
ÖZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI
Bugun Şavkat Mirziyoyev “Renessans” kino uyiga taşrif buyurib, kinematografiya sohasi xodimlari bilan uçraşadi
Davlatimiz rahbari sohada amalga oşirilayotgan işlar va kelgusi rejalarni muhokama qiladi.
📱
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
Bugun davlatimiz rahbari kino sohasi ijodkorlari bilan uchrashadi
🇺🇿
📽️
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi
📝
O‘zbekiston Respublikasining
"Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”
gi qonuni qabul qilindi.
🔰
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan,
28 ta harf
va
1 ta tutuq belgisi
dan iborat
o‘zbek alifbosi
joriy etiladi.
☑️
Mazkur o‘zgartirishga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topadi.
Alifbo tarkibi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g,
Ğ ğ
H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o,
Ö ö
P p, Q q, R r, S s,
Ş ş
Ç ç
T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va
(tutuq belgisi).
📱
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
Xalq xizmati uchun urar yuragi!
🫡
Bugun Içki işlar vazirligi taşkil etilganiga 35 yil töldi
Şu munosabat bilan Şavkat Mirziyoyev soha vakillariga tabrik yölladi.
Hurmatli içki işlar organlari xodimlari! Qadrli general va ofitserlar, serjant va safdorlar! Muhtaram faxriylar!
Sizlarni Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi taşkil etilganining 35 yilligi bilan çin qalbimdan tabriklayman.
Uşbu qutluğ kunda xalqimiz osoyiştaligini ta’minlaş, fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qiliş yölidagi sadoqatli xizmatingiz uçun barçangizga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Albatta, yurtimizda öz farzandini maktabga kuzatayotgan ota-onaning xotirjamligi, mahallalarimizdagi osoyişta hayotni mustahkamlaşda sizlarning kundalik fidokorona mehnatingiz va hissangiz borligini barçamiz yaxşi bilamiz.
Oddiy insonlarning sizga işonç bilan murojaat qilişi va bundan köngli taskin topişi – sizning xizmatingizga berilgan eng yuksak bahodir.
Sizlardan jinoyatlarning oldini olişda taşabbuskorlik, xizmatda qat’iy intizom va halollik kutib qolaman.
Har bir xonadonning osoyiştaligini öz oilangiz tinçligidek asraş – “Özimning Özbekistonim” degan iftixor hissining amaliy ifodasiga aylanişi lozim.
Xizmatning taşviş va mas’uliyatini sizlar bilan birga baham körayotgan ota-onalaringiz, turmuş örtoqlaringiz va farzandlaringizga ham çin dildan rahmat aytaman. Ularning mehri, sabru qanoati va qöllab-quvvatlaşi sizlarga albatta kuç-ğayrat bağişlaydi.
El-yurt osoyiştaligi yölidagi xizmatingizning qadri doimo baland bölsin!
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
📱
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
#Tabrik
Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi Özbekiston tuman bölinmasi rahbari Ğulomjon Akbarovning 25-oktabr - Özbekiston Respublikasi Içki işlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
📱
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
Farg‘onada katta futbol: "Neftchi” Osiyo Elitasida "Al-Ittihod”ga qarshi maydonga tushadi
Farg‘ona futboli uchun muhim uchrashuv!
26-oktabr kuni Elit Osiyo Chempionlar
Ligasi doirasida
“Neftchi”
jamoasi Saudiya Arabistonining
“Al-Ittihod”
klubini qabul qiladi.
Musobaqaning 3-turidan o‘rin olgan mazkur bahs soat
18:45 da “Istiqlol” stadioni
da boshlanadi.
Chiptalar stadion kassalarida sotilmoqda!
Aziz muxlislar, tarixiy oqshomda jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyuring!
Keling, “Neftchi”ni birgalikda g‘alaba sari ruhlantiraylik
!
Olg‘a, “Neftchi”!
Olg‘a, Farg‘ona!
📱
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
#Siyosiy_marifat_soati
NAVBATDAGI “SIYOSIY-MAʼRIFAT” SOATLARI BÖLIB ÖTDI
🇺🇿
Özbekiston tumanida davlat xizmatçisining siyosiy bilimlarini oşiriş, daxldorlik hissini kuçaytiriş, ma'naviyatini yuksaltiriş maqsadida kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvçi "Siyosiy-ma’rifat soati" taşkil etildi.
🟡
“Siyosiy-ma’rifat soati” Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida taşkil etilib, xodimlarning siyosiy savodxonligini oşiriş, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqaraşini yanada kengaytirişga xizmat qilmoqda.
🇺🇿
Uşbu loyiha davlat xizmatçilarining kasbiy mahoratini oşiriş, ularda yangiça qaraş va yondaşuvni şakllantirişda muhim örin tutmoqda.
📱
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
#Xatlov
Özbekiston tumanida mavjud adabiyotlar va tarğibot materiallarini xatlovdan ötkaziş hamda yangilaş işlari olib borilmoqda
Özbekiston tumanida ta’lim muassasalari, davlat va nodavlat taşkilotlari, ma’naviyat maskanlari hamda kutubxonalarda mavjud adabiyotlar, körgazmali vositalar va tarğibot materiallarini xatlovdan ötkaziş, ularning mazmuni va sifatini örganiş böyiça tarğibot işlari olib borilmoqda.
Mazkur jarayonda eskirgan, mazmunan, imloviy yoki texnik jihatdan amaldagi talablarga javob bermaydigan materiallarni aniqlaş, ularni yangilaş hamda ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi adabiyotlar bilan boyitişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Şuningdek, kutubxonalar va ma’naviyat maskanlaridagi adabiyotlar fondini Özbekiston Respublikasi Prezidentining dolzarb asarlari, nutq va ma’ruzalarida ilgari surilgan ğoyalarni aks ettiruvçi materiallar, şuningdek, milliy adabiyotimizning yetuk namoyandalari asarlari bilan boyitiş yuzasidan tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Uşbu işlarning asosiy maqsadi — muassasalarda foydalanilayotgan adabiyotlar va tarğibot materiallarining mazmunan dolzarbligini ta’minlaş, aholining, ayniqsa, yoşlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlaşdan iborat.
📱
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
#21_oktabr_oʻzbek_tiliga_davlat_tili_maqomi_berilgan_kun
Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi
🇺🇿
Özbekiston Respublikasi Davlat tiliga oid siyosatini amalga oşiriş hamda ona tilimiz – özbek tilining jamiyatdagi örni va mavqeini yuksaltiriş maqsadida Özbekiston tumani 20-umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
🇺🇿
Mazkur tadbir Özbekiston Respublikasida özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan ötkazildi. Tadbirda Qöqon Davlat Universitetining Özbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-öqituvçilari, filologiya fanlari böyiça falsafa doktorlari, dotsentlar F. Mamatqulova, M. Qodirova, N. Xolmatova va M. Nosirovlar iştirok etişdi.
🇺🇿
Tadbir davomida mehmonlar tomonidan özbek tilining boy tarixiy ildizlari, uning mustaqil Özbekiston taraqqiyotidagi örni, yoş avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalaş zarurati haqida ma’ruzalar qilindi. Özbek tili – milliy qadriyatlarimizning asosiy poydevorlaridan biri ekani, uni asrab-avaylaş har bir fuqaroning burçi ekani alohida ta’kidlandi.
🇺🇿
Şuningdek, tilşunos olimlar tomonidan til madaniyati, nutq madaniyati, adabiy til me’yorlari, zamonaviy özbek tilining rivojlaniş tendensiyalari haqida ham keng qamrovli ma’lumotlar berildi. Tadbirda öquvçilar tomonidan badiiy çiqişlar, şe’rlar, sahna körinişlari namoyiş etilib, ona tilimizga bölgan çeksiz mehr va ehtirom ifodasi öz ifodasini topdi.
🇺🇿
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir ona tilimiz – özbek tiliga bölgan hurmatni yanada oşiriş, yoşlarda tilga nisbatan ğurur va iftixor tuyğusini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
✅
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti