
Transport nazorati inspeksiyasi
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Transport nazorati inspeksiyasi Yo‘l qurilishini nazorat qilish Andijon viloyati hududiy bo‘limi
tomonidan yo‘llarda qurilish sifati va texnik me’yorlarga rioya etilishini ta’minlash, mavjud kamchiliklarning oldini olish hamda qonunchilik talablariga amal qilish maqsadida seminar tashkil etildi. Tafsilotlar
"ZOR TV" telekanali "BU KUN"
informatsion dasturlarida yoritildi.
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
🌐
Тelegram
|
🌐
Facebook
|
▶️
YouTubе
Navoiy shahrida jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash tizimi to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi
Mazkur tizimning samarali ishlashini ta’minlash, yo‘lovchilar tomonidan yo‘l haqi to‘lovlarining o‘z vaqtida va belgilangan tartibda amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida nazorat va profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Nazorat tadbirlari Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Navoiy viloyati hududiy bo‘limi hamda Navoiy viloyati transport boshqarmasi huzuridagi “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi xodimlari hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tadbirlar davomida jamoat transportidan foydalanayotgan yo‘lovchilar tomonidan elektron to‘lovlarning amalga oshirilishi, shuningdek, belgilangan to‘lov tartibiga rioya etilishi o‘rganilmoqda.
Hurmatli yo‘lovchilar!
Jamoat transportidan foydalanishda yo‘l haqini belgilangan tartibda, o‘z vaqtida va elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirishingizni so‘raymiz.
Yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash — jamoat transporti tizimining barqaror ishlashi va xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
🌐
Тelegram
|
🌐
Facebook
|
▶️
YouTubе
Namangan аxboroti |
Transport xizmati sohasida yangi imkoniyatlar
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
🌐
Тelegram
|
🌐
Facebook
|
▶️
YouTubе
25 OKTABR — IÇKI IŞLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI MUBORAK!
Transport nazorati inspeksiyasi jamoasi içki işlar tizimida xizmat qilayotgan barça xodimlarni hamda qadrli faxriylarni Özbekiston Respublikasi Içki işlar organlari taşkil etilganining 35-yilligi va 25-oktabr — Içki işlar organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
Sizlarning şarafli va mas’uliyatli xizmatingiz xalqimiz osoyiştaligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş hamda yurtimizda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uşbu qutluğ ayyomda barçangizga mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka, şarafli xizmat faoliyatingizda ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bölsin! Yurtimiz tinç, xalqimiz omon, osmonimiz musaffo bölsin!
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
🌐
Тelegram
|
🌐
Facebook
|
▶️
YouTubе
#Murojaatdan_natijaga
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Usmanov tomonidan Navoiy viloyatida fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun sayyor qabul o`tkazilgani yuzasidan
xabar bergan edik.
Sayyor qabulda tushgan murojaatlar asosida Avtomobil transportida nazorat Navoiy viloyati hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazilib, tadbirkorlar talabi nazoratga olindi. Tafsilotlar
Navoiy teleradiokanali
lavhasida.
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
🌐
Тelegram
|
🌐
Facebook
|
▶️
YouTubе
DIQQAT: ANONIM SO‘ROVNOMA!
Transport nazorati inspeksiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini baholash, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aholi va keng jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida anonim so‘rovnoma
o‘tkazilmoqda.
So‘rovnomada ishtirok etish orqali Siz o‘z fikr-mulohazalaringiz, taklif va tavsiyalaringizni bildirishingiz, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.
So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi
va ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari talab etilmaydi. Bildirilgan fikrlar umumlashtirilgan holda tahlil qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishda foydalaniladi.
So`rovnomaga
ushbu havola
orqali kirishingiz mumkin.
Sizning fikringiz — samarali nazorat, ochiqlik va korrupsiyadan xoli faoliyat sari muhim qadam!
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
🌐
Тelegram
|
🌐
Facebook
|
▶️
YouTubе
HUDUD | Andijon
TASHABBUSLI BUDJET: XO‘JAOBODNING CHEKKA MAHALLALARIDA YO‘LLAR ASFALTLANDI
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida “Tashabbusli budjet” loyihasining ikkinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan mahallalarda yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshirildi.
Ushbu yo‘llarda qurilish sifati va texnik me’yorlarga rioya etilishini ta’minlash, mavjud kamchiliklarning oldini olish hamda qonunchilik talablariga amal qilish maqsadida
Transport nazorati inspeksiyasi Yo‘l qurilishini nazorat qilish Andijon viloyati hududiy bo‘limi
tomonidan seminar tashkil etildi.
Seminar davomida yo‘l qurilishi sifatini ta’minlash, ishlarni belgilangan me’yorlar asosida amalga oshirish va nazorat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
📺
Batafsil — “MY5” telekanalining “Hudud” informatsion dasturi lavhasida!
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
🌐
Тelegram
|
🌐
Facebook
|
▶️
YouTubе
Davlat xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati"ning navbatdagi soni taqdim qilindi
Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari mazkur "Siyosiy-ma’rifat soati"ni kuzatib borishdi!
Seminarda inspeksiya xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan qimmatli va muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
🌐
Тelegram
|
🌐
Facebook
|
▶️
YouTubе
🔴
Yo‘l-qurilishida 31,3 milliard so‘mlik sifatsiz ishlar uchun to‘lovning oldini olish choralari ko‘rildi
Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan brifingda Transport nazorati inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Firdavs Xayriddinov yo‘l-qurilish ishlari ustidan nazorat natijalarini
ma’lum qildi.
2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida
5 815 ta qoidabuzarlik
aniqlandi. Sifatsiz bajarilgan ishlar bo‘yicha 492 ta holatda jami 31 milliard 362 million so‘mlik ish hajmini to‘lovdan chiqarish yuzasidan buyurtmachilarga talabnomalar kiritildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 2 103 ta majburiy ko‘rsatma berildi, qonunchilik talablariga rioya etilmagan holatlar yuzasidan 452 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Yangi qonunchilikdagi o‘zgarishlar bilan inspeksiyaning qonuniy talablarini bajarmaslik uchun jarimalar miqdori ham qayta ko‘rib chiqildi. Yo‘l-qurilish obyektlarini ro‘yxatga olishdan foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan nazorat jarayonlari esa «Yo‘l sifat nazorati» axborot tizimi orqali yuritilmoqda.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
A-380 avtomobil yo‘lining Qashqadaryo viloyatdan o‘tuvchi 100 kilometr qismi rekonstruksiya qilinadi
Qashqadaryoda
yo‘l infratuzilmasini yaxshilash
bo‘yicha ham yirik loyihalar amalga oshiriladi. Osiyo taraqqiyot banki bilan
A-380 avtomobil yo‘lining viloyatdan o‘tuvchi 100 kilometr qismini rekonstruksiya qilish
boshlanadi. Loyiha qiymati
350 million dollar.
Qarshi shahrining aylanma yo‘li 5,5 kilometrga uzaytirilib,
mazkur magistralga ulanadi. Masʼullarga texnik-iqtisodiy asoslarni shu yil yakunlab, yanvardan qurilishga kirishish topshirildi.
“Qarshi – Pomuq” va “G‘uzor – Beynau” yo‘llaridagi temir yo‘l kesishmalarida
poyezd o‘tayotgan vaqtda
katta tirbandlik
yuzaga kelmoqda. Bu joylarda qiymati
250 milliard so‘m bo‘lgan ikkita zamonaviy yo‘l o‘tkazgich
quriladi.
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
🌐
Тelegram
|
🌐
Facebook
|
▶️
YouTubе