
KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati
TEZKOR MUNOSABAT
Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi "botqa. me" nomli profil orqali Piskent tumani “Kultepa” mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan uy-joylari yuzasidan e’lon qilingan videomurojaat Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish natijalari yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha rasmiy axborot taqdim etiladi.
#tezkor_munosabat
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook
Instagram
🇺🇿
25-oktyabr — Içki işlar organlari xodimlari kuni!
Toşkent viloyati Kadastr boşqarmasi Içki işlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
Yurtimiz tinçligi, jamoat xavfsizligi va fuqarolar osoyiştaligi yölidagi şarafli faoliyatingizda muvaffaqiyat, mustahkam soğliq va oilaviy farovonlik tilaymiz!
Bayramingiz muborak bölsin!
Kanalga ulaniş:
https://t.me/tvkad
Facebook
Instagram
Hozirda qanday huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi?
❗️
Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi
2021-yilning 1-avgustiga
qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:
✅
yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
✅
binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan
doimiy foydalanish huquqi;
✅
qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini
ijaraga olish huquqi.
#qonunchilikda_yangilik
#bilasizmi
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
KORRUPSIYA - seni va oilangni xarob qiladi !
#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook
Instagram
Kadastr xizmatiga ariza yuborishda ko‘p uchraydigan xatoliklar
Ariza rad etilmasligi uchun quyidagilar maqsadga muvofiqdir:
✅
hujjatlarni oldindan tekshirib chiqish;
✅
qonun talablariga rioya qilish;
✅
zarurat bo‘lsa, kadastr mutaxassislaridan maslahat olish.
#rad
#infografika
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook
Instagram
Yer qonunbuzilishini sodir etganlarga qanday maʼmuriy jazo qo‘llaniladi?
Yer qonunbuzilishini sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining quyidagi moddalari bilan maʼmuriy javobgarlik belgilanadi:
✅
60-modda 2-qismi
- yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish;
✅
60-modda 3-qismi
- o‘zboshimcha egаllangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish;
✅
60 prim 1-moddasi
- sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimcha egallab olish;
✅
68-modda 1-qismi
- yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimcha chetga chiqish;
✅
68-modda 2-qismi
- yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimcha chetga chiqish takror sodir etilgan bo‘lsa;
✅
68 prim 1-moddasi
- ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga o‘z vaqtida murojaat etmaslik;
✅
69-modda
- chegara bеlgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish va shikastlantirish.
#yernazorati
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook
Instagram
⚡️
Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishida rasmiylik va kamtarlik bo‘lishi lozim
Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.
Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.
Davlat xizmatchilarining ish joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubiga oid qo‘shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida
belgilanishi mumkin.
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook
Instagram
⚡️
Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?
📩
Murojaatlar Davlat xizmatlari markazi yoki
my.gov.uz
portali orqali qabul qilinadi.
📑
So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.
🔑
Zarur maʼlumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi
💰
To‘lov miqdori - 660 000 so‘m (BHMning 1,5 baravari)
❗️
Xizmat uchun
my.gov.uz
portali orqali murojaat etilganda to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.
#bilasizmi
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook
Instagram
1-noyabrdan boşlab röyxatdan ötkazilmagan master rejalarni amalga oşirişga yöl qöyilmaydi
Prezident qaroriga qöra:
✅
2026-yil 1-noyabrdan boşlab Urbanizasiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi (keyingi örinlarda — Milliy qömita) tomonidan master rejalarning Yagona elektron reyestri yuritiladi va ularning raqamlaştirilgan nusxalari Milliy qömitada saqlanadi.
❌
Bunda röyxatdan ötkazilmagan master rejalarni amalga oşirişga, şuningdek, ular asosida şaharsozlik, quriliş, investisiya va boşqa faoliyatni amalga oşirişga yöl qöyilmaydi;
🔖
Aholi punktining boş rejasi tasdiqlangan kundan boşlab uç oy muddatda unga muvofiq boş rejani röyobga çiqariş böyiça kompleks dastur işlab çiqilib, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
🔹
Kompleks dastur uç yildan beş yilgaça bölgan muddatga möljallagan holda işlab çqilidai;
🔹
Kompleks dasturning bajarilişi Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining, Xalqa deputatlari viloyatlar, Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar kengaşlarining majlislarida körib çiqilişi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritilişi lozim;
✅
Boş rejalar mavjud bölmagan yoki işlab çiqilganiga 10 yil va undan ortiq muddat bölgan aholi punktlarining boş rejalari va batafsil rejalaştiriş loyihalari işlab çiqilişi respublika byudjeti hisobidan amalga oşiriladi.
Milliy qömita tasdiqlangan master rejalarning asl nusxalarini Qömitada jamlanişini taʼminlaydi.
#huquq
#qonunçilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook
Instagram
RASMIY MUNOSABAT
Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Blogger Abdullayev” kanalida Chirchiq shahri markaziy dehqon bozoriga olib boruvchi yo‘llar bo‘yida hamda 8-kichik nohiya hududida joylashgan noqonuniy qurilmalar yuzasidan e’lon qilingan tanqidiy material tegishli tartibda o‘rganildi.
Mazkur holat yuzasidan
Kadastr agentligining Chirchiq shahar bo‘limi hamda shahar Qurilish bo‘limi mas’ullari hamkorlikda joyiga chiqib
, hududdagi mavjud vaziyatni o‘rgandilar.
O‘rganish davomida piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘laklarda o‘rnatilgan qurilmalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Xususan,
piyodalar yo‘laklarini egallab turgan qurilmalar bartaraf etilib, fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun yo‘llar ochildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida piyodalar harakatiga to‘sqinlik qilayotgan holatlar bartaraf etilib, hududda aholining erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratildi.
#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook
Instagram