Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Uzbekistan’s club

uzbekistansclub
Dunyo bo’ylab iste’dodli oʻzbekistonliklarni birlashtiruvchi ekotizim. www.uzbekistans.club facebook.com/uzbekistansclub/ instagram.com/uzbekistansclub/ youtube.com/c/Uzbekistansclub
Подписчики
1 633
24 часа
1
30 дней
-25
Просмотры
5 300
ER
324,56%
Посты (30д)
Символов в посте
827
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Маркетинг и продажи
Краткое описание
August 10, 15:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kuni kecha “Humo Arena”da o‘tgan
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”
tanlovining taqdirlash marosimini yuqori saviyada tashillashtirish uchun Uzbekistan’s Club oʻziga xos kreativ konsept ishlab chiqdi. Bu ijodiy jamoamiz uchun oʻzgacha vazifa boʻldi.
Chunki bu safar katta sahnaga odatda bunday e’tirof markazida ko‘rishga o‘rganmagan insonlar — santexnik, payvandchi, elektromontajchi, oshpaz, avtomexanik, quruvchi, sartarosh va boshqa amaliy kasb egalari chiqdi.
Uzbekistan’s Club’ning azaliy g‘oyasi — O‘zbekistonni uning insonlari orqali dunyoga ko‘rsatish. Buning uchun esa albatta professor, olim yoki yirik tadbirkor bo‘lish shart emas.
O‘z ishini jahon darajasida bajara oladigan usta ham O‘zbekiston nomiga qiymat va obro‘ olib kelishi mumkin.
Shu bois Kasbiy ta’lim agentligining taklifini biz oddiy tadbir sifatida qabul qilmadik. Bu e’tirofni haqiqiy bayramga, kasb egalarini esa katta sahna qahramonlariga aylantirishni istadik. Chunki agar jamiyatdan yoshlar kasb tanlashini, usta bo‘lishini, o‘z ishini mukammal o‘rganishini istasak avvalo ana shu mahoratni katta sahnaga olib chiqishimiz kerak.
Chempionga qanday munosabatda bo‘lsak, o‘z kasbining ustasiga ham shunday munosabatda bo‘lishimiz kerak.
Bugun ular O‘zbekistonda o‘z mahoratini isbotladi. Ertaga esa eng kuchlilar WorldSkills xalqaro maydonida yurtimiz sharafini himoya qilishi mumkin.
Ishonchimiz komil, “Humo Arena” sahnasiga chiqqan kechagi yoshlar orasida kelajakdagi “O‘zbekistonlik” loyihasining yangi
qahramonlari ham chiqadi.
Ularning har bir g‘alabasi — O‘zbekistonning g‘alabasi.

July 01, 02:27
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Uzbekistan's Club uchun bugun bayram, uning jamoasidagi kreativ, tinib-tinchimas va qo‘li gul yigit-qizlar 30-iyun — Yoshlar kunini o‘zgacha o‘tkazdi. Uni ishda, harakat va jarayon ustida nishonlash baxti nasib qildi bizga.
Bo‘lib ham qanday ish ustida... O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi "Yoshlar kuni" tadbirini tashkil etish, uning kreativ konsepsiyasini tuzish hamda Yangi Toshkentdagi "Olimpiya shaharchasi" majmuasida "Yangi Oʻzbekistonni yoshlar quradi!" shiorining shukuhini yaratish vazifasi bizga topshirilgani — biz uchun yangi marra, yangi daraja bo‘ldi.
Bu har qanday dam olish kunidan afzal. Bugun biz yanada kuch-g‘ayratga to‘ldik. O‘zbekiston taraqqiyotining muhim bosqichlarida, kreativ va yoshlarbop loyihalarda o‘z ijodiy salohiyatimizni ro‘yobga chiqara olishdan ham ilhombaxsh, zavqli lahza yo‘q hammamiz uchun.
Uzbekistan's Club jamoasi yangi loyihalarni hayotga tatbiq etishda, o‘zi uddalaydigan ishlar bilan ketayotgan rivojlanish jarayonlariga hissa qo‘shishda davom etadi.

