
UzTextile-News
🔳
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Bugun “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining xalqaro aloqalar va sohani raqamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Saida Abduaxatovna Mirhamidovaning
tavallud kuni.
Uyushma jamoasi Saida Abduaxatovnani ushbu sana bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Mamlakatimiz to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va sohani raqamlashtirish yo‘lidagi faoliyatida yangi yutuq va zafarlar yor bo‘lsin!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi jamoasi
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔳
Поздравляем с днём рождения!
Сегодня день рождения отмечает
Саида Абдуахатовна Мирхамидова
, заместитель председателя Ассоциации «Узтекстильпром» по международным связям и вопросам цифровизации отрасли.
Коллектив Ассоциации искренне поздравляет Саиду Абдуахатовну и желает ей крепкого здоровья, семейного благополучия и больших успехов в профессиональной деятельности.
Пусть работа по расширению международного сотрудничества, наращиванию экспортного потенциала текстильной отрасли Узбекистана и развитию цифровой трансформации приносит новые достижения и значимые результаты!
С днём рождения!
Коллектив Ассоциации «Узтекстильпром»
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
#Uztextileprom
#Uztextile
#TextileNews
🇺🇿
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida hamkorlikni rivojlantirish va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🔳
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi
Muhammad Bahramovich Jumaniyozov
hamda FACTOR kompaniyasi tarkibiga kiruvchi ZOLLA va NICE&EASY brendlari rahbari
Alfrida Galeeva
o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda brendlarning O‘zbekistondagi faoliyati, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi.
Uyushma raisi brendlarni O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikning barcha bosqichlarida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi. Ushbu ko‘mak samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda brendlarning mamlakatimizdagi faoliyatini yanada kengaytirishga qaratilgan.
Muzokaralar yakunida brend tomonidan quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi:
1️⃣
Mahsulot assortimentini kengaytirish va fabrikalarda yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini rivojlantirish;
2️⃣
O‘rta bo‘g‘in rahbarlarining malakasini oshirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini samarali boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish;
3️⃣
Mahsulot sifatini oshirish va uning xalqaro brendlar talablariga muvofiqligini ta’minlash.
Belgilangan yo‘nalishlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, hamkorlik samaradorligini kuchaytirish hamda O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Barqaror hamkorlik, yuqori sifat va professional boshqaruv xalqaro bozorda muvaffaqiyat qozonishning asosiy omillari hisoblanadi.
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
#Uztextile
#TextileIndustry
#ZOLLA
#NICEandEASY
#FACTOR
#Uzbekistan
🇺🇿
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va «Sportmaster» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
🔳
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining o‘rinbosari Saida Mirhamidova Rossiyaning yetakchi federal brendlaridan biri bo‘lgan «Sportmaster» kompaniyasi direktori Svetlana Lyaper bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalariga buyurtmalarni joylashtirish va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga ta’sir qilayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
1. Xomashyo narxining shakllanishida shaffoflik
Ip, mato va boshqa materiallar narxini shakllantirishning tushunarli tamoyillari buyurtmachilarga mahsulot tannarxini xolis baholash, xaridlarni rejalashtirish va hamkorlik shartlarini kelishish imkonini beradi.
2. Aksessuarlar va furnitura assortimentini kengaytirish
Sifatli fermuar, shnur, rezinka va boshqa butlovchi qismlarning mavjudligi murakkabroq hamda bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun muhim. Ushbu yo‘nalishni mamlakatimizda rivojlantirish ishlab chiqarish muddatlarini qisqartirish va importga bog‘liqlikni kamaytirishga xizmat qiladi.
3. Zararli kimyoviy moddalardan foydalanish ustidan nazorat
Ishlab chiqarishda inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kimyoviy moddalardan foydalanish ustidan davlat nazoratining ahamiyati muhokama qilindi. Bo‘yoqlar, pardozlash vositalari va tayyor mahsulot xavfsizligi yirik buyurtmachilarning asosiy talablaridan biridir.
4. Narx shakllanishining barqarorligi va prognoz qilinishi
Narxlarni barqarorlashtirishga xizmat qiluvchi tartibga solish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi. Xomashyo va ishlab chiqarish xarajatlarini oldindan hisoblash imkoniyati korxonalar hamda brendlarga mavsumiy buyurtmalarni rejalashtirish va kelishilgan majburiyatlarni bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday uchrashuvlar xalqaro buyurtmachilar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida bevosita muloqotni mustahkamlash, mavjud to‘siqlarni aniqlash hamda hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi.
Eksportning barqaror o‘sishi uchun ishlab chiqarish quvvatlari bilan bir qatorda, xomashyo xarididan tayyor mahsulot yetkazib berilishigacha bo‘lgan har bir bosqichda ishonch va shaffoflik zarur.
