Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

UzReport.news

uzreport_uz
O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Подписчики
23 042
24 часа
-14
30 дней
-558
Просмотры
1 433
ER
6,22%
Посты (30д)
524
Символов в посте
516
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
July 29, 06:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Markaziy bank asosiy stavkani
14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
.
🟣
2026-yil iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 6,4 foizga yetdi, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlanib qoldi.
🟣
Umumiy inflyatsiya 2026-yil yakunida 6,5 foiz atrofida, iqtisodiy oʻsish prognozi esa 7,5–8 foiz darajasida saqlab qolindi.
🟣
Joriy yilning iyun oyida energiya va toshko‘mir narxlarining oshishi ta’sirida umumiy inflyatsiya sur’atlarining qisqa muddatli yuqorilashi kuzatilmoqda.
🟣
Markaziy bankning pul-kredit siyosati inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajaga pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining xarid qobiliyatini saqlashga qaratilgan bo‘lib qoladi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

July 29, 06:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

El-Salvadorning Oʻzbekistondagi elchisi tayinlandi
Elchi Yuriy Pavel Santakrus Perdomo Oʻzbekiston TIV vaziriga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

July 29, 05:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuviga munosabat bildirdi
"AQSH prezidenti bilan Patriot tizimlari uchun tutib qoluvchi raketalar ishlab chiqarishni litsenziyalashni, shuningdek, foydali boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa bir qancha gʻoyalarni muhokama qildik.
Shuningdek, diplomatiya haqida ham gaplashdik. Tinchlikka erishishda diplomatik jarayonga yangi surʼat bagʻishlash juda muhim. Jamoalarimiz keyingi muloqot tafsilotlarini oʻzaro muvofiqlashtiradi. Doimiy qoʻllab-quvvatlovi uchun Qoʻshma Shtatlardan minnatdorman", — dedi Ukraina prezidenti.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

July 29, 04:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Nukusdagi barcha koʻp qavatli uylar markazlashgan issiqlik tizimiga ulanadi
Nukus shahridagi qozonxona
kogeneratsiya texnologiyalari
asosida modernizatsiya qilinadi. Loyiha doirasida soatiga
34,4 gigakaloriya
(amaldagi quvvat 1,6 gigakaloriya) issiqlik va
21,5 megavatt
elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy majmua barpo etiladi.
Shuningdek,
28
kilometr
issiqlik tarmogʻi tortilib,
189
ta individual issiqlik punkti oʻrnatiladi. Koʻp qavatli uylar va ijtimoiy obyektlarning
ichki isitish tizimlari tiklanadi
, zarur gaz va elektr infratuzilmasi yangilanadi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

July 29, 04:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Toshkentdagi koʻchalardan biri 30-avgustgacha yopiladi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari sabab Bunyodkor shoh koʻchasining bir qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.
Chilonzor tumani hokimining tegishli qarori va vakolatli tashkilotlar ruxsatnomalari asosida Bunyodkor shoh koʻchasining ikkinchi darajali qismi boʻylab, KXAY yoʻlining Chilonzor metro bekatidan Soʻgalli ota koʻchasigacha boʻlgan hududda mavjud suv tarmogʻi mukammal taʼmirlanadi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

July 28, 15:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Davlatimiz rahbari Ostona shahrida “Kelajak oʻyinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

July 28, 14:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi sogʻliqni saqlash vaziri Fahad bin Abdulrahmon al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Soʻnggi yillarda hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ayniqsa, “ACWA” kompaniyasi bilan yirik qoʻshma loyihalar amalga oshirilayotgani alohida taʼkidlandi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

July 28, 13:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

B2 sertifikati yoʻq xorijiy til oʻqituvchilari ishdan boʻshatilishi mumkin.
Hukumat qarori loyihasiga koʻra, B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan xorijiy til oʻqituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish taklif etilmoqda.
Hujjat 12-avgustgacha jamoatchilik muhokamasida boʻladi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

July 28, 12:15
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

500 AQSH dollarigacha naqd chet el valyutasini pasportsiz xarid qilish mumkin boʻladi
🟣
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
🟣
2026-yil 9-avgustdan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini sotib olishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladigan limit 100 AQSH dollaridan 500 AQSH dollarigacha oshiriladi.
🟣
Oʻzgarishlarga koʻra, ekvivalenti 500 AQSH dollarigacha boʻlgan naqd chet el valyutasini xarid qilishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish talab etilmaydi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

July 28, 11:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Jenevada O‘zbekistonning JSTga a‘zoligi bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tmoqda
UzReport TV da uzatilayotgan jonli efir orqali jarayonni tomosha qiling
👉
https://www.youtube.com/live/RYRCRSBVgiU?si=edCf0WiPRr5lYtjh
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website