
Ulug‘bek To‘xtayev | Ta’lim va imkoniyatlar
🎓
ASSALOMU ALAYKUM! KANALIMIZDA YANGI BOSQICH!
Aziz obunachilar!
Bir muddat tanaffusdan so‘ng kanalimiz faoliyatini yangi maqsadlar, foydali ma’lumotlar va qiziqarli loyihalar bilan davom ettirishga qaror qildim.
Men — Ulug‘bek To‘xtayev.
Ta’lim, yoshlar rivoji va ma’rifat yo‘nalishlariga qiziqaman. Ushbu kanal orqali siz bilan o‘qish, izlanish va rivojlanish yo‘lida asqatadigan ma’lumotlarni ulashib boraman.
📚
Kanalimizda sizni nimalar kutmoqda?
🔤
O‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar uchun foydali ma’lumotlar;
🔤
Grantlar, stipendiyalar, tanlovlar va ta’lim imkoniyatlari;
🔤
Bepul kurslar, foydali platformalar va zamonaviy texnologiyalar;
🔤
Kitoblar, mutolaa tavsiyalari va bilimni oshiruvchi viktorinalar;
🔤
Kitoblar va boshqa foydali sovg‘alar uchun qiziqarli tanlovlar.
👍
Maqsadim — shunchaki axborot ulashish emas, balki har bir obunachiga yangi bilim, foydali imkoniyat yoki rivojlanish uchun turtki berish.
👍
Sizning fikringiz ham biz uchun muhim!
Kanalimizni yanada foydali qilish uchun taklif va mulohazalaringizni kutaman.
👍
Agar siz ham bilim olishga, izlanishga va rivojlanishga intilsangiz, biz bilan qoling!
👍
Do‘stlaringizga ham ulashing — birgalikda ko‘proq bilim va imkoniyatlarni kashf qilamiz!
⚡️
Bilim sari birgalikda!
👍
Muhokama guruhi:
👍
@Ulugbek_Tukhtayev_Talimgaoid
👍
@Ulugbek_Tukhtayev
Channel photo updated
Channel name was changed to «
Ulug‘bek To‘xtayev | Ta’lim va imkoniyatlar
»
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📚
KONFERENSIYADA MAQOLANGIZ BILAN ISHTIROK ETING!
🔥
Tashkilotchi:
O'zbekiston Milliy universiteti
📘
Konferensiya nomi:
"Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati"
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
⏰
O'tkazilish vaqti:
2026-yil 18-dekabr
👍
Asos:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrugʻi
⚡️
Har bir maqolaga alohida
DOI raqami
biriktiriladi hamda maqolalar
Zenodo
platformasida indekslanadi. Mualliflarga elektron shaklda sertifikat taqdim etiladi.
👍
Maqolalar quyidagi telegram bot orqali qabul qilinadi:
@ilmiy_konferensiya_bot
➡️
Murojaat uchun:
🕊
@sharopov88
➡️
Batafsil:
Axborot xati
📝
Maqolalar qabul qilish
25-noyabrgacha
davom etadi
📱
@Jaloliddin_Y_K
🇺🇿
Zulfiya
nomidagi Davlat mukofoti
uchun nomzodlarni saralash jarayoni davom etmoqda
Yurtimizdagi eng nufuzli mukofotlardan biri bo‘lgan mazkur e’tirof o‘z sohasining chinakam yetakchisi bo‘lgan,
iqtidorli va tashabbuskor
qizlarimizni izlamoqda.
Mukofotga
14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan
oshmagan, a’lo xulqi, noyob iste’dodi hamda so‘nggi uch yil mobaynida xalqaro yoki respublika miqyosida
yuqori natijalarga
erishgan xotin-qizlar
nomzod sifatida qatnashishi mumkin.
Joriy yilgi tanlovning eng muhim yangiligi shundaki, an’anaviy
ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari
va
jamoatchilik faoliyati
yo‘nalishlari qatoriga
“tibbiyot”
yo‘nalishi ham qo‘shildi. Endilikda iqtidorlar
9 ta yo‘nalish
bo‘yicha saralanadi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar
onlayn ro‘yxatdan o‘tishi
hamda o‘z hujjatlarini doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar
Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga
taqdim etishlari lozim.
O‘z iqtidoringizni namoyon eting va yuksak e’tirofga sazovor bo‘ling!
✔️
Havola
orqali ro‘yxatdan o‘ting
#Zulfiya
#nomzodlar2026
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🔹
Linkedin
#RASMIY_XABAR
Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
😀
😀
😀
😀
TAYINLOV!
✅
Vatan universiteti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori etib falsafa fanlari doktori (DSc), professor v.b.
Yusubov Jaloliddin Kadamovich
tayinlandi.
✅
1989-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Urganch davlat universiteti va Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
✅
J.Yusubov
"Ma'naviyat fidoyisi" ko'krak nishoni sohibi. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, Eskpertlar Kengashi a'zosi. "Eng faol milliy g'oya va ma'naviyat targ'ibotchisi" Respublika ko'rik tanlovi 2 marotaba g'olibi. 200 dan ortiq turli diplom, tashakkurnoma, sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
✅
1 ta monografiya, 6 ta o'quv qo'llanma, 2 ta lug'at, 11 ta uslubiy qo'llanma, 2 ta risola va 3 ta uslubiy ko'rsatma muallifi, 3 ta grand a'zosi, 4 ta patent guvohnomasi mavjud. 4 ta Scopus maqolasi, 10 dan ortiq xorijiy jurnallar, 50 dan ortiq OAK mahalliy jurnallarda va 60 dan ortiq xalqaro va respublika konferensiyalarida maqolalari chop etilgan. Uning rahbarligida 3 nafar falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muvaffaqqiyatli himoya qilingan.