March 07, 11:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Central Eurasian Venture Forum 2026: bitimlar tuziladigan maydon
Central Eurasian Venture Forum Tashkent — bu venchur fondlari, xususiy investorlar, institutsional kapital, korporatsiyalar va texnologik startaplarni birlashtiruvchi investitsion platforma.
📅
3-aprel, 2026
📍
JW Marriott Hotel Tashkent, O‘zbekiston
Forum doirasida:
1.
Startup Alley
– startaplar ko‘rgazmasi va erta bosqichdagi loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish zonasi.
2.
MOST Investable Battle
– startaplar o‘z loyihalarini venchur fondlari va xususiy investorlar oldida taqdim etadi.
3.
Investorlar uchun yopiq sessiyalar
– Private networking, GP–LP uchrashuvlari, davra suhbatlari.
4.
VC Party
– Forumdan so‘ng rasmiy afterparty davomida networkingni davom ettiring.
5.
CEVF Retreat
– Tanlangan ishtirokchilar uchun tabiat qo‘ynida o‘tkaziladigan yopiq tadbir.
Forum spikerlari orasida: Markaziy Osiyoning eng yirik va faol venchur investorlaridan biri Murat Abdrakhmanov, RISE Research CEO’ si Aynur Janturina, venchur investor Erlan Isekeshev, Silkroad Angels hammuassisi Abay Absamet, shuningdek Baurjan Kankin, Alexander Zemlyak va Ivan Belokhvostikov.
Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni Air Astana bilan tanlang — CEVF 2026’ning rasmiy aviatsiya hamkori.
UZCLUB15 promokodi forum chiptalarining barcha toifalariga
15% chegirma
beradi.
Promokodni quyidagi sayt orqali faollashtiring:
https://ventureforum.asia

July 22, 14:11
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Zamonaviy yoshlarga tushunarli til va uslubda kontent ulashayotgan top inflyuenserlardan yana biri Jamshidxon Ziyoxonov.
Ijtimoiy yo‘nalishdagi TOP inflyuenser sifatida tahririyatimiz aynan Jamshidxonni tanladi.
Ham Instagram, ham Youtubeda faoliyat olib boradigan Jamshidxonning obunachilari soni yarim millionga yetadi.
U jurnalimizda 1994-yilda Luk Beson tomonidan drama va triller janridagi “Leon” filmidagi bosh qahramon (Jan Reno) qiyofasida gavdalangan.
To‘liq roʻyxat bilan havola orqali rasmiy vebsaytimizda tanishing.
https://uzbekistans.club/uz/top/top-7

July 14, 14:08
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Uzbekistan's Club jurnali TOP ruknida e'lon qilingan inflyuenserlar ro‘yxatidagi navbatdagi iste'dod — Xusnora Shodiyeva.
Instagramda 780 mingga yaqin obunachiga ega
@khusnorik
tahririyatimiz tomonidan sayohat yo'nalishida eng yaxshisi deb topilgan.
"Tiffani bilan nonushta filmi" qahramoni nafaqat uning tashqi ko‘rinishi jihatdan, balki fe'l-atvori bo‘yicha ham mos tushgan.
To‘liq roʻyxat bilan havola orqali rasmiy vebsaytimizda tanishing.
https://uzbekistans.club/uz/top/top-7

July 07, 14:22
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Uzbekistan’s Club jurnalida e’lon qilingan top inflyuenserlar reytingida biznes yoʻnalishi peshqadami Shahzod Bahodirov.
Shahzod — Thompson brendi asoschisi. Instagramdagi obunachilari soni 153 mingta.
Unga munosib obraz sifatida Hogvarts maktabidagi eng tilga tushgan qahramon Garri Potterni tanladik.
To‘liq roʻyxat bilan havola orqali rasmiy vebsaytimizda tanishing.
https://uzbekistans.club/uz/top/top-7

