizlik sohasi bo'yicha amaliyot qidirib yurgan barcha talabalarni kiberpoligonda ishtirok etishga taklif qilamiz.
🎯
Musobaqa bosqichlari:
Saralash bosqichi onlayn tarzda 2026-yil 18-aprel kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha davom etadi.
Final bosqichi esa oflayn formatda 2026-yil 30-aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha o‘tkaziladi.
Saralashdan eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-10 jamoa final bosqichiga yo‘l oladi.
🧾
Ro'yxatdan o'tish: (
https://cuts.uz/
)
⏺️
Eslatma: Ro'yxatdan o'tishdan oldin qoidalar bilan yaxshilab tanishib chiqing!!
@turansecurity
|
www.turansec.uz
|
info@turansec.uz

March 31, 11:29
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

Kiberxavfsizlik bo'yicha seminar-trening!
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarining kiberxavfsizlik sohasidagi amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida sohadagi yetakchi kompaniya mutaxassislari bilan seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda kompaniyamiz vakillari ham o‘zlarining amaliy tajribalari va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Akmaljon Sodiqov - Turan Security asoschisi:
📌
CNA nima? Kiberxavfsizlikda o'qib pul ishlash mumkinmi?
Yoldoshali Esonaliyev - Team Lead:
📌
Web ilovalar xavfsizligi.
Abdumutal Abdumutalov - Team Lead:
📌
Android ilovalari xavfsizligida statik tahlil usullari.
Seminar yakunida universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
@turansecurity
|
www.turansec.uz
|
info@turansec.uz

March 21, 17:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
O‘zbekistonda ilk Bug Bounty platformasi — Oq Doppi
Prezidentimiz tomonidan belgilangan
2030-yilgacha kiberxavfsizlikni rivojlantirish strategiyasiga muvofiq
, mamlakatimizda axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash va zaifliklarni oldindan aniqlash muhim vazifalardan biridir.
Shu yo‘nalishda
TuranSecurity
tomonidan O‘zbekistonda
birinchi Bug Bounty platformasi — Oq Doppi
ishga tushirildi.
🔎
Bug Bounty nima?
Bu kompaniyalarga o‘z tizimlaridagi xavfsizlik zaifliklarini mustaqil va professional ethical (white hat) mutaxassislar yordamida aniqlash imkonini beradigan zamonaviy yondashuvdir. Natijada muammolar erta bosqichda aniqlanadi va xavflar oldi olinadi.
🎩
Nega “Oq Doppi”?
“White hat hacker” — tizimlarni himoya qilish uchun ishlaydigan mutaxassislarni anglatadi.
“Oq Doppi” esa ushbu tushunchaning milliy talqini bo‘lib, ishonch, himoya va mas’uliyat ramzidir.
🤝
Siz uchun qanday foyda beradi?
• Tizimlaringizdagi zaifliklarni real mutaxassislar aniqlaydi
• Xavfsizlik darajasi sezilarli darajada oshadi
• Muammolarni oldindan bartaraf etish imkoniyati
• Qonuniy va nazorat ostidagi test muhiti
🚀
Platforma bugundan ishga tushdi
Birinchi scope doirasida 2 ta dastur ochildi:

TuranSec — *.
turansec.uz

Oq Doppi — platformaning o‘zi
🛡
Agar siz kompaniya bo‘lsangiz — tizimlaringizni himoya qiling
🛡
Agar siz mutaxassis bo‘lsangiz — o‘z bilimingizni amalda sinab ko‘ring
Oq Doppi — ishonchli va zamonaviy kiberxavfsizlik yechimi.
Havola
:
https://oqdoppi.uz
@oqdoppi_support
Tizimda xatoliklar va tushunmoqchilar bo’lsa yozing.
#OqDoppi
#CyberSecurity
#BugBounty
#Uzbekistan
#TuranSecurity

March 20, 02:29
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🌙
Turan Security jamoasi
Barchangizni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy qutlaydi!
Hurmatli yurtdoshlar,
Ushbu muqaddas va fayzli ayyomda Sizga hamda yaqinlaringizga sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik va baraka tilaymiz. Barcha ezgu orzu va niyatlaringiz ijobat bo‘lsin.

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
@turansecurity
|
www.turansec.uz
|
info@turansec.uz