
Uztelecom matbuot kotibi | Timur Mamadjanov
🔺
Qoraqalpog'iston Respublikasi va Beruniy tumani aholisi diqqatiga!
✅
Sizda telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishda muammolar va sohani rivojlantirish bo‘yicha savollar yoki takliflar bo‘lsa “O‘zbektelekom” AK hamda Kompaniyaning Shimoliy filiali rahbar va mutaxassislari ishtirokida o‘tkaziladigan Sayyor qabulga tashrif buyuring.
📅
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, muammoli masalalarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rib chiqish maqsad qilingan Sayyor qabul 2026-yil 21-aprel kuni soat 11:00 da boshlanadi.
📍
Manzil:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumani "Tinchlik" OFY, Tutzor ko‘chasi 13/1-uy manzili, Beruniy tumani "Tinchlik" OFY binosi.
😀
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati
👍
Social media
|
🛜
Mobile App
|
🛜
PRESS
|
👍
Blog
🔺
“Telekommunikatsiya korxonalarida texnik hisob va pasportlashtirish” mavzusidagi masofaviy o‘quv kursi yakunlandi
✅
“Telekommunikatsiya korxonalarida texnik hisob va pasportlashtirish” mavzusidagi masofaviy o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu kurs davomida tinglovchilar telekommunikatsiya tizimlarida texnik hisob yuritish, qurilmalar va infratuzilmani pasportlashtirish, ma’lumotlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
🌐
“TMS Hub” filiali tomonidan tashkil qilingan mazkur maskur o‘quv kursiga “Telecom Soft” mas’uliyati cheklangan jamiyatning malakali mutaxassislari o‘qituvchi-trener sifatida jalb etildi.
⚡️
Batafsil
|
⚡️
Подробно
|
⚡️
More
😀
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati
👍
Social media
|
🛜
Mobile App
|
🛜
PRESS
|
👍
Blog
📢
SAMARQANDDA XALQARO FORUM VA YOSHLAR SAMMITI O‘TKAZILADI
✅
2026-yil 20-21-aprel kunlari
Samarqand shahrida BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi
bilan hamkorlikda
“Jamoat salomatligi va xavfsizlgini ta'minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida global forum
bo'lib o'tadi.
Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad:
➡️
narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish
samaradorligini
oshirish;
➡️
ilg‘or
xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va amaliyotga joriy etish;
➡️
zamonaviy
narkotahdidlarga qarshi kompleks yondashuvlarni
ishlab chiqish;
➡️
giyohvandlikka qarshi kurashda davlatlararo va xalqaro hamkorlikni
mustahkamlashdan iborat.
Tadbirda:
🟢
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Interpol, Yevropa Ittifoqi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Jahon bojxona tashkiloti hamda shu kabi boshqa 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar,
🟢
50 ga yaqin davlatdan
huquqni
muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari,
🟢
500 ga yaqin xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislari
ishtirok etishi kutilmoqda.
🔅
Batafsil
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🛡
Безопасный интернет ребенку — спокойствие для родителей
Мы знаем, как важно быть на связи с ребенком. Но еще важнее знать, что интернете он под надежной защитой. Специально для этого мы создали тариф «Farzand».
Что внутри?
🤖
10 ГБ на топовые AI-сервисы (
ChatGPT, Claude, Perplexity AI, Microsoft Copilot, Mistral, Poe
).
👨👩👧👦
Безлимитные звонки по Узбекистану и целых 50 ГБ на Telegram и WhatsApp.
🚕
Безлимитный трафик на Yandex Go и MyGov.
📚
Бесплатные аудиокниги и электронные книги с Premium-подпиской на сервисе LitRes.
🛜
Сервис для изучения языков Duolingo доступен без расхода интернет-трафика!
📱
Безлимитный доступ к контенту 0+ на TelecomTV, 50 ГБ в зоне TAS-IX.
Внешний интернет полностью отключен. Доступны только вышеуказанные сервисы.За 55 000 сумов в месяц вы дарите ребенку свободу общения, а себе — уверенность.
Перейти на тариф можно через приложение MyUztelecom или с помощью USSD-кода *111*2*11*7#.
