Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Uzun tumani hokimligi | Rasmiy kanal |

uzun_ax_x
Мурожаатлар учун саҳифа: @Uzun404bot Страница для подачи обращений: @Uzun404bot 76-228-11-55 Ishonch telefoni
Подписчики
4 871
24 часа
—
30 дней
-124
Просмотры
945
ER
19,4%
Посты (30д)
177
Символов в посте
1 169
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 26, 15:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

​
⚠️
Aholiga ajratilgan suyultirilgan gazning talon-toroj qilinişi va noqonuniy sotilişiga qarşi reydlar davom etmoqda!
Respublika böylab ötkazilayotgan reyd tadbirlari davomida suyultirilgan gazni noqonuniy saqlaş, qimmat narxlarda sotiş hamda elektr energiyasidan qonunga xilof ravişda foydalaniş holatlari aniqlanib, qonunbuzilişlarga nisbatan tegişli çoralar körilmoqda.
🌐
EKSKLYUZIV | Surxondaryo

October 26, 08:00
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🔴
Is gazi — ko‘rinmas xavf: o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
Is gazi (uglerod oksidi – CO) — rangsiz, hidsiz va ta’msiz zaharli gaz. Uni inson sezgi organlari orqali aniqlay olmaydi. Shu bois gazdan zaharlanish xavfi ko‘pincha kech payqaladi. Is gazi yoqilg‘ining to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Nosoz gaz jihozlari, isitish pechlari, dudburon va mo‘rilarning noto‘g‘ri ishlashi, shuningdek, avtomobil dvigateli yoki ko‘chma generatorni yopiq joyda ishlatish zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
❗️
Zaharlanishning dastlabki alomatlariga befarq bo‘lmang!
Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, nafas qisishi va ko‘krak sohasidagi og‘riq is gazidan zaharlanish belgisi bo‘lishi mumkin. Og‘ir holatlarda hushdan ketish, ongning chalkashishi va tirishish kuzatiladi. Bunday alomatlar paydo bo‘lsa, ularni oddiy charchoq yoki shamollash bilan adashtirmang.
📌
Zaharlanishning oldini olish uchun:
🔷
Isitish mavsumi boshlanishidan avval gaz jihozlari, isitish uskunalari, suv isitkichlar, mo‘ri va dudburonlarni mutaxassislarga tekshirtiring.
🔷
Xonadagi havo almashinuvi va shamollatish tizimining sozligini ta’minlang. Mo‘ri va ventilyatsiya yo‘llarini berkitib qo‘ymang.
🔷
Ko‘chma generator, barbekyu va ko‘mir yoqiladigan moslamalardan uy, garaj yoki boshqa yopiq joylarda foydalanmang. Avtomobil dvigatelini yopiq garajda ishlab turgan holda qoldirmang.
🔷
Gaz plitasi yoki duxovkadan xonani isitish maqsadida foydalanmang.
🔷
Imkon qadar uyga, ayniqsa, yotoqxonalar yaqiniga is gazini aniqlovchi maxsus signalizatorlar o‘rnating va ularning sozligini muntazam tekshirib turing.
❓
Is gazidan zaharlanish gumon qilinsa, nima qilish kerak?
✔️
Darhol barcha odamlarni, jumladan, bolalar va keksalarni xavfli hududdan tashqariga — toza havoga olib chiqing.
✔️
Zudlik bilan 103 yoki 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordam chaqiring.
✔️
Jabrlangan shaxsni shifokor ko‘rigidan o‘tkazing. Alomatlar yengillashgan taqdirda ham tibbiy yordamni kechiktirmang.
✔️
Mutaxassislar bino xavfsizligini tasdiqlamaguncha ichkariga qaytmang.
❗️
Unutmang: is gazining hidi yo‘q, ammo xavfi juda katta. Ehtiyot choralariga rioya qilish — o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrashning muhim sharti!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

