
O‘zbekiston yoshlari. Turkiya
🇺🇿
🎓
TURKIYADA TAHSIL OLAYOTGAN IQTIDORLI O‘ZBEKISTONLIK TALABALAR DIQQATIGA!
📢
Hurmatli vatandoshlar!
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xorijda tahsil olayotgan yuqori salohiyatli, bilimli va iqtidorli vatandoshlarni aniqlash, ular bilan aloqalarni mustahkamlash hamda ularning ilmiy va kasbiy salohiyatidan mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida samarali foydalanish maqsadida ma’lumotlar shakllantirmoqda.
🔹
Shu munosabat bilan Turkiyadagi oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olayotgan, shuningdek, mazkur universitetlarni tamomlagan O‘zbekiston fuqarolarini hamkorlikka taklif etamiz.
📚
Mazkur tashabbusning asosiy maqsadlari:
☑
Turkiyada tahsil olayotgan yuqori salohiyatli o‘zbekistonlik yoshlarni birlashtirish;
☑
Iqtidorli talabalar, yosh olimlar va malakali mutaxassislar bilan doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
☑
Ularning ilmiy izlanishlari, innovatsion g‘oyalari va kasbiy tajribasini O‘zbekistondagi tegishli muassasalar bilan bog‘lash;
☑
Kelgusida ilmiy-amaliy loyihalar, tajriba almashinuvi va boshqa hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish.
📝
Agar Siz Turkiyadagi mazkur talablarga javob beradigan universitetda tahsil olayotgan yoki uni tamomlagan bo‘lsangiz, quyidagi elektron so‘rovnomani to‘ldirishingizni so‘raymiz.
🔗
So‘rovnoma havolasi:
https://forms.gle/ogvK3kdT2eDsjBuy5
⏳
So‘rovnomani to‘ldirish uchun taxminan 3–5 daqiqa vaqt talab etiladi.
🤝
Sizning bilimingiz, tajribangiz va salohiyatingiz — Yangi O‘zbekistonning kelajagi uchun muhim!
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi
#O
‘zbekiston
#Turkiya
#Talabalar
#IqtidorliYoshlar
#Ta
’lim
#IlmFan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan
uchrashdi
.
—
В рамках государственного визита в Республику Корея Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
встретился
с соотечественниками, работающими и обучающимися в этой стране.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Koreya
#vatandoshlar
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
📢
Istanbulning markazida – talabalar uchun shinam yotoqxona!
📍
Fotih markazida joylashgan:
Metro, avtobus bekatlari va Fotih masjidiga atigi
150 metr
masofada!
✨
Qulayliklar va imkoniyatlar:
🛏
Shinam xonalar:
4 kishiga moʻljallangan, shaffof va tartibli muhit;
🛠
Barcha sharoitlar:
Issiq-sovuq suv, zarur mebel va maishiy jihozlar;
🕊
Sogʻlom va osuda muhit:
Oʻqish va hordiq chiqarish uchun juda qulay;
🕌
Binoda masjid:
Ibodatlar uchun barcha imkoniyatlar mavjud;
📖
Qur’on kurslari:
Istovchilar uchun tajvid va Qur’on oʻrganish mashgʻulotlari;
🎓
Maxsus suhbatlar:
Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasi talabalari hamda yurtimizdan keladigan moʻtabar mehmonlar bilan eksklyuziv uchrashuv va treninglarda qatnashish imkoniyati.
👥
Kimlar uchun?
Istanbuldagi universitetlarda tahsil olayotgan
Oʻrta Osiyolik talabalar
uchun;
Yotoqxonaga qabul
suhbat asosida
amalga oshiriladi.
💰
Narxi:
Oyiga 250$
(nonushta va kechki ovqat narx ichida!)
📲
Joyni band qilish:
Joylar soni chegaralangan! Hoziroq murojaat qiling va oʻz joyingizni band qiling!
@umar_mahmud
“UzGlobalThink – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida xorijdagi vatandoshlarning ilmiy va ekspertlik salohiyati”
mavzusidagi xalqaro Vatandoshlar forumida Turkiyadagi O‘zbekistonlik talabalar jamiyati ham ishtirok etdi. Mazkur forum xorijda istiqomat qilayotgan 15 ta davlatdan tashrif buyurgan, ilm-fan, ta’lim, iqtisodiyot, innovatsiya, texnologiya, madaniyat va boshqa sohalarda salmoqli yutuqlarga erishayotgan qariyb 40 nafar vatandoshni yagona muloqot va hamkorlik maydonida birlashtirdi. Forum davomida turli mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarning tajribasi, ilmiy va ekspertlik salohiyati, shuningdek, ularning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasi haqida fikr almashildi.
