Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

uzrailpassuz
“O’zbekiston temir yo‘llari" AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning rasmiy sahifasi Facebook: https://www.facebook.com/uzrailpass Instagram: https://www.instagram.com/uzrailpass/ Website: https://uzrailpass.uz/ Elektron chiptalar: https://eticket.railway.uz
Подписчики
16 700
24 часа
-66
30 дней
-700
Просмотры
5 326
ER
31,89%
Посты (30д)
21
Символов в посте
772
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Путешествия и география
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Туризм и гостиничный бизнес
Краткое описание
October 27, 02:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#TemirYolVokzallari
#CIP
#ToshkentShimoliy
🚆
TOSHKENT-SHIMOLIY VOKZALIDA CIP ZALI FAOLIYATINI BOSHLADI
Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilar uchun zamonaviy CIP zali o‘z faoliyatini boshladi.
☕️
Qulaylik va osoyishtalik bir maskanda!
CIP zalida yo‘lovchilar uchun safar oldidan vaqtni mazmunli va maroqli o‘tkazishga xizmat qiluvchi qulayliklar yaratilgan:
🔹
Bepul Wi-Fi;
🔹
Turli xil ichimliklar, qahva va choy;
🔹
Individual xizmat ko‘rsatish;
🔹
Shinam va osoyishta kutish muhiti;
🔹
Safar oldidan hordiq chiqarish uchun qulay sharoitlar.
✨
Endilikda yo‘lovchilar poyezd jo‘nashini kutish vaqtida qulay muhitda dam olish, internetdan foydalanish va o‘z vaqtlarini yanada mazmunli o‘tkazishlari mumkin.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

October 26, 13:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#no_comment
#Samarqand
#Vokzal
Tungi vokzal
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

October 23, 09:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA!
“Choshtepa” bekatida poyezd va metro o‘rtasida qulay transport almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi
Yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida,
2026-yil 23-oktabrdan
metro bilan integratsiyalashgan “Choshtepa” temiryo‘l bekati foydalanishga topshiriladi.
Endilikda yo‘lovchilar shaharlararo elektropoyezddan tushib, metroga qulay tarzda o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Yangi bekat yo‘lovchilarga quyidagi qulayliklarni yaratadi:
Poyezd va metro o‘rtasida qulay transport almashinuvi;
Manzilga yetib borishda vaqtni tejash;
Safarlarni yanada qulay rejalashtirish;
Shahar transportidan samarali foydalanish.
Poyezdlar harakat jadvali:
https://ticket.elektropoyezd.uz/schedule
Ma’lumot uchun:
+998 71 237-89-14
Yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz transport xizmatlarini rivojlantirish borasidagi ishlar davom etadi.
"Shahar atrofida yo'lovchi tashish" MChj matbuot xizmati
Telegram
l
Vebsite
l
YouTube
l
Instagram
l
X

October 23, 07:39
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#milliy_liboslar
Juma — milliy liboslar kuni
“Öztemiryölyölovçi” AJda har juma kuni milliy liboslar kuni sifatida nişonlanmoqda. Uşbu taşabbus milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş, ularni keng tarğib qiliş hamda iş muhitida milliy ruhni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Vokzal xodimlari milliy liboslarda faoliyat olib borib, yölovçilarga xizmat körsatiş bilan birga, milliy an’analarimiz va boy madaniyatimizga hurmat ifodasini namoyon etmoqda.
🚉
“Öztemiryölyölovçi” AJ matbuot xizmati
📲
Telegram
🌐
Website
🖤
YouTube
📷
Instagram
📒
Facebook

October 22, 10:58
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🛡
Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning mas’uliyatimiz!
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida tayyorlangan videorolikni e’tiboringizga havola etamiz.
✅
Halollik, ochiqlik va qonuniylik — faoliyatimizning asosiy mezonlari. Har bir xodimning o‘z vazifasiga vijdonan yondashishi, fuqarolarning esa korrupsion holatlarga befarq bo‘lmasligi ushbu illatning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaylik — halollikni birgalikda qadriyatga aylantiraylik!
🚉
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
📲
Telegram
🌐
Website
🖤
YouTube
📷
Instagram
📒
Facebook

October 21, 17:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kun bilan tabriklaymiz!
Til - millat ovozi, qadr-qimmatimiz va kuchimizdir!
|
Site
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
X

October 20, 01:45
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📢
Hurmatli yo‘lovchilar!
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida
732/731-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent”
yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi tarkibi zamonaviy
“CRRC-Daliyan” elektropoyezdiga almashtiriladi.
🚆
Qatnovlar amaldagi harakatlanish kunlarida quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
➡️
732-sonli “Toshkent — Andijon”
🗓
2026-yil 21-oktabrdan boshlab:
• Toshkent-Yo‘lovchi vokzalidan jo‘nash —
18:40
;
• Andijon-1 vokzaliga yetib borish —
23:12
.
➡️
731-sonli “Andijon — Toshkent”
🗓
2026-yil 22-oktabrdan boshlab:
• Andijon-1 vokzalidan jo‘nash —
07:20
;
• Toshkent-Yo‘lovchi vokzaliga yetib borish —
12:12
.
Elektropoyezd
5 ta ekonom toifadagi vagondan
iborat bo‘lib, jami
415 nafar yo‘lovchiga
mo‘ljallangan.
⚠️
Muhim!
Elektropoyezdni haftalik texnik ko‘rikdan o‘tkazish munosabati bilan
2026-yil 26-oktabrdan boshlab har dushanba kuni 730/729-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” qatnovi bekor qilinadi.
🕒
Shuningdek, quyidagi poyezdlarning harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi:
•
21-oktabrdan
— 125/126-sonli “Andijon — Xiva/Urganch”, 129/130-sonli “Andijon — Termiz”, 127/128-sonli “Andijon — Qo‘ng‘irot”, shuningdek, 6312, 7091, 7093 va 7094-sonli mahalliy qatnovlar;
•
22-oktabrdan
— 95/97-sonli “Andijon — Toshkent”;
•
24-oktabrdan
— 93-sonli “Andijon — Toshkent” hamda 98/94-sonli “Toshkent — Andijon”;
•
25-oktabrdan
— 734/92-sonli “Toshkent — Andijon”;
•
26-oktabrdan
— 733-sonli “Andijon — Toshkent”;
•
27-oktabrdan
— 91-sonli “Andijon — Toshkent”.
130/129-sonli “Termiz — Andijon”
poyezdining 20-oktabrdan Termizdan jo‘naydigan qatnovi uchun Toshkent-Janubiy — Andijon qismidagi yangi jadval
21-oktabrdan
amal qiladi.
🎫
Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni inobatga olishlarini hamda jo‘nash vaqtini oldindan aniqlashtirishlarini so‘raymiz.
🚉
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
📲
Telegram
🌐
Website
🖤
YouTube
📷
Instagram
📒
Facebook

October 18, 12:29
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

1005 — har kuni mingga yaqin murojaat, har bir yo‘lovchiga e’tibor
✅
Safarni rejalashtirish aniq ma’lumotdan boshlanadi. “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning
1005 qisqa raqamli call-markazi
yo‘lovchilar uchun kerakli ma’lumotni olish va savollariga javob topishda muhim aloqa kanalidir.
Call-markazga
kuniga o‘rtacha 1 000 ta qo‘ng‘iroq
kelib tushadi. Yo‘lovchilar, asosan, kerakli yo‘nalish va sanaga chiptalar mavjudligi hamda poyezdlarning qatnov yo‘nalishlari haqida murojaat qilishadi. Operatorlar ushbu savollar bo‘yicha ma’lumot berib, yo‘lovchilarga safarlarini rejalashtirishda ko‘maklashmoqda.
➡️
1005 — shunchaki qisqa raqam emas. Bu temir yo‘l va yo‘lovchi o‘rtasidagi bevosita muloqot, har kuni mingga yaqin murojaat bilan ishlaydigan jamoa va aholiga axborot xizmati ko‘rsatish tizimidir. Har bir qo‘ng‘iroq ortida esa alohida savol, safar rejasi va ishonch turadi.
Yo‘nalishlar va chiptalar mavjudligi bo‘yicha savolingiz bormi? 1005 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling — safaringizni birgalikda rejalashtiramiz!
🚉
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
📲
Telegram
🌐
Website
🖤
YouTube
📷
Instagram
📒
Facebook

October 15, 07:30
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

“Nasaf” poyezdi va Guliston vokzalining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
✅
Bugun “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ bosh direktori Sherali Yusupov hamda bir qator mas’ul xodimlar ishtirokida Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida qatnovchi 716-sonli “Nasaf” poyezdi va Guliston temir yo‘l vokzalining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
➡️
O‘rganish davomida mavsumiy tayyorgarlik ishlari, yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlariga e’tibor qaratildi. Kuz-qish mavsumida yo‘lovchilarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
🍔
Shuningdek, ishchi-xodimlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning savollari, fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Suhbat davomida mehnat sharoitlari, kundalik faoliyatda yuzaga kelayotgan masalalar hamda ish jarayonlarini yanada yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.
🚉
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
📲
Telegram
🌐
Website
🖤
YouTube
📷
Instagram
📒
Facebook

October 13, 07:42
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Savollarga javob
Toshkent—Samarqand yo‘nalishidagi poyezdning umumiy va sanitariya holati yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarga e’tibor bilan qaraymiz.
Yo‘lovchilar uchun xavfsiz, qulay va ozoda sharoit yaratish ustuvor vazifalarimizdan biridir. Bildirilgan e’tirozlar mas’ullar tomonidan o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xizmat sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz.
🚉
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
📲
Telegram
🌐
Website
🖤
YouTube
📷
Instagram
📒
Facebook