🌐
Uztelecom
Технологии для каждого
🛡
Farzand uchun xavfsiz internet — ota-onalar uchun xotirjamlik
Farzandingiz bilan har doim aloqada bo‘lish qanchalik muhimligini yaxshi bilamiz. Ammo u internet olamida ishonchli himoyada ekanini bilish undan ham muhimroq. Aynan shu maqsadda biz “Farzand” tarifini yaratdik.
Tarif ichida nimalar bor?
🤖
Eng zo‘r AI-servislar uchun 10 GB (ChatGPT, Claude, Perplexity AI, Microsoft Copilot, Mistral, Poe).
👨👩👧👦
O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar hamda Telegram va WhatsApp uchun 50 GB.
🚕
Yandex Go va MyGov xizmatlaridan foydalanish uchun cheksiz trafik.
📚
Premium-obuna bilan LitRes xizmatida bepul audiokitoblar va elektron kitoblar olami.
🛜
Duolingo til o‘rganish servisiga cheksiz internet trafik
📱
TelecomTV’da 0+ kontentlariga cheksiz kirish imkoni va TAS-IX hududi uchun 50 GB.
Tashqi internet to‘liq o‘chirilgan. Faqat yuqorida ko‘rsatilgan servislardan foydalanish mumkin. Oyiga 55 000 so‘m evaziga siz farzandingizga muloqot erkinligini, o‘zingizga esa mutlaq ishonchni hadya etasiz.
Tarifga MyUztelecom ilovasi orqali yoki *111*1*11*7# USSD-kodi yordamida o‘tish mumkin.
🌐
Uztelecom
Barcha uchun texnologiyalar
🔺
Фарзандлар
ингиз учун
инглиз тили курси
бошланди!
🌐
“TMS Hub” филиали
томонидан болалар учун махсус инглиз тили курслари ташкил этилмоқда. Фарзандингиз эрта ёшдан инглиз тилини қизиқарли ва самарали ўрганишини истайсизми?
🚀
Ҳозир қўшилиш учун энг яхши вақт!
⚡️
Тажрибали ўқитувчи ва болаларга мос замонавий методика
⚡️
Дарслар ўйинлар ва интерактив машғулотлар асосида
⚡️
Биринчи дарслардан бошлаб гапириш амалиёти
⚡️
Турли ёш ва даражалар учун мос
💡
Дарслар қизиқарли муҳитда ўтади, доимий фикр-мулоҳаза ва қўллаб-қувватлаш мавжуд!
⚡️
Натижада фарзандингиз:
⚡️
инглиз тилига қизиқиши ортади
⚡️
асосий сўз бойлигини шакллантиради
⚡️
тушуниш ва гапириш кўникмаларини ривожлантиради
⚡️
мактаб дарсларини осонроқ ўзлаштиради
📞
+998 99 793 07 67
***
🔺
Курс английского языка для детей!
🌐
Филиал “TMS Hub”
организует специальные курсы английского языка для детей. Хотите, чтобы ваш ребёнок начал уверенно изучать английский язык в интересной и поддерживающей атмосфере?
🚀
Сейчас — лучшее время присоединиться!
⚡️
Опытный преподаватель и современные методики обучения детей
⚡️
Уроки проходят в игровой и интерактивной форме
⚡️
Разговорная практика с первых занятий
⚡️
Подходит для разных возрастов и уровней подготовки
💡
Детей ждут интересные занятия, поддержка и регулярная обратная связь!
⚡️
В результате ребёнок:
⚡️
заинтересуется английским языком
⚡️
расширит словарный запас
⚡️
улучшит навыки понимания и речи
⚡️
будет увереннее чувствовать себя на школьных уроках
📞
+998 99 793 07 67
👍
Social media
|
🛜
Mobile App
|
🛜
PRESS
|
👍
Blog
🌐
Uztelecom “TMC Job Fair 2026” mehnat yarmarkasida faol ishtirok etdi!
📅
Joriy yilning 17-aprel kuni poytaxtimizdagi TMC institutida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik ish yarmarkasi tashkil qilindi.
📈
1000 dan ortiq iqtidorli talabalar, bitiruvchilar va 50 dan ziyod davlat hamda xususiy tashkilotlar ishtirokidagi mazkur nufuzli tadbirda Uztelecom ham o‘zining maxsus stendi bilan qatnashdi.
