Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

UzDJTSU (Rasmiy_kanali)

uzdjtsu_rasmiy
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali 🌐 Veb-sayt: http://jtsu.uz/ 🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz 🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/ ➡️ Murojaatlar uchun: @rektor_nomiga_murojaat_bot
Подписчики
7 722
24 часа
41
30 дней
150
Просмотры
1 155
ER
14,96%
Посты (30д)
160
Символов в посте
1 115
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 10, 17:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Audiohikoya
Audio nomi: Kulgan bilan kuldirgan (hikoya)
🎰
Hajmi:
16.5MB
👤
Muallif:
Shukur
Xolmirzayev
⚡️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
|
📱
You Tube
|
🔵
Facebook
|
🌐
WebSite

September 10, 16:45
Файлы недоступны
6
3
Открыть в Telegram

#Talabalar_turar_joyi
#musiqiy_kecha
Talabalar turar joyida samimiy muloqot va musiqiy kecha
🟡
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashdi.
👦
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijodiy qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️
Xususan, universitetda turli yo‘nalishlarda ijodiy va sport to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularga iqtidorli va san’atga qiziquvchi yoshlarni keng jalb etish, shuningdek, to‘garaklarni zarur sport va musiqa jihozlari bilan ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
➡️
Uchrashuv davomida talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tinglanib, ularning musiqiy qobiliyatlari namoyon bo‘ldi. Bunday tadbirlar talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
⚡️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
|
📱
You Tube
|
🔵
Facebook
|
🌐
WebSite

September 10, 16:16
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

#Tanishtiruv_haftaligi
#
Xorijlik_talabalar_bilan_uchrashuv
O‘zDJTSUda xorijiy professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
⚡️
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida universitet rektori ishtirokida
xorijiy professor-o‘qituvchilar hamda birinchi bosqich xorijiy talabalar bilan davra suhbati
tashkil etildi.
📑
Uchrashuvda
Xitoy, Turkiya, Germaniya, Bangladesh va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar
, shuningdek,
Xitoy, Rossiya va Ozarbayjon davlatlaridan universitetimizga o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalari
ishtirok etdi.
🤝
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan davra suhbatida xorijiy professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik faoliyati, kelgusidagi hamkorlik rejalari, ta’lim jarayonini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mavjud taklif va masalalar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.
👦
Ayniqsa, universitetimiz safiga yangi qo‘shilgan xorijiy talabalar bilan yaqindan tanishilib, ularning ta’lim jarayoniga moslashuvi, o‘qishi va yashashi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar universitetda
ta’lim olish, sport bilan shug‘ullanish, ilmiy va ijtimoiy faoliyat olib borish uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar
bilan tanishtirildi.
➡️
Uchrashuv yakunida xorijiy professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan doimiy muloqotni mustahkamlash, xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish hamda universitetda ular uchun yanada qulay ta’lim va ilmiy muhit yaratish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
⚡️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
|
📱
You Tube
|
🔵
Facebook
|
🌐
WebSite

September 10, 15:28
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

#muzeyga_tashrif
#Xalqaro_kurash_turlari
🔶
Tarix — millatning o‘zligini anglash, bugunini qadrlash va kelajagini bunyod etish uchun muhim ma’naviy manbadir.
⚡️
10-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
professor-o‘qituvchilari hamda 1-bosqich talabalari ishtirokida
Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Shahidlar xotirasi xiyoboni hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga
sayohat tashkil etildi.
🗣
Sayohat davomida talabalar yurtimizning boy va shonli tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, Temuriylar tarixi davlat muzeyida va Shoxidlar xotirasi xiyoboni tashkil etilish tarixi, unda saqlanayotgan noyob eksponatlar, Amir Temur va temuriylar davriga oid tarixiy manbalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📚
Muzey xodimlari tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha va mazmunli javoblar berilib, yoshlarning tarixiy bilimlarini yanada boyitishga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
|
📱
You Tube
|
🔵
Facebook
|
🌐
WebSite

September 10, 14:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🔊
🔊
🔊
🔊
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
👦
“New Talents” Xalqaro ijodiy tashkiloti tomonidan iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularning ijodini keng ommaga targ‘ib etish hamda
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi
munosabati bilan
“Mening yurtim”
,
“Renessans”
telekanallari hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida
“Kelajak yoshlari” xalqaro tanlovi
tashkil etiladi.
📅
tanlov
2026-yil
25–27 sentyabr kunlari
Toshkent shahri
bo'lib o'tadi.
➡️
Tanlovda
3 yoshdan 35 yoshgacha
bo‘lgan iqtidorli yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Barcha iste’dodli talaba-yoshlarni ushbu xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
📌
Tanlovning barcha shartlari, yo‘nalishlari va ishtirok etish uchun zarur hujjatlar ilovada batafsil ko‘rsatilgan.
⚡️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
|
📱
You Tube
|
🔵
Facebook
|
🌐
WebSite