@turkiydagiyoshlar
Mustaqillikning 35 yilligiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan tashabbusingizni
"35 000 tashabbus"
loyihasiga yuboring.
Asosiy maqsad: Barcha yoshlarda Mustaqillik to’yonasiga dahldorlik hissini oshirish!
📅
1–31-avgust
Yuborish:
tashabbus.yito.uz
O‘z tashabbusingiz bilan tarixda iz qoldiring!
TURK DUNYOSI ADABIYOT UCHRASHUVLARI
Turk dunyosi adabiyotining taniqli vakillaridan biri, O‘zbekistonlik shoir va yozuvchi
Shuhrat Orif
bilan uchrashuvga taklif qilamiz.
Adabiyot, she'riyat va ijod haqida samimiy suhbat, fikr almashish hamda qiziqarli muloqot sizni kutmoqda.
🗓
Sana
: 23-iyul, payshanba
🕒
Soat
: 15:30
📍
Manzil
: Turkiya Yozuvchilar Birligi Istanbul bo‘limi, Qizlarag‘asi Mehmed Ağa Madrasasi, Hoca Rüstem ko‘chasi 6, Sultonahmet.
Barcha adabiyot ixlosmandlarini kutamiz!
@turkiydagiyoshlar
🇺🇿
Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini
tingladi
.
@alisher_sadullaev
#yoshlar
📆
30-iyun - Yoshlar kuni
⚡️
Hurmatli O’zbekiston yoshlari! Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat, ulkan marralar, yangi yutuqlar va ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan izlanish va mehnatlaringiz bardavom bo‘lsin!
🇺🇿
Bayramingiz muborak bo'lsin O'zbekiston yoshlari!
2015-yilgi g‘alaba — bugungi ilhom!
2015-yil Istanbulda xalqaro talabalar o‘rtasidagi futbol turnirida
O‘zbekiston talabalari, Kongo DR talabalarini 6:2 hisobida mag‘lub etgandi.
Oradan yillar o‘tdi, ammo g‘alaba ruhi hamon biz bilan.
Ertangi
O‘zbekiston
🇺🇿
– Kongo DR
🇨🇩
uchrashuvida futbolchilarimizga omad va zafar tilaymiz. Maydonda ishonch, birdamlik va g‘alaba ruhi hamroh bo‘lsin.
#BizSenBilan
#OlgaOzbekiston
🇺🇿
⚽
Bir paytlar talabalar g‘alaba qozongan edi, endi esa navbat milliy jamoamizda!
@turkiyadagiyoshlar
🎁
🏆
#BizSenBilanVatan
TANLOVI
🏆
🎁
🇺🇿
⚽
Portugaliya
🇵🇹
–
Oʻzbekiston
🇺🇿
uchrashuvi oldidan barcha ishtirokchilar uchun qiziqarli tanlov oʻtkaziladi!
🎁
Sovgʻalar
:
👕
futbolka (OQ BOʻRILAR)
🧢
shapka (FIFA2026)
🧣
sharf (Olgʻa Oʻzbekiston)
Qatnashish shartlari:
✅
Instagramda
@wayu
.turkiye sahifasiga obuna bo‘ling
✅
Ushbu postga
https://www.instagram.com/p/DZzg25ZtE1w/?igsh=bjBnZzFmeGtyZGF1
❤️
bosing
✅
Postni story’da ulashing va
@wayu
.turkiye ni belgilang
✅
Izohda: “
Oʻzbekiston uchun bir tilak yoki terma jamoamizga tabrik yozing
”
✅
Eng yaxshi shior
✅
Eng yaxshi reels
🏆
Gʻoliblar eng mazmunli, eng samimiy va eng ijodiy izohlar orasidan tanlab olinadi.
⏰
Tanlov uchrashuv boshlanishidan oldin soat 19:00’da oʻtkaziladi.
🇺🇿
Keling, stadion muhitini birgalikda yaratamiz va milliy terma jamoamizni birgalikda qoʻllab-quvvatlaylik!
@turkiyadagiyoshlar