Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

TURON UNIVERSITETI

turonuniversity
🏛 Turon universitetining rasmiy axborot kanali Hujjat topshirish uchun: https://t.me/TU_hujjattopshirish_bot https://qabul.turonuniversity.uz Biz bilan yorqin kelajak sari muhim qadam! ☎️ Murojaat uchun: +99875 220 00 25
Подписчики
5 310
24 часа
-7
30 дней
844
Просмотры
1 543
ER
29,06%
Посты (30д)
103
Символов в посте
1 064
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 11, 10:31
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
🔐
“APK QO‘RIQCHI “ — kiberhujumlardan himoyachi!
📱
Kiberhujumlardan himoyalanishning oson yo‘llaridan biri — telefoningizga
«APK Qo‘riqchi»
ilovasini o‘rnatish.
📲
Foydalanish juda oson:
➡️
Play Market
’ga kirasiz;
🔎
«APK Qo‘riqchi»
ilovasini topasiz;
⬇️
Ilovani telefoningizga o‘rnatasiz.
👉
Google Play orqali yuklash
🛡
Shundan so‘ng shubhali va zararli APK fayllardan himoyalanish choralarini ko‘rishingiz mumkin.
⚠️
Unutmang!
Noma’lum APK fayllarni ochish yoki o‘rnatishdan oldin yaxshilab o‘ylang.
🔐
Kiberxavfsizlik — o‘zingizning qo‘lingizda!
Bizning sahifalar
⭐️
TELEGRAM
/
⭐️
INSTAGRAM
⭐️
YOUTUBE
/
⭐️
FACEBOOK

September 11, 07:28
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
😄
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT: TAKLIF VA TASHABBUSLAR E’TIBORDA
📢
Turon universitetida talaba-yoshlarning murojaatlarini bevosita tinglash, ularning fikr va takliflarini o‘rganish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish maqsadida navbatdagi
“Rahbar va yoshlar”
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🗒
Ochiq va samimiy ruhda tashkil etilgan muloqot davomida Turon universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
A. Shaymanova
tomonidan talabalarga universitetda ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda ichki tartib-qoidalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
💬
Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar yo‘llab, ta’lim jarayoni, universitet hayoti va talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. Murojaatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ayrim masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.
🔑
Tadbir doirasida universitet profilaktika inspektori
M. Jo‘rayev
tomonidan talaba-yoshlarga
kiberxavfsizlik va raqamli xavfsizlik
masalalari bo‘yicha ham muhim ma’lumotlar taqdim etildi. Xususan, internetdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslardan himoya qilish, shubhali havolalarga kirmaslik hamda kiberfiribgarlik holatlaridan ogoh bo‘lish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
✔️
Uchrashuv yakunida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning universitet hayotidagi ishtirokini yanada faollashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Bizning sahifalar
⭐️
TELEGRAM
/
⭐️
INSTAGRAM
⭐️
YOUTUBE
/
⭐️
FACEBOOK

September 11, 06:04
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
😄
MILLIY QADRIYATLAR VA TARIXIMIZ — MILLAT MA’NAVIYATINING KO‘ZGUSIDIR!
📢
Turon universitetining Iqtisodiyot hamda Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 1-bosqich talabalari
professor-o‘qituvchilar
N. Suyarov
va tyutor
Sh. Mansurov
boshchiligida Qarshi shahrida joylashgan
“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi
ga tashrif buyurdilar.
👥
Tashrif davomida talabalar muzey ekspozitsiyalari orqali yurtimiz tarixining murakkab davrlari, qatag‘on siyosati oqibatlari hamda ushbu davrda ta’qib va tazyiqqa uchragan yurtdoshlarimizning hayoti va taqdiri haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
🛡
Muzeyda namoyish etilgan tarixiy hujjatlar, eksponatlar, foto va boshqa manbalar talabalar uchun o‘tmish voqealarini yanada chuqurroq anglash, tarixiy xotirani asrash va ajdodlar taqdiridan xulosa chiqarishda muhim manba bo‘lib xizmat qildi.
✔️
Mazkur ma’rifiy tashrif yoshlarning
milliy tarixga hurmatini oshirish, tarixiy tafakkurini boyitish va Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash
ga qaratildi.
Bizning sahifalar
⭐️
TELEGRAM
/
⭐️
INSTAGRAM
⭐️
YOUTUBE
/
⭐️
FACEBOOK

