Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

UWED Students' Council

uwedsc
© JIDU Talabalar Kengashining rasmiy kanali Anonim murojaatlar uchun: @anonymsc_bot 📍 JIDU, B-104
Подписчики
5 161
24 часа
-5
30 дней
135
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
1 410
ER
27,32%
Посты (30д)
53
Символов в посте
1 053
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 22, 14:55
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

UN DAY 2026 | Celebrating 81 Years of the United Nations
🇺🇳
On 24 October, UWED MUN Club invites you to celebrate the 81st anniversary of the United Nations through a day dedicated to knowledge, diplomacy, and international cooperation.
To mark this special occasion, UWED MUN Club is organizing two engaging activities:
🧠
UN Quiz - Test your knowledge of the United Nations, its history, global initiatives, and international affairs.
🎬
UN Cinema - Explore international relations through cinema and discover the stories behind global challenges, diplomacy, and peace.
📝
Registration is required to participate in the UN Quiz. Make sure to register in advance using the link below:
https://forms.gle/GHK9S9J4FHnjchN88
Join us for an engaging experience filled with learning, discussion, and the spirit of the United Nations!
🗓
Date: 24 October 2026
⏰
Time: 14:00
📌
Location: B-cinema hall, UWED
©
JIDU Talabalar Kengashi
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram

October 22, 08:49
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
JIDU talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani yuzasidan kitobxonlik tadbiri tashkil etiladi!
💬
Tadbir davomida asar tahlili, munozaralar hamda savol-javoblar bo‘lib o‘tadi. Faol ishtirok etgan talabalar sertifikat bilan taqdirlanadi.
📍
Joy: JIDU talabalar turar joyi
🗓
Sana: 25-oktabr, yakshanba
⏳
Vaqt: 19:00
📝
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
@java_erkinov
⚠️
Faqat talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun!
©
JIDU Talabalar Kengashi
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram

October 21, 10:33
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Ona tilim - faxrim, g‘ururim!
✏️
21-oktabr - O‘zbek tili bayrami munosabati bilan JIDU talabalari ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini o‘ziga xos tarzda ifoda etdilar.
✨
Til - millatning ruhi, xalqning o‘tmishi va kelajagini bog‘lovchi bebaho merosdir. Uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
🇺🇿
Ona tilimiz hamisha qalblarimizda, hayotimizda va kelajagimizda barhayot bo‘lsin!
💬
💬
💬
🌎
Yangiliklarni kuzatib boring:
🚀
Telegram
|
🔸
Instagram
|
🎰
LinkedIn

October 21, 08:41
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

✏️
Til - millatning ruhi, ma’naviy boyligi, milliy o‘zligi va tarixining bebaho ifodasidir. Unda xalqning asriy qadriyatlari, urf-odatlari, dunyoqarashi va hayot tarzi mujassam. Ona tilini asrash va rivojlantirish esa milliy o‘zlikni asrash demakdir.
🖌
1989-yil 21-oktabrda «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishida tarixiy qadam bo‘ldi. Shu tariqa ona tilimizning huquqiy maqomi mustahkamlanib, uni asrab-avaylash va rivojlantirishning muhim asoslari yaratildi.
✏️
Har bir millatning g‘ururi va iftixori - uning ona tilidir. Zero, til nafaqat muloqot vositasi, balki avlodlarni bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik, milliy xotira va madaniyatning davomiyligini ta’minlovchi bebaho merosdir. Uni asrab-avaylash, sofligini saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.
🇺🇿
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar kengashi jamoasi barchangizni 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
✨
Ona tilimizning nufuzi yanada yuksalib, uning go‘zalligi va boyligi kelajak avlodlar qalbida ham barhayot bo‘lsin!
©
JIDU Talabalar Kengashi
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram

October 20, 08:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Navbatdagi
Econopoly
tadbirimiz Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida
UWED FIS
bilan
hamkorlikda boʻlib oʻtadi!
🏫
🤝
Tadbir hayotiy misollarga asoslangan amaliy iqtisodiyot/moliya (case study) atrofida qurilgan boʻlib, unda siz iqtisodiy bilimlaringizni real savollarga tatbiq etasiz.
📈
Tadbir qanday oʻtkaziladi?
Savol
🎙
:
Jamoalarga aniq bir siyosiy/iqtisodiy mavzuni beriladi (masalan: "Kutilayotgan (realizatsiya qilinmagan) kapital oʻsishidan soliq olinishi kerakmi?").
Vazifa
💡
:
Maʼlum bir pozitsiyani — "Ha" yoki "Yoʻq" tomonini tanlaysiz, research olib borasiz va eng asosli, real argumentlaringizni tayyorlaysiz.
Format:
Jamoalar oʻz pozitsiyalarini taqdim etish va himoya qilish uchun guruhlarga boʻlinadi. Eng kuchli va asosli dalillarni keltirgan jamoalar yarim final va final bosqichiga yoʻl oladi. Bu sizning tahliliy fikrlashingiz, iqtisodiy mantiqingiz va savol-javoblar jarayonida oʻz pozitsiyangizni himoya qila olish qobiliyatingizni sinovdan oʻtkazuvchi ajoyib imkoniyat.
Sizni tadbirimizda kutib qolamiz!
Tadbir ingliz tilida bo'ladi
📍
Manzil: JIDU (ECO kutubxona)
🗓
Sana va vaqt: 24-oktyabr, soat 09:00
🏆
Mukofotlar: Kitoblar, rasmiy sertifikatlar hamda universitetlararo boʻlib oʻtadigan navbatdagi turnirga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma.
Ro'yxatdan o'tish uchun

October 16, 16:47
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🌎
Diplomatiya, siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlarga qiziqasizmi? Yirik loyihalarda ishtirok etib, o‘z salohiyatingizni namoyon etishni istaysizmi?
🚀
Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
O‘zbekiston Yoshlar Diplomatiya Markazi faol, tashabbuskor va iqtidorli yoshlarni o‘z jamoasiga taklif qiladi!
✨
Markaz faoliyati orqali sizni quyidagi imkoniyatlar kutmoqda:
🎯
Forumlar, konferensiyalar va turli xalqaro tadbirlarda ishtirok etish;
🤝
Hamfikr yoshlar bilan bir jamoada ishlash va yangi aloqalar o‘rnatish;
💡
O‘z g‘oyalaringizni ilgari surish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish;
📣
Tadbirlarni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha amaliy tajriba orttirish;
🌐
Faol yoshlar bilan tajriba almashish va professional aloqalar doirasini kengaytirish;
🚀
Yetakchilik, kommunikatsiya va tashkilotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish.
👥
Kimlar uchun?
Xalqaro munosabatlar, diplomatiya va siyosatshunoslikka qiziquvchi, o‘z ustida ishlashga intiladigan hamda yangi tajribalarni egallashga tayyor yoshlar uchun!
📌
Avvalgi tajriba majburiy emas, muhimi, tashabbuskorlik, qiziqish va o‘rganishga bo‘lgan intilish.
✉️
Ariza topshirish:
@oydmbot
⚡️
Yangi imkoniyatlar sari qadam tashlang, g‘oyalaringizni amaliyotga tatbiq eting va yoshlar diplomatiyasi rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!
©
JIDU Talabalar Kengashi
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram

October 10, 07:21
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
⚡️
Ayni damda, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida
“Rektor va faol talabalar uchrashuvi”
bo‘lib o‘tmoqda.
🌐
UWED.UZ |
|
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
🕊
X
|
📱
Facebook
|
📺
YouTube

October 10, 06:11
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
Botimiz yangilandi: Endi u yanada aqlli va foydali!
Siz uchun botimizga ajoyib yangi funksiyalarni qo'shdik va barcha kerakli xizmatlarni bir joyga jamladik.
✨
YANGI QO'SHILGAN FUNKSIYALAR:
🧮
GPA kalkulyator
Kredit va ballar bo'yicha o'rtacha ballingizni bir zumda hisoblang. Qo'lda hisob-kitob qilish shart emas!
🌐
Imkoniyatlar bo'limi
Bu yerda siz:
✈️
talabalar almashinuv dasturlariga
🌍
xalqaro konferensiyalarga
ariza topshirishingiz va xalqaro tajriba orttirishingiz mumkin. Faol dasturlar muddati o'tmasdan ulgurib qoling!
🔔
Dars jadvali xabarnomalari
Endi bot sizga darslar haqida o'zi eslatadi:
⏰
har kuni ertalab soat 7:30 da — bugungi darslar ro'yxati
📚
har bir darsdan 15 daqiqa oldin — eslatma
Hech bir darsni o'tkazib yubormang!
✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
🌀
SHUNINGDEK, BOTIMIZNING ASOSIY QULAYLIKLARI:
🗓
Dars jadvali
— darslaringiz qachon va qaysi xonada bo'lishini istalgan vaqtda bilib oling.
📌
Xarita
— universitet hududida adashib qolmaslik uchun kerakli binolarni topishga yordam beruvchi qulay navigator.
🔎
Lost & Found
— yo'qotib qo'ygan buyumlaringizni izlash yoki topib olingan narsalar haqida e'lon berish imkoniyati.
✍️
Murojaat yo'llash
— o'z taklif, shikoyat va savollaringizni to'g'ridan-to'g'ri mas'ullarga yetkazing.
👉
Botga kiring va yangi funksiyalarni o'zingiz sinab ko'ring
©
JIDU Talabalar Kengashi
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram

October 09, 23:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan
Turdimov Erkinjon Oqbutayevich
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri
lavozimi kiritildi.
Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati
tashkil qilindi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining
ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida
zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida
umumiy
rahbarlik qilishi
, ularni
muvofiqlashtirishi
belgilandi.
Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva
zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан
Турдимов Эркинжон Окбутаевич
назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.
Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.
Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность
первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки
Республики Узбекистан
. Образован
Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения
.
Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет
общее руководство и координацию деятельности
руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций
в сферах образования, науки и здравоохранения
.
Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на
Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 09, 17:36
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1-bosqich talabalari!
JIDU talabalari o‘rtasida CS2 bo‘yicha universitet birinchiligi tashkil etilmoqda. Endi o‘z jamoangizni yig‘ib, mahoratingizni namoyish etish va universitet birinchiligida g‘oliblik uchun kurashish vaqti!
🗓
Sana: 11-oktabr
⏰
Vaqt: 11:00
📍
Manzil: Darkzone
🗣
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
havola
❗️
Deadline: 17:00, 10-oktyabr
⚠️
Eslatma: ishtirokchilar tomonidan faqat o‘yin davomida foydalanilgan vaqt uchun to‘lov amalga oshiriladi.
©
JIDU Talabalar Kengashi
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram