Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O'zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi rasmiy sahifasi

wakouz
Ўзбекистон кикбоксинг ассоциациясининг расмий канали. Wako.uz сайтининг расмий канали Бизда 24/7: 📡 Спорт ва оммабоп янгликлар 🔥 Расмий хабарлар 📄 Таҳлилий мақолалар 📌 Реклама: @Wakouz_Admin +998(33)334-33-00 Sport
Подписчики
2 150
24 часа
8
30 дней
-16
Просмотры
1 147
ER
53,35%
Посты (30д)
15
Символов в посте
688
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Спорт
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Фитнес и питание
Краткое описание
September 10, 16:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🤝
SAMIMIY TABRIK!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining tegishli farmoyishi bilan Raqamli texnologiyalar vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Hurmatli Asadjan Azatbekovich!
Sizning rahbarligingiz ostida mamlakatimizda kikboksing sport turi yangi bosqichga ko‘tarilib, xalqaro maydonlarda ulkan zafarlarga erishib kelmoqda. Tashkilotchilik qobiliyatingiz, professionalligingiz va fidoyiligingiz yangi, o‘ta mas’uliyatli davlat topshirig‘ini ham a’lo darajada bajarishingizga komil ishonch bag‘ishlaydi.
Assotsiatsiyamiz rahbariyati, murabbiylar va barcha sportchilarimiz nomidan Sizni ushbu yuksak va mas’uliyatli tayinlov bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘liq, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat hamda davlatimiz ravnaqi va shaffofligini ta’minlash yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi va sportchilar jamoasi
🥊
🇺🇿
@wakouz

September 08, 10:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎉
Tug‘ilgan kun muborak!
🎉
Bugun kikboksing sportini televideniye orqali targ‘ib etishda katta hissa qo‘shib kelayotgan Malika Muradovaning tug‘ilgan kuni.
O‘zbekiston Kikboksing Assotsiatsiyasi jamoasi Sizni muborakbod etadi va ijodiy faoliyatingizda yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaydi!
🇺🇿

@wakouz

September 03, 04:03
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📌
TUG‘ILGAN KUN MUBORAK!
🎉
Bugun O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi prezidenti
Asadjon Azadbekovich Xodjayev
tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar!
Hurmatli Asadjon Azadbekovich, Sizni bugungi qutlug‘ ayyom bilan butun kikboksing jamoasi nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, uzoq umr hamda mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish va yoshlarni yuksak marralar sari yetaklashdek mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🇺🇿
Sizning rahbarligingiz va bevosita qo‘llab-quvvatlovingiz ostida O‘zbekiston kikboksing oilasi xalqaro aronada yangi va yuqori bosqichlarga ko‘tarilmoqda. Sportimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatlaringiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
🥊
Boshlagan barcha ezgu ishlaringizda zafarlar hamroh bo‘lsin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi jamoasi
📲
@wakouz

September 01, 07:47

O'zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi rasmiy sahifasi
pinned a video

August 31, 11:32
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🎉
🎉
🎉
TUG‘ILGAN KUN MUBORAK!
🎉
🎉
🎉
Bugun kikboksing bo‘yicha Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari o‘rinbosari — Ulug‘bek Jalolovning tavallud ayyomi!
🥳

💐
Sizni chin qalbimizdan tabriklaymiz, Ulug‘bek Jalolov!
Sizga mustahkam sog‘lik, ulkan omad va baxt tilaymiz!
🙏
🌟
🥊
Kikboksing sportini rivojlantirish yo‘lida olib borayotgan mehnatlaringiz albatta o‘z samarasini beradi. Shogirdlaringiz doimo yutuqlar sari intilib, g‘oliblar safida bo‘lishsin!
🏆
🔥
@wakouz

August 31, 08:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
🎉

O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi barcha yurtdoshlarimizni hamda sport jamoatchiligini eng ulug‘, eng aziz bayramimiz

Vatanimiz Mustaqilligi kuni
bilan samimiy muborakbod etadi!
🥊
🇺🇿
Haqiqatan ham, hurlik va erkinlik xalqimizga yangi imkoniyatlar, yuksak zafarlar eshigini ochdi. Bugun yurtimizda sport sohasiga, xususan kikboksing rivojiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli sportchilarimiz jahon va osiyo arenalarida, nufuzli xalqaro turnirlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland hilpiratib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilmoqdalar.
Muqaddas Vatanimiz tinchligi, mustaqilligi va ravnaqi abadiy bo‘lsin! Har bir xonadonga fayzu baraka, baxt-saodat, tinchlik va sog‘lik-salomatlik tilaymiz!
Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatandoshlar!
🥳
🏆

O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi
|
@wakouz

August 30, 12:15
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

YUKSAK MUKOFOT MUBORAK BO‘LSIN!
🏅
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, mamlakatimiz sportini rivojlantirish va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi uchun fidoyi murabbiylarimiz “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar:
Raxmonov Axrorbek Ahmadjonovich — Andijon viloyati murabbiyi
🥊
Boltiboyev Abrorjon Abbosxonovich — Namangan viloyati murabbiyi
🥊
Yurtimizda kikboksing sportini yangi bosqichga olib chiqayotgan, chempionlarni yetishtirib chiqarayotgan va yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatayotgan fidoyi murabbiylarimizni ushbu yuksak e'tirof bilan samimiy tabriklaymiz!
Keltirilgan mehnat, sabr va matonat kelgusida ham ulkan g‘alabalar keltirishiga tilakdoshmiz.
@wakouz
💬
Fidoyi murabbiylarimizni izohlarda tabriklab qolding!
👇

August 29, 18:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

«Xorazm open 2» kikboksing turniriga marhamat!
11-13-sentabr kunlari Xiva shahridagi «Arda Xiva» turistik majmuasida yoshlar, o‘smirlar va qizlar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Munosabaga oid tafsilotlar:
* Sana: 11-13-sentabr, 2026-yil
* Manzil: Xiva shahri, «Arda Xiva» turistik majmuasi
* Yo‘nalishlar: Kick-Light, Point-Fighting, Full-Contact, Low-Kick, K-1
Yosh toifalari:
* «B» kategoriyasi (Kick-Light): 5–6, 7–8, 9–10, 11–12, 13–14 yosh
* «A» kategoriyasi (Kick-Light, Point-Fighting): 7–9, 10–12, 13–15 yosh
* «A» kategoriyasi (Low-Kick, Full-Contact, K-1): 15–16, 17–18 yosh
Musobaqa jadvali:
* 11-sentabr: Vazn o‘lchash va qur’a tashlash (09:00 – 20:00)
* 12-sentabr: Ochilish marosimi va saralash janglari (09:00 – 18:00)
* 13-sentabr: Yarim final, final, mukofotlash va Gala Final (09:00 – 23:00)
Murojaat uchun:
* Bosh hakam: X. Ernazarov (+998 99 997-60-61)
* Mas’ul: B. Saidmuradov (+998 93 752-61-60)
@wakouz

August 29, 12:28
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram


Jalolov Ulug‘bek Muzaffarovich
— Qashqadaryo viloyatidagi 45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi. U ta’lim sohasidagi samarali faoliyati uchun
“Sog‘lom turmush” medali
bilan mukofotlandi.
👏
Mazkur mukofot ustozning kasbiy faoliyati va yosh avlodni sog‘lom, barkamol etib tarbiyalashga qo‘shayotgan hissining munosib e’tirofidir.
🇺🇿
Ustozning yutug‘i — Qashqadaryo ta’lim tizimining yutug‘idir!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram

August 28, 09:25
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🎖
YUKSAK E’TIROF MUBORAK!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan ta’sis etilgan
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI”
esdalik nishoni bilan
O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi Toshkent viloyati hududiy bo‘limi rahbari — Tashturgunov Muhammadali Abdujalalovich
taqdirlandilar!
Tashturgunov Muhammadali
o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati, hududda kikboksing sportini rivojlantirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lidagi jonkuyarligi bilan el-yurt va davlatimiz e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi jamoasi va barcha sport oilamiz nomidan Maxamadali Abdujalalovichni ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sogʻliq, oilaviy xotirjamlik hamda Toshkent viloyatida kikboksing rivoji va assotsiatsiyamiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Yuksak e’tirof va munosib mukofot muborak bo‘lsin!
👏
🇺🇿
🥊
@wakouz