September 10, 14:13
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Xalqaro_aloqalar
#InternationalBoxingFestival
#BeltAndRoad
#UniversitetBoksJamoasi
🥊
Universitet boks jamoasi Xitoydagi xalqaro festivalda ishtirok etmoqda!
🗣
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining
boks jamoasi
Xitoy Xalq Respublikasining Korla shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro sport tadbirida ishtirok etmoqda.
💬
2026-yil
4–30-sentabr kunlari
Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining Korla shahrida
“4th Belt and Road International Boxing Festival”
xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va turniri bo‘lib o‘tmoqda.
🇺🇿
Mazkur xalqaro festivalda universitet boks jamoasiga
Yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori G‘ayrat Matkarimov
murabbiylik qilmoqda.
🥊
Turnirda universitetimiz sharafini quyidagi talabalar himoya qilmoqda:
🔹
Abdumajidov Abdulaziz
🔹
Ibrohimov Hojiakbar
🔹
Toshtamboyev Zoidjon
🔹
Minboyev Akobir
🔹
Yo‘ldashev Amirbek
🌏
Xalqaro festival yosh bokschilar uchun o‘z mahoratini namoyish etish, tajriba almashish, kuchli sportchilar bilan raqobatlashish hamda xalqaro maydonda tajriba orttirish uchun muhim imkoniyatdir.
💪
Universitet jamoasiga ushbu turnirda omad va munosib natijalar tilaymiz!
⚡️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
|
📱
You Tube
|
🔵
Facebook
|
🌐
WebSite

September 10, 13:43
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida
2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi
munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali bayram tadbiri jarayonlaridan lavha
O‘zbekiston
telekanali ijodkorlari tomonidan yoritildi.
⚡️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
|
📱
You Tube
|
🔵
Facebook
|
🌐
WebSite

September 10, 12:30
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#AdaptivJismoniyTarbiya
#Parasport
#Yoshlar
#Profilaktika
#SoglomTurmushTarzi
#ZararliOdatlargaQarshi
#JinoyatchilikningOldiniOlish
#ManaviyMarifiyTadbir
🌱
Sog‘lom yoshlar — farovon kelajak garovi!
🤝
Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi 1-kurs talabalari o‘rtasida yoshlar orasida zararli odatlarning oldini olish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.
📑
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Mirzanov, Rektorning talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul maslahatchisi G.Yavkachov, profilaktika inspektori R.Narbayev, Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi mudiri Sh.G‘ofurov hamda kafedraning 1-kurs talabalari ishtirok etdi.
✔️
Tadbirni Sh.Mirzanov kirish so‘zi bilan ochib berib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, turli zararli illatlardan yiroq bo‘lishga hamda qonunlarga hurmat ruhida yashashga chaqirdi.
Tadbir davomida R.Narbayev tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarning huquq va majburiyatlari, qonunbuzarliklarning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🗣️
Shuningdek, kafedra dotsenti Sh.Shadjalilov tomonidan mavzuni yanada kengroq yoritish maqsadida zamonaviy slayd va videoroliklardan foydalanilgan holda talabalarga zararli odatlarning inson salomatligi va kelajagiga ta’siri, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sog‘lom hayot tarzining ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔴
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.
⚡️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
|
📱
You Tube
|
🔵
Facebook
|
🌐
WebSite

September 10, 11:49
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

#Gimnastika
#Dual_talim
Gimnastika sohasida hamkorlik kuchaytiriladi
🟡
Yangi o‘quv yilida
O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi
hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining
Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash,
dual ta’limni rivojlantirish, malakali trener-pedagoglar tayyorlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash
hamda gimnastikani yoshlar orasida keng ommalashtirish.
📌
Asosiy yo‘nalishlar:

dual ta’limni yo‘lga qo‘yish;

amaliy mashg‘ulot va mahorat darslarini tashkil etish;

federatsiya trenerlarini o‘quv jarayoniga jalb qilish;

iqtidorli talabalarni sport maktablari,

klublar va terma jamoalarga yo‘naltirish;

talabalarni musobaqa va amaliyotlarga keng jalb etish;

ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish;

gimnastikani yoshlar orasida ommalashtirish.
🎯
Kutilayotgan natija
— “
ta’lim – amaliyot – ishga joylashish
” tizimini shakllantirish orqali zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlash.
⚡️
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
|
📱
You Tube
|
🔵
Facebook
|
🌐
WebSite

September 10, 10:31
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

#talaba_yutuqlari
🏆
Farrux Satimov — O‘zbekiston kubogi g‘olibi!
🏋️
Poytaxtimizdagi
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida
foydalanishga topshirilgan zamonaviy og‘ir atletika zalida 8–15-sentabr kunlari kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasida
O‘zbekiston kubogi
bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
🇺🇿
Musobaqaning ilk kunida -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining
Og‘ir atletika yo‘nalishi 01-25-guruh talabasi Farrux Satimov
dast ko‘tarishda
100 kg
, siltab ko‘tarishda esa
130 kg
natija qayd etib,
1-o‘rinni
qo‘lga kiritdi.
💪
Mazkur natija yosh sportchining yuqori sport mahorati, qat’iyati va muntazam mashg‘ulotlarining samarasi ekanini ko‘rsatadi.
🌏
O‘zbekiston kubogi
joriy yilda Xitoyning Ningbo shahrida o‘tkaziladigan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga saralash musobaqasi sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois musobaqada har bir ko‘tarilgan kilogramm, har bir urinish va har bir natija katta ahamiyat kasb etadi.
✍️
Sportchilar uchun bu bellashuv nafaqat mamlakat kubogi uchun kurash, balki
jahon chempionatiga yo‘llanma olish va xalqaro maydonda munosib ishtirok etish sari muhim qadam
dir.
👏
Farrux Satimovni ushbu g‘alaba bilan muborakbod etamiz!
Kelgusidagi musobaqalarda ham unga ulkan zafarlar tilaymiz!
✈️
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
You Tube
|
📱
Facebook
|
📱
X