September 10, 12:02
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#Rahbar_va_yoshlar
😄
TIBBIYOT FAKULTETI TALABALARI BILAN “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
📢
Turon universitetining Tibbiyot fakultetida talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini o‘rganish, ularni qiziqtirayotgan masalalarga atroflicha javob berish hamda universitetda yaratilgan imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
🗒
Samimiy va ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
U. Yoziyeva
hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
A. Shaymanova
ishtirok etib, talabalarga ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, universitetning ichki tartib-qoidalari hamda yoshlar uchun amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
💬
Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘z taklif va g‘oyalarini bildirdilar. Bildirilgan murojaatlar tinglanib, aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.
📌
Shuningdek, uchrashuvda Turon universiteti profilaktika inspektori
M. Jo‘rayev
tomonidan yoshlar o‘rtasida kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, turli kiberfiribgarlik va onlayn tahdidlardan ogoh bo‘lish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
🚀
Yakunda talaba-yoshlarning universitet hayotidagi faolligini yanada oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan istiqbolli reja va loyihalar haqida fikr almashildi.
✔️
Turon universitetida yoshlar bilan ochiq muloqot va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuvlar izchil davom etmoqda.
Bizning sahifalar
⭐️
TELEGRAM
/
⭐️
INSTAGRAM
⭐️
YOUTUBE
/
⭐️
FACEBOOK

September 10, 11:30
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
😄
QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI — TARIX VA ILM UYG‘UNLIGI!
📢
Jadidlar va qatag‘on qurbonlarining ibratli hayoti, ilmiy-ma’rifiy faoliyati hamda boy merosini chuqur o‘rganishga qaratilgan
“Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar va yozma mulohazalar”
tanlovi o‘tkaziladi!
🗒
Tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar jadidlar va qatag‘on qurbonlarining hayoti, faoliyati, ilmiy-ma’rifiy merosi hamda tariximizdagi o‘rni haqida ilmiy maqola va yozma mulohazalarini tayyorlab, taqdim etishlari mumkin.
📌
Bu tanlov tarixni chuqur anglash, milliy xotirani asrab-avaylash, ilmiy izlanish olib borish va o‘z ijodiy hamda ilmiy salohiyatingizni namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat!
📌
TANLOV NIZOMI
📅
Ilmiy maqolalar va yozma ishlarni
15-sentyabrga qadar
taqdim etishingiz mumkin.
➡️
Murojaat uchun:
@Nurbek_SuyarovPhD
✔️
Tarixni o‘rganing, haqiqatni izlang, ilm bilan o‘tmishimizga nazar tashlang va o‘z ilmiy salohiyatingizni namoyon eting!
Bizning sahifalar
⭐️
TELEGRAM
/
⭐️
INSTAGRAM
⭐️
YOUTUBE
/
⭐️
FACEBOOK

September 10, 10:28
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
🎉
TURON UNIVERSITETI ILMIY SALOHIYATI YUKSALISHDA DAVOM ETMOQDA
✔️
Quvonarlisi, Turon universiteti Tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi
Sirojiddinov Ismoil Luqmon o'g'li
Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01 raqamli Ilmiy kengashning 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha
«Dizel yoqilg‘isi uchun dipressor-dispergirlovchi prisadkalar olish texnologiyasini ishlab chiqish va joriy qilish»
mavzusidagi texnika fanlari bo'yicha
falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini qo’lga kiritdi.
✔️
Shu munosabat bilan Turon universiteti rektori, professor
L.Yoziyev
ilmiy muvaffaqiyat bilan
I.Sirojiddinov
ni
tabrikladi hamda keyingi ilmiy-pedagogik ishlariga omadlar tilab, tantanali ravishda diplomni topshirdi.
Bizning sahifalar
⭐️
TELEGRAM
/
⭐️
INSTAGRAM
⭐️
YOUTUBE
/
⭐️
FACEBOOK

September 10, 10:28
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
🎉
TABRIKLAYMIZ!
📣
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2026-yil 26-avgustdagi 388/1-son bayonnomasiga muvofiq, Turon universiteti “O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti v.b.
Nurmurotov Ilhom Bekmurod o'g'li
ga
“O'zbek tili”
ixtisosligi bo‘yicha
dotsent
ilmiy unvoni berildi.
Ushbu yuksak e’tirof munosabati bilan
Ilhom Bekmurod o'g'li
ni samimiy muborakbod etamiz!
✔️
Kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, yangi ilmiy yutuqlar va zafarlar tilaymiz.
Bizning sahifalar
⭐️
TELEGRAM
/
⭐️
INSTAGRAM
⭐️
YOUTUBE
/
⭐️
FACEBOOK

September 10, 07:23
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#kutubxonaga_tashrif
😄
TALABALARIMIZ S. NASAFIY NOMIDAGI VILOYAT AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA
📢
Turon universitetining Tarix hamda Psixologiya yo‘nalishlari 1-bosqich talabalari
professor-o‘qituvchilar
A. Pardayev
,
Y. Normirzayev
hamda
M. Erkinov
boshchiligida Qarshi shahrida joylashgan
S. Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi
ga tashrif buyurdilar.
🗒
Tashrif davomida talabalar markaz faoliyati, mavjud adabiyotlar va axborot-resurslari, shuningdek, kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
👥
Mazkur tashrif yoshlarning
kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ilmiy va badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish
, mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
✔️
Bunday ma’rifiy tashriflar talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish va kitob bilan do‘stligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bizning sahifalar
⭐️
TELEGRAM
/
⭐️
INSTAGRAM
⭐️
YOUTUBE
/
⭐️
FACEBOOK

September 09, 13:36
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#istiqlol35
#yangiózbekiston
😄
Turon universitetida talaba-yoshlarning qalbida
vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati
tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni
davlat ramzlariga hurmat
ruhida tarbiyalashga qaratilgan
"35 yoshing muborak!"
mavzusida ochiq darslar o‘tkazilmoqda.
✔️
Mashg‘ulotlar davomida yoshlarning yoshiga mos
huquq va burchlari
, shuningdek,
Konstitutsiya va qonunlarga hurmat hamda sadoqat
tamoyillari haqida tushunchalar berilmoqda.
Bizning sahifalar
⭐️
TELEGRAM
/
⭐️
INSTAGRAM
⭐️
YOUTUBE
/
⭐️
FACEBOOK

September 09, 12:42
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
😄
1-KURS TALABALARI UCHUN SARALASH VA BILIM DARAJASINI ANIQLASH TEST SINOVLARI O‘TKAZILDI
📢
Bugun, 9-sentab
r kuni Turon universitetining
Davolash ishi
hamda
Pediatriya ishi
ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun saralash va bilim darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi.
📝
Test jarayonida talabalarning boshlang‘ich tayyorgarlik darajasi, shuningdek, tibbiyot ta’limi uchun muhim bo‘lgan fundamental fanlar
biologiya
va
kimyo
bo‘yicha bilim va salohiyati baholandi.
🪕
Mazkur sinovlarning asosiy maqsadi har bir talabaning bilim darajasini aniqlash, mavjud bilim va ko‘nikmalarni tahlil qilish hamda kelgusidagi o‘quv jarayonlarini yanada samarali tashkil etish uchun zarur yo‘nalishlarni belgilashdan iborat.
🔥
Bugungi sinov talabalarning yangi bilimlar olamiga tashlagan ilk muhim qadamlaridan biri. Zero, mustahkam fundamental bilim malakali shifokor bo‘lish sari qo‘yilgan eng muhim poydevordir!
✔️
Turon universitetida har bir talabaning bilim va salohiyatini rivojlantirish, sifatli ta’lim olishiga munosib sharoit yaratish yo‘lida izchil ishlar davom etmoqda.
Bizning sahifalar
⭐️
TELEGRAM
/
⭐️
INSTAGRAM
⭐️
YOUTUBE
/
⭐️
FACEBOOK