
UrDU • УрГУ • UrSU
#Videoreportaj
🏛
Rektor Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi bilan uchrashdi
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Ln
|
YouTube
🚀
National AI Hackathon – Xorazm viloyati bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
17–20-sentabr kunlari
National AI Hackathon
ning navbatdagi bosqichi Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadi!
Agar sizda sun’iy intellekt yordamida real muammolarga yechim topish g‘oyasi bo‘lsa — uni amalga oshirish uchun ayni vaqt!
🗣️
Xorazm viloyati bosqichi treklari:
- Farmatsevtika va sog’liqni saqlash
- Ta’lim
- Tadbirkorlik
Maxsus nominatsiyalar:
- Eng qiziqarli taqdimot
- Eng dolzarb ijtimoiy loyiha
Bu shunchaki hackathon emas —
yangi bilim, tajriba va kelajakdagi imkoniyatlar sari qadam!
❓
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
• 16 yoshdan katta bo‘lgan yoshlar;
• Pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar;
• Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchilar;
• Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi shart;
• Faqat tasdiqlangan arizaga ega nomzodlar qatnashadi;
• Avval Umummilliy AI Hackathonning boshqa viloyat bosqichida ishtirok etgan nomzodlar ushbu bosqichda qatnasha olmaydi.
🔗
Ro‘yxatdan o‘tish ochiq:
eventflow.uz
🏛
Rektor Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi bilan uchrashdi
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova
ning navbatdagi uchrashuvi
Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi
bilan bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida fakultet dekani
Zohid Jumaniyozov
tomonidan 2025/2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda 2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan istiqbolli rejalar yuzasidan taqdimot qilindi.
Yig’ilishda sifatli ta’lim, ilmiy salohiyat, xorijiy professor-o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga jalb etish, o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish, xalqaro konferensiyalarni yuqori saviyada tashkil etish, dual ta’limni rivojlantirish, talabalar to‘garaklari faoliyatini kuchaytirish hamda davlat stipendiatlari safini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Professor-o‘qituvchilar malakasini xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarida oshirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Ln
|
YouTube
🇺🇿
Yangi O‘zbekiston — yoshlar bilan yangi kelajak sari
Bugun Urganch davlat universiteti, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi hamda O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamkorligida
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi
munosabati bilan
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
g‘oyasi asosida
“Yangi O‘zbekiston — yoshlar bilan yangi kelajak sari”
mavzusida mustaqillik darsi tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi raisi
K.Jumaniyozov
, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi raisi
M.Iskandarova
, O‘zbekiston Qizil yarimoy jamiyatining Xorazm viloyati bo‘limi rahbari
S.Erjanova
, Urganch davlat universiteti “Olima” ayollar uyushmasi raisi
Sh.Nurullayeva
, universiteti Xotin-qizlar masalahat kengashi raisi
J.Ermetova
, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va mas’uliyati, ularda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ijtimoiy faollik va ekologik madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni, ayniqsa, qizlarni ilm-fanga keng jalb etish masalalari xususida fikr almashildi.
Tadbir doirasida yuqori natijalarga erishgan talabalar alohida e’tirof etilib, faol qatnashchilarga sertifikat va diplomlar topshirildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Ln
|
YouTube
📺
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari qadam
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali ochilish marosimi, “Mustaqillik darslari” jarayonlari, shuningdek, universitetga yangi qabul qilingan 1-bosqich talabalari va ularning ota-onalarining taassurotlari
“Yoshlar” telekanali
ning
“Yangi davr” ko‘rsatuvida
namoyish etildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Ln
|
YouTube
#Tanishtiruv_haftaligi
|
#Kredit_haftaligi
🏛
Dekanlarning 1-bosqich talabalari bilan uchrashuvlari davom etmoqda
Bugun Urganch davlat universiteti
Tarix va huquq fakulteti dekani Shokir Atayev
fakultetning Yurisprudensiya yo‘nalishiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalarga fakultet hayoti, o‘quv jarayonlari va universitetda yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, Kredit-modul tizimi va undan foydalanish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bo‘lajak yuristlar bilan sohaning imkoniyatlari, kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari hamda kelajakdagi faoliyat istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Ln
|
YouTube
Sizning fikringiz — Yangi O‘zbekiston kelajagining muhim poydevori!
✅
O‘zbekiston yoshlarining axborot maydonidagi faolligi hamda milliy va vatanparvarlik qadriyatlariga munosabatini o‘rganish maqsadida
“Raqamli muhitning Yangi O‘zbekiston yoshlaridagi vatanparvarlik dunyoqarashiga ta’siri”
mavzusida respublika onlayn so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda.
📊
So‘rovnoma orqali raqamli muhit, ijtimoiy tarmoqlarning hayotingizdagi o‘rni hamda vatanparvarlik haqidagi xolis fikr va takliflaringizni bildirishingiz mumkin.
📲
So‘rovnomada qatnashish uchun havola:
👉
So‘rovnomadan o‘tish
🏛
Har bir yoshning bildirgan munosabati davlatimiz sohadagi kelgusi strategiyalarini belgilashda alohida ahamiyatga ega.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
KIM EDIK-U, KIM BO‘LDIK!
Urganch davlat universiteti
professori, iqtisod fanlari doktori Baxtiyor Ro'zmetov
fikr-mulohazalari Xorazm telekanalining
"Xorazm24" yangiliklar dasturi
da efirga uzatildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Ln
|
YouTube
#Tanishtiruv_haftaligi
|
#Kredit_haftaligi
🏛
Fakultet dekanlarining 1-bosqich talabalari bilan uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda
Urganch davlat universitetida 1-bosqich talabalarini
universitet muhiti va ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish, ularning talabalik hayotiga moslashishiga ko‘maklashish
maqsadida fakultet dekanlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Bugun
Sport faoliyati fakulteti dekani O‘ktam Matnazarov
fakultetning 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda
mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi,
uning tarixiy ahamiyati va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, talabalarni fakultet faoliyati bilan tanishtirdi hamda Kredit-modul tizimi, HEMIS elektron platformasidan foydalanish tartibi haqida ma'lumot berdi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Ln
|
YouTube
✅
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti
1-kurs talabalari bilan
Xiva tumani hokimi Sardor Polvonov
ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlarning
ta’lim olishi, tashabbuslari, kelajakdagi maqsadlari va mavjud imkoniyatlar
haqida fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob va tavsiyalar oldilar.
Bunday uchrashuvlar yosh talabalarimizning faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube