
IIBB YHXB | Rasmiy kanali
Ichki ishlar vazirligida ustozlarning sharafli mehnat yoʻlini eʼzozlash, Vatan ravnaqi yoʻlida munosib xizmat qilayotgan yosh xodimlarning fidoyiligi eʼtirof etishga qaratilgan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
▶️
Batafsil
———
Ички ишлар вазирлигида устозларнинг шарафли меҳнат йўлини эъзозлаш, Ватан равнақи йўлида муносиб хизмат қилаётган ёш ходимларнинг фидойилиги эътироф этишга қаратилган тантанали тадбир бўлиб ўтди
▶️
Батафсил
———
В МВД состоялось торжественное мероприятие, направленное на почитание славного трудового пути наставников, признание самоотверженности молодых сотрудников, достойно служащих во имя процветания Родины
▶️
Подробно
Website
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Ok
|
TV
#Xavfsiz_va_soglom_yurt
📄
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlar doirasida Toshkent shahar IIBB YHXB Qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz avtotransport vositasi ehtiyot qismlarni shu turdagi boshqa avtotransport vositasiga o‘rnatib berayotgan ustaxona aniqlandi.
💬
Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
Йўл инфратузилмаси яхшиланмоқда (Тошкент)
«Хавфсиз ва соғлом юрт» ойлиги доирасидаги профилактик тадбирлар (Тошкент)
☄️
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida joylarda targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
👮♀️
Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalon xodimlari tomonidan poytaxtimizda joylashgan avtomashinalarning kuzov qismlarini ta’mirlash ustaxonalarida avtomashina olib qochish bilan bog’liq bo’lgan jinoyatlarni oldini olish, hamda yo’l-transport hodisasiga uchragan avtomashinalarni ta’mirlashning qonuniy shartlari va huquqbuzarliklarni oldini olish bo’yicha targ’ibot ishlarini olib borilmoqda.
🔖
Shuningdek tadbir davomida ustaxona ishchilariga ogohlikka chaqirish maqsadida “Xavfsiz va sog’lom yurt” oyligining mazmun mohiyati keltirilgan buklet va flayerlar tarqatilmoqda.
🇺🇿
Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
🙁
Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yetkazib berish xizmatida faoliyat yuritayotgan velosiped, skuter, moped hamda elektrosamokat haydovchilari o‘rtasida profilaktik suhbatlar va targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
🔖
Tadbirlar davomida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, himoya vositalaridan foydalanish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
🌫
Yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan haydovchilarga nisbatan esa belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda.
🇺🇿
Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
🚸
“Men ham yo‘l harakati ishtirokchisiman”
👮♀️
"Xavfsiz va sog'lom yurt"
profilaktik oyligi doirasida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan Mirobod tumanida joylashgan 32-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
“Men ham yo‘l harakati ishtirokchisiman”
shiori ostida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
🚦
Mashg‘ulotlar davomida tarbiyalanuvchilarga yo‘l harakati qoidalarining mazmun-mohiyati, piyodalar uchun belgilangan talablar, svetofor ishoralariga amal qilish, yo‘lni faqat belgilangan joylardan kesib o‘tish hamda transport vositalari yaqinida xavfsiz harakatlanish qoidalari sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi.
🇺🇿
Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
"XAVFSIZ VA SOG'LOM YURT"
⚡️
Erta tongdan xavfsiz harakat tizimini tashkil etish va yo'lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan “Toshshahartransxizmat” АJ ning barcha avtobus saroylarida masʼul xodimlar hamda haydovchilar ishtirokida, "Jamoat transportlari bilan bogʼliq boʼlgan yoʼl transport hodisalarining oldini olish" va yoʼllarda harakatlanish ma'daniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik targ’ibot va texnik ko'rik ishlari davomli tarzda tashkil etib kelinmoqda.
❗️
Tadbir davomida haydovchilarga yoʼl harakati qoidalariga qatʼiy rioya etishlari va yoʼllarda harakatlanish ma'daniyatiga rioya etib, texnik jihatdan soz holatdagi transport vositalaridan foydalanishlari taʼkidlab oʼtildi.
👉
Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
#Xavfsiz_va_soglom_yurt
✈️
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qoidabuzarliklar aks etgan video yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB Qidiruv bo`limi xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilib haydovchining shaxsiga aniqlik kiritildi hamda unga nisbatan tegishli tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
📷
Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
#Xavfsiz_va_soglom_yurt
💻
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan ushbu voqeada Yoʻl patrul xizmati xodimlari otaning murojaatiga zudlik bilan javob qaytarib, ogʻir ahvoldagi bolakayni tezkorlik bilan 16-sonli shifoxonagacha kuzatib borishdi.
🤝
Ularning tezkor va hamjihat harakati tufayli bola oʻz vaqtida shifokorlar qoʻliga topshirildi.
💚
Bolakayning ota-onasi YPX inspektori bilan uchrashib tashakkur aytdi. Qizchaning ahvoli yaxshi.
#iiv
#iivimij
#ypx
🎖
Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.