
O‘zMMSI | Rasmiy
🔹
🔹
🔹
🔹
⚡️
Talabalar uchun HEMIS dasturi bo‘yicha seminar bo'lib o'tdi
.
✅
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti
“O‘zbek milliy musiqa san’ati” fakulteti
dekan o‘rinbosari
Farhod Xabibjanov
tomonidan 1-bosqich talabalari uchun
HEMIS
axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
✅
Mashg‘ulot davomida talabalarga
HEMIS
tizimining asosiy imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi, shaxsiy kabinet bilan ishlash, fanlar, dars jadvali, baholar
hamda
ta’lim jarayoniga oid ma’lumotlarni kuzatish
bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.
✍️
Mazkur mashg‘ulot yangi o‘quv yilida talabalarni ta’lim jarayonining elektron tizimi bilan yaqindan tanishtirish va undan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.
😁
O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐
uzmmsi.uz
|
✈️
Telegram
|
📒
Facebook
|
📷
Instagram
|
🖤
YouTube
|
📚
ARM EK
🟦
🟦
🟦
🟦
⚡️
“Zakovat” ligasining 1-tur bahslari bo'lib o'tdi.
✅
Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talabalar oʻrtasida
"Zakovat"
intellektual oʻyinining 1-tur bahslari bo'lib o'tdi. Unda institut rektori
Eldor Shermanov
ham qatnashdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Musobaqada jami 8 nafar jamoa ishtirok etdi va o'z bilim-salohiyatini namoyish etishdi.
✅
Eslatib o'tamiz, g'olib jamoa har oyning so'ngida aniqlanadi va ko'chma kubok va turli sovg'alar taqdim etiladi.
❗️
Eslatma:
"Zakovat"
intellektual turniri har haftaning juma kuni bo'lib o'tadi va jamoalar soni chegaralanmagan, barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz.
😁
O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐
uzmmsi.uz
|
✈️
Telegram
|
📒
Facebook
|
📷
Instagram
|
🖤
YouTube
|
📚
ARM EK
⚡️
“Rektor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
✅
“Yoshlar kuni”
loyihasi doirasida bugun Yunus Rajabiy nomiagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti rektori
Eldor Shermanov
1-bosqichga qabul qilingan barcha talaba-yoshlar
bilan ochiq va samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv avvalida talabalikning ilk haftasi qanday o'tganligi hamda biriktirilgan tyutor, rahbarlari bilan yaqindan tanishib olganliklarini haqida so'zlab, ularga institutning xalqaro hamkorlik aloqalari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik, talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilarning xorijiy davlatlarda stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlari hamda so‘nggi yillarda institutda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy va ijodiy salohiyatni yuksaltirish, zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar haqida batafsil so‘z yuritildi.
✅
Shuningdek, bir qator talaba-yoshlar o‘zlarining ijodiy chiqishlari hamda iste’dodlarini namoyon etdilar. Samimiy muloqot davomida talabalarning savol, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli fikr va tavsiyalar bildirildi. Uchrashuv yakunida Eldor Uralovich talaba-yoshlarga ta’lim olish, ijodiy izlanish va kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.
😁
O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐
uzmmsi.uz
|
✈️
Telegram
|
📒
Facebook
|
📷
Instagram
|
🖤
YouTube
|
📚
ARM EK
😊
😊
😊
😊
✅
Oliy ta'lim, fan va innovatslyalar vazirining 2026-yil 4-sentabrdagi 158-son buyrug'i bilan tasdiqlangan, Davlat oliy ta'lim tashkilotlarli,
Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti
magistratura bosqichiga 2026/2027-o'quv yili qabuli bo'yicha tanlov natijalari qaydnomasi bilan tanishing.
😁
O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐
uzmmsi.uz
|
✈️
Telegram
|
📒
Facebook
|
📷
Instagram
|
🖤
YouTube
|
📚
ARM EK
#Xalqaro_hamkorlik
⚡️
Gretsiyalik professor O‘zMMSIga tashrif buyurdi
✅
Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga
Gretsiyaning Ionian Universiteti Musiqashunoslik kafedrasi professori Alexandra Balandina
tashrif buyurdi. Suhbat davomida professor
Alexandra Balandina
institutning ta’lim va ilmiy faoliyati, xususan,
o‘zbek milliy musiqa san’ati, maqom va an’anaviy ijrochilik yo‘nalishlari
bilan yaqindan tanishdi.
✅
Muloqot davomida
etnomusiqashunoslik, Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston musiqa madaniyatini ilmiy o‘rganish
, shuningdek, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
✅
Tashrif yakunida tomonlar
ilmiy-tadqiqot, ta’lim va ijodiy loyihalar doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish
yuzasidan fikr almashdilar.
✍️
Professor
Alexandra Balandinaning
ilmiy faoliyatida O‘zbekiston musiqa madaniyati alohida o‘rin tutadi. U ayni paytda
O‘zbekistonning boy musiqa an’analarini, xususan, doyraning milliy musiqa madaniyatidagi o‘rnini yoritishga qaratilgan “Doyra: The Heartbeat of Uzbekistan”
musiqiy hujjatli film loyihasi ustida ish olib bormoqda.
😁
O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐
uzmmsi.uz
|
✈️
Telegram
|
📒
Facebook
|
📷
Instagram
|
🖤
YouTube
|
📚
ARM EK
#Taʻlim
⚡️
Oliy ta’lim tizimida sifat va samaradorlik masalalari muhokama qilindi
✅
Batafsil:
https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/217959
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
|
YouTube
|
Mediabank
⚡️
O'zMMSIda “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o'tkazildi
✅
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti
“Komplayens-nazorat” bo‘limi bosh mutaxassisi Dilmurod Ro‘zimatov
tomonidan 1-bosqich talabalari ishtirokida
“Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi”
mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish hamda halollik va qonuniylik tamoyillariga rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
✅
Shuningdek, institutda faoliyat yuritayotgan
“Adolat qutisi”
haqida ham tushuncha berildi. Talabalarga mazkur quti orqali ta’lim jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga oid holatlar, muammolar, taklif va murojaatlarni tegishli tartibda yetkazish imkoniyatlari tushuntirildi.
✅
Bunday targ‘ibot tadbirlari yoshlar orasida
halollik, adolat, qonuniylik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat
tamoyillarini shakllantirishga xizmat qiladi.
😁
O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐
uzmmsi.uz
|
✈️
Telegram
|
📒
Facebook
|
📷
Instagram
|
🖤
YouTube
|
📚
ARM EK
🟠
O'zMMSI da "Mustaqillik darslari" davom etmoqda
✅
Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti
“Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi mudiri, professor, O‘zbekiston xalq artisti
Ilyos Arabov
tomonidan 1-bosqich talabalari uchun
“Mustaqillik darslari”
tashkil etildi. Mazkur darslar davomida talabalarga mustaqillik yillarida milliy musiqa san’ati, xususan, maqom ijrochiligini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar, ajdodlarimizning boy musiqiy merosini asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
✅
Shuningdek, suhbat davomida talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, maqom cholg‘u ijrochiligi an’analarini chuqur o‘zlashtirish hamda ijrochilik mahoratini rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar berildi. “Mustaqillik darslari” yoshlarning milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va milliy musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
😁
O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐
uzmmsi.uz
|
✈️
Telegram
|
📒
Facebook
|
📷
Instagram
|
🖤
YouTube
|
📚
ARM EK
#OAV_biz_haqimizda
⏺
TV
⚡️
Mahalla
telekanalining
"Kun nafasi"
ertalabgi ko'ngilochar teledasturida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti
“Maqom xonandaligi” kafedrasi
dotsenti
Shavkat Matyoqubov
ko'rsatuv mehmoni bo'ldi.
😁
O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐
uzmmsi.uz
|
✈️
Telegram
|
📒
Facebook
|
📷
Instagram
|
🖤
YouTube
|
📚
ARM EK
🟦
🟦
🟦
✅
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
PQ-3391-son qarori
da belgilangan vazifalarni amalga oshirish, milliy musiqa san’atini, xususan, maqom ijrochiligi an’analarini rivojlantirish, ijodiy jarayonlarni yanada takomillashtirish hamda professor-o‘qituvchilarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan, bugun
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti
da
“Maqom xonandaligi
” hamda “
Maqom cholg'u ijrochiligi
” kafedralarining professor o'qituvchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
✅
Uchrashuv davomida kafedralarning yil davomida amalga oshirgan ijodiy ishlari, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ijodiy rejalar atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan, talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan sinf konsertlarini muntazam tashkil etish, yangi ashula va kuylar, musiqiy asarlar yaratish, mahorat darslarini o‘tkazish, maqom asarlarini ijro va nota shaklida yozib olish, milliy musiqa merosini targ‘ib etuvchi ijodiy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ustoz va talabalar hamkorligida yangi ijodiy namunalar yaratish, mumtoz va an’anaviy maqom asarlarini qayta tiklash, ularni audio va video formatlarda saqlash hamda kelajak avlodga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
✅
Jarayonda professor-o‘qituvchilarning ijodiy izlanishlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, ijodiy konsert dasturlari va mahorat darslari sonini oshirish, yangi musiqiy asarlar yaratish hamda maqom san’atining noyob namunalarini tizimli ravishda yozib olish va targ‘ib etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Uchrashuv yakunida maqom san’atini rivojlantirish, ijodiy merosni asrab-avaylash va zamonaviy ijodiy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.
😁
O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐
uzmmsi.uz
|
✈️
Telegram
|
📒
Facebook
|
📷
Instagram
|
🖤
YouTube
|
📚
ARM EK