July 06, 13:52
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Uzbekistan’s Club jurnalining TOP rukni ostida e’lon qilingan navbatdagi reyting inflyuenserlarga bag‘ishlanar ekan, moda yoʻnalishidagi eng yaxshi inflyuenser deb Nodira Abdurahmonova topildi.
U ijtimoiy tarmoqlarda
@nadi_uz
nomi ostida faoliyat yuritadi.
Albatta, kino qahramonlari ichidan Miranda Preslidan ham mosroq obraz topib boʻlmasdi. Nodira “Prada kiygan iblis” (The Devil Wears Prada) filmi bosh qahramoni koʻrinishida jurnalimiz sahifalaridan oʻrin oldi.
To‘liq roʻyxat bilan havola orqali rasmiy vebsaytimizda tanishing.
https://uzbekistans.club/uz/top/top-7

July 05, 13:59
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Uzbekistan’s Club jurnalida an’anaga ko‘ra e’lon qilinayotgan turkum reyting va top ro‘yxatlardan bu galgisi kreativ kontent mualliflari, boshqacha ta’rif bilan aytganda, iflyuenserlarga bag‘ishlanadi.
Texnika yo‘nalishidagi top iflyuenser Saadulla Abdullayev.
U ijtimoiy tarmoqlarda
@texnoplov
nomi ostida faoliyat yuritadi. Texnoplov Instagram tarmog‘ida 262 mingdan ortiq obunchasiga texnika olamidagi yangiliklar va texnologiya sohasidagi bilimlarini ulashib keladi.
U jurnalimizda 1991-yilda suratga olingan “Terminator” obrazida tasvirlangan.
To‘liq roʻyxat bilan havola orqali rasmiy vebsaytimizda tanishing.
https://uzbekistans.club/uz/top/top-7

July 04, 14:02
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Uzbekistanʼs Club jurnalida anʼanaga koʻra eʼlon qilinayotgan turkum reyting va top roʻyxatlardan bu galgisi kreativ kontent mualliflari, boshqacha taʼrif bilan aytganda, iflyuenserlarga bagʻishlanadi.
Ta’lim yo‘nalishidagi top inflyuenser, noodatiy o’qituvchi Azam Qahramoniy
U ijtimoiy tarmoqlarda
@teacherazam
nomi ostida faoliyat yuritadi. Teacher Azam Instagram tarmog‘idagi 501 mingdan ortiq obunchasiga ingliz tili va ta’lim sohasidagi bilimlarini ulashib keladi.
U jurnalimizda Robert Jon Daunining 2011-yilda suratga olingan «
Sherlok Holm
e
s: Soyalar o‘yini
» filmidagi qahramon
Sherlok Holmes
obrazida tasvirlangan.
Uzbekistanʼs Club jurnalida anʼanaga koʻra eʼlon qilinayotgan turkum reyting va top roʻyxatlardan bu galgisi kreativ kontent mualliflari, boshqacha taʼrif bilan aytganda, iflyuenserlarga bagʻishlanadi.
To‘liq roʻyxat bilan havola orqali rasmiy vebsaytimizda tanishing.
https://uzbekistans.club/uz/top/top-7

July 03, 15:05
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Uzbekistanʼs Club jurnalida anʼanaga koʻra eʼlon qilinayotgan turkum reyting va top roʻyxatlardan bu galgisi kreativ kontent mualliflari, boshqacha taʼrif bilan aytganda, iflyuenserlarga bagʻishlanadi.
Ekologiya yo‘nalishidagi top inflyuenser ekofaol Mo‘tabar Xushvaqtova.
U ijtimoiy tarmoqlarda
@urikguli
nomi ostida faoliyat yuritadi. O‘rik guli Instagram tarmog‘idagi 86 mingdan ortiq obunchasiga tabiatni asrash va ekologiya sohasidagi bilimlarini ulashib keladi.
U jurnalimizda 2020-yilda Xitoy xalq afsonalari asosida suratga olingan Mulan obrazida tasvirlangan.
To‘liq roʻyxat bilan havola orqali rasmiy vebsaytimizda tanishing.
https://uzbekistans.club/uz/top/top-7