
UNDP Uzbekistan
🚀
O‘zbekiston delegatsiyasi qishloq xo‘jaligida iqlimga moslashuvchanlik bo‘yicha global konferensiyada ishtirok etdi
🌍
O‘zbekiston delegatsiyasi Pekinda UNDP va Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti tomonidan tashkil etilgan Qishloq xo‘jaligida moliyaviy barqarorlik bo‘yicha 2026-yilgi xalqaro konferensiyada qatnashdi. Tadbir oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirish va kichik fermerlarning iqlim xatarlariga chidamliligini oshirish masalalariga bag‘ishlandi.
Delegatsiyamiz ishtiroki quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oldi:
🤝
Global hamkorlik – xalqaro donorlar va sug‘urta kompaniyalari bilan aloqalarni mustahkamlash.
🧠
Amaliy rejalashtirish – iqlim xatarlarini boshqarish bo‘yicha milliy yechimlar ustida ishlash.
💰
Moliyalashtirish – fermerlik loyihalari uchun xalqaro kreditlarni jalb qilish.
🚜
Tajriba almashish – innovatsion yechimlar bilan tanishish uchun fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurish.
🌱
Mazkur tadbir ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligi moliya tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ilg‘or va amaliy tajribalar bilan tanishish imkonini berdi.
- - - -
🚀
Делегация Узбекистана приняла участие во Всемирной конференции по климатической устойчивости сельского хозяйства
🌍
Делегация Узбекистана приняла участие во Всемирной конференции по финансовой устойчивости в сельском хозяйстве 2026 в Пекине (Китай). Мероприятие, организованное ПРООН и Китайским сельскохозяйственным университетом, объединило лидеров и экспертов для развития агрострахования, защиты мелких фермеров от климатических рисков и обеспечения продовольственной безопасности.
Участие нашей делегации охватило следующие ключевые направления:
🤝
Глобальное партнерство — укрепление связей с международными донорами и страховыми компаниями.
🧠
Стратегическое планирование — разработка национальных решений по управлению климатическими рисками на рабочих сессиях.
💰
Привлечение финансирования — презентация потребностей страны для содействия фермерам в получении кредитов.
🚜
Полевые выезды — посещение фермерского хозяйства для изучения аграрных инноваций на практике.
🌱
Данное мероприятие позволило нашим участникам получить новые ценные знания о практических стратегиях модернизации системы финансирования сельского хозяйства.
#SustainableFinance
🧑🏻🏫
2026-yil yanvar–iyun oylarida Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi maqsadli mahallalarimiz vakillari uchun rejalashtirish, loyihalarni amalga oshirish va monitoring qilish bo‘yicha jami 157 ta trening o‘tkazdik.
🤝
Treninglarda jami 1 643 nafar ishtirokchi, jumladan mahalla xodimlari, tashabbuskor guruh a’zolari va mahalla faollari qatnashdi.
🏘
Treninglar davomida mahallalardagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan 485 ta loyiha tashabbusi ishlab chiqildi. Ular maktab stadionlari qurilishi, ichimlik va sug‘orish suvi ta’minotini yaxshilash, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ko‘cha yoritish tizimlarini o‘rnatish, tibbiy punktlar va mobil kutubxonalar tashkil etish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
📋
Shuningdek, jamoalarni infratuzilma loyihalarini rejalashtirish, amalga oshirish, monitoring va baholash jarayonlariga jalb etish bo‘yicha amaliy Harakatlar rejasi ishlab chiqildi.
👉
Loyiha haqida
- - - -
🧑🏻🏫
С января по июнь 2026 года в Самаркандской, Кашкадарьинской и Сурхандарьинской областях мы провели 157 тренингов по совместному планированию, реализации и мониторингу для представителей наших целевых махаллей.
🤝
В обучении приняли участие 1 643 человека, включая сотрудников махаллей, членов инициативных групп и активистов сообществ.
🏘
В ходе тренингов было разработано 485 проектных инициатив, направленных на решение актуальных проблем махаллей. Среди них - строительство школьных стадионов, улучшение водо- и электроснабжения, установка уличного освещения, создание медицинских пунктов и мобильных библиотек, а также другие инфраструктурные проекты.
📋
Также был разработан практический План действий по вовлечению сообществ в процессы планирования, реализации, мониторинга и оценки инфраструктурных проектов.
👉
О проекте
#IntegratedRuralDevelopment
🚀
Investment Readiness Accelerator Tashkent dasturining ilk mavsumi yakunlandi
MOST C-Space Hub’da Investment Readiness Accelerator (IRA) dasturining
Demo Day
tadbiri bo‘lib o‘tdi. Dastur davomida ishtirokchilar investorlarni jalb qilishga tayyorgarlik, biznes modellarini takomillashtirish va investitsion materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha erishgan natijalarini taqdim etdilar.
