Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O'RMON AGENTLIGI

urmon_gov_uz
🌐 Oʻrmon va yashil hududlarni ko'paytirish, cho'llanishga qarshi kurashish agentligi 📬 E-mail: info@urmon.uz ☎️ Ishonch raqami: +998 (71) 207-88-77 🌐 Rasmiy veb-sayt: https://gov.uz/urmon 📍 Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7-A
Подписчики
1 716
24 часа
1
30 дней
-22
Просмотры
388
ER
22,61%
Посты (30д)
61
Символов в посте
896
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 22, 04:43
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🔷
Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi
Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga
e’tibor qaratildi
.
Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.
Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g‘oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha qat’iy intilishini namoyon etadi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

September 21, 11:31
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🌳
"Yashil makon": mahallalarda soyali sayr ko‘chalari tashkil etilmoqda
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida respublikada barcha mahallalarda yashil hududlar barpo etilmoqda. Xususan, Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi "Sayqal" mahallasi "yashil" mahallaga, aholi yuradigan trotuarlar esa soyali sayr ko‘chalariga aylantirilmoqda.
👉
Batafsil -
https://gov.uz/oz/urmon/news/view/222171
💻
Instagram
😀
You Tube
📝
Telegram
💬
Facebook
🌍
Sayt

September 21, 06:54
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Yashil_makon
Toshkent KIDO‘X da Janubiy Koreyaning
KOICA
kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilayotgan zamonaviy ko'chatxona haqidagi telelavha
"O'zbekiston"
telekanalida efirga uzatildi.
💻
Instagram
😀
You Tube
📝
Telegram
💬
Facebook
🌍
Sayt

September 19, 18:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kelgusi bahordan
Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetishtirish
boshlanadi.
Yil yakunigacha
Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, urug‘chilik va agrotexnologiya bo‘yicha mutaxassislarni
olib kelish topshirildi.
Salohiyatli investorlarni jalb qilib, shu yerning o‘zida
qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan xolding
tashkil etiladi.
Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi.
Ushbu muassasa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi
qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi
bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 19, 12:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kecha Nukus shahrining “Ashshiko‘l” hududida
50 ming aholiga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” massivi – “Nukus siti” qurilishi boshlandi.
270 gektarda ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida osmono‘par binolar, biznes, savdo va servis markazlari, yashil xiyobonlar
barpo etiladi. Investitsiya loyihalariga xorijdan salohiyatli investorlar jalb qilinadi.
Nukusdagi Mustaqillik ko‘chasi tun-u kun ishlaydigan maskanga
aylandi.
28 nafar tadbirkor
ish boshlab,
50 nafarining faoliyati kengaygani
hisobiga bir haftada
savdo tushumi 2 karra oshdi.
Nur
va
Elobod mahallalari
Olmazorning Qichqiriq mahallasi namunasida obod qilinadi. Navro‘z bayramigacha
shu yerdagi istirohat bog‘ida aholini jalb qiladigan zamonaviy maskan barpo etish
topshirildi.
Kegeylida
3,5 kilometr zovurni yopib, 100 ta servis obyekti qurish
boshlangan. Buning hisobiga
320 ta ish o‘rni
yaratiladi.
Qolgan viloyat hokimlariga ham Navro‘zgacha
o‘zlariga biriktirilgan tumanlarda bittadan mahalla va markaziy ko‘chada shunday loyihalarni amalga oshirish
vazifasi qo‘yildi.
Obod qilingan ko‘cha va mahallalarga aholining o‘zi baho berishi,
odamlar ma’qul topsa, ushbu ko‘chalarga ularni obod qilgan viloyatlar nomini berish taklifi bildirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 19, 11:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qoraqalpog‘istonda
30 ming gektarda sho‘rga chidamli olxo‘ri va kechki o‘rik plantatsiyalarini tashkil etish
bo‘yicha
uch yillik dastur
amalga oshiriladi.
Prezidentimiz Kegeylidagi
330 gektar sho‘r yerda yaratilayotgan sanoatlashgan bog‘ni
ko‘rganini qayd etdi. Yangi dastur doirasidagi
10 ming gektarda ishlar shu yil boshlanadi.
Viloyat hokimlari
500
va
1 ming gektardan bog‘ yaratishga
mas’ul bo‘ladi.
Andijondan yer bo‘yicha mutaxassis va dehqonlar
kelib, Kegeylida ishlarni boshlagan.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlari va Bog‘dorchilik agentligi o‘rtasida
uch tomonlama shartnomalar
tuziladi. Ikki haftada
har bir viloyat uchun yer ajratilib, kafolatli suv ta’minoti
yaratiladi. Agentlik 1-oktabrgacha
iqlimga mos ko‘chat navlari va ekish texnologiyalarini taqdim etadi.
Viloyat hokimlari
usta dehqon va agronomlarni jalb qilib, ularga uy-joy qurib beradi.
Har bir hududda
50 gektardan bog‘ joriy yil, qolgan maydonlarda bahorda
barpo etiladi.
Qayta ishlash quvvatlari ham shu yerning o‘zida tashkil qilinadi.
Bog‘dorchilikda
20 ming odamni ishli qilish
va
uch yilda meva eksportini kamida 500 million dollarga yetkazish
vazifasi qo‘yildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 19, 10:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Taxtako‘pirda Shinjon tajribasi asosida ozuqa yetishtirish
yo‘lga qo‘yiladi.
Mo‘g‘uliston, Turkiya, Xitoy
va
Avstraliyadan 5 ming bosh qo‘y-echki
olib kelinib, Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘paytiriladi. Buning uchun bir oyda
1 ming gektar yerni belgilab berish
topshirildi.
Yil yakunigacha
10-15 ming gektarda loyihalarni shakllantirib, bir yil ichida 100 ming bosh qo‘y-echki boqishni yo‘lga qo‘yish
vazifasi belgilandi.
Prezidentimiz kecha
“Kegeyli naslli parranda” korxonasi faoliyati
bilan tanishganini qayd etdi. Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlab, bir yil ichida
parranda yetishtirish quvvatini 2-3 karra oshirish va korxonani xoldingga aylantirish
topshirildi. Zarur mablag‘ masalasi hal qilinadi.
Kegeylidagi texnikumda parranda yetishtirishni o‘rgatadigan kurslar
tashkil etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 19, 09:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qoraqalpog‘istondagi
417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga 5 milliard 700 million kub metr suv
sarflanmoqda.
Yo‘qotishlar esa 38 foizni – 2 milliard 100 million kub metrni
tashkil etmoqda.
To‘rtko‘ldagi “Yonbosh” kanalidan
yiliga o‘tadigan 115 million kub metr suvning
44 millioni yo‘qotiladi
.
Kanal to‘liq betonlansa, yana 9 ming gektarga suv yetkazish va 15 ming bosh qoramol uchun ozuqa bazasini yaratish
mumkin.
Bo‘zatovdagi “Erkindaryo” kanalining
8 kilometrini betonlash hisobiga
foydalaniladigan yer 3 ming gektarga ko‘payadi, 15 ming gektarda suv ta’minoti yaxshilanadi.
3 ta suv inshooti va 22 ta artezian quduq barpo etilishi
yana
5 ming gektar ozuqa maydonini yaratish imkonini beradi.
Ushbu ishlarga
jami 135 milliard so‘m
ajratish,
ikki kanalni 1-martgacha betonlash
topshirildi.
To‘rtko‘l
va
Bo‘zatovda
kelasi yil
17 ming gektarda ozuqa ekib, 2 ming odamni daromadli qilish
vazifasi belgilandi.
Suv obyektlarini modernizatsiya
qilish uchun
Yaponiyadan 4,5 million dollar grant jalb qilingani
ijobiy tajriba sifatida qayd etildi. Kelasi yil
bunday grantlarni 100 million dollarga yetkazish
topshirildi.
O‘tgan yili
30 milliard so‘m
hisobiga
276 ta suv nasosi energiya tejamkoriga almashtirilib,
yiliga
16 million kilovatt-soat elektr tejalmoqda.
1-aprelgacha
Qoraqalpog‘istondagi 59 ta, qolgan viloyatlardagi yana 200 ta nasos yangilanadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 19, 08:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘istonni
kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish
masalalari muhokama qilindi.
Qoraqalpog‘istondagi
2 ming tadbirkor uch yilda 2 trillion 145 milliard so‘m kreditni vaqtida qaytarib, banklarning ishonchli mijoziga
aylangan. “Mijozni o‘stirish” modeli asosida
yana kamida 30-40 ming odamni ishli va daromadli qilish
imkoniyati bor.
Hududga mas’ul bank
ishonchli mijozlar uchun 16 foiz stavkada 300 milliard so‘mlik kredit liniyasini ochmoqda.
Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi
4 foizlik qismini qoplab berishi
hisobiga tadbirkor uchun
stavka 12 foizga tushadi.
Qolgan 8 ta bankka ham bir oyda
shunday qulay mahsulotlarni ishlab chiqish
topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 19, 07:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonda
yer, qazilma boyliklar, quyosh va shamol energiyasi, katta yaylovlar mavjudligini
qayd etdi.
Ana shu imkoniyatlar asosida
“resursdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan zanjirni qamrab oladigan yangi sanoat va investitsiya xaritasi
yaratiladi.
“Qo‘ng‘irot – Qorao‘zak – Taxiatosh” yo‘nalishi
Qoraqalpog‘istonning
“yashil sanoat yo‘lagi” – “intellektual iqtisodiyot uchburchagi”ga aylanadi.
Sun’iy intellekt va data markaz loyihalari
uchun tashkil etilgan maxsus zonada
8 milliard dollarlik 6 ta loyiha
amalga oshiriladi.
Mutasaddilarga 1-oktabrgacha
besh yillik dastur
ishlab chiqib,
investorlar uchun 1 gigavatt quvvatli barqaror elektr ta’minotini yo‘lga qo‘yish
topshirildi.
Uch yilda Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatoshda
1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish,
bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida yillik eksportni 600 million dollarga yetkazish
vazifasi belgilandi.
Facebook
|
Instagram
|
X