
🏛 Andijon iqtisodiyot va pedagogika universiteti (UNIEP) | Rasmiy kanali
Bugun Farg‘ona shahrida Quvnoqlar va zukkolar (QVZ) Vodiy ligasining final bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli va qizg‘in bahsda ishtirok etayotgan jamoamizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitetimizning bir guruh faol talabalari Farg‘ona sari yo‘l oldilar. QVZ harakati yurtimiz yoshlari o‘rtasida ijodkorlik, topqirlik va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etuvchi eng ommabop loyihalardan biri hisoblanadi.
Talabalarimiz jamoamizga kuchli motivatsiya berish, ularning sahnadagi chiqishlarini munosib qo‘llab-quvvatlash hamda final bahslarida yuksak kayfiyat yaratish maqsadida ushbu tadbirda faol ishtirok etmoqdalar.
🏛
“University of economics and pedagogy”
📌
Rasmiy saxifalarimiz
✅
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
WebSite
📱
Instagram
QADRLI ABITURIYENTLAR VA HURMATLI OTA-ONALAR!
2026–2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari boshlanganligi munosabati bilan sizlarga "University of Economics and Pedagogy" NOTM Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorati” tizimini boshqarish bo‘limi nomidan murojaat qilamiz.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilib, hujjat topshirish, ta’lim yo‘nalishlarini tanlash hamda natijalarni e’lon qilish jarayonlari to‘liq raqamlashtirilgan. Bu esa qabul tizimining ochiqligi, shaffofligi va adolatliligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Shu munosabat bilan eslatib o‘tamizki, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun hech qanday vositachi, tanish-bilish yoki uchinchi shaxsning yordami talab etilmaydi. Har bir abituriyentning natijasi uning bilim darajasi, tayyorgarligi va test sinovlarida ko‘rsatgan natijalariga bog‘liq.
Afsuski, ayrim hollarda fuqarolarning ishonchidan foydalanib, o‘qishga kiritib qo‘yish, yuqori ball olib berish, imtiyoz yaratish yoki boshqa noqonuniy xizmatlarni va’da qiluvchi shaxslar uchrab turadi. Sizlarni bunday noqonuniy takliflarga ishonmaslikka, vositachilar xizmatidan foydalanmaslikka va korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz bo‘lishga chaqiramiz.
"University of Economics and Pedagogy" NOTMda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi qat’iy kurash olib boriladi. Universitetda qabul jarayonlarining qonuniy, shaffof va xolis tashkil etilishi, barcha abituriyentlar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi ustuvor vazifa hisoblanadi.
Agar sizga kimdir o‘qishga kiritib qo‘yish, imtiyoz yaratib berish yoki boshqa noqonuniy xizmatlarni taklif etsa, bu haqda zudlik bilan universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorati” tizimini boshqarish bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
📱
Telegram:
t.me/uniepkorrupsiya
🤖
Anonim murojaatlar uchun bot:
@UNIEPKQK_bot
📞
Ishonch telefonlari:
+998 99 512-09-09
+998 93 445-09-09
+998 93 210-27-27
Aziz yoshlar! Kelajagingizni puxta bilim, yuksak maqsadlar va halol mehnat bilan bunyod eting.
Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizning bilim va salohiyatiga ishoning, ularni halollik, adolat va qonuniylik tamoyillari asosida qo‘llab-quvvatlang.
"University of Economics and Pedagogy" NOTM
Korrupsiyaga qarshi kurashish
“Komplayens nazorati” tizimini boshqarish bo‘limi
🏛
“University of economics and pedagogy”
📌
Rasmiy saxifalarimiz
✅
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
WebSite
📱
Instagram
Қамалсанг сен эмас яқинларинг жабр кўради...
https://t.me/inspektor_uz
Bugun “University of Economics and Pedagogy” oliy ta’lim muassasasida “Xotin-qizlar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va radikallashuvning oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Bobonazarova olib bordi. Unda Universitet rektori T.T.Razzaqov, rektor maslahatchisi M.Ergashev, Andijon viloyati targ‘ibot guruhi rahbari M.Qodirova, amaliyotchi targ‘ibotchi M.Abdujabborova hamda universitet profilaktika inspektori, katta leytenant M.Abduvaliyevalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, yoshlarni turli yot g‘oya va ta’sirlardan asrash, ular ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyilining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, kiyinish madaniyati va ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga amal qilishning ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda 150 nafar talaba ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
🏛
“University of economics and pedagogy”
📌
Rasmiy saxifalarimiz
✅
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
WebSite
📱
Instagram
🏓
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida stol tennisi sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda
.
“University of Economics and Pedagogy”da “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida professor-o‘qituvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoada sport madaniyatini rivojlantirish maqsadida stol tennisi sport o‘yinlari tashkil etildi.
Mazkur sport o‘yinlarida universitetning professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va yuqori kayfiyatini namoyon etmoqdalar. Qiziqarli va murosasiz kechayotgan bahslar ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishlash bilan birga, jamoa a’zolari o‘rtasidagi hamjihatlik va o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🏛
“University of economics and pedagogy”
📌
Rasmiy saxifalarimiz
✅
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
WebSite
📱
Instagram
📚
Qatag‘on qurbonlari xotirasi – millat xotirasi, ma’naviy uyg‘onish sabog‘idir
.
🇺🇿
Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa”
loyihasi
tomonidan qatag‘on qurbonlarining ibratli hayoti, boy ilmiy-ma’rifiy merosi hamda fidokorona faoliyatini yoshlar orasida keng targ‘ib etish maqsadida elektron va audio kitoblar
tayyorlandi
.
📖
Mahmudxo‘ja Behbudiy
📖
Munavvar qori Abdurashidxonov
📖
Abdulla Avloniy
📖
Abdulla Qodiriy
📖
Abdurauf Fitrat
📖
Is’hoqxon to‘ra Ibrat
📖
Abdulhamid Cho‘lpon
📖
G‘ulom Zafariy
📕
Yuqoridagi havolalar orqali jadid bobolarimizning ma’rifat yo‘lidagi mashaqqatli kurashi, xalq ozodligi va millat ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi haqida elektron kitoblarni o‘qishingiz yoki audio formatda tinglashingiz mumkin.
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
UNIEP
❤️
❤️
❤️
❤️
SIZGA HAM TAVSIYA QILAMIZ
👍
👍
https://www.instagram.com/reel/DZUGXs0sN5p/?igsh=MTd5NzVpMTBjNnJnZg==
🏛
“University of economics and pedagogy”
📌
Rasmiy saxifalarimiz
✅
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
WebSite
📱
Instagram
⚽️
UNIEP yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Bunyodkor Talent Cup” sport turniri tashkil etildi.
Mazkur turnirda Shahrixon tumani
"Fc Mashxur Junior"
yoshlari faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etmoqdalar.
Quvonarlisi, ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida UNIEP — University of Economics and Pedagogy tomonidan homiylik yordami ko‘rsatilib kelinmoqda.
🏛
“University of economics and pedagogy”
📌
Rasmiy saxifalarimiz
✅
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
WebSite
📱
Instagram
UNIEP da “Milliy liboslar kuni”
Ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida so’zlaydigan milliy liboslarimizni targ’ib etish va bu bilan Universitetimiz talaba qizlarida milliy g’ururni, iftixorni shakllantirish maqsadida bu kun universitetimiz rahbar hodimlari, Maktabgacha ta’lim fakulteti professor- o’qituvchilari va talaba qizlari milliy liboslarda dars mashg’ulotlari va turli tadbirlarni milliylikda tashkil etdilar
https://www.instagram.com/reel/DZPl301sk6y/?igsh=anJob2d4emEzOW4z
“University of economics and pedagogy”
📌
Rasmiy saxifalarimiz
✅
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
WebSite
📱
Instagram
🎥
🎥
🎥
🎥
🎥
University of Economics and Pedagogy (UNIEP)da navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilish davomida universitet hayotining muhim yo‘nalishlariga oid qator masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, bitiruvchi talabalarning Davlat attestatsiyasi hamda bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini yuqori saviyada tashkil etish, jarayonlarni amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida samarali olib borish va yakuniy sinovlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv-uslubiy faoliyat samaradorligini kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini yuksaltirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda universitetda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlar yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.
Kengash yig‘ilishida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, tegishli taklif va tavsiyalar ko‘rib chiqildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🏛
“University of economics and pedagogy”
📌
Rasmiy saxifalarimiz
✅
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
WebSite
📱
Instagram