💡
Demo Day doirasida 10 ta startap o‘z loyihalarini namoyish etib, dastur davomida orttirgan tajribasi, erishgan yutuqlari va duch kelgan muhim chaqiriqlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir startap asoschilari, hamkorlar va ekotizim vakillari ishtirokidagi «networking» sessiyasi bilan yakunlandi.
Ushbu tashabbus Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtirilayotgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikdagi qo‘shma loyihamiz doirasida amalga oshirilmoqda.
🔹
🔹
🔹
🚀
Завершился первый поток Investment Readiness Accelerator Tashkent
В MOST C-Space Hub прошёл
Demo Day
программы Investment Readiness Accelerator (IRA). Участники представили результаты работы по подготовке к привлечению инвестиций, усилению бизнес-моделей и разработке инвестиционных материалов.
💡
В рамках Demo Day 10 стартапов презентовали свои проекты, поделились достигнутым прогрессом, ключевыми вызовами и полученным опытом.
Мероприятие завершилось «networking» сессией с участием фаундеров, партнёров и представителей стартап-экосистемы.
Данная инициатива реализуется в рамках нашего совместного проекта с Министерством экономики и финансов, финансируемого Швейцарским агентством по развитию и сотрудничеству (SDC).
#DigitalEconomy
📣
Raqamli texnologiyalar biznesning o‘sishi va yangi bozorlarga chiqishiga qanday yordam beradi?
Toshkentda biz TİKA va KOSGEB hbilan amkorlikda o‘tkazgan Markaziy Osiyoda savdoga ko‘maklashish bo‘yicha o‘quv dasturi aynan shu masalalarga bag‘ishlangan.
👥
Tadbirkorlar, biznesni qo‘llab-quvvatlash tashkilotlari hamda davlat idoralari vakillari tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes-rejalashtirish, raqamli transformatsiya va elektron tijorat bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar bilan tanishib, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashning ilg‘or tajribalarini o‘rganmoqda.
💡
Dastur doirasida biznesni rivojlantirish, yangi bozorlarga chiqish va korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda raqamli vositalardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌐
Dastur ishtirokchilarga biznesni rivojlantirish uchun yangi vositalarni o‘zlashtirish, o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga moslashish hamda raqamli savdo imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yordam beradi.
🔹
🔹
🔹
📣
Как цифровые технологии помогают бизнесу расти и выходить на новые рынки?
Именно этим вопросам была посвящена Программа обучения по содействию торговле в Центральной Азии, которую мы провели в Ташкенте совместно с TİKA и KOSGEB.
👥
Предприниматели, представители организаций поддержки бизнеса и государственных структур знакомятся с современными подходами к развитию предпринимательства, бизнес-планированию, цифровой трансформации и электронной коммерции, а также изучают лучшие практики поддержки малого и среднего бизнеса.
💡
Особое внимание уделяется использованию цифровых инструментов для развития бизнеса, выхода на новые рынки и повышения конкурентоспособности предприятий.
🌐
Программа помогает участникам освоить новые инструменты для развития бизнеса, адаптироваться к меняющимся условиям рынка и использовать возможности цифровой торговли.
#AidForTrade
🌱
Biz Transport vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan hamda Global ekologik jamg‘arma (GEF) tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihamiz doirasida “Yashil shahar transport yo‘lagi bo‘ylab jamoat transporti elektrobuslarida yo‘lovchi oqimini yuqori darajada saqlab turish” mavzusida xalqaro seminarlar tashkil etdik.
🚌
Namangan, Samarqand va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tgan seminarlarda elektrobus sotib olishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari vakillari hamda xalqaro konsultantlar ishtirok etdilar.
📊
Seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Toshkent shahrida elektrobuslar xaridi va ekspluatatsiyasi hamda Shota Rustaveli ko‘chasida barpo etilgan yashil shahar transport yo‘lagining samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘plangan bilim va tajribalarni manfaatdor tomonlar e’tiboriga yetkazish hamda elektromobillikni ommalashtirishdan iborat.
- - - -
🌱
В рамках нашего проекта, реализуемого в сотрудничестве с Министерством транспорта и финансируемого Глобальным экологическим фондом (GEF), были организованы международные семинары на тему «Обеспечение высокого уровня пассажиропотока в общественном транспорте на базе электробусов вдоль зелёного городского транспортного коридора».
🚌
Семинары прошли в городах Наманган, Самарканд и Ташкент с участием представителей предпринимательских структур, планирующих приобретение электробусов, заинтересованных министерств и ведомств, органов местной власти, а также международных консультантов.
📊
Основной целью семинаров стало распространение среди заинтересованных сторон накопленных знаний и практического опыта по закупке и эксплуатации электробусов в городе Ташкенте, а также ознакомление с показателями эффективности зелёного городского транспортного коридора, созданного на улице Шота Руставели. Кроме того, мероприятия были направлены на продвижение и популяризацию электромобильности.
#InclusiveTransport
#TAILEV
🌐
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudzii 5-yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.
🟠
Gender yondashuviga asoslangan sarmoyalar xalqaro moliya institutlari va ijtimoiy yo‘naltirilgan sarmoyadorlar uchun tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
“Ayollar tadbirkorligi: gender inklyuziv taraqqiyotning iqtisodiy ahamiyati”
mavzusidagi panel sessiyasi davomida
rivojlanayotgan davlatlarda ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlovchi omillar hamda mavjud to‘siqlar
, shuningdek,
moliyaviy resurslardan erkin foydalanish imkoniyatlari
atroflicha muhokama qilinadi. Bundan tashqari,
biznesni kengaytirish istiqbollari
va
inklyuziv iqtisodiy o‘sishning yalpi ichki mahsulotga ko‘rsatadigan amaliy ta’siri
chuqur tahlil qilinadi.
——
🌐
Акико Фудзии, постоянный представитель ПРООН в Узбекистане
примет участие в
5-м юбилейном Ташкентском международном инвестиционном форуме.
🟠
Инвестиции через призму гендерного равенства стремительно становятся востребованным классом активов для институтов развития и импакт-инвесторов. На панельной сессии
«Женщины в бизнесе: экономическое обоснование гендерно-инклюзивного роста»
будут всесторонне рассмотрены
барьеры и ключевые стимулы для развития женского предпринимательства в странах с формирующимся рынком
. Особое внимание будет уделено вопросам
расширения доступа к финансовым ресурсам
,
стратегиям масштабирования бизнеса и измеримому вкладу инклюзивного экономического роста в увеличение ВВП
.
——
🌐
Akiko Fujii, UNDP Resident Representative in Uzbekistan, will participate in the 5th Anniversary Tashkent International Investment Forum.
🟠
Gender-lens investing is rapidly evolving into a highly prominent asset class for development finance institutions and impact investors alike. The panel session titled
"Women in Enterprise: The Economic Case for Gender-Inclusive Growth"
will
critically examine the systemic barriers and strategic enablers shaping women-led enterprises across emerging economies
. Furthermore, the session will provide a comprehensive analysis of
accessible financing models
,
effective commercial scaling pathways
, and
the quantifiable impact of inclusive economic expansion on global GDP
.
🚀
Ayollar yetakchiligidagi startaplarni global maydonga olib chiqish: South Summit 2026 tajribasi
O‘zbekistonning istiqbolli ayol startap asoschilari Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan South Summit 2026 xalqaro sammitida ishtirok etdilar.
Dastur davomida ishtirokchilar investorlar, startap asoschilari va xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, biznesni rivojlantirish, marketing, brending, sun’iy intellekt, barqaror innovatsiyalar va xalqaro bozorlarga chiqish mavzulariga bag‘ishlangan sessiyalarda qatnashdilar. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
✅
South Summit 2026 sammitining sessiyalari, ko‘rgazmalari va networking tadbirlarida ishtirok etish;
✅
Investorlar, startap asoschilari va ekotizim ekspertlari bilan uchrashuvlar;
✅
Yevropa bozoriga kirish, texnologiyalar transferi va startaplarni xalqaro miqyosda rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish.
Mazkur tashrif ishtirokchilarga xalqaro ekspertlar va investorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, yangi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish hamda startaplarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan amaliy bilim va tajribalarni olish imkonini berdi.
Mazkur tashabbus BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtiriluvchi raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
***
🚀
Основательницы стартапов из Узбекистана приняли участие в South Summit 2026 в Мадриде
Основательницы перспективных стартапов из Узбекистана приняли участие в международном саммите South Summit 2026, который прошел в Мадриде.
В рамках программы участницы провели встречи с инвесторами, основателями стартапов и международными экспертами, а также приняли участие в сессиях, посвященных развитию бизнеса, маркетингу, брендингу, искусственному интеллекту, устойчивым инновациям и выходу на международные рынки. Программа включала:
✅
Участие в сессиях, выставке стартапов и networking - мероприятиях South Summit 2026;
✅
Встречи с инвесторами, основателями стартапов и экспертами экосистемы;
✅
Обмен опытом в сфере трансфера технологий, международного развития стартапов и выхода на европейские рынки.
Визит позволил участницам укрепить связи с международными экспертами и инвесторами, изучить новые возможности для сотрудничества и получить практические знания для дальнейшего развития своих стартапов.