⚡️
Yarmarka davomida yosh mutaxassislar bilan o‘tkazilgan muloqotda kompaniya faoliyati va soha yangiliklari xususida ularni qiziqtirgan ma’lumotlar berildi.
😀
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati
👍
Social media
|
🛜
Mobile App
|
🛜
PRESS
|
👍
Blog
📈
Xodimlar ishlayapti, lekin samaradorlik pasayganmi?
🌐
Telecom Soft HRM
bu muammoni hal qiladi:
⚡️
Barcha jarayonlar bir tizimdan boshqariladi;
⚡️
Vazifalar o‘z vaqtida bajariladi;
⚡️
Yuklama to‘g‘ri taqsimlanadi;
⚡️
Natijalar oshadi;
⚡️
Yo‘qotishlar kamayadi.
***
📈
Работа идёт, но эффективность падает?
🌐
Telecom Soft HRM
решает эту проблему:
⚡️
Все процессы в одной системе;
⚡️
Задачи выполняются в срок;
⚡️
Нагрузка распределяется правильно;
⚡️
Результаты растут за счёт контроля;
⚡️
Потери сокращаются.
📞
+998(71) 100-39-39
👍
Social media
|
🛜
Mobile App
|
🛜
PRESS
|
👍
Blog
🔺
“Bor mehrimiz senga, bolajon!” – mehr ulashilgan donorlik aksiyasi
✅
Jamiyatda mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat kabi qadriyatlarni mustahkamlashda xayriya tadbirlari muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, donorlik aksiyalari hayotni saqlab qolishga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
🌐
“O‘zbektelekom” AK “Ixtisoslashtirilgan texnik” filiali hamda Respublika qon quyish markazi hamkorligida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida donorlik aksiyasi tashkil etildi.
⚡️
Batafsil
|
⚡️
Подробно
|
⚡️
More
😀
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati
👍
Social media
|
🛜
Mobile App
|
🛜
PRESS
|
👍
Blog
🔺
Uztelecom Tier III TCDD xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi
✅
Zamonaviy data-markazlar qurilishi loyihasi bo‘yicha Uptime Institute tomonidan beriladigan Tier III TCDD
(Tier Certification of Design Documents) xalqaro sertifikati
data-markazlarning loyihaviy yechimlari, muhandislik infratuzilmasi hamda texnik parametrlarining ishonchlilik, uzluksizlik va barqarorlik bo‘yicha xalqaro standartlarga to‘liq mos kelishini tasdiqlaydi.
✅
Loyiha “Raqamli O‘zbekiston – 2030” davlat dasturi doirasida amalga oshirilmoqda va Toshkent, Farg‘ona hamda Buxoro viloyatlarida data-markazlar qurilishini nazarda tutadi. Loyihaning asosiy maqsadi zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va obyektlarning xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlashdan iborat.
Tier III TCDD sertifikati loyihalash bosqichidayoq berilishi bilan ajralib turadi. Bu esa dastlabki bosqichda ehtimoliy kamchiliklarni aniqlash, texnik xatarlarni kamaytirish va keyingi ekspluatatsiya samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Qurilayotgan data-markazlar davlat axborot tizimlari, bulutli xizmatlar, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash (Big Data) hamda moliyaviy texnologiyalar (FinTech) rivoji uchun muhim texnologik platforma bo‘lib xizmat qiladi.
◽️
Mazkur sertifikatning qo‘lga kiritilishi
O‘zbekistonning mintaqaviy IT-xab sifatidagi o‘rnini mustahkamlash
, raqamli xizmatlar eksportini rivojlantirish va mamlakatning texnologik mustaqilligini oshirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. Kompaniya kelgusida ushbu data-markazlar uchun Uptime institutening TIER III TCCF va TCOS sertifikatlarini ham olishni rejalshtirilgan va bu borada o‘rnatilgan tartibdan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
⚡️
Batafsil
|
⚡️
Подробно
|
⚡️
More
😀
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati
👍
Social media
|
🛜
Mobile App
|
🛜
PRESS
|
👍
Blog