Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

urikguli

urik_guli
ekofaol•erkin jurnalist•ona 📞 @urikguli 🌱 Donatlar uchun https://www.tirikchilik.uz/urikguli
Подписчики
5 725
24 часа
-7
30 дней
-150
Просмотры
1 522
ER
26,59%
Посты (30д)
12
Символов в посте
696
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Энергия и окружающая среда
Краткое описание
September 13, 15:55
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Odat
Telegram
Instagram

September 13, 10:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌍
Tabiiy tizimlarning yemirilishi global isishni 30 foizgacha kuchaytirishi mumkin
Tundralar erimoqda, botqoqliklar va o‘rmonlar esa katta miqdorda issiqxona gazlarini chiqarishni boshlamoqda. O‘rmon yong‘inlarining ko‘payishi ham bu jarayonni tezlashtirmoqda.
Yangi tadqiqotga ko‘ra, tabiiy tizimlardagi bu jarayonlar inson faoliyati sababli yuzaga kelayotgan global isishni 20–30 foizga kuchaytirishi mumkin.
Hozir Yer sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 1,4°C issiqroq. Agar insoniyat asr oxirida net-zero emissiyaga erishsa ham, tabiiy qayta aloqa jarayonlari qo‘shimcha 0,2°C isishga sabab bo‘lishi mumkin. Net-zero maqsadiga erishilmasa, qo‘shimcha isish 0,4°C ga yaqinlashadi.
Olimlar esa bu emissiyalar iqlim modellarida yetarlicha hisobga olinmayotganidan
xavotirda
.
Telegram
Instagram

September 12, 06:21
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🌌
11-sentabr kuni dunyoning ayrim hududlarida chiroqlar o‘chirildi
11-sentabr kuni “Yer tuni” aksiyasi o‘tkazildi. Tashabbus 2020-yildan beri Germaniyadagi nodavlat tashkilot tomonidan ilgari surilib, odamlarni bir kechaga chiroqlarni o‘chirishga chaqiradi.
Sun’iy yorug‘lik nafaqat yulduzlarni ko‘rishga xalaqit beradi, balki uyqu va ekotizimlarga ham ta’sir qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina Germaniyada sun’iy yorug‘lik ta’siri har yozda taxminan 100 milliard hasharotning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi..
Qushlar, toshbaqalar, ko‘rshapalaklar va boshqa ko‘plab hayvonlar yo‘l topish va ko‘payish uchun qorong‘ilikka muhtoj. Shu sababli keraksiz chiroqlarni o‘chirish va tashqi yoritgichlarni pastga qaratish tavsiya etiladi.
Telegram
Instagram

September 10, 13:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇳🇵
Nepal global isish oqibatlari uchun BMTdan $20 mln kompensatsiya talab qildi
Ikki hafta avval Nepal va Xitoy chegarasida muzlik qulab, kuchli sel yuzaga kelgan. Tabiiy ofat oqibatida qishloqlar va yo‘llar vayron bo‘lgan, 1300 dan ortiq odam halok bo‘lgani, 5000 dan ortiq kishi esa bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.
Nepal TIV rahbari Shishir Khanalning ta’kidlashicha, mamlakat global issiqxona gazlari chiqindilarining 0,1 foizidan ham kamini ishlab chiqaradi. Shunga qaramay, iqlim o‘zgarishining og‘ir oqibatlariga duch kelmoqda.
Nepal hukumati global isish sabab yuzaga kelgan muzlik qulashi, sel va suv toshqinlari ortidan BMTdan 20 million dollar kompensatsiya so‘radi.
Bundan tashqari, ko‘proq issiqxona gazlari chiqaradigan davlatlarni iqlim o‘zgarishi oqibatlari uchun mas’uliyatli
bo‘lishga chaqirmoqda.

7-sentabr kuni mamlakatda fojia qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni e’lon qilindi.
Telegram
Instagram

September 10, 10:53
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🐦‍⬛️
Yer yuzidan butunlay yo‘qolgan ovozni tinglaganmisiz?
Ushbu audioyozuvda 1987-yilda Gavayi o‘rmonlarida kuylagan eng oxirgi erkak Kauayi ‘ō‘ō (Moho braccatus) qushining ovozi
muhrlangan
.
Bu qushlar juftlashish mavsumida doimo bir-biriga jo‘r bo‘lib kuylashgan. Yozuvga diqqat bilan quloq tutsangiz, qush sayrashdan to‘xtab, pauza qilayotganini eshitasiz — u tabiat qonuniyatiga ko‘ra modasining javob berishini kutmoqda...
Ammo bu javob hech qachon kelmaydi. Chunki u o‘z turining Yer yuzidagi eng so‘nggi vakili edi.
Kauaʻi ʻōʻō qushi chivinlar orqali yuqadigan kasalliklar, yirtqich sutemizuvchilar, o‘rmonlarning kesilishi va kuchli dovullar sabab yashash muhitidan ayrilib, soni keskin kamaygan. 1989–2000-yillarda olib borilgan qidiruvlarda topilmagach, 2023-yil oktabrida tur rasman yo‘q bo‘lib ketgan deb e’lon qilindi.
Telegram
Instagram

September 09, 03:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌍
BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatladi
BMT Bosh Assambleyasi qit’alar va mamlakatlar maydonini aniqroq ko‘rsatadigan Equal Earth xarita proyeksiyasidan
foydalanishni qo‘llab-quvvatladi
.
Amaldagi Merkator xaritasida ekvatordan uzoq hududlar aslidan kattaroq ko‘rinadi. Masalan, Afrika Grenlandiyaga deyarli tengdek tasvirlanadi. Aslida esa Afrika Grenlandiyadan qariyb 14 baravar katta.
“Correct the map” rezolyutsiyasini Togo ilgari surgan. 164 davlat rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan, 6 davlat betaraf qolgan, AQSh qarshi ovoz bergan. Rossiya yoqlagan, Ukraina esa betaraf qolgan.
Yangi proyeksiya majburiy emas. Merkator xaritasi ham foydalanishdan chiqarilmaydi.
Telegram
Instagram

September 08, 18:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌱
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston “Orol–Gobi” ekologik tashabbusini ishlab chiqadi
4-sentabr kuni O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston ekologiya sohasidagi hamkorlikni
kengaytirishga kelishdi
.
Jumladan, ikki davlat “Orol–Gobi” hamkorligini birgalikda ishlab chiqadi. Tashabbusning asosiy maqsadi -
degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash va qum-chang bo‘ronlari xavfini kamaytirish.
Dastlab ikki davlatda pilot hududlar tanlanib, yer va yaylovlarni tiklash loyihalari ishlab chiqiladi.
Loyihalarni GEF, GCF, Jahon banki va boshqa xalqaro manbalar orqali moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonda investitsiyaga tayyor loyihalarni ishlab chiqish uchun yangi mexanizm yaratiladi.
Telegram
Instagram

September 08, 08:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❗️
Kok-Jaylyaudagi kurort mojarolari sabab ekofaol 15 sutkaga hibsga olindi
Olmaotada Kok-Jaylyau hududida tog‘-chang‘i kurorti qurilishiga qarshi bo’lgan jurnalist va ekofaol Aruna Ortayeva
15 sutkaga ma’muriy qamoqqa
olindi.
29-avgust kuni uning xonadonida tintuv o‘tkazilgan. So‘ng Ortayeva shahar politsiya departamentiga olib ketilgan. Sud uni politsiya xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlikda ayblab, 15 sutkaga hibsga olgan.
Hibsga olinishidan biroz oldin Ortayeva Olmaota akimatidagi yopiq yig‘ilishning audioyozuvlarini Instagramda e’lon qilgan edi. Audioyozuvlarda Kok-Jaylyauda kurort qurilishi uchun avtomobil yo‘li barpo etilishi va buning oqibatida 2010 ta daraxt kesilishi mumkinligi muhokama qilingan. Ularning 700 tasi Qizil kitobga kiritilgan noyob daraxtlar, jumladan, Sievers olmasi bor ekani aytilgan.
2019-yilda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Kok-Jaylyauda kurort qurilishi loyihasini qo‘llab-quvvatlamaganini ham eslatib o’tamiz.
Telegram
Instagram

September 01, 10:16

🇺🇿
❤️
Mustaqil, obod va barhayot bo‘l, aziz yurtim! Tabiating g‘animlar qo‘lidan aziyat chekmasin. Qalbi pok, insofli, diyonatli xalqing o‘zligini unutmasin! Qadring baland, qadriyatlaring o‘chmas bo‘lsin!
Vatandoshlar, barchangizga bayram muborak! Shu yurt — hammamizniki! Uning tabiati, qadriyatlari va mustaqilligi bardavom bo‘lishi uchun hammamiz birdek mas’ulmiz!

August 23, 12:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Toshkent tumani “Qizg‘aldoq” MFY hududidagi 2,5 gektar maydonga ekilgan
1 758 ta manzarali va mevali daraxtni boshqa hududga ko‘chirish
Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudi qarori bilan yuklatilgan.
Mazkur sud qarorini ijro etish uchun tegishli hujjatlar Majburiy ijro byurosiga yuborilgan bo‘lib, hozirda ijro harakatlari boshlanish arafasida.
Aholi ushbu qarordan noroziligini bildirib, mas’ul tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilmoqda. Biroq hozircha bu murojaatlar bo‘yicha amaliy natija kuzatilmayapti.
Shu munosabat bilan mas’ul tashkilotlardan ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratishlarini, daraxtlarning kesilishi yoki nobud bo‘lishining oldini olish hamda ularni
saqlab qolish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishlarini
so‘raymiz.
🌳
1 758 ta daraxt — bu shunchaki raqam emas. Bu hududning yashilligi, havosi va kelajagi.