Данная инициатива реализуется в рамках совместного проекта ПРООН и Министерства экономики и финансов Республики Узбекистан по развитию цифровой экономики и цифрового предпринимательства, финансируемого Швейцарским агентством по развитию и сотрудничеству (SDC).
#DigitalEconomy
#Ortga_qaytmas_islohotlar
| 09.06.2026
mtrk.uz
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook
|
Telegram
🚀
Universitetlar startap-ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba almashinuvi
O‘zbekistonning oliy ta’lim muassasalari vakillari va startap-ekotizim ekspertlari Moskva va Sankt-Peterburgda tashkil etilgan tajriba almashish dasturida ishtirok etdilar.
Dastur davomida ishtirokchilar startaplarni qo‘llab-quvvatlash, texnologiyalar transferi va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar bilan tanishdilar. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
• «Skolkovo» va «Energotexnokhab» innovatsion markazlariga tashriflar;
• ITMO universiteti, HSE, FRII va Sber ekspertlari bilan uchrashuvlar;
• Universitet startap-ekotizimlarini rivojlantirish va hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha tajriba almashish.
💡
Tashrif O‘zbekiston universitetlarida startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish uchun yangi bilim va tajribalar olish imkonini berdi.
Mazkur tashabbus BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan moliyalashtiriluvchi qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
🔹
🔹
🔹
🚀
Международный обмен опытом по развитию университетских стартап-экосистем
Представители вузов и эксперты стартап-экосистемы Узбекистана приняли участие в программе обмена опытом в Москве и Санкт-Петербурге.
Участники ознакомились с международными практиками поддержки стартапов, трансфера технологий и коммерциализации научных разработок. Программа включала:
• Посещение инновационных центров «Сколково» и «Энерготехнохаб»;
• Встречи с экспертами ИТМО, ВШЭ, ФРИИ и экосистемы Сбера;
• Обмен опытом в сфере развития университетских стартап-экосистем и расширение профессиональных связей.
💡
Полученный опыт поможет совершенствовать механизмы поддержки стартапов в университетах Узбекистана.
Инициатива реализуется в рамках совместного проекта ПРООН и Министерства экономики и финансов Республики Узбекистан, финансируемого Правительством Российской Федерации.
#DigitalEconomy
🌍
Inson xavfsizligiga yondashuv amalda qanday ishlaydi?
💧
Orol fojiasi faqat ekologik inqiroz emas. Bu, birinchi navbatda, gumanitar inqirozdir: ekotizimlarning tanazzuli suv tanqisligiga olib keladi, odamlar salomatligi va qishloq xo‘jaligiga zarar yetkazadi, butun avlodlarni tobora zaiflashtiradi.
🎓
Bugun AQShning Memfis shahridagi Rhodes kolleji talabalari, Markaziy Osiyoda inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikka bag‘ishlangan "Water on the Silk Roads" dasturi ishtirokchilari loyiha obyektlarimizda bo‘lib, joylarda qanday ishlayotganimizni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi.
Chekka hududlarni ichimlik suvi bilan ta’minlashdan tortib, sho‘rlangan oqova suvlarni daromad manbaiga aylantiradigan aylanma akvakultura tizimlarigacha, markazlashmagan sanitariya yechimlaridan tortib, mahalliy hamjamiyatlar va biologik xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlovchi tashabbuslargacha bo‘lgan har bir loyiha bir xil inqirozni hal qilish uchun yagona yondashuvning bir qismidir.
🤝
Qoraqalpog‘istonda biz o‘zaro bog‘liq muammolarni kompleks yechimlarga aylantiramiz, hayot sifatini yaxshilaymiz, daromad manbalarini tiklaymiz va eng zarur joylarda barqarorlikni mustahkamlaymiz.
• • • • •
🌏
Как подход к человеческой безопасности работает на практике?
💧
Аральская катастрофа — это не только экологический кризис. Это прежде всего гуманитарный кризис: деградация экосистем ведёт к нехватке воды, подрывает здоровье людей и сельское хозяйство, делая целые поколения всё более уязвимыми.
🎓
Сегодня студенты Rhodes колледжа из Мемфиса, США, участники программы “Water on the Silk Roads”, посвящённой взаимосвязи человека и природы в Центральной Азии, побывали на наших проектных объектах и увидели своими глазами, как мы работаем на местах.
От обеспечения питьевой водой отдалённых сообществ до циркулярных аквакультурных систем, превращающих засоленные сточные воды в источник дохода, от децентрализованных санитарных решений до инициатив, поддерживающих местные сообщества и биоразнообразие - каждый проект часть единого подхода к решению одного и того же кризиса.
🤝
В Каракалпакстане мы превращаем взаимосвязанные вызовы в комплексные решения, улучшаем качество жизни, восстанавливаем источники дохода и укрепляем устойчивость там, где это нужнее всего.
#HumanSecurity