Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal

tursunboy_ibrakhimov0203
Faqat shifokor va tibbiyot xodimlari uchun! UASH -> uchun tavsiyalar! T.T.Y. -> Tez Tibbiy Yordam xodimlari uchun tavsiyalar! Yozilgan dorilarni bemorga qo'llash bo'yicha admin javobgar emas! Admin: @Tursunboy_Ibrakhimov02 @Asadbek_Ravshanov
Подписчики
13 400
24 часа
100
30 дней
700
Просмотры
1 620
ER
0,14%
Посты (30д)
56
Символов в посте
1 100
December 11, 05:15

#UASH

PULMONOLOGIYADA TEKSHIRUV USULLARI :
1.
Anamnez
■ Shikoyatlar
• Yo'tal
• Balg'am
• Hansirash
• Og'riq
• Isitma
• Vazn yo'qotish
■ Kasallik tarixi
• Qachon boshlangan
• Qanday rivojlangan
• Qanday muolajalar olgan
■ Hayotiy tarixi
• Chekish bormi
• Kasbi nima
• Allergiyasi bormi
• Sil bilan kontakt
2.
FIZIK TEKSHIRUV
■ Ko'zdan kechirish
• Tinch va faol nafas
• Hansirash
• Burun harakati - bolada
• Ko'krak qafasi shakli
• Sianoz
• Barmoq deformatsiyasi
■ Palpatsiya
• Ko'krak qafasi harakati
• Ovoz vibratsiyasi
■ Perkussiya
• Normal
• Bog'iq
• Timpanik tovush
■ Auskultatsiya
• Vizikulyar
• Bronxial
• Susaygan
• Xirillash
• Hushtaksimon
• Kripitatsiya
3.
LABARATOR TEKSHIRUV
■ Umumiy qon taxlili
• Leykotsitoz - infeksiyada
• Eozinofiliya - allergik kasallik
■ Balg'am tahlili
• Zil Nilson - Silda
• Bakteriologik ekish
■ Biokimyoviy tahlil
• CR oqsili - yallig'lanish
• Gazlar ( PaO2 ; PaCO2 )
4.
INSTRUMENTAL TEKSHIRUVLAR
● Rentgenografiya
• O'pka va plevra holati
• Infiltrat borligini aniqlash
• Absess
• Emfizema
• O'pka saratoni
• Eksudativ plevrit
■ Kompyuter tomografiya
• Aniqlik bilan intersitsial o'zgarishlar
• O'smalar
• Emboliyalar
■ Spirometriya
• Obstruktiv kasalliklar
• Fibro'z kasalliklar
■ Bronxoskopiya
• Traxeya va bronxlarni ko'rish
• Biopsiya olish
• Yot jismlarni olish
■ Plevral punksiya
5.
MAXSUS TEKSHIRUVLAR
■ Allergik testlar
• Bronxial astma
• Allergik bronxit
■ Diffuziya testi
• Intersitsial kasalliklarda
■ Yurish testi
• Surunkali kasalliklarda
■ Polisomnografiya
• Gipovintilatsiyada
• Hansirash
https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

December 11, 03:12

#UASH

IMMUNOMODULYATORLAR
Immunomodulyatorlar - Immunitet tizimiga tasir qiluvchi yoki faoliyatiga tasir quluvchi turli biologik faol moddalardir.
Ular patogenlarga tog'ridan to'g'ri tasir qilmaydi balki hujuyralarning immun reaksiyasini oshirishi mumkin.
Virusga qarshi , Immunitetni oshiruvchi hususiyatga ega bo'lgan preparatlar bilan quyida tanishib chiqamiz :
1. Sikloferon 2 ml ( 250 mg )
Analoglari ( Meglyumaks , Akridiferon )
Tana vazniga 6-9 mg/kg ( 1 maxal )
Sxema bo'yicha :
( + + - + - + - + - )
2. Galavit
50 mg - ( 1-12 yosh )
100 mg - ( 12 yosh va kattalar )
Kuniga 1 maxal
Sxema bo'yicha
( + + + + - + - + - + - + )
4. Immunomodulin 1ml m/o
Sxema bilan
( + - + - + - + - + - )
5. Polioksidoniy 6mg
Sxema bilan
- 0,9%-100,0 Nacl suyultrib v/i
( + + - + - + - + - )
yoki
Novokainda eritib m/o
Immunomodulyatorlar asosan bolalarda virusga qarshi ko'p qo'llaniladi. Siz yana qaysi preparatlardan foydalansiz. Javoblaringizni komentariyada qoldirishingiz mumkin !
https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

December 10, 07:40

Shifokorlar tabiati
O'zingizga yaxshilab boqing qaysi guruxga kirasiz ?
1- gurux
Tibbiy bilim kuchli va o'rganishga ham rag'bati yetarli , boshqa shifokorlarni muhokama qilmaydi , o'rgangan Ilmi kibrga ketkazmaydi , hamma bilan yaxshi chiqishadi bemorga maksimal foyda berishni va shu bilan birga cho'ntagiga katta zarar yetkazmaslikni harakatida bo'ladi.
2-gurux
Tibbiy bilimi bor va Ilmga rag'bati yetarli , Bemorlarni juda yaxshi davolaydi , Dastlabki 5 yilda halqning mehrini qozonadi va ushbu mehrdan keyingi faoliyatida shaxsiy moddiy manfaati yo'lida foydalanadi , Dastlabki 5 yilda bemorning moddiy tomonini hisobga oladi , keyingi yillarda o'zining karyerasi 1 chi o'ringa chiqadi
3-gurux
Tibbiy bilimi bor Ilmga rag'bati ham yetarli , Shifokorlikda qat'iy pozitsiyasi bor ya'ni ma'lum mutaxasisslikni o'qigan va shu bo'yicha o'z ishida usta , o'zini mutaxasisligidan boshqa bemorlarni ko'rmaydi boshqalar ko'rsa ham qattiq qoralaydi , Sifatni ma'qul ko'radi bemorning qancha puli ketsa ham. O'zini juda bilimli oliy maqom sanab birovning arzimagan hurmatsizligiga ham keskin javob qaytaradi
4-gurux
Tibbiy bilimi kam lekin Ilmga rag'bati bor , kattami kichikmi o'rganishdan kibr qilmaydi fikrlarga quloq soladi , bilmagan narsalarini muxokamaga soladi va shu tariqa asta sekin kuchayib boradi , odatda bemorning puli bilan ham joni bilan ham unchalik ishi bo'lmaydi qachonki o'zi yaxshi o'rganib olmaguncha.
5-gurux
Tibbiy bilimi yo'q va Ilmga rag'bati ham yo'q , Bilim bo'lmasada o'zini bilag'on tutib hamma bilan tortishadi , Birovni ilm olishiga toqat qilolmaydi va o'zi ham olmaydi , foyda bo'lmagan ishda hechkimga yordam bermaydi.
Hamma o'zini topib olsa kerak ...

Muhammadali Numonov
https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

December 10, 02:39

SERALOGIK TAHLILLAR
Serologik tahlillar - bu qon zardobida mavjud bo'lgan antigen yoki antitanalarni aniqlashga asoslangan labarator tahlildir
1. Infeksion serologik testlar
● Virusli gepatit ( Gepatit B va C )
~ HBsAg
~ Anti-Hbs
~ Anti-HCV
● Sifilis ( sifilisga qarshi antikorlar )
~ VDRL
~ RPR
~ TPHA
● OITS-HIV ( Immun yetishmovchilik )
~ Anti-HIV 1/2
~ P24
● TORCH ( Homiladorlik infeksiyalari )
~ Toxo IgM/IgG
~ Rubella IgM/IgG
~ CMV IgM/IgG
~ HSV IgM/IgG
2. Autoimmun serologik testlar
● RF ( revmotoid faktor - revmatoid artrit )
~ IgM ga qarshi antikor
● ANA antiyadroviy antikor
(Sistemali qizil yugurik)
~ Yadro antigenlariga qarshi
● Anti-dsDNA ( ikki spiral DNKga qarshi )
~ Lupus tashxisi
● Anti-CCO (siklik sitrulilangan oqsil )
~ Revmatoid artritni erta aniqlash
● ASLO ( Streptokokk A ga qarshi )
~ O'tkir revmatik isitma
~ Glomerulonefrit
3. Immunitet va allergik testlar
● IgE ( umumiy va spetsifik )
~ Allergik kasalliklar
● Immunoglobulin IgA , IgG , IgM
~ Immunitet darajasi
● HLA typing
~ Organ transplantatsiyasi mosligi
~ Otoimmunlar
https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

December 08, 14:06

HOMILADORLIKDA PIELONEFRIT
Pielonefrit - Bakteriyal infeksiya natijasida Buyrak va siydik yo'llari to'qima ( Parenxima) sining yallig'lanish kasalligidir.
Bu holat Homilador ayollarda juda ko'p uchrashini Umumiy amaliyot shifokori juda yaxshi biladi va bazida uni davolash Ginekologni emas balki shifokorning bo'yniga tushadi.
Kasallik sabablari :
- sovuq muhit
- suv qattiqligi ( tarkibida tuz ko'p )
- Achchiq , sho'r ko'p iste'mol qilish
- Turmush o'rtog'ida siydik yo'llari infeksiyasi mavjudligi
- yashash muhiti yaxshi emasligi
Belgilari :
- bel soxasida og'riq
- qovuq soxasida og'riq
- tez tez peshob
- istima
- Oyoqlarda ba'zan qo'llarda shishlar
- holsizlik va tez charchash
Tashxislash :
- Umumiy qon taxlili
- Peshob taxlili
- U.T.T tekshiruvi ( chanoq soxasi a'zolari )
Davolash :
1. Antibiotik terapiyasi
Homiladorlik 1-trimestrda ( mumkin ) :
- Ampitsillin 1,0
- Ampitsillin 1,0
Sulbaktam 0,5
Homiladorlik 2-trimestrda ( mumkin ) :
- Seftraksion 1,0
- Seftraksion 1,0
Sulbaktam 0,5
- Sefaperazon 1,0
Sulbaktam 0,5















Namuna Homiladorlik 15 - hafta
1. Ampitsillin 1,0
Sulbaktam 0,5
Nacl 0,9%-10,0 v/i
Proba bilan x 2 maxal
2. Papaverin svecha
1 maxal ( og'riqda )
3. Forsil ( zarurat bo'lsa )
1 poroshok x 1 maxal
4. Siston
2 capsula x 3 maxal
5. Pol - Pola
1 paket x 3 maxal
Bu shunchaki bitta shablon holos. Bemorni holatiga qarab dori vositalari o'zgarishi mumkin.
https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

December 08, 12:05

DIURETIKLAR ( SIYDIK HAYDOVCHI DORILAR ) KLASSIFIKATSIYASI
Diuretiklar buyrak orqali siydik ajralishini oshirish va organizmda suyuqlikni chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. Kasalliklarini sanab o'tirmaymiz Diuretiklarni quyidagi guruxlarga bo'lishimiz mumkin.
1. Ultrabirlamchi diuretiklar
( bu diuretiklar osmolyar bosimni oshirib buyrak kanalchalarida suv qayta so'rilishini kamaytiradi. )
~ Mannitol
~ Ureya
~ Gliburd
2. Loop diuretiklari
( Buyrakdagi Genle halqasi ning yuqoriga ko'tariluvchi qismiga ta'sir qilib natriy , kaliy va suv chiqib ketishini oshiradi. )
~ Furosemid ( Laziks )
~ Torasemid
~ Bumetanid
~ Etakrin kislota
3. Tiazik va tiazsimon diuretiklar
( Bu dorilar distal buyrak kanalchalarda natriy va suvni chiqarib yuborishni oshiradi. )
~ Gidroxlortiazid
~ Indapamid
~ Klopamid
~ Metolazon
4. Kaliy saqlovchi diuretiklar
( Bu dorilar natriyni chiqarib , kaliyni ushlab turadi , ya'ni kaliyning yo'qolishiga olib keladi
~ Sprinolakton
~ Eplerenon
~ Amilorid
~ Triamteren
5. Karbagidraza ingibitorlari
( Bu dorilar Karbagidraza fermentini ingibitorlab natriy va bikorbanat chiqiahini oshiradi )
~ Atsetazolamid
~ Dorzolamid
6. ADH ( antidiuretik garmon ) antoganistlari
( Bu dorilar Antidiuretik garmon (ADH) ni ta'sirini bostirib , suv chiqarilishini oshiradi. )
~ Tolvaptan
~ Konivaptan
https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

December 07, 02:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#UASH

Kerakli content , saqlab qoying !
https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

December 06, 15:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

December 06, 07:01

#UASH

Antibiotik dazirovkalari (Inyeksiyasiz)
1. Amoksatsillin 250
1 yoshgacha ( 2,5 mldan x 3 maxal )
1-3 yoshgacha ( 2,5-3 mldan x 3 maxal )
3-6 yoshgacha ( 5 mldan x 3 maxal )
2. Xikonsil
1 yoshgacha ( 2,5 mldan x 3 maxal )
1-3 yoshgacha ( 3-4 mldan x 3 maxal )
3-6 yoshgacha ( 5 mldan x 3 maxal )
3. Aprid 250
1 yoshgacha ( 2,5 mldan x 2 maxal )
1-3 yoshgacha ( 3 ml dan x 2 maxal )
3-6 yoshgacha ( 5 mldan x 2 maxal )
4. Optiprim 250
1 yoshgacha ( 2,5 mldan x 2 maxal )
1-3 yoshgach ( 3-4 mldan x 3 maxal )
3-6 yoshgacha ( 5 mldan x 2 maxal )
5. Amoksiklav 250 / 62,5
1 yoshgacha ( 2,5 mldan x 3 maxal )
1-3 yoshgacha ( 3-4 mldan x 3 maxal )
3-6 yoshgacha ( 5 mldan x 3 maxal )

Antibiotik dazirovkalari ( inyeksiyali )
1. Ampitsillin 1,0
1-yoshgacha ( 0,3 dan x 3 maxal )
1-3 yoshgacha ( 0,3-0,4 dan x 3 maxal )
3-6 yoshgacha ( 0,5 dan x 3 maxal )
2. Seftraksion 1,0
1 yoshgacha ( 0,3 dan x 2 maxal )
1-3 yoshgacha ( 0,3-0,4 dan x 2 maxal )
3-6 yoshgacha ( 0,5 dan x 2 maxal )
3. Ampitsillin 1,0
Sulbaktam 0,5
1- yoshgacha ( 0,5 dan x 2 maxal )
1-3 yoshgacha ( 0,5-0,75 dan x 2 maxal )
3-6 yoshgacha ( 0,75 dan x 2 maxal )
4. Seftraksion 1,0
Sulbaktam 0,5
1- yoshgacha ( 0,5 dan x 2 maxal )
1-3 yoshgacha ( 0,5-0,75 dan x 2 maxal )
3-6 yoshgacha ( 0,75 dan x 2 maxal )
5. Sefaperazon 1,0
Sulbaktam 0,5
1- yoshgacha ( 0,5 dan x 2 maxal )
1-3 yoshgacha ( 0,5-0,75 dan x 2 maxal )
3-6 yoshgacha ( 0,75 dan x 2 maxal )
https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

December 06, 04:05
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

#tezyordam

Endokrinologik amaliyotda eng keng tarqalgan favqulodda holatlar.
Diabet. Koma.‌‌
https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203