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
#Uztoqimachiliksanoat
#sportmaster
#investitsiya
#eksport
#hamkorlik
#toqimachilik
🇺🇿
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va 900 dan ortiq do‘konga ega Rossiya fashion-riteyleri Melon Fashion Group: muammolardan tizimli yechimlarga.
🔳
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Saida Mirhamidova Rossiyaning yirik fashion-riteylerlaridan biri Melon Fashion Group (MFG) bosh direktori Tatyana Lapina hamda Befree, Zarina va Sela brendlari vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yirik brendlarning O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari bilan hamkorlik jarayonida duch kelayotgan asosiy muammolari ochiq muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Melon Fashion Group o‘rtasida hamkorlikning 4 ta ustuvor yo‘nalishi belgilab olindi:
1️⃣
Boshqaruv kadrlarini rivojlantirish. Korxonalarning o‘zida menejerlarni o‘qitish va tayyorlash, ishlab chiqarishni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish.
2️⃣
Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash. Ishlab chiqaruvchilarning buyurtmalarni barqaror va o‘z vaqtida bajarishi uchun aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qoplashga ko‘maklashuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish.
3️⃣
Buyurtmalar ijrosining shaffofligi. Buyurtma joylashtirilgandan keyin ishlab chiqarish jarayonlarining shaffofligini oshirish, muddatlar, sifat va buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash.
4️⃣
Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish. Bozordagi dolzarb tendensiyalar va brendlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda yangi turdagi trikotaj matolar va tayyor mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqish.
🤝
Uchrashuvning asosiy natijasi muammolarni muhokama qilishdan aniq hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashga o‘tilganidir.
Hamkorlik nafaqat eksport buyurtmalarini ko‘paytirish, balki O‘zbekiston korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, ularning boshqaruv va ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish hamda yirik xalqaro brendlar ishonchini mustahkamlashga qaratilgan.
Kuchli to‘qimachilik sanoati buyurtmalar soni bilan emas, balki ularni barqaror, o‘z vaqtida va sifatli bajara olish salohiyati bilan belgilanadi.
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
#Uztoqimachiliksanoat
#MelonFashionGroup
#Befree
#Zarina
#Sela
#eksport
#hamkorlik
#toqimachilik
🇦🇿
Ozarbayjonning “SARA” brendi O‘zbekistonda ishlab chiqarish korxonasi ochadi
.
🔳
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Saida Mirhamidova Ozarbayjonning yetakchi ayollar kiyimlari ishlab chiqaruvchisi — “SARA” brendi asoschisi Ziyofat Huseynov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“SARA” 1991-yildan buyon ayollar kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, mahsulotlari Ozarbayjonning barcha hududlarida, shuningdek, Rossiya, Yaqin Sharq va Yevropa bozorlarida sotilmoqda. Brend o‘z do‘konlari tarmog‘iga ega.
Ziyofat Huseynov O‘zbekistonda ayollar kiyimlari ishlab chiqaruvchi tikuv korxonasini ochish va to‘qimachilik sohasiga investitsiya kiritish niyatini ma’lum qildi. Muloqotda korxona joylashuvi, xomashyo ta’minoti, ishlab chiqarish quvvatlari va malakali kadrlar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda hamkorlik faqat investitsiya bilan cheklanmasligi ta’kidlanib, savdo masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni “SARA” savdo tarmog‘i orqali Ozarbayjon va xorijiy bozorlarga yetkazib berish hamda mahalliy korxonalar bilan buyurtma asosida hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🤝
Uyushma tomonidan loyihani amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishi, jumladan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy yordam berilishi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida keyingi qadamlar belgilab olindi. Ushbu loyiha yangi ish o‘rinlari yaratish, eksportni kengaytirish hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi sanoat hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
#Uztoqimachiliksanoat
#investitsiya
#eksport
#Ozarbayjon
#hamkorlik
#toqimachilik
🗣
“Sulton Tex Group” rahbari Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni berildi!
22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qashqadaryo viloyatidagi “Sulton Tex Group” to‘qimachilik klasteri rahbari Nurbek Ergashev “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Bundan bir kun oldin davlatimiz rahbari korxonaga tashrif buyurib, ishlab chiqarishga joriy etilgan energiya va resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi. Shuningdek, klasterning 2028-yilgacha yana 30 ming yangi ish o‘rni yaratish rejasi qo‘llab-quvvatlandi.
Bugungi kunda “Sulton Tex Group” mamlakatimiz to‘qimachilik sanoati uchun namunali korxonalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
🤝
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Nurbek Ergashevni yuksak mukofot bilan chin qalbdan tabriklaydi va klaster jamoasiga yangi yutuqlar tilaydi!
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
#SultonTex
#toqimachilik
#klaster
#Qashqadaryo
#Uztoqimachiliksanoat
🗣
«O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT» UYUSHMASI EKSPORTCHI KORXONA VAKILLARINI XALQARO YURIST ISHTIROKIDAGI ZOOM UCHRASHUVIGA TAKLIF ETADI!
Hurmatli korxona vakillari!
Sizlarni shartnomalarni tuzish, rasmiylashtirish va bajarish bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan, xalqaro yurist ishtirokidagi onlayn uchrashuvga taklif qilamiz.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
▪️
xalqaro shartnomalarni tuzish va rasmiylashtirishning huquqiy jihatlari;
▪️
shartnomalarni imzolashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar;
▪️
shartnomaviy majburiyatlarni bajarish va ehtimoliy huquqiy xatarlarning oldini olish;
▪️
xalqaro hamkorlik jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy masalalar.
Uchrashuv korxona vakillariga xalqaro shartnomalar bo‘yicha muhim ma’lumotlar olish hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob olish imkoniyatini yaratadi.
📍
Format: Zoom onlayn uchrashuvi
📅
Sana: 2026-yil 22-oktabr, bugun
🕒
Vaqt: 15:00
⚖️
Mavzu: Xalqaro shartnomalar va hamkorlikning huquqiy jihatlari
🔗
Uchrashuvga ulanish:
https://us06web.zoom.us/j/84500663212?pwd=bj6wH86XCDcQ7H6D1pU2YH2ml2TlJc.1
✅
Barcha eksportchi korxona vakillarini faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
#Uztextileprom
#Uztextile
#TextileNews
Prezidentimizning Qashqadaryoga tashrifining birinchi manzili zamonaviy to‘qimachilik fabrikasi bo‘ldi.
—
Первым пунктом программы поездки Президента нашей страны в Кашкадарью стала современная текстильная фабрика.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifni “Qashqadaryo” erkin iqtisodiy zonasidagi “Sulton Tex Group” toʻqimachilik klasteri fabrikasining faoliyati bilan tanishishdan
boshladi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев
начал
поездку в Кашкадарьинскую область с ознакомления с деятельностью фабрики текстильного кластера «Sulton Tex Group» в свободной экономической зоне «Кашкадарья».
#Mirziyoyev
#safar
#Qashqadaryo
#tuqimachilik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🇺🇿
SOHA BU KUNNI YILLAB KUTDI.
Yillar davomida yopiq eshiklar ortida tayyorlangan loyiha nihoyat ochiladi. Fabrikalar xaridor izlab, xaridorlar ishonchli fabrika izlab o'tkazgan vaqtlar ortda qoladi. «O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasi barcha
ishlab chiqaruvchilar va xalqaro xaridorlarni
26-oktabr
kuni to'qimachilik sohasida hamkorlik qoidalarini butunlay o'zgartiradigan yagona elektron tizim taqdimotiga taklif etadi. Shu kundan boshlab soha boshqacha ishlaydi!
🔵
Tadbir yopiq formatda o'tkaziladi. Ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting, manzil ko'rsatilgan taklifnoma shaxsiyga yuboriladi.
📞
Ro'yxatdan o'tish:
+998 93 539 42 29
😀
Telegram
:
@Nataliya
_uzts
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🇷🇺
ОТРАСЛЬ ЖДАЛА ЭТОГО ДНЯ ГОДАМИ.
Проект, который годами готовился за закрытыми дверями, наконец будет представлен. Время, когда фабрики искали покупателей, а покупатели - надёжные фабрики, остаётся в прошлом. Ассоциация «Узтекстильпром» приглашает всех производителей и
международных покупателей
26 октября
на презентацию единой электронной системы, которая полностью меняет правила сотрудничества в текстильной отрасли. С этого дня отрасль заработает по-новому!
🔵
Мероприятие проводится в закрытом формате. Для участия пройдите регистрацию, приглашение с адресом будет направлено вам лично.
📞
Регистрация: +998 93 539 42 29
😀
Telegram
:
@Nataliya
_uzts
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🇬🇧
THE INDUSTRY HAS WAITED YEARS FOR THIS DAY.
A project developed for years behind closed doors is finally being revealed. The days of factories searching for buyers, and buyers searching for reliable factories, are about to end. «Uztextileprom» Association invites all manufacturers and international buyers on October 26 to the presentation of a unified electronic system that completely changes the rules of partnership in the textile industry. From this day on, the industry will work differently!
🔵
This is a closed event. To take part, please register and an invitation with the address will be sent to you personally.
📞
Registration: +998 93 539 42 29
😀
Telegram
:
@Nataliya
_uzts