October 26, 07:59
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔴
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANIŞDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILING!
Sovuq kunlarda xonadonlarni isitiş va qulaylikni ta’minlaş maqsadida elektr energiyasiga bölgan talab keskin ortadi. Bu esa elektr tarmoqlariga tuşadigan yuklama oşişiga olib keladi. Şu bois, har bir iste’molçi elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanişi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilişi muhimdir. Zero, elektr energiyasini tejaş — barqaror elektr ta’minoti va xavfsizlikka qöşilgan hissadir!
❗️
Iste’molçilarga
tavsiyalar:
💡
Elektr jihozlaridan foydalanişda işlab çiqaruvçining yöriqnomalariga amal qiling.
💡
Bir vaqtning özida köplab elektr jihozlarini bitta rozetkaga ulamang.
💡
Şikastlangan elektr simlari, nosoz rozetkalar va uzaytirgiçlardan foydalanmang.
💡
Elektr jihozlarini nam qöl bilan uşlamang va ularni suvdan uzoqda saqlang.
💡
Elektr jihozlarini, ayniqsa, isitiş moslamalarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmang.
💡
Elektr tarmoqlari, hisoblagiçlar va elektr jihozlarini özboşimçalik bilan ta’mirlamang.
💡
Bolalarni oçiq elektr simlari va rozetkalardan ehtiyot qiling.
💡
Uzilgan elektr simlariga yaqinlaşmang va ularga tegmang. Bunday holat haqida tegişli elektr ta’minoti taşkilotiga xabar bering.
⚡️
Energiyani tejang! Foydalanilmayotgan çiroq va elektr jihozlarini öçirib, elektr energiyasidan oqilona foydalaning.
⛔
Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş — hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining muhim garovidir!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barça iste’molçilarni elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanişga çaqiradi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

October 26, 06:45
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Davlat xizmatchilari uchun Yaponiyada magistraturada ta’lim olish imkoniyati: JDS stipendiya dasturiga qabul boshlandi
Yaponiyaning
JDS (Project for Human Resource Development Scholarship by Japanese Grant Aid)
stipendiya dasturi doirasida davlat xizmatchilari uchun 2026-yilgi qabul boshlandi.
Dastur O‘zbekistonning istiqbolli mutaxassislariga Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida bepul tahsil olish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
👍
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
(2027-yil 1-aprel holatiga ko‘ra)
Yosh: 25–40 yosh;
Ma’lumoti: bakalavr darajasi;
Ish tajribasi: kamida 2 yil;
Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori.
👍
Arizalar 2026-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.
Onlayn seminarlar jadvali:
3-noyabr — 15:00–16:30;
5-noyabr — 11:00–12:30;
10-noyabr — 15:00–16:30;
12-noyabr — 11:00–12:30;
17-noyabr — 15:00–16:30;
19-noyabr — 11:00–12:30.
Seminarlarda
dastur, ishtirok etuvchi universitetlar, ariza topshirish talablari va tanlov jarayoni
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ishtirok etish uchun oldindan
ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
https://jds-scholarship.org/
👍
JDS loyihasi ofisi (O‘zbekiston)
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat.
Telefon: +998 78 140-15-60 / 61
Elektron pochta: jds.uzbekistan1@jice.org
Ish vaqti: dushanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30.
Eslatib o‘tamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, Boshqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatchilarining xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor funksiyasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha tashkiliy qo‘mitasiga raislik qiluvchi sifatida Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube
|
X
|
in
|
WiKi
|
Aloqa

October 26, 04:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🔥
Isitiş mavsumi: is gazidan qanday saqlaniş kerak?
Havo sovib, uy-joylarni isitiş boşlandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi şu munosabat bilan aholiga xavfsizlik böyiça
maslahatlar berdi
. Eng muhimlari:
🔍
1. Mavsum oldidan körikdan ötkazing
Peç va gaz jihozlarini tekşiring. Mörkon, dudburon va şamollatiş tizimi berkilib qolmaganiga e’tibor bering, çunki ötgan qişdan beri ularga heç kim qaramagan.
🚫
2. Sifatsiz peç örnatmang
Quyidagi peçlardan foydalanmang:
— muvofiqlik sertifikati yöq;
— ilgari işlatilgan va nosoz;
— özboşimçalik bilan özgartirilgan.
🛠
3. Malakasiz ustalarga işonmang
Nosozlikni özingiz tuzatişga urinmang. Sertifikati va tajribasi yöq ustalarni ham çaqirmang. Bu işni faqat gaz va elektr ta’minoti mutaxassislari qilişi kerak.
🌙
4. Nazoratsiz qoldirmang
— Yoqilgan peç va gaz jihozini qarovsiz qoldirmang.
— Xonani tez-tez şamollatib turing.
— Tunda isitiş jihozlarini öçirib qöying.
🏢
5. Köp qavatli uylarda
Şamollatiş kanalini peçning dudburoni sifatida işlatiş yoki uni berkitib qöyiş taqiqlanadi.
⚠️
Is gazi rangsiz va hidsiz, uni sezmay qoliş oson. Özingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.
👉
@xushnudbek
👈

October 25, 05:51

25-oktyabr – Içki işlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorovning bayram tabrigi
Hurmatli içki işlar organlari xodimlari!
Muhtaram faxriylar!
Sizlarni içki işlar organlari xodimlari kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etaman! Bu sana – Vatan tinçligi va xalq osoyiştaligi yölida fidokorona xizmat qilayotgan jasur, matonatli insonlarning mehnatini e’tirof etiş, ularning xalq va davlat oldidagi yuksak mas’uliyatini qadrlaş kunidir.
Içki işlar tizimida faoliyat yuritayotgan har bir xodim zimmasida yurt tinçligini asraş, qonuniylik va adolatni ta’minlaşdek muhim vazifa turadi. Sizlarning keçayu kunduz, har qanday şaroitda xizmatga sadoqat bilan yondaşuvingiz, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilişdagi qat’iy pozitsiyangiz tahsinga sazovor.
Uzun tumanida ham içki işlar tizimi xodimlari öz fidoyiligi, mas’uliyati va halolligi bilan el işonçini qozonib kelmoqda. Tumanimizda xavfsiz, tinç va barqaror muhitni ta’minlaşdagi sa’y-harakatlaringiz uçun sizlarga çuqur minnatdorçilik bildiraman.
Bayram munosabati bilan barçangizga sihat-salomatlik, oila tinçligi, baxtu saodat va xizmat faoliyatingizda yanada yuksak zafarlar tilayman. Sizning har bir işingiz xalq işonçini mustahkamlab, Vatan ravnaqiga xizmat qilsin!
Bayramingiz muborak bölsin, aziz içki işlar organlari xodimlari!
Uzun.uz
📱
Facebook
Telegram
Youtube
📱
instagram

October 25, 05:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 25, 04:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga
tabrik
—
Поздравление
сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 24, 10:15
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Uzunlik xotin-qizlar Jizzaxda gulçilik tajribasini örganmoqda
Uzun tumani oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Z. Mirzayeva boşçiligidagi faol tadbirkorlar hamda gulçilik bilan şuğullaniş istagidagi xotin-qizlar Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanidagi Samarqandquduq mahallasida joylaşgan “Gulçi Opa” MÇJ faoliyati bilan tanişmoqda. Ularga Jizzax viloyati hokimi örinbosari, oila va xotin-qizlar bölimi boşliği G. Ikromova hamrohlik qilmoqda.
Taşrif davomida gulçilik, köçatçilik va issiqxona taşkil etiş borasidagi ilğor tajribalar örganildi. MÇJ rahbari, gulçilik sohasining mohir mutaxassisi, Özbekistonda xizmat körsatgan tadbirkor Şarofat Noriyeva mehmonlarni öz issiqxonasidagi iş jarayonlari bilan yaqindan taniştirib, sohada erişilgan natijalar va amaliy tajribalari bilan örtoqlaşdi.
Mazkur taşrif xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini oşiriş, gulçilikka qiziqişini qöllab-quvvatlaş hamda yangi daromad manbalarini yaratişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uzun.uz
📱
Facebook
Telegram
Youtube
📱
instagram

October 24, 07:47
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Yoshlar bilan ochiq muloqot
Uzun tumani hokimi o‘rinbosari S. Tashanov faol va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunar o‘rganish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.
Uzun.uz
📱
Facebook
Telegram
Youtube
📱
instagram