
UNICEF Uzbekistan
В рамках Национальная стратегии по защите детей от всех форм насилия
@NationalHumanRightsCenter
, Council of Europe и
@unicefuzbekistan
провели семинар, посвященный изучению Конвенции Совета Европы о защите детей от сексуальной эксплуатации и сексуального насилия - Лансаротской конвенции.
Парламентарии, представители государственных органов и ведомстенных учебных заведений рассмотрели такие вопросы как как уголовное преследование за преступления, связанные с сексуальной эксплуатацией и сексуальным насилием в отношении детей, судебное разбирательство, учитывающее интересы ребенка, а также помощь пострадавшим. Особое внимание было уделено мерам предотвращения таких случаев.
Участники семинара также обсудили основные правовые, институциональные и практические условия для присоединения Узбекистана к Лансаротской конвенции и ее эффективной реализации в стране.
@NationalHumanRightsCenter
@senatuz
@qonunchilikpalatasi
@Bolalar_ombudsmani
@oliysuduz
@uzbprokuratura
@iivuz
@ijtimoiyhimoya_agentligi
@ssvuz
@uzedu
@mehnatvazirligi
@advokatlarpalatasiuz
@Odil_sudlov_akademiyasi
@TheLawEnforcementAcademy
@akadmvduz
@ihma_markazi
Bolalarni barcha turdagi zo'ravonliklardan himoya qilish bo'yicha milliy strategiya doirasida
@NationalHumanRightsCenter
, Council of Europe va
@unicefuzbekistan
Yevropa kengashining Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya va jinsiy zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risidagi konventsiyasi (Lanzarote konventsiyasi) bo'yicha seminar o'tkazdilar.
Parlament a'zolari, davlat organlari vakillari va tegishli ta'lim muassasalari vakillari bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish va jinsiy zo'ravonlik bilan bog'liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortish, bolalarga nisbatan do’stona sud jarayonlari va jabrlanuvchilarga yordam berish kabi masalalarni muhokama qilishdi. Bunday hodisalarning oldini olish choralariga alohida e'tibor qaratildi.
Seminar ishtirokchilari shuningdek, O'zbekistonning Lanzarote konventsiyasiga qo'shilishi va uni mamlakatda samarali amalga oshirishning asosiy huquqiy, institutsional va amaliy shartlarini muhokama qilishdi.
@NationalHumanRightsCenter
@senatuz
@qonunchilikpalatasi
@Bolalar_ombudsmani
@oliysuduz
@uzbprokuratura
@iivuz
@ijtimoiyhimoya_agentligi
@ssvuz
@uzedu
@mehnatvazirligi
@advokatlarpalatasiuz
@Odil_sudlov_akademiyasi
@TheLawEnforcementAcademy
@akadmvduz
@ihma_markazi
UNICEFning strategik siyosat va hamkorlik masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi
Aaron Grinberg
Samarqandda bo‘lib o‘tgan Jahon sammitida muqobil parvarish tizimidan chiqqan ikki nafar Samarqand yoshlarining chiqishini yuqori baholadi.
U yoshlar tomonidan ilgari surilgan to‘rtta tavsiyaning barchasini yuqori baholab, xususan,
bolalar va oilalarni mavjud qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida tushunarli va qulay shaklda xabardor qilish, vasiylikdagi bolalar uchun individual murabbiylik tizimini rivojlantirish, bolaning xavfsizligi va manfaatlarini inobatga olgan holda biologik ota-onalar bilan tizimli ishlash hamda idoralararo hamkorlikni mustahkamlash
muhimligini ta’kidladi.
Aaron Grinberg
UNICEF
ga ushbu takliflarni amaliyotga tatbiq etishni qo‘llab-quvvatlashni tavsiya qildi.
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube
📱
LinkedIn
🗣
Jahon sammitida volontyorlar va yoshlar faoliyati
🌍
Samarqand shahrida
“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l”
mavzusidagi Jahon sammiti davom etmoqda.
🤩
100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etayotgan mazkur sammitda Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazining PTP “
Xavfsiz bolalik
” hamda SCP “
Ehtiyojmandlik siklini to‘xtatamiz
” volontyorlik guruhlari a’zolari ham o‘z faoliyatlarini taqdim etdilar.
🖐
Volontyorlar
bolalar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz muhit yaratish hamda ularning rivojlanishiga ko‘maklashish
borasidagi amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ularning tashabbuslari va faoliyati sammit ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
📝
Shuningdek, bolalarni himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan seksiyada Samarqand yoshlari
bolalar va oilalar uchun tushunarli hamda ochiq axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, individual murabbiylik tizimini rivojlantirish, biologik ota-onalar bilan tizimli ishlash hamda idoralararo hamkorlikni mustahkamlash
yuzasidan o‘z takliflarini ilgari surdilar.
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
#XavfsizBolalik
#Volontyorlik
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube
📱
LinkedIn
Avval xabar berganimizdek, o'tgam haftada Samarqandda bolalar farovonligiga bag'ishlangan Jahom sammiti bo'lib o'tdi. Yoshlarning undagi ishtiroki to'g'risida quyidagi lavhalarni taqdim etamiz.
#Axborot24
Samarqand Jahon sammiti: bolalar kelajagiga daxldor muloqot
Samarqandda o‘tkazilgan “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasidagi panel sessiyalar “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida batafsil yoritildi.
Bunday xalqaro muloqotlarning ahamiyati tajribalarni taqqoslash, samarali yondashuvlarni o‘rganish va ularni amaliy yechimlarga aylantirish imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Asosiy mezon esa — ilgari surilgan tashabbuslarning har bir bola hayoti, xavfsizligi va rivojlanishiga qo‘shadigan hissasi.
🎬
Sammit muhokamalariga bag‘ishlangan 23 daqiqalik ko’rsatuvni tomosha qiling.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
Erta bolalikka investitsiya — sifatli va inklyuziv ta’lim poydevori
Samarqandda o‘tkazilayotgan
“Bolalar farovonligiga investitsiya”
Jahon sammiti doirasida ta’lim masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yuqori darajadagi plenar sessiya bo‘lib o‘tmoqda.
“Erta bolalikka investitsiyalar — butun hayot davomida sifatli va inklyuziv ta’lim olishning asosi”
mavzusidagi sessiyada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Turkiyaning ta’lim sohasi vakillari, shuningdek,
YUNISEF va Jahon banki ekspertlari
ishtirok etmoqda.
Muhokamalar markazida
bolalarning erta rivojlanishiga sarmoya kiritish, maktabgacha ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish hamda har bir bolaning individual ehtiyojlariga mos ta’lim olishini ta’minlash
masalalari turibdi.
Sessiyada asosiy e’tibor bolaning dastlabki rivojlanish bosqichida yaratilgan imkoniyatlar uning keyingi ta’limi, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi va kelajakdagi muvaffaqiyati uchun mustahkam poydevor bo‘lishiga qaratilgan.
⏺
Muhokamalarni
jonli efirda
kuzating.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
Samarqandda bolalar salomatligiga investitsiyalar masalasi muhokama qilinmoqda
Ayni paytda Samarqandda o‘tkazilayotgan
“Bolalar farovonligiga investitsiya”
Jahon sammiti doirasida
“Bolalar salomatligini saqlashning adolatli va barqaror tizimlariga investitsiyalar: hayotning barcha bosqichlarida aniq natijalarga erishish”
mavzusida yuqori darajadagi plenar sessiya bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Belarus sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari, shuningdek,
YUNISEF, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Jahon banki
va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Plenar sessiyada
bolalar salomatligini muhofaza qilish, sifatli tibbiy xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, sog‘liqni saqlash tizimlarining barqarorligini
oshirish hamda bolalarning hayoti davomida salomatligini asrashga qaratilgan investitsiyalarning ahamiyati muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, ishtirokchilar ushbu yo‘nalishdagi xalqaro tajriba, samarali yondashuvlar va hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashmoqda.
⏺
Plenar sessiyani
jonli efirda
kuzating.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
Jahon sammiti ishtirokchilarini qutlar ekan, UNICEFning Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo'yicha mintaqaviy direktori Eduard Begbeder mojarolar, iqlim o'zgarishi va iqtisodiy beqarorlik butun dunyo bo'ylab bolalar va oilalarga tobora ko'proq yuk tushirayotganini ta'kidladi. Biroq, bolalikni kechiktirib bo'lmaydi.
"Bola zarur bo'lgan, uning miyasi rivojlanadigan va u ta’lim oladigan yillarini yoki unga bugun zarur bo’lgan himoyani keyinga qoldira olmaydi. Bolalar bilan bog’liq sohalarga sarmoya kiritish kelajakdagi farovonlik uchun poydevor yaratadi", dedi u.
____
Приветствуя участников Всемирного саммита, Эдуард Бегбедер, региональный директор ЮНИСЕФ по странам Европы, Центральной Азии, Ближнего Востока и Северной Африки, подчеркнул, что конфликты, климатические потрясения и экономическая нестабильность создают всё большую нагрузку на детей и семьи по всему миру. Однако детство нельзя отложить на потом.
«Ребенок не может отложить необходимые ему сегодня годы, в течение которых развивается его мозг и он обучается, или защиту, в которой он нуждается прямо сейчас. Инвестиции в детей закладывают фундамент будущего процветания», — отметил он.
@investinchildren
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
Samarqand Jahon sammiti: bolalar kelajagi uchun muhim xalqaro muloqot
Samarqandda davom etayotgan
“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” Jahon sammiti
doirasida yuqori darajadagi yalpi sessiyalar o‘tkazilmoqda.
Davlat va hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda yetakchi ekspertlar
bolalarga investitsiyalarni kengaytirish, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, bolalarni himoya qilish, erta rivojlanish va inklyuziv ta’lim
masalalarini muhokama qilmoqda.
Sessiyalarda asosiy e’tibor xalqaro tajribani amaliy yechimlarga aylantirish, bolalar manfaatlariga yo‘naltirilgan davlat siyosatini takomillashtirish va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilmoqda.
Samarqanddagi xalqaro muloqotning bosh g‘oyasi — har bir bolaning farovon kelajagi uchun bugundan investitsiya kiritish.
🎬
Sammitning yalpi sessiyalaridan videolavha.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren