
RANCH university
This is what growth looks like at RANCH University.
📈
🎓
It’s not just about what our students learn — it’s about who they become along the way. More confident, more capable, and more prepared for the future.
Every small improvement matters. Every achievement counts. And every student has a story worth celebrating.
🎓
Unleash your potential with RANCH
Instagram
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt
Talaba g‘oyasidan startapgacha: master-klass o‘tkazildi
RANCH universiteti Iqtisodiyot kafedrasi v.b. dotsenti, PhD M. J. Nurmetova Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-kurs «Elita» guruhi talabalari bilan
«Talaba g‘oyasidan startapgacha: muammo topish, yechim yaratish va taqdim etish texnologiyalari»
mavzusida master-klass o‘tkazdi.
Mashg‘ulot davomida talabalar real hayotdagi muammolarni aniqlash, ularga innovatsion yechimlar ishlab chiqish hamda o‘z g‘oyalarini investorlar va hamkorlar oldida samarali taqdim etish usullari bilan tanishdilar. Amaliy mashg‘ulot jarayonida talabalar guruhlarga bo‘linib, o‘z startap g‘oyalarini shakllantirdilar va taqdim etdilar.
Tadbir talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash va jamoada ishlash malakalarini oshirishga xizmat qildi.
🎓
Unleash your potential with RANCH
Instagram
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt
“URGANCH RANCH” JAMOASI A’ZOLARI UNIVERSITETDA E’TIROF ETILDI
23-oktabr kuni “Urganch RANCH” jamoasi universitetga tashrif buyurishdi.
Universitet rektori va ta'sischisi Atajonov Jur'atbek Atavayevich g‘olib sportchilarni samimiy tabriklab, ularning xalqaro maydondagi muvaffaqiyati bilan faxrlanishini bildirdi hamda kelgusidagi musobaqalarda ulkan zafarlar tiladi.
Eslatib o'tamiz, sportchi qizlar O'zbekiston terma jamoasi safida Toshkent shahrida o'tkazilgan IHF Nations Trophy turnirining III - Osiyo mintaqasi bosqichida ishtirok etib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi birinchi, Turkmaniston ikkinchi, Pokiston esa uchinchi o'rinni egalladi.
Xorazmlik sportchi qizlarimizning ushbu muvaffaqiyati yoshlar sportini rivojlantirish yo'lidagi sa’y-harakatlar hamda tinimsiz mehnatning yorqin namunasidir.
Chempionlarimizni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusi faoliyatida yangi g'alabalar va ulkan zafarlar tilaymiz!
🎓
Unleash your potential with RANCH
Instagram
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt
💡
Eng yaxshi START-UP g‘oya tanlovi!
RANCH Universiteti talabalari innovatsion g‘oyalar va istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tanlovda ishtirok etishga taklif etiladi.
🏆
5 TA NOMINATSIYA BO‘YICHA LOYIHANGIZ BILAN ISHTIROK ETING!
💡
Eng innovatsion g‘oya
💻
Eng yaxshi raqamli yechim
🍃
Eng yaxshi yashil startup
👥
Eng yaxshi ijtimoiy loyiha
📒
Eng yaxshi biznes model
Barcha talabalarni o‘z innovatsion g‘oyalari va loyihalari bilan faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Sizda innovatsion g‘oya bormi? Uni taqdim eting, o‘z imkoniyatlaringizni namoyon qiling va kelajak sari ilk qadamingizni qo‘ying!
📅
Arizalar muddati: 27-oktyabr
🗓
Tanlov sanasi: 5-noyabr
📍
Manzil: 116-B xona
📩
MUROJAAT UCHUN TELEFON:
📞
+998 97 791 86 46
🎓
Unleash your potential with RANCH
Instagram
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt
RANCH Universitetida zakovat zavqi boshlanmoqda!
Hurmatli talabalar! RANCH Universitetida 2026–2027-o‘quv yili Talabalar ligasi — Zakovat o‘yinlari boshlanmoqda!
Zakovatga qiziqasizmi?O‘zingizni zakovatli deb hisoblaysizmi?Unda bu imkoniyat aynan siz uchun?
Ishtirok etish shartlari:
— O‘yinlar har hafta chorshanba kuni, soat 12:00 da, 030-xonada o‘tkaziladi.
— 1-tur: 28-oktabr
— Har bir jamoa: 6 asosiy + 1 zaxira o‘yinchi.
— Har bahsda 20 ta savol o‘ynaladi.
Mukofotlar:
— 8 tur yakunida eng ko‘p ball to‘plagan 3 ta jamoa diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Agar siz:
fikrlashni yoqtirsangiz,
jamoada ishlashni bilsangiz,
bilim orqali g‘alabaga erishmoqchi bo‘lsangiz
Tafakkur maydoni sizni kutmoqda!
📍
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga(Xudaynazarov Sarvar
@XudaynazarovSarvar
) 117-b xonaga murojaat qiling.
Unutmang:
Zakovat — bu shunchaki o‘yin emas. Bu fikrlash madaniyati. Bu hayot tarzi
🎓
Unleash your potential with RANCH
Instagram
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt
21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Til — millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
21-oktyabr sanasi O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida mamlakatimizning har bir go‘shasida alohida hurmat bilan nishonlanadi.
Birgina til ko‘plab xalqlarni o‘zaro birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odatlar, an’analar va madaniyatni saqlaydi hamda ularning avloddan avlodga o‘tishini ta’minlaydi.
Davlatimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz har doim dunyo minbarlarida mag‘rur jaranglab tursin! O‘z sofligi va jozibasini hech qachon yo‘qotmasin! Milliy yuksalish yo‘lida abadiy barqaror bo‘lsin!
🎓
Unleash your potential with RANCH
Instagram
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt
“URGANCH RANCH” QIZLARI OLTIN MEDALLAR BILAN QAYTISHMOQDA
Xorazmlik gandbolchi qizlar yana bir bor yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishdi. “Urganch RANCH” jamoasining talaba-gandbolchilari O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida xalqaro turnirda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Toshkent shahrida gandbol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida IHF Nations Trophy turnirining III — Osiyo mintaqasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, muxlislarni chinakam quvontirdi.
Yakuniy sarhisoblarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘onadan Turkmaniston gandbolchilari joy oldi. Faxrli uchinchi o‘rinni esa Pokiston jamoasi band etdi.
Bu g‘alabada Xorazm vakillarining munosib hissasi bor. SUTEAISM shug‘ullanuvchilari, aniqrog‘i, “Urganch RANCH” jamoasining talaba-gandbolchilari Zuxra Erkaboyeva, Ilmira Bayjanova va Anna Popovich terma jamoa safida maydonga tushib, bo‘yinlariga oltin medallarni ilishdi.
Xorazmlik sportchilarning xalqaro maydondagi bu muvaffaqiyati viloyatimizda gandbolning izchil rivojlanib borayotganidan, yosh iste’dodlar uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘z samarasini berayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda bu yutuq qizlarimizning tinimsiz mehnati, murabbiylarining sabr-toqati va mashg‘ulotlardagi fidoyiligining hosilasidir.
Endilikda “Urganch RANCH” qizlari ona yurtga g‘olib sifatida qaytishmoqda. Ularning bu g‘alabasi Xorazmdagi yuzlab yosh sportchilar uchun ham katta ilhom manbai bo‘lishi shubhasiz.
Chempionlarimizni munosib g‘alaba bilan samimiy qutlaymiz va ularga kelgusi bellashuvlarda ham yangi zafarlar tilab qolamiz!
🎓
Unleash your potential with RANCH
Instagram
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt
UNLEASH YOUR POTENTIAL.
🚀
O‘z imkoniyatlaringizni cheklamang. Dadil fikrlang,katta maqsadlar qo‘ying va kelajagingizni bugundan qurishni boshlang.
Chunki salohiyatingiz— sizning eng katta ustunligingiz.
🎓
Unleash your potential with RANCH
Instagram
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Veb-sayt