✅
Tayinlovga qadar
J.Yusubov
O'zbekiston Milliy universiteti Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i, Ijtimoiy fanlar fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini, dotsent va professor vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan.
J.Yusubovga yangi mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!
✅
Toshkent shahrida "Hududiy koordinatorlar instituti" modeli faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
.
➡️
Toshkent shahar hududiy Kengashi qamrovida
98 ta oliy ta’lim tashkiloti
mavjudligi, ularning shaharning turli hududlarida joylashgani hamda yoshlar yetakchilari bilan yanada yaqin va samarali hamkorlikni tashkil etish zarurati O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tomonidan yangi tashkiliy yondashuvni joriy etishni taqozo etmoqda.
📌
Shu maqsadda oliy ta’lim tashkilotlaridagi boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan birgalikda foydalanish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan
"Hududiy koordinatorlar instituti"
modeli tashkil etilmoqda.
📍
Mazkur tizim doirasida 98 ta oliy ta’lim tashkiloti hududiy joylashuvidan kelib chiqib,
9 ta hududiy guruhga birlashtirildi hamda 10 nafar yoshlar yetakchisi hududiy koordinator etib belgilandi.
📌
Yangi tizimga ko‘ra, tegishli hududdagi tayanch oliy ta’lim tashkilotining yoshlar yetakchisi hududiy koordinator vazifasini bajaradi. U o‘ziga biriktirilgan oliy ta’lim tashkilotlari yoshlar yetakchilarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi, istiqbolli tashabbuslarni birlashtiradi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.
🙋
Hududiy koordinatorlar sifatida Uchtepa va Chilonzor tumanlariga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yoshlar yetakchisi
Abdulaziz Abduraxmanov,
Bektemir, Sergeli va Yangihayot tumanlariga Toshkent gumanitar fanlar universiteti yoshlar yetakchisi
Muxammadamin Nosirjonov
, Mirobod tumaniga Toshkent davlat transport universiteti yoshlar yetakchisi
Alisher Eshmatov
biriktirildi.
👤
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 19 ta oliy ta’lim tashkiloti bilan ishlash Geologiya fanlari universiteti yoshlar yetakchisi
Ulug‘bek To‘xtayev
hamda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti yoshlar yetakchisi
Elbek Tursunkulov
ga biriktirildi.
🗣
Shuningdek, Olmazor tumaniga O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlar yetakchisi
Daler Safarov,
Shayxontohur tumaniga Toshkent kimyo-texnologiya instituti yoshlar yetakchisi
Murodjon Bo‘riyev,
Yakkasaroy tumaniga Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti yoshlar yetakchisi
Surxonbek Xo‘jamurodov,
Yashnobod tumaniga Toshkent shahridagi Adju universiteti yoshlar yetakchisi
Abduazim Abduvoxidov
hamda Yunusobod tumaniga Toshkent davlat yuridik universiteti yoshlar yetakchisi
Umarjon Sobirov
hududiy koordinator etib belgilandi.
✨
Yangi institut faoliyatining ustuvor yo‘nalishi
oliy ta’lim tashkilotlaridagi eng salohiyatli, tashabbuskor va yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlarni aniqlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, istiqbolli yosh kadrlarni shakllantirish hamda ularni yirik loyihalarga jalb etishdan iborat.
🖋
Bunda oliy ta’lim tashkilotlarining ixtisoslashuvi, ilmiy va intellektual salohiyatidan kelib chiqib, turli sohalarga oid loyihalarni ishlab chiqish, keng jamoatchilik e’tiborini qozonadigan brend loyihalarni yaratish hamda ularni bir nechta oliy ta’lim tashkiloti hamkorligida amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
➡️
"Hududiy koordinatorlar instituti"
modeli Toshkent shahridagi ko‘plab oliy ta’lim tashkilotlarining imkoniyatlarini o‘zaro birlashtirish, yoshlar yetakchilari o‘rtasida doimiy hamkorlik muhitini shakllantirish, eng yaxshi tashabbuslarni shahar va respublika miqyosiga olib chiqish hamda yangi avlod salohiyatli yosh liderlarini tarbiyalashga xizmat qiladi.
🕊
Temirov.uz
❗️
DIQQAT, E’LON!
Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining
2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori
ga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar tanlovning respublika bosqichida
O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar
fanlaridan maxsus test sinovlarini topshiradi.
🔰
2026/2027-o‘quv yili tanlovlari doirasida
bakalavriat va magistratura
bosqichidagi talabgorlar uchun test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida
tashkil etiladi.
🗓
Test sinovlari sanasi:
2026-yil 10-oktyabr.
📚
Test sinovlari quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
– O‘zbekiston tarixi;
– Axborot texnologiyalari;
– Xorijiy tillar.
⏰
Muhim!
Talabgorlar
10-oktyabr kuni soat 08:00 dan kechikmasdan
, shaxsini tasdiqlovchi hujjat –
pasport yoki ID-karta
bilan test o‘tkaziladigan binoga yetib kelishi lozim.
📍
Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar:
⤵️
Qoraqalpog‘iston
Andijon
Namangan
Farg‘ona
Buxoro
Xorazm
Surxondaryo
Qashqadaryo
Jizzax
Navoiy
Samarqand
Sirdaryo
Toshkent
viloyati
Toshkent
shahri
Manzillar bo‘yicha yanayam batafsil ma’lumot:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/228181
Tanlov natijalari
my.edu.uz
elektron tizimi orqali e’lon qilinadi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram