Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Kongratbay Sharipov

vazirOTFIV
O’zR Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Министр высшего образования, науки и инноваций РУз Minister of higher education, science and innovation of the Republic of Uzbekistan
Подписчики
2 040
24 часа
30 дней
510
Просмотры
781
ER
18,43%
Посты (30д)
42
Символов в посте
932
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 28, 15:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan
yigʻilish
oʻtkazdi.
Unda soʻnggi yillarda viloyatda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida iqtisodiy koʻrsatkichlar sezilarli darajada oshgani taʼkidlandi.
Oxirgi oʻn yilda viloyatda 74 ming oʻrinli maktab, 145 ming oʻrinli bogʻcha va 3 ming koykali shifoxonalar ishga tushirildi. 167 ta xususiy maktab tashkil etilib, ularda 40 mingdan ortiq oʻquvchi taʼlim olmoqda.
Taʼlim sifati oshgani natijasida yoshlarning oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichi boʻyicha Fargʻona respublikada 3-oʻringa koʻtarildi.
Soʻnggi yillarda Fargʻonada IT xizmatlari 4 karra oʻsib, eksport 23 million dollardan oshdi.
Yangi oʻquv yilidan Quva tajribasi asosida yana 16 ta tumanda texnikumlar negizida dasturlash, robototexnika, grafik dizayn va xorijiy tillar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Fargʻona shahrida IT-Park universiteti, Margʻilonda INHA universitetining filialini ochib, sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik va dasturiy muhandislik yoʻnalishlarida yiliga 1 ming nafar talabani oʻqitish belgilandi.
“Besh million sunʼiy intellekt yetakchisi” dasturi boʻyicha sertifikat olgan yoshlarning eng koʻpi Fargʻona viloyatiga toʻgʻri keladi.
Qoʻqon adabiy muhiti antologiyasi va elektron platformasini yaratish, Adabiyot va ijod maktabini tashkil etish taklif qilindi.
Yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida viloyatdagi 100 ta mahallada namunaviy mahalla kutubxonalari tashkil etiladi, buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar beriladi.
“Burhoniddin Margʻinoniy” ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasida har ikki yilda Xalqaro kitobxonlik festivalini oʻtkazish, unga dunyoning mashhur yozuvchi va shoirlarini taklif qilish tashabbusi ilgari surildi.
Yigʻilishda yoshlarni zamonaviy bilim va kasblarga oʻrgatish, taʼlim tizimini raqamlashtirish hamda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi.
#Prezident
#Fargʻona
#yigʻilish
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 28, 15:58
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Harbiy xizmatchilarga bilim berish va kasbga yoʻnaltirish masalalari muhokama qilindi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qoʻngʻirotboy Sharipov
Marg‘ilon shahrida joylashgan Sharqiy harbiy okrug boshqaruv apparatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida okrug qoʻshinlari qoʻmondoni hamda masʼullar tomonidan mehmonlarga Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni topshirigʻi asosida muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, shuningdek, harbiy qismlarda shakllantirilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, mehmonlar tarix oʻquv binosida ham boʻlib, unda yurtimizning boy va shonli oʻtmishini aks ettiruvchi eksponatlar, noyob materiallar hamda muhim maʼlumotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/159108
👉
На русском
👉
In English
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 25, 15:36
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

“Navro‘z nafasi va Amir Temur saltanati madaniyatlari” festivali o'tkazildi
2026-yil
24-aprel kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida
"Navro'zni ulug'lash — insonni ulug'lash" shiori ostida “Navro‘z nafasi va Amir Temur saltanati madaniyatlari” bayram festivali bo‘lib o‘tdi.
Festivalda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng'irotboy Sharipov
hamda
mehmonlar
tantanali ravishda kutib olinib, universitet hududida tashkil etilgan milliy sayl va madaniy ko‘rgazmalar bilan tanishtirildi.
Mazkur tadbir
milliy qadriyatlarni ulug‘lash, turli xalqlar madaniyati o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash,
shuningdek, buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur merosini keng targ‘ib etishga qaratildi.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/157775
👉
На русском
👉
In English
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 24, 03:04
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi: “Art Engineering – 2026” misolida
Kimyo International University in Tashkentda o‘tkazilgan “Art Engineering – 2026” ko‘rgazmasi bilimni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish vazifasining yaqqol misoli boʻldi.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qoʻngʻirotboy Sharipov
ishtirok etib, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi. Vazir ta’lim jarayonida talabalar tomonidan yaratilayotgan amaliy loyihalar ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish va innovatsion fikrlashni rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/157246
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

April 22, 14:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Sen Toshkentda oʻqishing kerak” – Qoʻngʻirotboy Sharipovning sevimli asarlari
Kelajak soatining
“Men sevgan adabiy qahramon” chorlovining
navbatdagi mehmoni – oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qoʻngʻirotboy Sharipov.
Vazir badiiy kitoblar, sevimli qahramonlari haqida gapirar ekan “Ufq” trilogiyasi, “Yulduzli tunlar”, “Birinchi muallim”, “Muhandis” asarlarini yodga oldi. Ayniqsa, Chingiz Aytmatovning qahramonlari: muallim Duyshenning Oltinoyga aytgan gapi Qoʻngʻirotboy Sharipovning yodidan chiqmaydi, qolganini vazirning oʻzidan eshitamiz.
Sizning eng sevimli adabiy qahramoningiz kim? Va chorlovimizda yana kimlar chiqishini xohlaysiz? Fikrlaringizni yozing!
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda
koʻrishingiz mumkin.
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

April 22, 11:40
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish uchun yangi tashabbuslarga start berildi!
Xabar berganimizdek, bugun
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
hamda
Sport vazirligi
hamkorligida tashkil etilgan oʻquv-amaliy seminar va sport haftaligi boshlandi.
2026-yil 7-aprel kuni
Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor
yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan o'quv-amaliy seminarida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qoʻngʻirotboy Sharipov,
Sport vaziri
Adham Ikramov
hamda Surxondaryo viloyati hokimi
Ulugʻbek Qosimov
ishtirok etishdi.
Yig'ilishda jismoniy tarbiya va sportni oliy taʼlim tizimi bilan uzviy bogʻlash,
talabalar oʻrtasida sogʻlom va faol hayot tarzini shakllantirish,
sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bugungi kunning ustuvor yoʻnalishlaridan ekani alohida qayd etildi.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/156623
👉
На русском
👉
In English
#sport_haftaligi
#seminar
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

April 22, 11:27
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahridagi “EXPO” xalqaro koʻrgazmalar markazida tashkil etilgan Mintaqaviy ekologik sammit koʻrgazmasidagi milliy pavilyonlarni
borib koʻrdi.
#Mirziyoyev
#sammit
#ekologiya
#kurgazma
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 21, 13:43
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

MDH innovatsion sanoat forumi: istiqbolli
hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi
Joriy yilning 21-aprel kuni
“Innoprom. Markaziy Osiyo”
xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida hamdo‘stlik mamlakatlarining innovatsion salohiyatini birlashtirishga qaratilgan
“MDH innovatsion sanoat forumi”
bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipov
hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
Ilhom Ne’matov
ochib berdi.
Forum doirasida o‘tkazilgan
“MDH innovatsion sanoati: davlatlararo hamkorlikning yangi modeli”
mavzusidagi panel sessiyada qator xalqaro ekspertlar va soha rahbarlari ishtirok etib,
sanoat va innovatsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlari,
texnologiyalar transferi mexanizmlari,
ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi
masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/156226
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

April 21, 07:34
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

“Vatanparvarlar” xalqaro musobaqasi tantanali start
oldi!
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida “
Vatan tayanchi”
harakati a’zolari hamda xorijiy davlatlarning bitiruvchi o‘quvchilari ishtirokida
“Vatanparvarlar”
xalqaro harbiy-sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng'irotboy Sharipov,
mudofaa vaziri, general-leytenant
Shuhrat Xolmuhammedov,
maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
E'zoza Karimova
ishtirok etdi.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/156002
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

April 19, 16:22
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Talabalar xavfsizligi – ustuvor vazifa: vazirlik va IIV
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor
Rustam Jo‘rayev
bilan uchrashdi.
Uchrashuvda shuningdek, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i, polkovnik
Sharof Uralov
hamda mazkur xizmat boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik
Nilufar G‘iyosova
ishtirok etdi.
Muloqotda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish, ularni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ayrim yoshlarning giyohvandlik vositalari savdosiga jalb etilishi, "zakladchik" sifatida noqonuniy faoliyatga kirib qolishining oldini olish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/155374
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
Telegram